Bolalarda intensiv



Yüklə 3,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/55
tarix03.04.2022
ölçüsü3,19 Mb.
#85011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
A’zamxo‘jayev-Bolalarda intensiv terapiya

Reanimatsiya
 
(reanimation  -   qayta jonlantirish,  tiriltirish)  bu 
terminal  holat  va  klinik  o ‘lim  yuzaga  kelganda  organizm  hayotiy 
muhim  tizim lari  faoliyatini  sun’iy  ravishda  tiklash  va  saqlash 
uchun  qo ‘llanadigan  qator  davo  muolajalari  komplcksi  hisob- 
lanadi.
Klinik  o ‘lim  holatida  k o ‘rsatiladigan  va  ko‘p  qo‘llaniladigan 
atama -  «yurak — o ‘pka reanimatsiyasi»  natijasida biz  faqat  gazlar 
almashinuvi  va  qon  aylanishini  sun’iy  ravishda  ta ’minlaymiz. 
Ammo,  nafas  va  qon  aylanishini  sun’iy  ta’minlash  asosan  bosh 
m iya  p o ‘stloq  qavati  hujayralarini  kislorod  bilan  vaqtincha 
ta ’minlashga  qaratilgan  usul  hisoblanadi.  Shuning  uchun  uni 
«reanimatsiya»  yoki  «yurak -  o ‘pka va serebral  reanimatsiya»  deb 
atash to ‘g ‘ri va to ‘liq b o ‘ladi.
In ten siv  terapiya  -
  ancha  murakkab  tushuncha.  Intensiv 
terapiya  deganda  organizmning  bir  yoki  bir  necha  hayotiy  m uhim  
tizimlari  faoliyati  izdan  chiqqanda,  bemorlar  hayoti  ulami  su n ’iy 
ravishda  to ‘ldirish  va  saqlashga  qaratilgan  kompleks  davo 
m uolajalari  hisoblanib,  bunday  davolash  o ‘tkazilmasa,  bem or 
hayoti  xav f  ostida  qolishini  tushunish  kerak.  Reanimatsiya  esa 
faqat  nafas  va  qon  aylanishi  to‘xtaganda  y a’ni  klinik  o ‘lim 
holatida bajariladi.
Intensiv  terapiya  bir  necha  o ‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega 
b o ‘lib, 
birinchi  navbatda  kom pensator  harakterga  ega  b o ‘lgan 
to ‘ldiruvchi  va  o ‘rnini  bosuvchi  davo  muolajalari  o ‘tkaziladi 
(nafas  y o ‘llarining  erkin  o ‘tkazuvchanligini  ta ’minlash,  0 ‘SV,


gemodializ,  gcmosorbsiya,  parenteral  oziqlantirish  va  hokazo). 
Ikkinchi  xususiyati  sindromologik  harakter  kasb  etib,  davo 
muolajalari  birinchi  navbatda  bem or  hayotiga  xavf  solayotgan 
sindromni  bartaraf etishga  qaratilgan.  Pnevmoniya,  bronxospazm , 
nafas  yo‘llaridagi  yot  jism ,  . tiafasning  markaziy  boshqaruvi 
buzilishlari  va  hokazolar  natijasida  rivojlangan  gipoksiya, 
giperkapniya  va  o ‘tkir  nafas  yetishm ovchiligini  birinchi  navbatda 
zudlik bilan bartaraf etish o ‘ta  muhim.  Faqat bemor og‘ir holatdan 
chiqazilgandan  so ‘ng  patogenctik  terapiya  o ‘tkazishga  kirishiladi. 
Tabiiy, bunda bemomi  og‘ir holatdan  chiqarish  uchun qo ‘llanilgan 
usullar  gohi  patogenctik  terapiyaga  mos  b o ‘lishi  mumkin.  K o ‘p 
y o ‘nalishli  davo  muolajalari  intensiv  terapiyaning  uchinchi  o ‘ziga 
xos  xususiyati  hisoblanadi.  M a’lumki,  yuzaga  kelgan  har  qanday 
og ‘ir  patologik  sindrom  «nuqsonli  doira»  natijasida  yana  ham 
chuqurlashadi.  Misol:  o ‘tkir  nafas  yctishmovchiligi  natijasida 
q o ‘rquv  va  qo‘zg ‘alish  yuzaga  kcladi  va  kateholaminlar,  gistamin 
ajralishi  ko‘payadi,  yalligManish  jarayonlari  kuchayadi  va  o ‘z 
navbatida nafas  y o ‘llari  obstruksiyasiga  va  kislorodga  talabni  orti- 
shiga  sabab  bo ‘ladi,  nafas  yctishm ovchiligi  yanada  chuqurlashadi. 
Boshqa  patologik  sindromlarda  ham  shunday  «nuqsonli  doira» 
kuzatiladi.  Shuning  uchun  davo  m uolajalari  og ‘ir  sindromlarda 
yuzaga  kelgan  patologik  zanjirning  har  bir  zvenosiga  qaratilishi 
kerak.
Intensiv  kuzatuv
  yoki  nazorat  amaliy  rcanim atologiyaning 
bir  qismi  bo‘lib,  bemor  intensiv  usullarga  ehtiyoj  sezmasada, 
doimiy  nazorat  va  parvarishga  muhtoj  b o ‘lishi  tushuniladi.  Bunda 
intensiv  kuzatuv  ayniqsa 
kichik  yoshdagi  bem or  bolalar  va 
chaqaloqlarni  intensiv  terapiya  va  opcrativ  muolaja  jarayonida 
organizm  hayotiy  muhim  tizim lar  faoliyati  nazorati,  monitoring 
k o ‘rsatkichlarini  doimiy  kuzatuvi,  ulam i  to ‘g ‘ri  tahlil  etish 
va 
o ‘zgarishlarni  o ‘z  vaqtida  adckvat  bartaraf  etish  bem or  xavf- 
sizligini ta ’minlashda alohida  aham iyatga ega.



Yüklə 3,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə