Boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə5/19
tarix18.04.2022
ölçüsü2,43 Mb.
#85626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
boshlangich sinf matematika darslarida oquvchilarning fikrlash qobiliyatlarini ostirish

-§. O‘quvchilar fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishda matnli masalalardan foydalanish usullari

Matnli masalalar echish bolalarda avvalo mukammal matematik
tushunchalarni shakllantirish ularning programmada belgilab berilgan nazariy bilimlarini ozlashtirish bilan birga oqouvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan: Agar biz oquvchilarda qoshish haqida togri tushuncha shakillantirishni istasak, buning uchun bolalar yigindisini topishga doir etarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal toplamlarni birlashtirish amalini bajarib echishlari zarur. Masalan: quyidagi masala berilgan.

Ahmadda 6 ta rangli va uchta oddiy qalam bor. Ahmadda hammasi bolib nechta qalam bor?

Buni echish uchun oldin 6 ta chop oladilar va buning yoniga yana 3 ta chopni sorib qoyadilar, va hammasi bolib nechta chop bolganini sanaydilar. Songra masalani echish uchun 6 ga 3 ni qoshish kerkligi va hosil bolgan 9 son bu ikki sonning yigindini bolishni tushuntiradi. SHunga oxshash masalalarni koplab echib bolalar qoshish amali haqidagi tushunchalarni asta sekin egallab boradilar va uni umumlashtrish asosida qoshish uchun ularni birga sanash kerakligini tushunalilar. Masalan: amalning nomalum kamponentini topishga doir masalani echayotib oquvchilar arifmetik amallarning kamponentlari va natijalar orasidagi boglanishni ajratish va uni masalalar echishga qollashga harakat qiladilar.

Masalalarda aniq material bolib ular yordamida oquvchilarda yangi bilimlar vujudga keladi hamda uni echish jarayonida fikrlash amallarini bajarishga organadilar. Bunga 1-sinf matematika kursidagi sodda masalalardan keltiramiz

  1. Bir likopchada 8 ta, ikkinchi likopchada birinchidagidan 2 ta ortiq anor bor. Ikkinchi likopchada nechta anor bor?

1- likopchada 8 ta anor, 2-chisida 2 ta ortiq.
Echish: 8+2=10 ta.
Javob: Ikkinchi likopchada 10 ta anor bor.

  1. Bir bidonda 10 l, ikkinchisida 3 l kam paxta yogi bor. Ikkinchi bidonda necha litr paxta yogi bor?

  1. bidonda 10 l




  1. bidonda - ? -3 l kam. Echish: 10-3=7l

Javob; Ikkinchi bidonda 7 litr paxta yogi bor.


  1. Maktab hovlisida 10 ta oquvchi bolib, ulardan 4 nafari qiz bola. Ularning nechtasi ogil bola.

Ogil bola-? Jami- 10 ta.Qizlar-4 nafar
Echish: 10-4=6 ta.
Javob: olti nafari o‗gil bola.
Mavjud bilimlar va finrlash qobiliyatlar tadbiq qilinishi jarayonida mustahkamlanib boradi. Masalalarni shakllantirishda aniq material bolgan holda nazariyani amaliyot bilan oqitishni turmush bilan boglab olib borish imkonini beradi. Oquvchi masalalarni echayotganda kop matematik tushunchalar aniq hayotda odamlarning tajribasida oz ildizi ekanligiga ishonch hosil qiladi. Masalalar echish orqali bilim va tajriba sohasida muhim bolgan malumotlar bilan tanishadilar. Masalan boshlangich sinflarda echiladigan kop masalalarning mazmunida bolalar va kattalarning mehnati mamlakatimizning xalq xojaligi, texnika sport va madaniyatda erishgan yutuqlari yotadi. Masalalar echish jarayonining ozi malum metodikada oquvchilarning aqliy rivojlanishiga ancha ijobiy tasir korsatadi, chunki u aqliy operasiyalarni: analiz va sintez aniqlashtirish va taqqoslash umumlashtirishni talab etadi. Masalan:oquvchi istagan masalani echishda analiz qiladi. Savolni masala shartidan ajratadi. Echish rejasini tuzayotganda sintez qiladi, bunda u aniqlashtirishdan foydalanadi, biror bir turdagi masalalarni kop marta echish natijasida oquvchi bu turdagi masalalarda berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi boglanishlar haqidagi bilimni umumlashtiradi.


Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə