|
 Boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish
|
səhifə | 12/19 | tarix | 18.04.2022 | ölçüsü | 2,43 Mb. | | #85626 |
| boshlangich sinf matematika darslarida oquvchilarning fikrlash qobiliyatlarini ostirishTeskari masala tuzish va uni echish. Bu holda bolalarga berilgan masalaga tuzish va echish taklif qilinadi. Masalan, o‗quvchiga quyidagi masalani echish taklif qilingan bo‗lsin:
Masala. 2 ta katta qoshiqqa qancha metal sarf qilinadi? Katta qoshiqqa necha gramm metall sarf qilingan?
Bu masalani echganlaridan so‗ng bolalar katta qoshiqqa 50 gramm metall sarf qilinganini biladi. O‗quvchilar bu masalalardan ifoda qilishadi. Har biri 20 grammli 5 ta choy qoshiq sarf qilingan metallardan har biri 50 gramm, nechta katta qoshiq yasash mumkin. Agar bu teskari masalani echish natijasida 2 soni chiqsa, berilgan masala to‗g‗ri echilgan bo‗ladi. Bu usul 2- sinfda kiritiladi. Bu usulni istalgan masalada qo‗llash mumkin.Bunda faqat teskari masalaga bolalaning kuchlari etadigan bo‗lishi kerak. Barcha masalalarni bu usul bilan tekshirish lozim deb o‗ylash kerak emas, chunki bu usul ancha qiyin va uzundan uzoqdir. Haqiqatdan ham avval masalani tuzish kerak, bunda teskari masala berilgan masaladan qiyin bo‗lishi ham mumkin. Biroq ko‗p hollarda teskari masalalar tuzish va ularni echishga doir mashqlar o‗zicha ham foydalidir. CHunki
u metalldagi kattaliklar orasida bog‗lanishlarni oydinlashtirishga yordam beradi. SHuning uchun bu usul yordamida barcha sodda masalalarni 4- proporsionalni topish kerak.
Masalani echish natijasida hosil qilingan sonlar bilan berilgan sonlar orasida moslik o‗rnatish. Bu usul bilan masala echimini tekshirishda masala javobida hosil bo‗ladigan sonlar ustida arifmetik amallar bajariladi. Agar bunda masala shartida berilgan sonlar hosil bo‗lsa u holda masala to‗g‗ri echilgan deb hisoblash mumkin bo‗ladi. Bunga quyidagi masalani echimini ko‗ramiz. Jamoa a‘zolari 3 qop kartoshka hammasi bo‗lib 200 kg kartoshka terdilar. Ular birinchi va ikkinchi qopni tortishgan edi va 120 kg chiqdi. Ikkinchi va uchinchi qopni tortishgan edi 70 kg chiqdi. Har bir qopda necha kg bor. Ular birinchi va ikkinchi qopni tortganda 120 kg chiqdi. Ikkinchi va uchinchi qopni tortganda 142 kg. Har bir qopda necha kg kartoshka bo‗lgan.
5 8+62=120 kg 62+80=142 kg 5 8+62+80=200 kg
Masalani turli usullar bilan echish. 3-sinf o‗quvchilariga to‗rtinchi proporsionalni topishga doir shunday masalani ko‗ramiz.
Opasi 15 ta katta daftar sotib oldi unga 7500 so‗m to‗ladi. Singlisi esa 3 ta shunday daftar sotib oldi. Singlisi qancha pul to‗ladi?
Tenglama tuzib echamiz. X singlisi to‗ladi: X: 3 =7500:15 X:3=500 X= 1500 so‗m
Tekshirish:
7500:15-3=500-3=1500
Masalalarni echishda faqat amallarning bajarilish tartibi bilan farq qiladigan 2 usulni turli usul deb bo‗lmaydi.
4.Izlanayotgan sonning chegarasini belgilash.
Bu usulning qullanilishi shundan iboratki bunda masalani echishdan oldin izlanayotgan son berilgan sonlarning qaysinisidan katta yoki kichikligini aniqlaydi. Echishdan kiyin hosil qilingan natija berilgan sonlardan biri bilan taqqoslanadi, agar u aniqlangan chegaraga mos kelmasa, masala noto‗g‗ri echilgan bo‗ladi. Bunday masalalarni echimini chamalash usuli bilan tekshiramiz.
Oralaridagi masofa 750 km bo‗lgan ikki shahardan bir vaqtning o‗zida bir biriga qarab 2 mashina yo‗lga chiqdi. 1-mashinaning tezligi soatiga 45 km, ikkinchi mashinaniki soatiga 30 km tezlik. Har bir mashina uchrashguncha necha km yo‗l yurgan? Bu masalani echishda har bir mashina uchrashguncha 750 km dan kam yo‗l yurgan. YAna birinchi mashina ikkinchi mashina qaraganda ko‗p yo‗l yurgan. Agar o‗quvchilar bu masalani echishda birinchi mashina 890 km, ikkinchi mashina 850 km yo‗l yurgan desalar masala xato echilgan bo‗ladi, bu sonlar shaharlar orasidagi masofadan katta chiqayapti. Bunday masalalarni echishda ham soda, ham murakkab masalalarni echishni tushunishlari kerak. Masalaning echimi:
45+30=75 km /soat; 750:75=10 soat;
45*10=450 km; 30-10=300 km
Birinchi mashinani yurgan yo‗li Bu ikkinchi mashina uchrashguncha yo‗l.
Bir manzildan bir vaqtda ikki poezd qarama-qarshi yo‗lga chiqdi. Agar poezdning tezligi 55 km /soat bo‗lsa, 4 soatdan keyin ular orasidagi masofa qancha bo‗ladi.
v-tezlik; S=vt -masofa; t= - vaqtlarni topish formulalari Echish: 55·4=220km 60·4=240 km
220+240=460 km
Javob: 4 soatdan so‗ng poezdlar bir birida 460 km uzoqlashgan bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|