Бошланғич таълимда ўҚувчилар ижодий фаолиятини шакллантириш йўллари



Yüklə 253,37 Kb.
səhifə1/4
tarix11.04.2018
ölçüsü253,37 Kb.
#37128
  1   2   3   4

Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish

shart-sharoitlari

Bugungi kunda ilmiy, uslubiy adabiyotlarda «ijod», «ijodkorlik» kabi atamalarni uchratib qolmoqdamiz. Bu atamalarning adabiyotlar sahifalarida paydo bo’lganligi bejiz emas.



«Ijod» so’zining lug’aviy ma’nosi: «yaratish», «yangilikni kashf etish» so’zlariga monand keladi.

Ijodkorlik - faoliyatning turli holatlarida paydo bo’ladi. Qiziqish ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo’lishidan, namoyon bo’lishigacha jarayonini o’z ichiga oladi. SHaxsda faoliyat ehtiyoji faoliyatda yangi ilgari maqsad qilib qo’yilmagan, hal etuvchi vosita bo’lib hisoblanmagan intilishdir.

Ijodkorlik- sifat jihatdan yangi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi inson faoliyati jarayoni. Ijodkorlik o’zida insonning mehnatda namoyon bo’lgan qobiliyatini ifodalaydi. Ob’ektiv olam qonuniyatlarini bilish asosida xilma-xil ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantiradigan yangi haqiqatni yaratadiganday mehnat ijod bo’lishi mumkin. Ijod turlari bunyodkorlik faoliyati bilan belgilanadi: ixtirochi, tashkilotchi, mehnati ilmiy va badiiy mehnat va boshqalar. Ijodiy faoliyat uchun imkoniyatlar ijtimoiy munosabatlarga bog’liq. Bugungi kunda mustaqillik tufayli amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari o’z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan , texnika, san’at, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadigan yuksak malakali kadrlar tayyorlashga bog’liq. SHunga ko’ra, jamiyat taraqqiyoti talabalaridan kelib chiqqan holda har bir o’quvchini ijodkorlik ruhida tarbiyalash muhim va zarurdir.

Psixolog olim N.D.Levitov ijodiy faoliyatni quyidagi mezonlar asosida vujudga kelishini isbotladi1:


  • tafakkurning mustaqilligi;

  • o’quv materialining o’zlashtirilishi, tezligi va mustahkamligi;

  • standart bo’lmagan vazifalarni hal qilishda, aqliy chamalashning (topqirlikning) tezligi;

  • o’rganib chiqilayotgan hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish orqali muhim bo’lmagan narsadan muhimini ajrata bilish.

Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari deganda, avvalo ana shu shart-sharoitlarning paydo bo’lishi, amalga oshishi hamda rivojlanishi jarayoni tushiniladi.

Ular quyidagilardan iborat :



  1. O’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishda ularning bu borada egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalari.

  2. Ijodiy faoliyatni shakllantirishda nazariy bilimlar bilan amaliyotning aloqadorligi.

  3. Ijodiy faoliyatni shakllantirishga doir mashg’ulotlar evristika muammoli vaziyatlar yaratish.

  4. O’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishga texnologik yondashuv.

Bu shart-sharoitlar quyidagicha amalga oshadi :

O’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishda ular egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalarga quyidagi talablar qo’yiladi.

-dastur materiallarni qay darajada o’zlashtirganligi ;

-mavzularga doir asosiy tushuncha va qoidalarni o’zlashtirganligi;

-tanlagan mavzu bo’yicha topshiriqlarni mustaqil bajara olishi ;

-o’rganilayotgan mavzulardagi asosiy muammolarni anglab olishi ;

-topshiriqlarni bajarishda o’quv ashyolari va texnika vositalar, axborot texnologiyasidan foydalana olishi ;

- o’z qobiliyatini namoyon etishi va uni rivojlantira olishi ;

-mavzu bo’yicha o’z oldiga erishiladigan maqsadlarni qo’ya olishi, rejalar tuzishi va natijalarni baholay olishi ;

-mavzularni o’rganishda o’z fikrini dalillay olishi;

-o’z variantini tavsiya eta olishi va hokazolar.

Mazkur talablar o’qituvchiga o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishlari, ularning o’quv-biluv faoliyati, individual moyilliklarini bilish imkoniyati paydo bo’ladi va bu borada o’quv jarayoni tuzilmasini belgilab olishga yordam beradi.

Yuqoridagi talablar asosida muammoga doir ta’limni maqsadga muvofiq tashkil etishning ustuvor yo’nalishlari belgilab olinadi.

Maqsadga muvofiq yondashuv deganda o’quv- biluv jarayoni yoki ta’lim mazmuni, metod va shakllari tizimining ijodiy faoliyatni rivojlantirishga doir maqsadli yo’naltirilgan maxsus tashkil etilgan tuzilmasi tushiniladi.

Pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri barcha bolalarning ijodiy faoliyati har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Shu bilan bir qatorda muayyan sohalarda chuqur qiziqishlarini, intilishi va qobiliyatini namoyon qilayotgan o’quvchilarni aniqlash, ularga bundan keyingi rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish lozim. Buning uchun esa: kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada:


  1. O’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir innovatsion faoliyatga tayyorlash.

  2. O’qituvchi va o’quvchilar munosabatida hamkorlik faoliyatini vujudga keltirish.

  3. Ijodiy faoliyatni rivojlantirishda bilishga doir innovatsion texnologiyalardan foydalanish.

Hozirgi davrda o’quvchilarning biror- bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog’liq bo’lgan evristik va muammoli ta’lim o’quv-biluv jarayoniga faol kirib kelmoqda.

V. Karimova o’z tadqiqotlarida ilmiy faoliyatni ushbu uch turi amalga oshirilganda shaxsning unga mos bo’lgan sifatlari :

1) O’quvchilar tomonidan tashqi olamni kuzatish jarayonida zarur bo’ladigan sifatlari;

2) O’quvchilar uchun faoliyatning ijodiy mahsulini yaratish sharoitlarini ta’minlovchi ijodiy faoliyat sifatlari;

3) O’quvchilar bilish faoliyatini tashkil etganda uning oldingi ikki holatda- bilish va ijod holatida ko’rinadigan sifatlari namoyon bo’lishini ko`rsatib o`tadi.

Quyida sanab o’tiladigan sifatlar ijodiy izlanishli ta’lim turini rejalashtirish, tashkil etish va samaradorligini nazorat qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.



Ijodiy faoliyat sifatlariga quyidagilarni kiritish mumkin :

  • ehtirosli-obrazli sifatlar: ijodiy vaziyatlardan ilhomlanish, zavqlanish, jo’shqinlik;

  • obrazlilik, uyushganlik, yangilik va g’ayrioddiylikni his etish, ziddiyatlarga nisbatan sezgirlik, ijodiy moyillik, ichki kurashlarni sinashga bo’lgan qobiliyat, ramziy ijodkorlik va boshqalar.

  • tashabbuskorlik, kashfiyotchilik, zehn, o’ziga xoslik, har xillik, nostandartlik;

  • g’oyalarni topishga, ularning individual, o’zga insonlar bilish ob’ektlari bilan munosabatlariga nisbatan qobiliyati;

  • maktabda, oilada va boshqa ijtimoiy muhitda beriladigan axloq me’yorlarini saqlab qolish ko’nikmasi bilan uyg’unlashadigan fikrlar, tuyg’ular va harakatlar erkinligi;

  • sezgirlik, tanish narsalarni notanish narsalarda ko’ra olish va aksincha; muammolarni hal etishda stereotiplarni yenga olish, o’zgacha makonga chiqish qobiliyati;

  • o’rganilayotgan ob’ekt bilan dialog olib bora olish ; bilish metodlarini tanlay olish; ob’ektning o’xshash ob’ektlar bilan vazifa va aloqasini topish;

  • b’ektlarning o’zgarishi, uning o’sish yoki rivojlanish dinamikasini aniqlash;

  • b’ektning xossalariga ko’ra bilishning yangi metodlarini yarata olish ;

  • gipotezalarni ta’riflay olish taxminiy fikrlar, qonuniyatlar, formula, nazariyalarni, konstruksiyalash: intuitsiya, meditatsiyaga ega bo’lish ;

  • o’z qobiliyatini ijodiy ishlarni bajarish va himoyalash shaklida amalga oshirish, tanlovlar, olimpiadalarda ishtirok etish tajribasiga ega bo’lish.

Bilishga doir sifatlar:

  • fiziologik sifatlar: o’rganilayotgan ob’ektni ta’lim yordamida ko’rish, eshitish, sezish, his eta bilish; ishqobiliyati, shijoatni tarbiyalash;

  • intellektual sifatlar: qiziquvchanlik , zehnlilik, mulohazalilik, ziyraklik, mantiqiylik, onglilik dalillash, analitik, sintetik o’xshashini topa olishga qodirlik, isbotlashning turli shakllaridan foydalanish, ishqibozlik ;

  • sinchkovlik, zakovatlilik, muammolarda izlanuvchanlik, tajribalarga moyillik, savollar bera bilish, ziddiyatlarni ko’ra olish, muammo va gipotezalarni ta’riflay olish, nazariy va amaliy tadqiqotlarni bajara olish, turli xil topshiriqlarni yechish usullariga ega bo’lish, xulosa va umumlashmalar qilish, harakatning tezkorligi tafakkurining xilma-xilligi;

  • shaxsiy faoliyatida aks etgan madaniy me’yorlar va an’analarga ega bo’lish; o’z bilimlari va olgan natijalarini dalillay bilish;

  • tanlash vaziyatlarida tanlay bilish;

  • paydo bo’lgan har qanday muammo bo’yicha o’zining tushingani yoki tushunmaganini bildirishga qodirlik;

  • o’zgalar nuqtai nazarini tushunish va baholay olish, mazmunli dialog yoki munozarali chiqishlar qilish;

  • o’rganilayotgan sohalarni tizimli ko’ra bilish; ob’ektlar aloqalari, ularning sabablari, ular bilan bog’liq muammolarni izlab topish; har qanday ob’ekt va hodisa (tabiat, madaniyat, siyosat va hokazo) mohiyatini aniqlashga to’g’ri yondasha bilish ;

  • ob’ektlar orasidan asosiysini tanlay bilish, ular orasidagi bir-biriga bog’liqlikni izlash; tanilgan ob’ektlarning yangi vazifalari va aloqalarini ko’ra bilish; ob’ektning kelib chiqish sabablarini izlashga qodirlik, ob’ektning ma’nosi, uning manbaini topishga qodirlik ;

  • o’rganilayotgan fanlar bo’yicha ma’lumotga, tayanch bilimlarga malaka va ko’nikmalarga ega bo’lish;

  • o’rganilayotgan bilimning asosiy muammolarini mo’ljalga olish;

  • ta’lim samarasi va sinfdoshlarining erishgan natijalarni qiyoslayo bilish, ularning o’xshash va farqli tomonlarini ajratish, shaxsiy ta’limiy natijalarni qayta aniqlash yoki qayta ishlash ;

  • -madaniy-tarixiy o’xshashliklarning kelib chiqish (namoyon bo’lish) sabablarini izlashga qodirlik, uning tuzilishini aniqlay bilish, o’xshash ideal ob’ektlar bilan aloqalarni topish, ideal ob’ektlar tizimini tuzish, ularning shakllangan tamoyillar va mezonlar asosida madaniy- tarixiy o’xshashliklarning tegishli real ob’ektlar bilan aloqalari tizimini anglay bilish;

  • ma’naviy, moddiy va faoliyat shaklida erishilgan bilimlarni ruyobga chiqarishga qodirlik.

Tashkiliy faoliyat- sifatlari:

    • o’quvchi tomonidan o’zining individual xususiyatlarini, fe’l-atvoridagi belgilarini, har bir o’quv fani va ta’lim sohasidagi mashg’ulotlarning maqbul shakllarini bilish;

  • mavzu yoki boshqa o’quv fanidan o’z mashg’ulotining maqsadini anglab olish va tushuntira bilish, nimalarni bajarayotganini aniq tushuna bilish;

  • yangi yoki erishilmagan yaxshi maqsad, unga erishish dasturining mavjudligi, ishni oxirigacha yetkazish uchun qat’iyat, maqsadga sodiqlik; maqsadni qo’ya bilish, maqsadga intiluvchanlik maqsadga erishish uchun qat’iyatlilik;

  • berilgan bilim sohasiga yoki faoliyatga o’quv maqsadini qo’ya bilish, unga erishish rejasini tuza olish; o’zining individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan rejani bajarish; o’z natijasini olish va anglash; uni sinfdoshlarining shunga o’xshash natijalari bilan qiyoslash;

  • egallangan malakada ifodalanadigan faoliyat qoidalari, uning qonunlari tizimini shakllantirish, faoliyat natijalarini prognozlash ;

    • o’z-o’zining faoliyatini rejalashtirish, harakatni dasturlash, faoliyat bosqichlari va usullarini yaxshilash, harakatning o’zgaruvchanligi rejalarning bajarilishi; faoliyatga yondashuvning xilma-xilligi, ayni paytda turli xil muqobillarini esda saqlash ;

  • o’zining keyingi o’qish rejasini tuza bilish; faoliyati ma’no mazmunini aniqlash, natijalarni maqsadlar bilan birlashtira olish, o’z-o’zini kuzatish, o’z-o’zini tahlil qilish va o’z-o’zini baholay bilish;

  • ta’limning boshqa sub’ektlari bilan hamda atrof-olam bilan o’zaro harakatga qodirlik; o’z g’oyalarini himoya qila bilish, atrofdagilarning mulohazalarini tinglay olish, “zarbaga dosh berish”; mustaqillik, intiluvchanlik, qat’iyatlilik, kirishimlilik;

  • o’zgalar ijodiy faoliyatini tashkil etishga qodirlik, boshqa o’quvchilar bilan birgalikda g’oyalar yaratish, unda ishtirok etish; g’oyalar, bahs, munozaralarni qiyoslash va chog’ishtirish.

Shunday qilib evristik ta’lim, kam deganda o’quvchining uchta integratsion qobiliyati; ijodiy qobiliyati, bilishga doir va faoliyatga oid qobiliyatiga tayanadi. Demak, evristik ta’lim deyilganda o’quvchining ta’lim samaradorligini ta’minlashga qaratilgan faoliyat va harakatni amalga oshirishdagi kompleks imkoniyatlari tushuniladi.

Yuqoridagilarga asoslangan holda o’quvchilar maqsadlarni quyidagicha guruhlash mumkin;



Shaxsga yo’nalgan maqsad- ta’lim maqsadini idrok etish, o’zida ishonch hosil qilish, o’zining potensial imkoniyatlari, aniq individual qobiliyatlarini amalga oshirish;

Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga doir maqsad majmuini tuzish, sharhli insho, texnik modellarni konstrksiyalash, rasmlar chizish va boshqalar.



Bilishga oid maqsad- atrofdagi borliq ob’ektlarini bilish; paydo bo’lgan muammolarni yechish usullarini o’rganish, birinchi manbalar bilan ishlash malakasiga ega bo’lish, tajriba qo’yish, tajribani o’tkazish;

Tashkiliy maqsad- o’quv faoliyatini o’zi tashkil etish malakasiga ega bo’lish, o’z oldiga maqsad qo’ya bilish va faoliyatni rejalashtirish, jamoada ishlash malakasini rivojlantirish , munozara olib borish texnikasini egallash;

Fanga oid maqsad- o’rganilayotgan fanga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish: o’rganilayotgan mavzuga kirgan asosiy tushuncha, voqea-hodisa va qonunlarni bilish; oddiy asboblardan foydalanish ko’nikmasini hosil qilish; mavzu bo’yicha ijodiy topshiriqlarni izlanishli ta’limning asosiy texnologik elementi-darsda izlanuvchan ta’lim vaziyatini yaratish, ya’ni dolzarb faolllashtiruvchi vaziyat, yaratishdan iborat an’anaviy darsga muqobil holatda bo’ladi. Uning maqsadi maxsus tashkil etilgan faoliyat davomida o’quvchilar tomonidan shaxsiy ta’limiy natijalar (g’oya, muammo, gipoteza, chizma, tajriba, matn)ni ta’minlashdan iborat.

Izlanishli ta’limiy vaziyat o’z-o’zidan paydo bo’ladigan yoki o’qituvchi tomonidan tashkil etiladigan, uning barcha ishtirokchilaridan evristik faoliyat orqali o’z yechimini talab qiladigan ta’limiy harakat bilan baholanadi. Ta’lim samaradorligi natijasini oldindan aytib bo’lmaydi, avvalo muammo qo’yiladi, so’ng faoliyat texnologiyasi yaratiladi, o’quvchilarning ta’limiy harakati kuzatib boriladi, biroq oldindan olinishi lozim bo’lgan ta’limiy natijalari ma’lum bo’lmaydi.

Izlanishli ta’limiy vaziyatlarning asosiy texnologik elementlari: motivatsiya, muammolar qo’yish, vaziyat ishtirokchilari tomonidan muammni yechish, ta’limiy natijalarni namoyon etish, ularni bir-birlari bilan qiyoslashdan iborat.

Ta’limiy vaziyat o’qituvchi tomonidan quyidagi tarzda tashkil qilinadi: kerakli material va ta’limiy ob’ekt ajratiladi, ular o’rtasidagi munosabatlar o’rganiladi, asosiy tushunchalar tanlanadi. Tadqiqotning umumiy ob’ekti, uning ma’nosini izlash, faoliyatning yangi usullari hamda turlarini izlash zarurati evristik vaziyatning asosi bo’lishi mumkin.



  1. Boshlang`ich sinf o`quvchilari evristik faoliyatni texnologiyalashtirish

Evristik faoliyatni texnologiyalashtirish bolalarning ijodiy qobiliyati qanday bo’lsa shu qadar zaruriy va qonuniy jarayondir.

Yagona o’quv mashg’uloti, o’quv kursi bo’yicha tizimli mashg’ulotlar, evristik yo’naltirilgan faoliyat asosida sodir bo’ladi2.

Evristik vaziyatlar yaratish va rivojlantirish bo’yicha texnologik harakat-bolalar ijodkorligi natijalarini ta’minlash yo’lidir. Quyida evristik vaziyatlar tayyorlash va o’tkazish bo’yicha o’qituvchilar uchun texnologik yo’l-yo’riqlar haqida fikr yuritamiz:

1. Izlanuvchi vaziyatning asosiy ta’limiy ob’ektini (narsa, tushuncha, hodisa, jarayon, an’ana, buyum va boshqalar). Bunda ob’ekt va bolalar uchun qiziqarli bo’lgan muammoni aniqlash; bolalarga ularning o’rganilayotgan ob’ekt bilan shaxsiy ichki aloqasini topishga yordam berish, ular uchun shaxsan ahamiyatli muammolarni qanday tayyorlash bo’yicha o’ylashga yo’naltiradi. Buning uchun shaxsiy tajriba va o’quvchilarning qo’yiladigan ta’limiy natijalari taxminlanadi.

2. Bolalarga yechimi noma’lum bo’lgan muammo yoki topshiriq beriladi. Ushbu topshiriqni amalga oshirish sinfda ta’limiy ko’tarinkilik hamda o’quvchilar topshiriqni bajarish orqali o’zlarining faolligini namoyon etgandagina samarali bo’ladi.

Topshiriqning ta’riflanishi muammoni jamoa bo’lib muhokama qilishning natijasi bo’lishi mumkin. Bolalar tomonidan ta’riflangan topshiriq shunchaki qiziqarli emas, balki o’qituvchi uchun yangilik bo’lsagina maqsadga erishilgan bo’ladi.

3. O’quvchining o’zi paydo bo’lgan yoki yaratilgan vaziyat (topshiriq)ni shaxsan hal etishga imkoniyat yaratish. Evristik vaziyatning asosiy bosqichi sanaladi. Bunda har qanday ta’lim natijasidan ijod belgisini aniqlash lozim.

4. o’quvchilarning ta’limiy ijod namunalarining namoyish etish: she’rlar, rivoyatlar, topshiriqlar, ta’riflar, ramzlar, rasmlar, loyihalar va shu kabilarni jamoaga muhokama etib, ko’rgazmalar tashkil etish, o’zaro yozma taqrizlar yozdirish, ma’ruzalar bilan chiqishlar qilish.

5. Ta’limiy ijod namunalari namoyish etilgandan keyin rasmlar, rivoyatlar, ta’riflar, olimlarning fikrlari, darsliklaridagi ma’lumotlar, shaxsiy bilim va tasavvurlari bilan asoslay olish.

6. Bolalarning ijod namunalarini qiyoslash, solishtirish, tasniflash bo’yicha faoliyatini tashkil etish. O’quvchilar tomonidan o’z qarashlari yoki ijod namunalarini aniqlash hollari yuz bersa, ularga o’z nuqtai nazarlarining o’zgarish sababalrini tushunishlarida ko’maklashiladi. Ta’limiy vaziyatlarning rivojlanishi ta’minlanadi.

7. O’quvchilarning bilishga oid qo’llanilgan usullarni, paydo bo’lgan muammo va uni yechish yo’llarini tushunishi bo’yicha fikr yuritish, tahlil etish. O’quvchilarga individual tarzda erishgan natijalarini aniqlashda ko’maklashishi. Jamoa bo’lib yaratilgan ta’limiy natijalarini aniqlash.

Izlanuvchi ta’limiy vaziyatlarning davomiyligi o’zgarib turadi, ular o’zaro aloqadagi vaziyatlar zanjiri ham bo’lishi mumkin. Izlanuvchi vaziyatlar tamoyillarida izlanuvchi ta’limni tashkil etishdarajasi:

Boshlang’ich ta’lim dasturlari, o’qitilayotgan o’quv predmetlarining tahliliy natijalari shuni ko’rsatadiki, 1-4- sinf o’quvchilarida ijodiy faoliyatni shakllantirishni bir necha bosqichda amalga oshirish uchun imkoniyat yaratilgan, jumladan, darsda o’quvchilarning ijodiy faoliyatiga yo’naltirilgan o’quv materiallarini to’g’ridan -to’g’ri taqdim qilinishi belgilanmagan bo’lsa-da, mahoratli o’qituvchi o’z faoliyatini o’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishni turli metodlar asosida amalga oshirishi mumkin. Og’zaki so’rash; yozma ishlar o’tkazish; amaliy ishlarni bajarish; turli didaktik o’yinlar o’tkazish orqali o’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirish mumkin. Masalan, boshlang’ich sinflarning «O’qish» darsida bolalarning ijodiy faoliyatini shakllantirish uchun o’quv materiallarida berilgan tushunchalar konkret – induktiv metod vositasida o’rganilishi va o’qituvchining mohirona darsni tashkil qilishi natijasida ularda ijodiy faolllikning oshishiga zamin yaratilishi mumkin. Bunda o’quvchilar avval o’qituvchining topshiriqlarini bajargan holda o’rganilayotgan tushunchaning umumiy xossalarini aniqlaydilar, so’ngra o’qituvchi rahbarligida ta’rifni mustaqil holda tuzishga harakat qiladilar. Yangi tushuncha kiritishning bu yo’li ayniqsa quyi sinflarda o’z samarasini beradi. Bundan tashqari konkret induktiv yo’l orqali tushunchalarni kiritish jarayonida muammoli vaziyatlar hosil bo’ladi, buning natijasida o’quvchilarda ijodiy fikrlash qobiliyatlari shakllanadi. Fikrimizning dalili sifatida 4-sinflarga mo’ljallangan «O’qish» o’quv predmetida keltirilgan Kaykovusning «Ota va ona haqini bilmak» hikoyasini o’rganishni konkret – induktiv metod orqali olib borilishini misol qilib keltiramiz:


O’rganish jarayonining bosqichlari

Tushuncha shakllanishining psixologik bosqichlari

O’rganilayotgan tushunchaning aniq modeli

1. Odob va axloqqa doir tushuncha va misollarni kundalik hayotimizdan olish.

2. Ana shu tushunchani ifodalovchi asosiy va asosiy bo’lmagan xossalarini aniqlash

3. Agar mavjud bo’lsa,bu tushunchaning muhim holatlari ham qaraladi

4.So’zning asosiy mazmuni

5.G’oyaning asosiy mazmunini ajratish va uni ta’riflash
6. Odob-axloq tushunchalarini cho’qur idrok etish


Sezish va idrok qilish

Idrok qilishdan tasavvur

qilishga o’tish

Tushunchani hosil qilishga o’tish


Tushunchaning hosil bo’lishi.

Tushunchani o’zlashtirish




«Aql yuzasidan farzandga ota-onani izzat va hurmat qilish vojibdir» (Kaykovus,154).

1) Ota-onani nima uchun hurmat qilurman, deb ko’nglingga keltirmagil. Bilgilkim, ular sening uchun o’limga ham tayyor turadilar

2)Ota-ona farmonbardordir

3) «Agar molsizlikdan qashshoq bo’lsang, aqldan boy bo’lmoqqa intil».

4) Bilgilki, aql bir moldirki, uni o’g’ri ololmas, u o’tda yonmas, suvda cho’kmas.

5)Ota-ona seni aslida jon va dil ila parvarish qiladi.

6) Ota-onanga izzat va hurmat qancha ko’p qilsang, ularning duosi shuncha tezroq mustajob bo’lur.


Ijodiy faollikni shakllantirishning abstrakt-deduktiv metodi

Bunda o’rganiladigan tushuncha uchun ta’rif tayyor ko’rinishda oldindan konkret misol va masalalar yordamida tushuntirilmasdan kiritiladi. Masalan, 4-sinflarga mo’ljallangan «O’qish» o’quv predmetida keltirilgan Husayn Voiz Koshifiyning «Salomlashish odobi» (2-chorak), Jonatan Sviftning «Gulliverning sayyohatlari»(3-chorak), Nizomi Aruzi Samarqandiyning «Sulton Mahmud va Beruniy» (4-chorak), Xondamir qalamiga mansub «Tanbeh» kabi hikoyatlar abstrakt-deduktiv metod orqali quyidagicha taqdimot qilishni tavsiya etamiz:
Taqdimot qoidasi


  • Chiqish reglamentiga rioya qilish

  • Chiqish navbatiga rioya qilish

  • Guruh a’zolari o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlash va ular xatti-harakatini ijodiy faollikka chorlash

  • Ma’lumotlar grafik ko’rinishida (sxema, jadval, grafik) taqdim etilishi lozim bo’ladi;

  • Har qanday grafik ko’rinishidagi ma’lumot sharhlanishi talab etiladi.




Taqdimotda nimaga yo’l qo’yilmaydi:


  • Holatni tasvirlash va uni qayta so’zlab berishga;

  • Ishtirokchilarning so’zga chiqishlaridagi qarama-qarshiliklarga;

  • Tushunarsiz, noaniq, o’rinsiz iboralarga.

O’ylab ko’ring va guruhda taqdimotni baholash ko’rsatkichlari va mezonlarini muhokama qiling.

Taqdimotni muvaffaqiyatli o’tkazish qoidalari va sirlariga asoslanib quvchilarning o’z ish natijalarini taqdimoti samarali o’tkazildi.

Yoki 4-sinfning «Odobnoma» darsida «So’z – noyob gavhar» ertagini o’rganish jarayonida o’quvchilar «andisha nima?«, «andishali inson fazilatlari qaysilar?» kabi savollarga javob berish uchun innovatsion metodlardan biri klasterdan foydalanildi( -jadval). Natijada boshlang’ich sinf o’quvchilari ijodiy faoliyat yuritishga yo’naltirildilar. Ular ertak asosida ijodiy fikrlashga harakat qilishib, darsning oxirida o’zlari mustaqil ravishda «So’z-noyob gavhar» ertagidan hissa chiqarishga musharraf bo’ldilar. Andishasiz gaplar: jismoniy aybini topib yuziga solish, dag’al gap, o’ylamay gapirish kabi xususiyatlarga oid misollar topishdi, shu mavzuga taalluqli maqollarni saralashdi. Klasterni tuzishda quyidagi qoida o’quvchilarga dasturilamal bo’ldi. Avvalambor o’quvchilar andisha so’zi yuzasidan aqliga kelgan barcha fikrlarni yozdilar. G’oya sifatini muhokama qilmay, ofografiya va boshqa omillarga e’tibor bermay, ajratilgan vaqt tugaguncha tuzilgan klaster bolalarda ijodiy fikrlashga zamin yaratdi G’oyalar soni, ular oqimi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik chegaralanmagandan so’ng o’quvchilar o’z fikrlariga erk berishdi. Darsdagi ko’tarinkilik ruhi o’quvchilarning ijodiy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

Tahlillardan ko’rinib turibdiki, o’quvchilarda ijodiy faollikni shakllantirish turli-tuman uslublar orqali amalga oshirish mumkinligi dasturlarda belgilangan. Ammo umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi tadqiqot doirasidagi mavjud ahvol o’rganilganda, maktab o’qituvchilari har doim ham mazkur metodlardan to’laqonli foydalanishmayapti.

Maktablardagi mavjud ahvol o’rganilganda, ilg’or o’qituvchilar o’zlarining o’quv-uslubiy ishlarida zamonaviy metodlar orqali o’quvchilarda ijodiy faollikni shakllantirishga harakat qilishadi, biroq ularning harakatlarida har doim ham yetarlicha o’quvchi shaxsini ijtimoiylashtirishga, unda erkin fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga, quyilgan masala yechimini ijodiy topishga undash motivi kuzatilmaydi.

Ma’lumki, o’qish orqali bilishga pedagoglar eshitishni, ko’rish, motor-harakat, sezish organlarini, ba’zida esa hid sezishni ham ishtirok ettirib, o’quvchilarni ob’ektiv reallikni bilishga jalb kiladilar, bunda jonli mushohada, abstrakt tafakkur va amaliyot uzviy qo’shilib ketadi. SHuning uchun ham o’qish jarayoni bevosita yoki bavosita shaklida ta’lim vositalari va pedagogik imkoniyatlar orqali sodir bo’ladigan o’ziga xos jarayon hisoblanadi. Demak, o’quvchilarning o’quv faoliyati metodlarini ham o’qitishning o’ziga xos sharoitlarida qo’llaniladigan bilish metodlarining turidir, deb hisoblashga hamma asoslar bor.

O’quv faoliyati metodlarini bilish metodlari bilan qiyoslashdagi o’ziga xos xususiyat shundan iboratki, o’qitish jarayonida yangi ilmiy haqiqatni kashf qilish emas, balki olgan bilimlarini ijodiy o’zlashtirish vazifasi hal qilinadi. O’qitish davomida yangi bilimlarni egallash uchun umumiy bilishga xarakterli bo’lgan sinab ko’rish va xato qilishni deyarli mustasno etadigan ancha "engillashtirilgan" sharoitlar mavjuddir. Shuning uchun ham o’quv faoliyati metodlari bilish operatsiyalari bilan qo’shib olib boriladigan o’quv jarayoni sharoitlari uchun moslashtirilgan. O’quv faoliyati metodlarni hosil qilish uchun ko’plab yillar sarflangan o’quv axborotini bilishga qisqaroq yo’lni topib beradi. Ular o’quvchilarning yosh xususiyatiga bevosita holda bog’liq bo’ladi. O’quv faoliyati metodlarining o’ziga xos xususiyati mana shunda ham namoyon bo’ladi.

Dars berish metodlari o’rganish metodlarini, o’qish-bilish faoliyatining jarayonini faollashtirishga yo’llab, uni kuchaytiradi.

Maktablardagi amaliyot tahlili shuni ko’rsatadiki, fanlarni o’qitishda o’quvchilarda fikrlar ketma-ketligi va bog’liqligi masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 4-sinfning 4-choragida «O’qish» o’quv predmetida o’rganiladigan Xans Kristian Andersenning «Bolalar gurungi» ertagiga atab chizilgan rasmlar, mini-hikoyalar bolalarda ijodiy tasavvurni kengaytirishga zamin yaratadi. Ushbu ertakning sahnalashtirilgan ko’rinishi esa ularni ijodiy faollikka undaydi.


  1. Yüklə 253,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə