Boʻlimlar



Yüklə 80,38 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix06.02.2018
ölçüsü80,38 Kb.
#26678


 

 

 



                               

 

 

 

Boʻlimlar 

 



Koʻzlangan maqsad va erishilgan natijalar 

 



Ta’lim sifatini baholash boʻyicha oʻquv safari 

 



Sinov kurslarini amalga oshirish 

 



GE-UZ yozgi oʻquv kurslari  

 



GISCA Konferensiyasi 

 

GE-UZ haqida qisqacha 

Tempus  GE-UZ  loyihasi  yakuniga  yetib  borar  ekan, 

bizni  loyihaning  bajarilgan  ishlari,  maqsad  va 

vazifalari, erishilgan natijalari hamda asosiy faoliyati 

haqida toʻxtalib oʻtishga, loyiha davomida erishilgan 

natijalarni  tanqidiy  tahlil  qilgan  holda  kelgusidagi 

vazifalarni diqqat bilan rejalashtirishga undamoqda.  

Loyihaning  maqsad  va  vazifalari  etib  quyidagilar 

belgilangan edi: 

 

Geoinformatika boʻyicha magistratura 



mutaxassisligini tashkil qilish; 

 



mazkur mutaxassislikda ta’lim beradigan 

malakali oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish; 

 

barqaror ta’lim tarmogʻini barpo etish; 



 

Oʻzbekistonning barqaror rivojanishiga oʻz 



hissasini qoʻshish. 

Geoinformatika  fazoviy  ma’lumotlar  zarur  boʻlgan 

muhandislik-qurilish,  avtomobil  va  temir  yoʻl 

qurilishi,  shahar  va  qishloq  joylarini  loyihalash, 

atrof-muhit  monitoringi,  yerdan  foydalanish  va 

boshqarish,  kadastr,  konchilik,  tabiiy  resurslarni 

boshqarish 

va 


qishloq 

xoʻjaligini 

barqaror 

rivojlantirish 

kabi 

sohalardada 



qoʻllaniladi. 

Geografik  axborot  tizimi  (GAT)  barqaror  rivojlanish 

uchun  qaror  qabul  qilishda  juda  muhim  vosita 

hisoblanadi,  chunki  u  qaror  qabul  qiluvchilarni 

fazoviy  ma’lumotlarni  baholash  va  tahlil  qilish 

uslublari  orqali  olinadigan  axborot  bilan  ta’minlay 

oladi.  Bugungi  kunda  Oʻzbekiston  GAT  yordamida  

bir qator muammolarni samarali hal etishi mumkin.  

Yuqorida  ta’kidlab  oʻtilgan  maqsadlarga  erishish 

hamda  ishlab  chiqarishning  mazkur  soha  kadrlariga 

boʻlgan  ehtiyojlarini  ta’minlash  uchun  Tempus  GE-

UZ loyihasi konsorsiumi  (Oʻzbekistondan 4 ta  OTM, 

Oliy  va  oʻrta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  Geodeziya  va 

kartografiya  milliy  markazi,  “Geoinformkadastr” 

davlat  unitar  korxonasi  va  Yevropaning  4  ta 

OTMlari)  quyidagi  vazifalarni  amalga  oshirishni 

belgilab oldilar:  

 



ehtiyojlar tahlili; 

 



ta’lim sifatini baholash qoʻllanmasini yaratish; 

 



yangi oʻquv rejani ishlab chiqish; 

 



akkreditatsiyadan oʻtkazish/litsenziyalash; 

 



ta’lim olishni boshqarish tizimini ishga tushirish; 

 



ta’lim 

metodologiyasi 

va 

AKT 


boʻyicha 

seminarlar oʻtkazish;  

 

ma’lumotlarni 



toʻplash 

usullari 

va 

geoma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimini 



yaratish boʻyicha seminar-treningni oʻtkazish; 

 



fazoviy 

tahlil 


boʻyicha 

seminar-treningni 

oʻtkazish; 

 



oʻzbek  tilida  8 ta yangi  oʻquv qoʻllanmani  ishlab 

chiqish; 

 

oʻquv qoʻllanma boblarining ingliz tilidagi tavsifi;  



 

4 ta kompyuter laboratoriyalarini tashkil qilish; 



 

zamonaviy  geodezik  asbob-uskunalarni  xarid 



qilish; 

 



zamonaviy  texnologiyalarni  oʻrganish  boʻyicha 

dala trening mashgʻulotlarini oʻtkazish;  

 

magistratura  dasturining  sinov  bosqichida 



tahliliy  soʻrovnomalar  oʻtkazish  orqali  dasturni 

takomillashtirish; 

 

magistraturaga talabalarni jalb etish; 



 

ta’lim  sifatini  baholash  boʻyicha  oʻquv  safarini 



Evropa OTMda oʻtkazish; 

 



GAT boʻyicha yozgi oʻquv kursini oʻtkazish; 

 



GISCA’15  xalqaro  konferensiyani  hamkorlikda 

oʻtkazish: 

Deyarli barcha vazifalar amalga oshirilib, nihoyasiga 

yetkazildi. 

Loyihaning  asosiy  maqsadi  Oʻzbekistondagi  hamkor 

OTMlarda 

Bolonya 

jarayonining 

magistratura 

bosqichiga  mos  Geoinformatika  boʻyicha  yangi 

mutaxassislikni ishlab chiqishdan iborat edi. Mazkur 

yangi magistratura mutaxassisligida ta’lim olayotgan  

talabalar  uchun    sohaga  oid  quyidagi  8  ta  yangi 

oʻquv qoʻllanmal ishlab chiqildi: 

1. Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari  

2. Masofadan zondlash  

3. Fazoviy ma’lumotlar modellari  

4. Ma’lumotlarni olish va integratsiyalash  

5. Geoma’lumotlar bazasi va arxitekturasi  

6. Kartografiya va Geovizualizatsiya  

7. Fazoviy tahlillar  

8. Loyihani tashkil etish va boshqarish  

Ta’lim  sifatini  baholash  boʻyicha  oʻquv  safari  joriy 

yilning  aprel  oyida  boʻlib  oʻtdi  va  yakuniy  ikkita 

tadbir  May  oyining  ohirida  amalga  oshiriladi,  ular 

haqida quyida toʻliqroq ma’lumot berilgan. 



The 

GE

-

UZ

 

GE

oinformatika



OʻZ

bekistonda barqaror rivojlanishga 

erishish 

   

www.ge-uz.eu  &  www.geoinformatics.uz

 

GE-UZ Axborotnoma № 6, May 2015 




TEMPUS GE-UZ project 

                                                                            530808-TEMPUS-1-2012-1-HU-TEMPUS-JPCR Tempus IV

 

 

Ta’lim  sifatini  baholash  boʻyicha 



oʻquv safari 

Magistratura 

dasturini 

muvaffaqiyatli  amalga 

oshirishni  qoʻllab-quvvatlashda  juda  muhim  omil 

boʻlgan  ta’lim  sifatini  baholash  boʻyicha  trening 

kursi  Buyuk  Britaniyaning  Grinvich  Universitetida 

(Dr.  Fakhar  Khalid  va  Dr.  Mike  McGibbon 

boshchiligida) tashkil etildi.  

Mazkur 


trening 

kursning 

asosiy 

maqsadi 


magistratura  dasturini  muvaffaqiyatli  tashkil  etish 

va  davom  ettirishning  nazariyasi  hamda  amaliyoti 

haqida ma’lumot berish va qisqacha tahlil qilishdir.  

 

Trening kurs quyidagi mavzularni qamrab oldi:  



1.

 

Buyuk  Britaniya  va  Yevropada  ta’lim  sifatini 



baholashning muhimligi: 

 



Buyuk  Britaniya  va  Yevropada  sifatni 

baholash jarayonining tahlili;  

 

ta’lim  olish  va  sifat  boʻyicha  direktorning 



universitetdagi roli; 

 



talaba  tajribasini  oshirish  uchun  sifatni 

baholash mezonlari. 

2.

 

Sifatni baholash amaliyotda: 



 

Mavjud  namunaviy  dasturlarning  sifatini 



baholash jarayonini oʻrganish;  

 



Magistrlik  dasturi  rahbarining  dasturni 

rivojlantirishdagi roli va ma’suliyati. 

3.

 

Sifatni  baholash  dasturni  amalga  oshirish  va 



muvofiqlashtirishda: 

 



Kurs  rahbari  (fanga  ma’sul  oʻqituvchi)ning 

dasturni 

rivojlantirishdagi 

roli 


va 

ma’suliyati; 

 

muvofiqlashtirish  jarayonlari  bilan  bogʻliq 



hujjatlashtirish; 

 



namunaviy 

dasturni 

muvofiqlashtirish 

jarayoniga nazar.  

 

 

4.



 

Magistratura  dasturini  muvaffaqiyatli  amalga 

oshirish: 

 



Kurs (fan)ni baholab borish; 

 



dastur va kurs monitoringi hisobotlari

 



davriy  hisobotlarning  muhimligi  (namunali 

va ilgʻor tajribalar). 

 

Sinov kurslarini amalga oshirsh 



Sinov kurslari loyiha doirasida ishlab chiqilgan oʻquv 

qoʻllanmalarni  oʻqitish  asosida  milliy  hamkor 

OTMlar (OʻzMU, TAQI, TIMI va QDU) da 2015 yilning 

1-martdan  31-mayiga  qadar  amalga  oshirilishi 

rejalashtirilgan.  Rejaga koʻra, har bir kursda kamida 

uch  nafar  talaba  qatnashadi  va  umumiy  hisobda 

barcha  hamkor  universitetlardan  jami  24  nafar 

magistr va bakalavr talabalar ishtirok etadi. 

 

GE-UZ yozgi oʻquv kurslari 



Tempus  loyihasi  doirasida  zamonaviy  geodezik 

asboblar    jumladan,  8  ta  elektron  taxeometr,  4  ta 

GNSS  rover  va  bazaviy  stansiyalar,  bir  necha  qoʻl 

GPSlari, 1 ta Trimble TX5 uch oʻlchamli lazer skaneri, 

8  ta  avtomatik  nivelir  va  8  ta  lazerli  masofa 

oʻlchovchi  asboblar  xarid  qilindi.  Mazkur  asbob-

uskunalarning  amalda  qoʻllanilishi  boʻyicha  2015- 

yilning  10-16  may  kunlari  Toshkent  Irrigatsiya  va 

melioratsiya  institutida  yozgi  oʻquv  kurslari  tashkil 

etilmoqda.  Mazkur  yozgi  oʻquv  kurslari  2  ta  asosiy 

mavzuga yoʻnaltirilgan: 

1.

 

Uch oʻlchamli lazerli skanerning qoʻllanilishi 

Soʻnggi    yillar  davomida  fazoviy  ma’lumotlarni 

toʻplash  uchun  havodan  va  yerdan  turib  lazerli 

skanerlash  keng  qoʻllaniladigan  vositaga  aylanib 

bormoqda.    Bugungi  kunda  uch  oʻlchamli  lazer 

skaner raqamli relef modelini yaratishda, oʻrmonlar, 

uzluksiz  infratuzilma,  sanoat  tizimi  va  tarixiy 

binolarni  tekshirishda  hamda  hujjatlashtirishda 

muntazam  ravishda  qoʻllanilib  kelinmoqda.  Biz 

mazkur  kursda  oʻz  diqqatimizni  uch  oʻlchamli  lazer 

skanerni 

tarixiy 


binolarni 

tadqiq 


etishga 

qaratmoqchimiz. 

Tarixiy 

binolarni 

hujjatlashtirishdan 

asosiy 


koʻzlangan 

maqsad 


ularning  tabiiy  omillar  ta’sirida  yemirilishi,  inson 


TEMPUS GE-UZ project 

                                                                            530808-TEMPUS-1-2012-1-HU-TEMPUS-JPCR Tempus IV

 

 

ta’siri ostida buzilishi yoki vaqt oʻtishi bilan xarobaga 



aylanishidan  oldin  uning  uch  oʻlchamli  modelini 

yaratish hisoblanadi. 

Uch oʻlchamli lazer skanerni ishlatishni oʻrgatishdan 

koʻzlangan  maqsad  binolarning  uch  oʻlchamli 

modelini  yaratish  uchun  qatnashuvchilarda  yerdan 

turib  lazerli  skanerlashning  nazariy  bilim  hamda 

amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.  

Bu  kurs  davomida  qatnashuvchilar  yerdan  turib 

lazer skaner asbobi orqali olingan ma’lumotni qayta 

ishlashga 

moʻljallangan 

dasturning 

asosiy  

tamoyillari bilan tanishadilar. Shuningdek, ma’lumot 

olish  va  qayta  ishlash  koʻniklamalarini  oshiradilar. 

Shu  maqsadda,  biz,  Baroqxon  madrasasi  tarixiy 

binosini  skanerlab,  uning  uch  oʻlchamli  modelini 

yaratmoqchimiz.  Bu  ishdan  kutilayotgan  natija 

binoni  uch  oʻlchamli  modelini  hujjatlashtirish  va 

qisqa matnli tavsiflashdan iborat.  

 

Kursni  muvaffaqiyatli  tugatgan  qatnashuvchilar 



lazer  skanerni  ishlatish  tamoyillari  haqidagi 

tushuncha  va  bilimlarga,  shuningdek,  lazerli 

skanerni turli muhandislik ishlarida  qoʻllash, olingan 

ma’lumotlarni  maxsus  dastur  orqali  qayta  ishlash 

koʻnikmalariga ega boʻladilar. 

 

“Uch  oʻlchamli  lazerli  skanerning  qoʻllanilishi” 



kursida  qatnashish  uchun  qatnashuvchi  geodeziya 

kursini  muvaffaqiyatli  oʻzlashtirgan  va  kompyuter 

dasturlarida  ishlash  qobiliyatiga  ega  boʻlishi  shart 

hisoblanadi.  



2.

 

GATning 

atrof-muhitni 

boshqarishda 

qoʻllanilishi 

Dunyoda sodir boʻlayotgan atrof-muhit bilan bogʻliq 

muammolar, 

ularni 


bartaraf 

qilish 


boʻyicha 

choralarni  aniqlashni  yoki  yangi  infratuzilma 

loyihalar  natijasida  ekotizimga  boʻlayotgan  salbiy 

ta’sirlarni 

kamaytirishga 

qaratilgan 

chuqur 

oʻylangan  yechimlarni  ishlab  chiqishni  talab 



etmoqda. 

Atrof-muhitimiz 

mantiqan 

fazoviy 


oʻlchamga  egaligi  uchun  geografik  axborot  tizimini 

qoʻllash  bunday  yechimlar  uchun  raqamli    asos 

sifatida uzoq an’anaga ega.  

Mazkur  yozgi  oʻquv  kursida  biz  atrof-muhitni 

monitoring  va  tahlil  qilish,  atrof-muhitda  yuz 

beradigan  oʻzgarishlarni va  salbiy natijalarni fazoviy 

va 

vaqtli 


oʻlchamlarda 

tasvirlash 

usullarini 

oʻrganamiz.  Yozgi  oʻquv  kursining  birinchi  qismi 

fazoviy  tahlil  texnikalari,  masofadan  zondlash  va 

fazoviy  statistikaning  atrof  muhitga  bogʻliq  asosiy  

tushunchalariga  bagʻishlangan  boʻlsa,  ikkinchi qismi    

mahalliy  ma’lumotlardan  foydalanishning  kompleks 

amaliy  tadqiqotlarini  rivojlantirishga  qaratilgan. 

Ma’ruza  darslarining  oʻqitilishi  hamda  uning 

toʻgʻridan-toʻgʻri 

laboratoriya 

mashgʻulotida 

koʻrsatilishi  natijasida  nazariyaning  amaliyotda 

qoʻllanilishi yorqin misollar bilan tushuntiriladi.  

Kursning  asosiy  maqsadi  qatnashchilarni  GATning 

fazoviy  tahlil  usullarini  atrof-muhitni  boshqarish 

masalalarida  qoʻllashga  qaratilgan  amaliy  va 

metodologik koʻnikmalarini oʻrgatishdir.  

Kursni  muvaffaqiyatli  tamomlagan  qatnashuvchilar 

GAT 

va 


masofadan 

zondlash, 

GPS/GNSS 

tushunchalari,  ma’lumot  olish usullari hamda atrof-

muhit  oʻzgarishlarida  qaror  qabul  qilish  uchun 

fazoviy  tahlil  usullari  haqidagi  bilimlarga  ega 

boʻladilar.  

“GATning  atrof-muhitni  boshqarishda  qoʻllanilishi” 

kursida  ishtirok  etish  uchun  qatnashuvchilar 

GATning  asosiy  tushunchalarini  bilishlari,  ArcGIS 

dasturining  qoʻshimcha  dasturlari  bilan    ishlash 

koʻniklmarini        namoyon  qila  olishlari  kerak.  Agar 

qatnashuvchilarda ESRI  Virtual Campus onlayn kursi 

sertifikatlari  boʻlsa  bu  ularga  qoʻshimcha  imtiyozni 

beradi. 

 

Kurs  oʻtkazish  joyi:  Ushbu  yozgi  kurs  Toshkent 

viloyatining  Oʻrta  Chirchiq  tumanida  joylashgan 

TIMIga  qarashli  oʻquv-tajriba  xoʻjaligida  (Toshkent 

shahridan  taxminan  50  km  uzoqlikda  joylashgan) 

oʻtkaziladi 

va 

atrof-muhitga 



oid 

ba’zi 


bir 

muammolar tahlil qilinib uning GAT kartasi tuziladi.  

 

Yuqorida  ta’kidlab  oʻtilgan  kurslar  uchun  quyidagi 



ma’sul oʻqituvchilar tasdiqlagan: 


TEMPUS GE-UZ project 

                                                                            530808-TEMPUS-1-2012-1-HU-TEMPUS-JPCR Tempus IV

 

 

Oʻquv kurslari rahbari -  Ilhomjon Musaev, TIMI 



Uch oʻlchamli lazerli skanerning qoʻllanilishi: 

 



TIMI oʻqituvchisi: Utkir Shermanov, Oʻzbekiston 

 



Qirollik  Texnologiya  Instituti  (KTH)  oʻqituvchisi: 

Milan Horemuz, Shvetsiya 

GATning atrof-muhitda qoʻllanilishi: 

 



 TIMI 

oʻqituvchisi: 

Sherzod 

Raxmonov, 

Oʻzbekiston 

 



Zalsburg Universiteti (PLUS) oʻqituvchsii: 

Kristofer Traun, Avstriya 

GISCA Konferensiyasi   

ACA*GIScience 

(Qirgʻiziston), 

Tempus 


GE-UZ, 

mahalliy  tashkilotchi  sifatida  TIMI  va    Zalsburg 

Universitetidan Z_GIS kafedrasi bilan birgalikda “Yer 

va  suv  resurslarini  geofazoviy  boshqarish”  shiori 

ostida  2015  yilning  14-16  may  kunlari  GISCA’15 

xalqaro konferensiyasini oʻtkazmoqda. 

 

Ingliz  tilida  oʻtkaziladigan  mazkur  anjumanning 



asosiy  maqsadi  Markaziy  Osiyo  va 

xorijiy 


davlatlardagi  Geoinformatika  sohasidagi  professor-

oʻqituvchular, 

ilmiy 

tadqiqotchilar 



va 

mutaxassislarni  birlashtirish  orqali  GAT  ta’limida 

xalqaro  hamkorlik  va  oʻzaro  bilim  almashinuvini 

ragʻbatlantirishdan iborat.  

2015 yilda

 

GISCA “Yer va suv resurslarini geofazoviy 



boshqarish  tajriba  va  imkoniyatlari”  mavzusiga 

bagʻishlangan boʻlib, 3 ta ilmiy yoʻnalish boʻyicha ish 

olib boradi:  

1.  Geografik  axborot  ilmi  konseptual  asos 

sifatida;  

2. Geoinformatika metodologiya sifatida; 

3. GAT turli manbalardan olingan ma’lumotlarni 

joylashuviga  nisbatan  bogʻlash  uchun  ishonchli 

vosita – dastur sifatida.  

Aynan  yuqoridagi  yoʻnalishlar  atrof-muhit  va  tabiiy 

resurslarni  boshqarish  hamda  tabiiy,  texnik  va 

ijtimoiy 

ta’sirlar 

orqali 


vujudga 

keladigan 

muammolarni baholash uchun zarur hisoblanadi.  

Konferensiyaning asosiy mavzulari quyidagilar:  

 

Atrof-muhitni boshqarishda GAT 



 

Favqulodda vaziyatlarda GAT 



 

Hududni barqaror rivojlantirishda GAT 



 

Tabiiy va madaniy yodgorliklarni boshqarishda 



GAT 

 



Biznes va logistikada GAT  

 



Sogʻliqni saqlashda GAT  

 



Geodeziya, kadastr va yer tuzishda yangi 

yoʻnalish va texnologiyalar  

 

GAT va ekotizimni modellashtirish 



 

Geoinformatikada ta’lim dasturlari  



 

GAT texnologiyalaridan foydalanish va 



oʻqitishda xalqaro hamkorlik  

 



Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi rivojlanishi  

 



Masofadan zondlashning qoʻllanilishi 

Konferensiya toʻgʻrisidagi toʻliq ma’lumotni quyidagi 

veb sahifadan olishingiz mumkin:  

http://gisca15.aca-giscience.org/home

  

Konferensiyaning 



toʻliq 

dasturi 


yuqoridagi 

vebsaytda keltirilgan.  

 

Axborotnomaning 



avvalgi 

sonlarini 

yuqorida 

keltirilgan  loyiha  vebsaytidan  bevosita  koʻchirib 

olishingiz mumkin. 

 

 GE-UZ  haqida  toʻliqroq  axborot  olish  yoki  fikr  va 



mulohazalarni bildirish uchun:   

Prof. Dr. Bela Markus

GE-UZ TEMPUS loyihasi koordinatori 

Gʻarbiy Vengriya Universiteti 

Pirosalma koʻchasi 1-3,  

Szekesfehervar H-8000 

Email: ge-uz@geo.info.hu 

yoki 

Odil Akbarov 

GE-UZ TEMPUS Milliy koordinatori 

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti  

Qori Niyoziy koʻchasi 39, Toshkent 100000 



Email: odilxon@yahoo.com

 

Yüklə 80,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə