Bolalarda intensiv


 ‘tkir yurak yctishm ovchiligi  patofi/iologiyasi



Yüklə 3,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/55
tarix03.04.2022
ölçüsü3,19 Mb.
#85011
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
A’zamxo‘jayev-Bolalarda intensiv terapiya

0 ‘tkir yurak yctishm ovchiligi  patofi/iologiyasi
 
va  klinik  ko‘rinishlari
0 ‘YuE  (o‘tkir yurak  yctishmovchiligi)  -   dinamik  holat  b o ‘lib, 
yurakning  urish  hajmi  organizmda  kcchayotgan  mctabolik 
jarayonlar  uchun  kislorod  va  boshqa  substratlarga  b o ‘lgan  talabni 
qondira  olmaydi.  Yurakning  qisqaruvchanlik  qobiliyati  pasayishi 
va  miokardial  yctishmovchilik  0 ‘YuE  rivojlanishida  asosiy 
mcxanizm hisoblanadi.
M a’lumki, yurak  faoliyati  4 asosiy omilga bog‘liq:
1. 
Z o ‘riqish  oldi  (prednagruzka).
  Z o ‘riqish  oldi  o ‘zga- 
rishlari,  ya’ni  yurak  boMmachalaridagi  bosim  (AQXning  va 
venalar  tonusining  ortishi)  yurak  qon-tom ir  faoliyatiga  kcskin 
ta ’sir  ctadi.  BoMmachalar  bosim ining  20-25  mm.sim.ust.  dan 
ortishi  o‘pkalarda qon  dimlanishiga  olib keladi.
2. 
Z o ‘riqish  orti  (postnagruzka).
  Bu  aorta  va  qon  tom irlar 
qarshiligini  cngishga  y o ‘naltirilgan  zo'riqish.  Qon  tom irlar 
qarshiligining  ortishi  yurakning  zarb  hajmi  kam ayishiga  sabab 
b o ‘ladi.


3. 
Qisqaruvchanlik.
  Yurak  mushaklari  qisqaruvchanligining 
zaiflashuvi  qorinchalar  bosimi  ortishi  vaqtining  kamayishiga  olib 
kcladi.  Natijada yurakning nasos  faoliyati buziladi.
4. 
Yurak  qisqarishi  tezligi.
  Yurak  ichki  faoliyati  yetishm ov- 
chiligi  natijasidagi 
yurakning  zarb  hajmi  kamayishi  birinchi
navbatda  yurak  haydayotgan  qon  hajmini  saqlashga  qaratilgan 
kompensator mexanizm hisoblanadi.
Etiopatogenezi. 
0 ‘tkir 
yurak  yctishmovchiligi 
mavjud
aylanayotgan  qon  hajmi  to ‘satdan  yoki  tezda  kamayishi  va  unga 
qaytadigan  qon  hajmi  ozayishi  nalijasida  ro ‘y  beradi.  Bu  holat 
yurakning  xaddan 
oshiq  zo'riqib  ishlashi  va  kom pensator
imkoniyatlarning  tugaganligi  tufayli  ham  rivojlanadi.  T u g ‘ma  va 
orttirilgan  yurak  nuqsonlari,  gipertrofiya,  katta  va  kichik  qon 
aylanish  doiralam ing  gipertcnziyasi  tufayli  rivojlanadigan  yurak 
mushaklaridagi  o ‘zgarishlar  b o ‘lishiga  olib  kelishi  mumkin.  Buni 
gem odinam ik  yurak  yctishmovchiligi  dcyiladi.  Bir  xil  paytlarda 
avval  miokard  mctabolizm i  buzilishi  natijasida  yurak  yctishm ov­
chiligi  rivojlanadi  va  buni  cnergodinamik  yurak  yctishmovchiligi 
deyiladi.  Bu  holat  k o ‘proq  V-gurux  vitaminlaming  organizmda 
kamayishi,  qondagi  K +  miqdori  o‘zgarishi  bilan  bog‘liq.  Y urak 
m iofibrillalari  qisqarishi  depolyarizatsiya  va  ionlar  taqsim lanishi 
tufayli  ro ‘yobga  kcladi. 
Hujayra  membranasida  N a+  kanal-
chalarida  4  turdagi  faolatsion  va  bir  infaolatsion  to ‘siq b o ‘lib,  ular 
hujayra  mcmbranasi  potcnsiallari  o ‘zgarishlariga  mos  ravishda 
ochilib  yoki  yopilib  turadi.  K o‘p  hujayralarda  tinch  potcnsial 
manfiy,  y a ’ni  N a'  ionlari  konscntratsiyasi  hujayra  tashqarisida 
katta  (140  m m ol’/l),  ichkarisida  kichik  (10  m m ol’/l).  B u  holatda 
Na  ionlari  konsentratsiya  va  clektrik  gradicntlari  farqiga  k o ‘ra 
hujayra  ichiga 
kirishi kerak.  Ammo,  N a  ionlari  hujayra
mcm branasidan  tinch  potcnsial  holatida  o ‘ta  olmaydi.  Ilarakatdagi 
potcnsial  paydo  b o ‘lishi 
bilan  membrananing  N a 
ionlari
o ‘tkazuvchanligi  osonlashadi.  Xuddi  shunday  har  bir  harakat 
potensialida  N a+  ionlari hujayra  ichiga  kiradi  va  K+ 
ionlari


hujayrani  tark  etadi.  Shunday  qilib  hujayrada  ionlar  gradientini 
hosil kilish va  saqlash  yo‘li  bilan  transmem bran  ionlar holati  stabil 
holatda  saqlanadi.  Bunda  albatta N af-K+-ATFaza  -  kaliy-natriylik 
nasos  alohida  o ‘rin  tutadi.  D epolyarizatsiya  boshlanish  vaqtida 
hujayra  mcmbranani  o‘tkaziivchanligi  Na+  ionlari  uchun  orladi  va 
kam ligi  uchun  ular  hujayra  ichiga  intiladi.  Shuningdek  membra- 
naning  tashqi  tomonida  m anfiy  zaryad  to ‘planib,  hujayra 
membranasida  depolyarizatsiya  fazasi  shakllanadi.  Keyinchalik 
esa  membrana  o ‘tkazuvchanligi  K*  ioni  foydasiga  oshadi  va  cndi 
K+  hujayra  ichidan  chiqib  kctadi  va  u  avvalgi  encrgetik  ahvolga 
qaytib kcladi  (repolyarizatsiya  fazasi).
Diastola  vaqtida  esa  K-Na  -   nasosi  faoliyati  tufayli  hujayra 
ichidagi  va  tashqarisidagi  K.'  va  N a4  miqdorlari  doim iy  holga 
qaytadi.  Lckin  bu jarayon  m obaynida  ATI7  sarflanadi.  SHu  sababli 
yurakda  ATF  miqdori  kamaygani  yurak  yctishm ovchiligiga  olib 
kelishi  mumkin.  Bu  holatda  suv-elcktrolit  m uvozanati  ham 
o ‘zgaradi  va odam tanasida N a h ionlari ham da suv ushlanib qolishi 
bilan  birga  K ‘  ionlari  ko ‘p  m iqdorda  buyrak  orqali  chiqariladi 
(transmincralizatsiya).  Shu  aytilgan  sabablar  natijasida  yurak 
qisqarish  faoliyati  yomonlashadi  va  o ‘z  navbatida  qon  aylanish 
o ‘zgarishlariga olib kcladi.

Yüklə 3,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə