Bolalarda liderlik qobilyatini shakillantirish


CHAQALOQNI RIVOJLANMAGANLIGI-UNING ULKAN IMKONIYALARI KALITI



Yüklə 83 Kb.
səhifə8/9
tarix29.06.2022
ölçüsü83 Kb.
#90214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Chimirov Mirjalil

CHAQALOQNI RIVOJLANMAGANLIGI-UNING ULKAN IMKONIYALARI KALITI

Fikrimcha ,erta rivojlanish yangi tug’ilgan chaqaloq aqliy salohiyatini yangi tug’ilgan chaqaloq aqliy salohiyati va cheksiz yashirin imkoniyatlari bilan bog’liq .


Albatta ,endi tug’ilgan chaqaloq muloqot ojiz ,ammo aynan shu ojizlik ostida yaxshirin imkoniyatlar beqiyosdir.
Inson chaqalog’i hayvon bolasidan ancha ojiz bo’lib tug’iladi:u faqat baqirib yig’ilish va sut emishni biladi. Hayvonlar, masalan kuchuk ,maymun yoki otning bolasi esa emaklashi ,yopishishi va hatto o’rinidan turishi , yurishi mumkin.
Zoologlarning ta’kidlashicha ,yangi tug’ilgan chaqaloq endi dunyoga kelgan hayvon bolasidan 10-11 oygacha oraqada qoladi. Buning sabablaridan biri insonning yurishdagi holatidir. Odam vertical yurganida barchadonidagi homila o’zining to’liq rivojlanish holatiga yetmaydi,shuning uchun ham chaqaloq ojiz bo’lib tug’iladi. Insonlar tug’ilgandan keyin o’z tanalaridan foydalanishni (ya’ni harakatlanish ,yurish -ta’kid bizniki) o’rganishlariga to’g’ri keladi.
Xuddi shu tarzda ular miya imkoniyatlardan foydalanishni ham o’rganib oladilar. Hayvon bolasining miyasi tug’ilganiga chaqaloqning miyasi toza qog’oz kabidir. Ana shu qog’ozga nima yozilishi bolaning qanchalik zehnli bo’lishini belgilab beradi.


MIYA TUZILISHI UCH YOSHGACHA SHAKLLANADI

Aytishlaricha ,inson miyasi taxminan 1,4 milliard hujayradan iborat, biroq yangi tug’ilgan chaqaloqlarda ularning aksariyati hali shakillab ulgurmagan bo’ladi.


Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning miyasi g’oyaki oppoq qog’ozdek.
Miya hujayralari alohida -alohida ,tarqoq holda ishlamaydi. Miyaning mikrosuratiga qarasangiz ,tug’ilgandan keyin vaqt o’tib ongi rivojlangan sari uning hujayralari orasida maxsus ko’prikcha -shoxchalarning shakillanishi ko’rishingiz mumkin .
Yangi tug’ilgan chaqaloq va voyaga yetgan inson miya hujayralarni taqqoslash shuni ko’rsatmoqdaki ,miya rivojlanishi davomida uning hujayralarni biri-biri bilan bog’lovchi ko’prikshoxlar paydo bo’ladi. Bosh miya hujayralari
Sezgi a’zolaridan olgan ma’limotlarini bir-biriga uzatish uchun go’yoki bir-biriga qo’lini cho’zadi.
Bu jarayon elektr kompyuterlardagi tranzistor va mikrosxemalarning ishini eslatadi. Alohida olingan tranzistornning bir o’zi ishlay olmaydi , faqatgina yagona tizimga bog’langandan so’nggina kompyuter kabi ishlay boshlaydi.
Hujayralararo aloqalar eng faol shakillanadigan davr -bu bolaning tug’ilishidan uch yoshgacha bo’lgan davrdir. Shu vaqt davomida bunday birikmalarning taxminan 70-80% paydo bo’ladi.

Ularning rivojlangani sari miyaning imkoniyatlari kengayib boradi. Tug’ilgandan keyingi birinchi olti oy davomida miyaning salohiyati 50% ,uch yoshgacha esa 80% yetadi. Albatta ,bu go’daklikdan keyin bola miyasi butkul rivojlanishdan to’xtaydi degani emas . To’rt yoshdan boshlab miyaning boshqa bir qismidagi hujayraviy aloqalar ishga tushadi . Uch yoshgacha asosan miyaning orqa qismi shakllanadi , to’rt yoshdan esa bu murakkab jarayonga “peshona bo’limlari” deb ataluvchi qism qo’shiladi.


Uch yoshgacha va undan keyingi hujayraviy aloqalar shakillanishidagi farq shudaki ,uch yoshgacha shakillangan hujayra ko’priklarni kompyuterdagi “texnik taminot” desak ,uch yoshdan keyingisi esa kompyuterdagi “dastur bilan ta’minlash “ga mos keladi.
Miyaning tashqi signallar qabul qilishi, uning tasvirini yartishi va uni xotirada saqlab qolish sifati asosiy qobilyat hisoblanib , bu bosh o’zak aynan biz nazarda tutgan komyuterdirki , bolaning kelajakdagi intellektual rivojlanishiga fundamental asos bo’ladi. Fikirlash ,ehtiyojlar ,ijodkorlik his -tuyg’ular kabi yutuk qobilyatlari uch yoshdan keyin rivojlanadi ,ammo ular bu yoshgacha shakllangan bazadan foydalanadilar.
Shunday qilib ,agar dastlabki uch yilda mustahkam baza (fundament) shakillanmagan bo’lsa , undan foydalanishni o’rgatish behuda . Bu xuddi buzilayotgan komyuterda ishlab yaxshi natijalarga erishishga urinish kabidir.

Yüklə 83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə