Bolalarda liderlik qobilyatini shakillantirish


BUNDAY XATOLARGA YO`L QO`YMANG



Yüklə 83 Kb.
səhifə6/9
tarix29.06.2022
ölçüsü83 Kb.
#90214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Chimirov Mirjalil

BUNDAY XATOLARGA YO`L QO`YMANG

“ MEN 8 yoshli farzandimga o’yinchoqlarni yig’ishtirib qo`ymagani uchun baqirdim .Uni masulyatsizlikda va dangasalikda shafqatsiz ayblab eshikni qattiq yopdim va daxshatga tushib bir vaqtlar otam ham menga xuddi shunday muomala qilganini esladim : qattiq baqirish va xaqorat qilish .Men xulqim jihatdan otamga aylanib qolganim “


Ko`pincha biz bolalarimiz gapirganimizda ota-onalarmizning bizga aytgan so`zlari ishlatganimizni sezib qolamiz ? Bizga bu yoqadimi yo`qmi biz tarbiya mahsulimiz va istakka bo`gliq ravishda ota-onamiz namunasidagi qiyofani bollarimizga oldindan o`zimiz o`ynashga majburmiz . Ko`p holatlar bizning haqiqiy reaksiyamiz yosh bolalik chog`imizda o`zimizda sinab ko`rgan xuddi shu usulni bolalarimizga nisbatan qo`llashimizda bo`ladi.
Biz ota-onalarimiz tarbiyalagan eski tarbiyalash ussularidan vos kechmoqchi bo`lib ko`pincha xaddimizdan oshib ketamiz.
,,Yoshlik chog`imda meni hech narsam yo`q edi shuning uchun farzandimda hamma narsa bo`lishini hohlayman . Men bunday qilmasligim kerakligini uning hayotini buzib qo`yishim mumkinligini bilsam ham o`zimni bundan to`xtata olmayman . O`zimning qanday kambag`al bo`lib voyaga yetganimni yaxshi eslayman “ deydi bir ona .
Farzandingizga hayotni oq va qora ranglarini birdek ko`rsating agar unga faqat oq tomonini ko`rsatsangiz u kun kelib qora tomonini ko`rsa tushkunlkka tushib qoladi. Shuning uchun hayotni boricha qabul qiling.


TAQILID QILISHGA LOYIQ INSON BO`LING.

Bizning fikrimiz va ishonchimiz odatdagi xarakatlarmiz bilan qo`shilganda bu bizning farzandlarimizga xar kuni beradigan ko`rsatadigan xar kuni beradigan ko`rsatadigan tasirimizdir. Biz ular uchun pastdan yuqoriga qarab o`rnak oladigan model vazifasini o`taymiz . bu ijobiy yoki salbiy tasir etishi mumkin . Agar farzandimizda o`zimiz ko`rishimiz xoxlagan o`rnak vazifasini o`tasak yaxshi . Ammo bazan shunday bo`ladiki biz o`zimizga ezgu niyat qilgan xolda farzandlarimizga zararli g`oyalarni singdirib qo`yamiz .


Masalan o`zimizni bezovta his qilganimizda va noxush xolatlardan qutilish uchun o`zimizga ximoya qobig`I yasab olganimizda beixtiyor bolalarimizda notanish vaziyatlarda xosil bo`ladigan qo`quv xissini yo`qotish o`rniga kuchaytirib qo`yamiz . Aksincha biz o`zimiz yuksaklikka ko`tarilganda va butun zabt etishga chog’langanimizda bu xaqiqiy erkaklarga xos bo`lgan xislatni farzandimizga ham ko`chirib o`tkazmiz.
Keling tan olamiz xar birimizda ,,omadli “ va ,,omadsiz” kunlar bo`ladi. Xech birimizda komilmasmiz va o`zimizdan mukammallikni talab qilshga xaqli ham emasmiz . Shuni tan olishimiz kerakki nima qilishimizdan qatiy nazar farzandlarimiz uchun xar doim o`rnak bo`lib qolamiz .
,,Bir kun qizim bilan bog`chadan uyga qaytayotganimizda yo`lak o`rtasida o`tirib tilanchilik qilayotgan yosh juvonga duch keldik .Uning ko`rinishidan bir necha kundan beri tuzuk tuz totmagani bilinib turardi men uning idishiga beixtiyor ravishda mayda pul tashladim . Bu ishni qilaturib ota-onam meni xar doim o`zgalarga xurmat etiborli bo`lishga o`rgatishganini esladim . Bir kuni onam ko`chada juda kambag`al shu juvonga o`xshab ketadigan ayolni yegulik bilan siylagan yordamiga keladi.
Biz yo`lda davom etdik va men qizimga buvisining ochiq ko`ngil saxiyligi xaqida aytib berdim . Shunda qizim ,,Biz ham yo`lakdagi juvonga biron narsa olib bersak bo`lmaydimi” deb qoldi. Bu meni juda hayratga soldi ,bizning ammalarimiz farzandlarimizga qanday tasir qilishini xis qildim . shunda onam menga odamsiz kishilarga yordam berishnigina emas balki o`zi qilgan yaxshilik farzandlariga ham singdirshni talim berganini bildim” deydi bir ona.
Bizning butun borlig`imiz farzandimizni kim bo`lib yetishisni belgilab beruvchib kalit hisoblanadi.
,,Xudoga shukur bollar unchalik tez o`smaydi . Aks holda tarbiya jarayonida yo`l qo`ygan kichkina xatolar to`g`irlashimizning sira iloji bo`lmasdi” deydi boshqa ota .
Bolalar kattalrni unchalik yaxshi tinglashmaydi ,ammo taqlid qilishda hech narsani nazardan chetda qoldirmaydi .
Jeyms Bolduin ,,agar biz farzandlarizmiga sabrli bo`lib o`sishini hohlasak tirikchilik tashvishlarini yengishda har zamonda emas balki xar doim ularga o`zimiz o`rnak bo`lishimiz zarur bo`ladi . Agar biz bolalarimizga ko`proq do`st ortirishni istasak o`zimiz ko`proq do`st orttirishimiz kerak. Agar biz ularni baxtli va boshqalarga g`amxor bo`lishni xoxlasak o`zimiz o`rnak bo`lishimiz shart!” degan edi.
Gandi esa : ,,Biz atrifimizdagilarni qanday xolatda ko`rishni xoxlasak ,o`zimiz xuddi shunday bo`lishimiz lozim “ deb aytgandi.
Shuning uchun biz farzandlarimiz qanday bo`lishini istasak avvalo o`zimiz shunday bo`lishimiz kerak . Boshqa yo`l yo`q ! ,,men aytganimni qil men qilgan ishlarni qilma “, deyishlik allaqacjon o`zini oqlamay qo`ygan .
Yoshlar juda extiyotkor bo`la olmaydilar va shuning uchun ular bo`lishi ehtimoli kam bo`lgan ishlarga urinadilar avloddan-avlodga o`tgan sari ko`zlangan niyatlariga yetadilar .
,, Har bir bolada bir daho yashirin .Uning kim bo`lib voyaga yetishi
esa kattalarning munosabati tarbiya mahsulidir ”.
Qadim zamonlardan buyon noyob qobilyat eng avvalo irsiy tabiat in’omi deb hisoblanadi . bizga ,, Motsort uch yoshida pianino chalgani “ yoki ,,Jon Styuart Mill lotin tilida mumtoz adabiyotlarni ham aynan shu yoshda o`qigan “ desalar ko`pchiligimiz oddiygina ,, albatta ular dahoku deb qo`ya qolamiz.
Ammo Motsart va Millining ham daho bo`lib dunyoga kelmagan . Ularning qobilyati go`daklikdanoq yaratilgan qulay sharoit va berilgan samarali talimda to`liq rivojlangan .
Amir Temurni Amir Temur bo`lishida uni otasini o`rni juda katta hisoblanadi otasi uni yoshligidan qobilyatiga qarab ustozlar tarbiyasiga bergan . Amir Temurni otasi ham jisaman ,ham aqlan ,ham ruhan tarbiya qilgan. Bu uch kampanentni o`zida jamlagan amir Temur 7 iqlimga hukmronlik qila oladigan shaxs bo`lib yetishdi.
Amir Temurni o`zi ham farandlari va nabiralari tarbiyasida jiddiy yondoshgan ,xususan eng suyukli nabirasi Ulug`bekni , Suyukli xotini Bibixonim tarbiyasiga beradilar.

Temuriylar farzandlariga xotin tanlashda 7 avlodini surishtirish orqali o`g`illariga qiz tanlashgan . Sog`lom ona sog`lom bola kansepsiyasiga amal qilishgan.


Temuriyzodalar boshqalardan ajaralib turadigan jihati ularni barchasi mohir qilichboz bo`lgan bu qobilyat ularga bobo meros hisoblanadi.

Yangi tug`ilgan chaqaloq dastlab tabiatiga xos bo`lmagan muhitda tarbiyalansa ,kelajakda uning to`liq rivojlanishi hamda tabiatan In’om etilgan iste’dodining shakllanishi imkoniyati yo`qaladi. Eng yaqqol misol ,, bo`ri qizlar “ tarixi bo`lib ular 1920-yilda Kalkutta (hindiston ) dan janubi-g`arbiy tomonda g`ordan missioner va uning xotini tomonidan topilgan opa singil Amala va Kamaladir.


Er-xotin bo`rilar tarbiya qilgan qizlarga insoniy sifatlarni singdirish uchun qancha urinishmasin barcha harakatlari behuda bo`ldi . O`z- o`zidan ayonki odam bo`lib tug`ilgan chaqaloq –odam ,bo`rining bolasi esa bo`ridir . Biroq bu qizlarda insoniy shart-sharoitlarda ham bo`riga xos qiliqlar namoyon bo`lishda davom eraverdi. Demak chaqaloq tug`ilishi bilan uni o`rab olgan atrof-muhit va ta`lim tarbiya uning kim bo`lib yetishishini aniqlab beradi!
Bu missolar haqida fikir yuritib men yangi tu`gilgan chaqoloqqa ta`lim tarbiya va atrof-muhitning qanchalik kuchli ta`sir qilishi borasida ko`proq o`ylayman.
Yapon olomlari maktabgacha yoshdagi bolalar ustida tadqiqot o`tkazadilar va ular ijobiy natijalarga erishadilar.Ishimiz oldinga siljigan sari biz bollar tarbiyasiga an’anaviy yondashuv naqadar noto`g`ri ekanligiga ayon bo`la bordik . Odatda biz bollar haqida barcha narsani bilamiz deb o`ylaymiz . Aslida ularning haqiqiy imkoniyatlari haqida juda kam tassavurga egamiz .


Yüklə 83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə