Bolalarda intensiv



Yüklə 3,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/55
tarix03.04.2022
ölçüsü3,19 Mb.
#85011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
A’zamxo‘jayev-Bolalarda intensiv terapiya

Terminal  holatlar
Hayotiy  zarur  funksiyalar  susayishi  bilan  terminal  holatlar 
asosiy  bosqichlari,  organ  va  to ‘qimalar  gipoksiyasi  kuchayadi. 
Gipoksiyaga javoban organizmda himoyaviy moslashuv rcaksiyasi 
rivojlanadi.  Natijada  gipoiizar-kortikal  va  simpatiko-adrcnal  tizim 
faollashadi.  T o ‘qim a  va  organlarni  kislorod  bilan  ta’minlashga 
qaratilgan  katcholam inlar  va  gormonlarni  k o ‘p  ishlab  chiqarish 
yurak  faoliyati,  nafas  funksiyasi  va  moddalar  almashinuvi 
jarayonlari kuehayishiga olib keladi.
M a’lum  m uddatgacha  bu  reaksiya  to ‘ldiruvchanlik  vazifasini 
o‘taydi.  Lekin  salbiy  ta ’sirlar  to ‘xtamasa  yoki  o ‘z  vaqtida  davo 
qilinmasa,  tcz  orada  himoya  mexanizmlari  susaya  boshlaydi. 
Nafas  m ushaklarining  faol  ishtiroki,  yurakning  qiskarish  funk­
siyasi  oshishi  va  alm ashinuv  jarayonining  kuchayishi  organizm ­
ning kislorodga b o ‘lgan talabini yana ham oshiradi.
T o ‘qimalarga  etarlicha  yanada  kislorod  kelib  Uishmasligi  va 
uning 
hazm 
b o ‘lishi 
qiyinlashishi, 
modda 
almashinuvi 
jarayonlarining  oxirigacha  bajarilrnasligi  atsidoz  rivojlanishini 
vujudga keltiradi.
Bundan  tashqari  biofaol  m oddalar  hosil  b o ‘lishi,  ko ‘payishi, 
periferik  qon  harakati  buzilishi  natijasida  to‘qimalarga  kislorod 
etkazib  berish  va  alm ashinuv  m oddalam i  chiqarish  yomonlashu- 
viga  olib  keladi. 
Shunday  qilib,  gipoksiya,  giperkapniya, 
metabolik  atsidoz  kuchayadi  va  shu  tariqa  "nuqsonli  aylana" 
tugallanadi.  Bu  jarayonlar  nafas  va  qon  tomirlarining  markazlari 
funksiyasining  to ‘xtovsiz  susayishiga  sabab  bo ‘ladi,  yurakning 
qisqarishi  va  o ‘tkazish  funksiyasi  susayadi,  pirovard  natijasida 
nafas va yurak  faoliyati to ‘xtaydi.
Yuqorida  ta ’kidlaganim izdek  terminal  holat  agonal  oldi, 
agonal  va klinik o ‘lim  kabi holatlardan iborat.
1.  Agonal  oldi holatining klinik k o ‘rinishida:
•  xush - soporoz;
•  reflekslar ju d a pasaygan;


•  ko‘z  qorachig‘i  bir  oz  kcngaygan,  yorug‘likka  sezgirligi 
sckinlashgan;
•  teri  koplamlari  rangpar,  k o ‘karish,  arterial  qon  bosim   60 
mm.sim.ust.  past;
•  taxikardiya,  tomir  urishi  to‘laligi  va  tarangligini  pasayishi  va 
taxipnoe kuzatiladi.
Agonal  oldi  holati  bir  necha  minutdan  bir  necha  soatgacha, 
b a ’zan  bir  kungacha  davom  ctishi  mumkin.  Bu  organizm ning 
bardoshlik  funksiyalariga bog‘liq.
2.  Agonal  holatning klinik ko ‘rinishida:
•  bemor xushsiz;
•  reflekslar y o ‘q;
•  ko‘z qoraehig‘i  kengaygan,  yorug‘likni  sezmaydi;
•  teri qoplamlari  ko‘kargan,  arterial  qon bosim  aniqlanmaydi;
•  yurak  tonlari  bo‘g ‘iq,  bradiaritm iya,  tomir  urishi  avval 
ipsimon,  so‘ng aniqlanmaydi;
•  bradipnoe,  titroqsimon nafas kuzatiladi.
Agoniya  bir  necha  minutdan,  bir  necha  soatgacha  davom 
etishi  mumkin.  Shuni  belgilash  kerakki,  agonal  holatda  oxirgi 
adaptatsion  mcxanizmlar  q o ‘shilishi  natijasida  qon  aylanishi  va 
nafas  funksiyasi  bir  oz  yaxshilanib,  b a ’zan  bem om ing  hushi 
tiklanadi.  Ammo,  tez  orada  kom pensator  m exanizm lar  susayib, 
yurak  faoliyati  va  nafas  to ‘xtaydi,  bu  esa  klinik  o ‘lim dan  darak 
beradi.
1.  Klinik o ‘lim  holatida:
•  bemor hushsiz;
•  to ‘liq arefleksiya va m ushaklar gipotoniyasi;
•  to ‘satdan  siydik chiqarish va najas  ajralishi  kuzatiladi;
•  ko‘z  qorachiqlari  o ‘ta  kengaygan,  yorug‘likni  um um an 
sezmaydi;
•  teri  qoplamlari  ko‘kish  tusda,  sovuq;
•  asosan nafas va yurak faoliyati to ‘xtagan b o ‘ladi.
Klinik  o ‘lim  hayotning  biologik  o ‘limga  o ‘tish  jarayoni 
hisoblanib,  nafas  va  qon  aylanish  faoliyati  to ‘xtashi  vaqtida  bosh


miya  p o ‘stloq  qavati  hujayralarida  qayta  tiklanmaydigan  o‘z- 
garishlar  yuzaga  kelgungacha  davrni  o ‘z  ichiga  oladi.  Nerv 
hujayralari  total  gipoksiyani  3  min  10  sek  ko ‘tarishi  mumkin. 
Klinik  o ‘lim  4-5  m inut  davom  etadi.  Bu  vaqt  ichida  o ‘lavotgan 
organizmni  tiriltirish  mumkin  bo ‘ladi.  Shuni  belgilash  kerakki, 
gipotermiya  sharoitida  bu  vaqt  cho‘zilishi  ham  mumkin,  past 
haroratda bosh miya hujayralarining kislorodga ehtiyoji kamayadi. 
Qon  aylanishi  va  nafas  to ‘xtagandan  keyin  bosh  miya  to ‘qima- 
larida,  miokardda,  jigarda,  o ‘pka  va  buyraklarda  oksidlanish 
jarayonlari  buzilib,  m oddalar  almashinuvining  kislotali  qoldiqlari 
y ig ‘iladi  va  og ‘ir  m ctabolik  atsidoz  rivojlanadi.  Klinik  o ‘lim 
boshidayoq,  m a’lum  darajada hujayra tuzilishi  buziladi,  lekin  5 -  6 
minutdan  keyin  ham   bosh  miyaning  bir  qancha  hujayralari  hali 
tiklanish  xususiyatiga  ega  b o ‘lishi  mumkin.  Bu  organizmni 
tiriltirish  imkoniyatini  beradi.  Bunda  MNS  plastikligi  katta 
aham iyatga  ega,  xalok  b o ‘lgan  hujayra  funksiyasini  boshqa 
sog‘lom  hujayralar  o ‘z  zimmasiga  oladi.  Birinchi  navbatda  bosh 
m iya  p o ‘stloq qavati  va m iyacha  hujayralari nobud boMadi.  Bu  esa 
reanim atsiya  m uolajalarini  natijasizligiga  sabab  bo ‘lishi  mumkin. 
SHuning  uchun  yurak  va  nafas  faoliyatini  klinik  o ‘limdan  keyin 
1 5 - 2 0   daqiqa  ichida  tiklash  mumkin  va  har  qanday  sharoitdan 
q at’iy  nazar,  reanim atsiya  muolajalarini  boshlam agan  shifokom i 
bu  borada  oqlash  qiyin.  Bu  bizning  sog‘liqni  saqlashdagi 
qonunimizdir.
Gippokrat  zam onidan  bizning  davrgacha  bem om ing  hayoti 
uchun  oxirigacha  y a ’ni  oxirgi  nafas  va  yurak  urishigacha 
kurashish  kerak degan  tushuncha bor edi.  Rcanim atologiya fani  va 
uning rivojlanishi nafas  va yurak  faoliyati to ‘xtagandan keyin ham 
bem om ing  hayoti  uchun  kurashish  davom  etishi  kerakligini 
tasdiqlaydi.

Yüklə 3,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə