Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə19/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

Akkomodatsiya refleksi
Tekshiriluvchi uzoqdagi biror narsaga qaraydi, so’ngra tezlik bilan ko’zini oldidagi narsaga qaraydi, masalan daftariga.


Oliy nerv faoliyati tiplarini aniqlash (teyping-test)


I.P. Pavlov klassifikattsiyasi bo’yicha, hayvon va odamlarda oliy asab faoliyatining 4 ta tipi mavjud bo’lib, ular qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi, muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan xarakterlanadi. I.P. Pavlov oliy asab faoliyatining harakatchan, bosiq, qo’zg’algan va kuchsiz deb nomlagan tiplari odamda Gippokrat taklif qilgan sangvinik, flegmatik, xolerik, melanxolik.
Ishni bajarilishi
Har bir tekshiriluvchiga 2 qatorga 6 ta kvadrat (3x3 sm) chizilgan standart blank tarqatiladi;
Yeksperimentatorning komandasi bilan talabalar 5 sekund davomida eng katta tezlik bilan 1-kvadratga nuqta qo’yadilar (nuqtalar ustma-ust tushmasligiga harakat qilish lozim);
5 s dan keyin eksperimentator komandasi bilan 2-kvadratga o’tadilar va harakatlar tezligini ikki marta kamaytiradilar;
Uyog’iga xuddi shu tartib saqlanadi: barcha toq kvadratlarda – temp eng yuqori, barcha juft kvadratlarda - ikki marta kam. Bunda har bir kvadratga nuqta qo’yish vaqti - 5 sekund.
Vazifa:
Testni bajarib bo’lgach har bir kvadratdagi nuqtalar soni sanaladi, natijalar daftarga yozib olinadi va hisoblanadi. OAF tiplarini aniqlash uchun asab jarayonlarining kuchi, harakatchanligi va muvozanatlashganligi baholanadi.
Asab jarayonlarining kuchi maksimal temp saqlangan toq kvadratlardagi sonlar bilan aniqlanadi. Natija «3» va undan ortiq bo’lsa, asab jarayonlari kuchli hisoblanadi.
Asab jarayonlarining harakatchanligi barcha toq kvadratlardagi nuqtalarning umumiy soni bilan baholanadi. «170» va undan ko’p bo’lsa asab jarayonlarining harakatchanligi – yuqori.
Muvozanatlashganlik toq kvadratlardagi nuqtalar summasini toq kvadratlardagi nuqtalar soniga bo’linmasidan aniqlanadi. Agar bo’linma 2 ga teng bo’lsa, asab jarayonlarini muvozanatlashgan deyish mumkin.
Asab jarayonlarining xarakteristikalarini yozib oling: kuch - ...; harakatchanlik - ...; muvozanatlashganlik - ... Endi asab tipini aniqlang.
X ulosa, siz aniqlagan tipning o’z kuzatuvingiz natijasida topgan tipga mos kelgan-kelmaganligini ko’rsating va quyidagi test asosida bir-biringizni tipologiyangizni aniqlang.
Test.

  1. Siz bosiq va sovuqqonsiz.

  2. Siz ehtiyotkor va o’ylanuvchan.

  3. Siz kutishni bilasiz.

  4. Siz kam gap quruq gaplarni yoqtirmaysiz.

  5. Siz xotirjam gapirasiz.

  6. Siz chidamli va o’zingizni tutib olgansiz.

  7. Boshlagan ishni oxiriga yetkazasiz.

  8. Jaxlingizni oson tutib turasiz.

  9. Xamma bilan bir xil muomuladasiz.

  10. Yangi sharoitlarga moslashishga qiynalasiz.



T est.

  1. Siz uyatchan va soddasiz.

  2. Yangi vaziyatda o’zingizni noqulay xis qilasiz.

  3. O’z kuchingizga ishonmaysiz.

  4. Tez charchaysiz.

  5. Siz sekin ba’zida pichirlab gapirasiz.

  6. Suxbatdoshingiz xarakteriga moslashasiz.

  7. Sizni maqtashlari sizga yoqmaydi.

  8. Talabchansiz.

  9. Juda arazchisiz.

  10. Yolg’izlikni yaxshi qabul qilasiz.



Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə