Bolalarda psixologik travmalarning kelib chiqish sabablari va ularni



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix12.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#148897
1   2   3   4
Ibragimova Nilufar Yuldoshali qizi


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Март 
, 202

418 
birinchi yechim sifatida “zarbaga qarshi zarba” yoki “zarbadan oldingi himoya” rejimi yoniq 
turadi. Psixologiyada bolalik travmalarining yuzaga kelishining besh turi bor: 
1.Yaqinlari tomonidan rad etilish(xiyonat,e’tiborsizlik,fikrlarining tinglanmasligi); 
2.Munosabatlarning buzilishi(mojaro,janjallarda bevosita kuzatuvchi yoki ishtirokchi 
sifatida bo’lish); 
3.Yo’qotish(yaqinlaridan bir yoki ko’p kishining birdaniga hayotidan chiqib 
ketishi,o’limi, ) 
4.Sog’lig’ining yomonlashuvi(bu holatda jiddiy kasalliklarga chalinish 
5.Fiziologik zo’ravonlikka uchrashi(masalan pedofiliya, tahqirlanish). 
Ko’pincha bola atrofidagi u bilan birga vaqt o’tkazadigan kattalar ba’zi harakatlari 
bilan bolaning ruhiyatiga shikast yetkazishini tushunishmaydi,vaholanki bolaga travmatik 
vaziyatning sabablarini bilish va uning tub mohiyatiga yetish juda muhimdir.Bolalarga 
be’etibor bo’lish,uning xohishlarini mensimaslik,qobilyatlari ustidan kulish,uning yonida 
hasadini keltirar darajada boshqa bolalarni erkalatish bora-bora bolada o’ziga nisbatan 
nafrat va ishonchsizlik keltirib chiqaradi.Bu esa bola kelajagida bir qator 
muammolarni,masalan,fikrini va xohishlarini erkin ayta olmaslik,odamlardan yakkalanish 
ishtiyoqi kabi xarakter belgilarini keltirib chiqaradi. Doimiy mojaro ichida o’sgan bola 
gohida o’ta befarqlik gohida agressivlik sifatlarini namoyon etadi,insonlarga nisbatan nafrat 
tuyg’usi bilan ulg’ayadi. 
Yaqin insonini yo’qotish bolaning butun hayotini, dunyoqarashini o'zgartirishi, uning 
yolg'izlanishi va muloqotga kirishmasligiga olib kelishi mumkin. Bola bu yo’qotish uchun 
o'zini aybdor his qilsa, depressiyaga beriluvchan bo’lishi,muloqotni to’xtatishi 
mumkinYo’qotishlar,ayniqsa yaqin insoning o’limi bilan bog’lik yo’qotishlarda bola 
psixikasida o’sha inson bilan bog’lik kemtik paydo bo’ladi. U umri davomida shu kemtikni 
to’ldirish uchun harakat qiladi. Munosabatlar o’rnatishda ham o’sha psixikasida yaqinlik 
bilan bog’liq “o’ra”ni to’ldirishga mos insonni izlab,partnyorini shu prioritetlariga ko’ra 
tanlaydi.Shunday bo’lsa-da,ko’pincha munosabatlarda muammolarga uchraydi. 
Kasalliklar, yani bolaning yurishini, harakatini va muloqotini cheklaydigan doimiy 
shamollashlar, og'riq va tashvishga sabab bo'ladigan surunkali kasalliklar ishonchsizlik 
hamda nochorlikni keltirib chiqarishi mumkin va ulg’aygandan so'ng, odam patologik 
jihatdan shubhalarga beriluvchan bo’lib qoladi ,sog'lig'iga haddan ziyod ko’p e'tibor 
beradi.Bunday bolalar ulg’ayganda bezovtalikdan qiynalishadi. Fiziologik zo’ravonlik 
psixologik travmaga sabab bo’ladi.
Har qanday turdagi travma bolalarning ijtimoiylashuv jarayoniga salbiy ta'sir 
ko'rsatadi. Bolaga do'stlashish, yangi odamlar bilan muloqot qilish, notanish sharoitlarga 
moslashish qiyinlashadi. Bunday bolalar psixikasi qo'rquvlar va ijtimoiy fobiyalarning 
shakllanishiga moyildir. Katta yoshlilarda bolalik davridagi psixologik jarohatlarning 
oqibatlari ruhiy tushkunlikni rivojlanish xavfining yuqoriligida, doimiy aybdorlik hissi, 
asabiylashish va tajovuzkorlikda namoyon bo'ladi. Bunday holatda uzoq vaqt qolish 


Международный
научный
журнал

8
(100), 
Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə