Bolalarda intensiv



Yüklə 3,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/55
tarix03.04.2022
ölçüsü3,19 Mb.
#85011
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
A’zamxo‘jayev-Bolalarda intensiv terapiya

O ksigenotcrapiya
Arterial 
gipoksemiya 
nafas 
yetishm ovchiligining 
ko ‘p 
uchraydigan 
bclgisi 
hisoblanadi. 
Shuning 
uchun 
kislorod 
ingalyatsiyasi  respirator  q o ‘llovchi  terapiyaning  doimiy  qismi 
bo ‘lishi  kcrak.  Hamma  dori  darm onlar  kabi,  kislorod  m a’lum  bir 
dozada  beriladi.  Kislorodning  arterial  qondagi  qismiy  bosimini 
( P a 0 2)  va  nafas  aralashm asidagi  nisbiy  konsentratsiyasini  F i0 2 
tekshirish  natijasidagina  bem orga  kislorodning  mos,  to ‘g ‘ri 
dozasini 
aniqlash 
m um kin. 
0 ‘pkalar 
gaz 
almashinuv 
funksiyasining  holatiga  binoan  bir  bem orning  o ‘zida  kislorodning 
optim al  dozasi  har xil  m iqdorda  o ‘zgarishi  m um kin.  M isol  uchun, 
gialin  mcmbrana  kasalligi  bor  chaqaloq  bolaga  toza  kislorod 
F i0 2= l,0   ingalyatsiyada  berilsa,  birinchi  kuni  P a 0 2  6,65  -   9,31 
kPa  (50  -   70  mm.sim.ust.).  ikkinchi  va  uchinchi  kunlari  esa 
kislorodning  P a 0 2  bu  konscntratsiyasi  toksik  darajagacha  26,6  -  
39,3  kPa  (200  -   300  m m .sim .ust.)  k o ‘tariladi.  Shuning  uchun 
oksigenotcrapiya  davomida  nafas  aralashm asidagi  va  arterial 
qondagi  0 2 konsentratsiyasi  doim iy nazorat qilinishi  shart.
Burun  naychalari  orqali  ingalyatsiya  berilganda  kislorodning 
konsentratsiyasini  40%dan  oshirish  imkoni  y o ‘q,  burundan  nafas 
olish  qiyinlashadi,  bum n  shilliq  qavatlarini  quritishi,  qitiqlashi  va


jarohatlashi  m um kin.  Yuz  niqobi  orqali  kislorod  ingalyatsiyasi 
uning  yuqori  konsentratsiyasini  ta ’minlashga  imkon  beradi.  Havo 
bilan  gaz  alm ashinuvini  ta ’m inlaydigan  o ‘lchamli  teshiklari 
b o ‘lgan  m axsus  yuz  niqoblari  qulaylik  tug‘diradi.  Bunda  bemor 
bezovtalanm aydi  va  kislorod  konsentratsiyasini  oson  nazorat 
qilish  mumkin.  Ammo,  nogerm etikligi  sababli  kislorod  oqimi 
tczligi  katta  (8-12  1/min)  b o ‘lishi  kerak,  shunda  ham  kislorodning 
konscntratsiyasi  50-60%dan  oshm aydi.  Chaqaloqlarda oksigenote- 
rapiya 
m axsus 
yopiq 
kuvezlarda 
o ‘tkaziladi. 
Bu 
usulda 
kislorodning  m a ’lum  konsentratsiyasini,  haroratini  va  namligini 
saqlash  m um kin.  Perspiratsiya  orqali  suyuqlik  y o ‘qolmasligi 
uchun 
nafas 
aralashm asidagi 
kislorodning 
konscntratsiyasi 
40%dan  oshiq  b o ‘lsa,  bu  aralashm a q o ‘shimcha namlanadi.  Sovuq 
havo oqim iga kichik yoshdagi  bolalar juda sezgir bo ‘ladi  va ularga 
organizm  haddan  ziyod  sovuganidck  ta ’sir  qiladi.  Shuning  uchun 
bolaga berilayotgan 0 2  ilitadigan  moslamadan o ‘tkazilishi  kerak.
Davomiy 
va 
yuqori 
konsentratsiyali 
oksigenoterapiya 
retrolcntal  fibroplaziya  (chala tu g ‘ilgan chaqaloqlar retinopatiyasi) 
hamda  o ‘pka  va  bronxlar  displaziyasi  kabi  og‘ir  asoratlarga  olib 
kelishi  mumkin.  P a C 0 2ning  gipcrokscm iyasiga javoban  k o ‘z  to‘r 
qavati  qon  tom irlarining juda  ham   torayishi  kuzatiladi.  O ksigeno­
terapiya  to ‘xtagandan  1-2  oy  o ‘tgach,  ularning  prolifcratsiyasi 
boshlanadi,  k o ‘z  to ‘rlarining  shishi  kuzatiladi.  B a’zi  hollarda 
kasallik  to ‘xtaydi  va  hech  qanday  organik  asoratlar  kuzatilmaydi. 
Ayrim  hollarda  esa  (25% )  k o ‘z  to‘r  pardasining  ajralishi, 
keyinchalik 
chandiq 
paydo 
b o ‘lib, 
ko ‘rish 
qobiliyatining 
y o ‘qolishi kuzatiladi.

Yüklə 3,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə