Boshlang‘ich sinfda o‘yinlar vositasida o‘quvchilar ijodiy
faoliyatini shakllantirish yo‘llari
Nargiza Nafiddin qizi Sharipova
Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinfda o‘yinlar vositasida
o‘quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish yo‘llari, o‘yinlar asosida o‘quvchilarning
ijodkorligini rivojlantirish, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni ijodiy faoliyat
jarayoniga tayyorlash, uning pedagogik ahamiyati, o‘quvchilarda ijodkorlik
qobiliyatini rivojlantirish metodikasi, zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida
o‘quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil etish usullari, yo‘llari va samaradorligi haqida
fikrlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
ijodiy faoliyat, o‘qitish, mashg‘ulot, boshlang‘ich ta’lim, o‘quv
jarayoni, o‘qituvchi, o‘quvchi faoliyati, hamkorlikda o‘qitish.
Ways to form students' creative activity through games in
primary school
Nargiza Nafiddin kizi Sharipova
Bukhara State University
Abstract:
This article discusses ways to form the creative activity of primary
school students through games, the development of students' creativity based on games,
the preparation of primary school students for the process of creative activity, its
pedagogical significance, student creativity. methods of development, ways, methods
and effectiveness of organizing the creative activity of students on the basis of modern
educational approaches.
Keywords:
creative activity, teaching, lesson, elementary education, educational
process, teacher, student, learning in cooperation.
Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu
jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma’lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi.
Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida
o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan
foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar
o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya’ni o‘zlashtirilayotgan
ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
829
tafovutlarga tayanadi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars
paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar
shaklida ta’lim va tarbiya masalalari hal etiladi.
Ta’limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan,
ta’lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda
ta’limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va
malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ
savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish,
shaxsni ma’naviy boyitishdan iboratligi ta’kidlangan. Ta’limiy maqsad asosida
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy
tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi.
Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma’naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til
o‘rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni
paydo bo‘ladi.
Ulug‘ donishmandlardan biri «...kelajak tashvishi bilan yashasang,
farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta’lim-tarbiya
tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma’noda bir-ikki yillik yoki qisqa
davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma’noda bir necha yuz
yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Prezidentimizning
kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha farzandlari –
mening farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari
kerak, degan g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, ta’limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq
etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan
yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har
tomonlama barkamol yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini
o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday
bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat
tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil
o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib
chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim
olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik,
yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta’limda «Aqliy hujum»,
«Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha»,
«6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash»,
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
830
«Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy
texnologiyalar qo‘llanmoqda.
Boshlang‘ich ta’limda o‘yin ijodiy faoliyatning bir shaklidir. Bunda o‘kuvchi
ijtimoiy va moddiy borliqni bilish hamda anglash asosida emotsional - xissiy,
intellektual-axloqiy rivojlanadi. O‘yinlar, ularning inson taraqqiyotidagi o‘rni haqida
psixologiya, etnografiya, madaniyat, pedagogika fanlarida bir qator tadqiqot ishlari
olib borilgan.
XIX asrning oxirida nemis olimi K.Gross o‘yinlarni tizimli o‘rganishga harakat
qilgan bo‘lsa, nemis psixologi K.Byuller o‘yinlarni «qoniqish hosil qiluvchi» faoliyat
sifatida tadqiq etadi. L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyevlar fikricha, o‘yinlarni nazariy
jixatdan ijtimoy tabiatiga ko‘ra ma’lum faoliyatiga yo‘naltirilganligi bilan bog‘lab,
tadqiq etgan bo‘lsalar, D.B.Elkonin shaxs xulqini boshqarishni tarkib toptirib, uni
takomillashtiruvchi faoliyat sifatida talqin etadilar. Lekin o‘yinlarni yagona va eng
muhim asosiy xususiyati uning ta’limdagi axamiyatliligidir.
O‘yinlarda bolaning xulqi erkin shakllanadi va ijtimoiylashadi. O‘yinlarning eng
muxim jihati uning ikki tamonlama xarakterga egaligi bo‘lib, uning dramatik san’atga
ham mosligidir. Bir tamondan o‘yin ishtirokchilari uni amalgam oshirishda muayyan
nostandart vazifalar bilan bog‘liq xaqiqiy faoliyatni bajarsalar, ikkinchi tamondan esa
o‘yinlar bu faoliyatning aksariyat paytlarida ma’suliyatni his etgan holda haqiqiy
vaziyatlardan chetga chiquvchi shartli xususiyat ham kasb etadilar. Demak,
o‘yinlarning ikki tomonlama vazifani bajarishi uning rivojlanuvchi natijaga ega
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘yin faoliyati elimentlaridan ta’lim jarayonida keng
foydalaniladi.Ular ishbop oyinlar, dedaktik o‘yinlar, rolli o‘yinlar, kompyuter o‘yinlari
shular jumlasidandir.
Ishbop o‘yinlar kasb faoliyati predmeti yoki ijtimoiy mazmunini qaytadan
yaratish shakli bo‘lib, amaliyotning ana shu turiga xos munosabatlar tizimini
modellashtirishdir. Ishbop o‘yinlarni o‘tkazishda uning qatnashuvchilari faoliyatini
maxsus (o‘yin tarzida) imitatsiya modelida rivojlantirishdan iboratdir. O‘yinlarning
xarakteriga ko‘ra o‘quv jarayoni o‘yinlari tadqiqotchilik o‘yinlari, boshqaruv
va attestatsiyaga doir o‘yinlar turiga bo‘linadi. O‘quv jarayoniga doir o‘yinlar o‘quv
predmetlar bo‘yicha istiqbolda kasbiy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va shaxsni
maqsadga muvofiq shakllantirishga shart-sharoitlar yaratadi. Ana shu shart-sharoitlar
natijasida olingan yangi bilimlar kelgusi kasbiy faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga
yordam beradi. Ma’lumki, ta’lim hamkorlikka asoslanib, jamoaviy xarakter kasb etadi;
kasbga xos faoliyat qoidalari va jamoaning ijtimoiy qoidalariga mos holda amalga
oshadi. Ana shu ma’noda ta’limning didaktik va tarbiyaviy ahamiyati o‘zaro birlashib,
o‘yin faoliyati shaklida o‘quvchilarning faolligi ortadi. Ishbop o‘yinlarda tavsiya
etilgan muammoli topshiriq maqsadga muvofiq dialogik muloqot asosida
ishtirokchilarni rag‘batlantiradi, qiziqishlarini orttiradi, emotsional ruh paydo qiladi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
831
Didaktik o‘yinlar ta’limiy maqsadlarni amalga oshiradigan va ularga
moslashtirilgan bo‘ladi. Didaktik o‘yinlar tizimidan birinchi marta maktabgacha
jarayonida foydalanishga doir F.Fribil va M.Montisorilar ishlab chiqqan bo‘lsa,
boshlang‘ich ta’lim uchun O.Dikroli tadqiqotlar olib borgan. 60-70 yillardan boshlab
faqat boshlang‘ich ta’limda emas, umumiy o‘rta ta’limda ham foydalanila boshladi.
80-yillarda ayniqsa, ishbop o‘yinlar keng tarqala boshlandi. Ishbop o‘yinlarning asosiy
xususiyati o‘yin rejasining o‘quv maqsadiga yo‘nalganligidadir. Chunki o‘quv
maqsadi o‘yin vazifalari doirasida etiladi.
Demak, o‘yinlar bolalarning asosiy faoliyat turi bo‘lib, u orqali kichik maktab
yoshdagi o‘quvchilar hayotni, borliqni, tevarak - atrofni o‘rganadilar va unga
moslashadilar.
O‘yin paydo bo‘lishi uchun quydagilar muhim sanaladi:
- o‘yin ishtirokchilari bilan bo‘lgan muloqatdan qoniqish hissining paydo bo‘lishi;
- tabiiylik, emotsional hissiyotning vujudga kelishi;
- o‘yin davomida o‘yuvchilarning o‘zining tabiiy extiyojlarini qondirishga
harakat qilishi va hokazolardir. Ijtimoiy - psixologik ahamiyati jihatidan o‘yinlar
asosan ikkita vazifani bajaradi;
- ma’lum ijtimoiy bilimlarni egallash;
- zarur ijtimoiy qoidalarni shakllantirish. Shuningdek, muammo nuqtayi nazardan
yondashganda, o‘yinlar o‘quvchining ijodiy faoliyatini faollashtirish bilan uning ijodiy
qobilyatini o‘stiradi.
Ma’lumki, bolalar o‘yining sifati va samaradorligi unda ishtirok etuvchilarning
hayotiy kuzatishlari va shaxsiy tajribasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bunda onglilik,
tashabbuskorlik va irodalilik kabi sifatlar ahamiyat kasb etadi. Shu sababli turli
ijtimoiy- psixologik tavsifga ega o‘yinlargan o‘quv jarayonida foydalanish, shak-
shubhasiz o‘z samarasini ko‘rsatadi. Aynan faol o‘qitish metodlari ham ana shunday
o‘yinlarga tayanilgan xolda tashkil etiladi. Har bir o‘yin bir necha daqiqadan tortib,
undan ko‘proq vaqt davom etishi mumkin va unda ikkita boladan tortib to o‘n
o‘quvchigacha ishtirok etadi.
Masalan, «ishbop o‘yinlar» yoki «boshqaruv» deb yuritiluvchi o‘yinlar bilim va
ko‘nikma hosil qilishga qaratilgan bo‘ladi. Mazkur o‘yinlarning nazariy va amaliy
jihatdan mohiyatini bir qator olimlar Y.M.Belchikov, M.M.Birshteyn, V.N. Burkov,
Y.V.Geronimus, V.Y.Platov, B.Qodirov, V.M.Karimova, R.Sunnatova, Z.Nishonova
va boshqalar o‘z tadqiqotlarida bayon qilib o‘tganlar. Ular o‘z ilmiy ishlarida guruh
sharoitida zamonaviy o‘qitishning pedagogik va psixologik texnologiyalari ustida fikr
yuritar ekan, xususan, «Ishbilamonlik» o‘yinlarini o‘tkazish metodikasiga doir bir
qator qimmatli fikrlarni bildirdilar. «Ishbop» o‘yinlarni faol o‘qitish metodlaridagi
o‘rnini (ayniqsa kichik maktab yoshidagilar uchun) yaqqol tasavvur etish uchun
metodlar majmuini keltirib o‘tamiz. Faol o‘qitish metodlarining oddiy
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
832
klassifikatsiyasini rus olimi N.N.Kozlenko quyidagicha tavsiflaydi: «Faol o‘qitish
metodlariga» «Ishbilamonlik» o‘yinlaridan tashqari real vaziyatlarni tahlil qilish va
rolli o‘yinlarni takomillashtirish jarayoni kiradi. «V.M.Karimovaning ta’kidlashicha,
«faol o‘qitish metodlariga, eng avvalo, bahs, munozara yo‘li bilan va malakalar hosil
qilish tushuniladi...». V.Y.Platov faol o‘qitish metodlari quyidagi real vaziyatli
o‘yinlardan iborat, deb ta’kidlaydi:
1. Rolli o‘yinlar
2. Immitativ o‘yinlar
3. Faoliyatga qaratilgan tashkiliy o‘yinlar
4. «Ishbilarmonlik» o‘yinlari
V.Y.Platov fikricha «Ishbop» yoki «boshqaruv» deb ataluvchi o‘yinlarning
quyidagi asosiy qirralari mavjud:
1. Obyekt modelining mavjudligi
2. Rollar mavjudligi
3. Qaror qilish jarayonida rolli maqsadlarning tafovuti
4. U yoki bu rollarni bajaruvchi ishtirokchilarning bir-biriga ta’siri.
Rolli o‘yinlarda eng avvalo, ishtirokchi shaxs sifatida o‘zligini namoyon qila
boshlaydi. Faol o‘qitish metodlari tarkibiga kiruvchi imitatsion o‘yinlar qatoriga
boshqaruv o‘yinlarini yoki rollarni taqsimlash vaziyatlarini kiritish mumkin.
«Ishbilarmonlik o‘yinlar» mutaxassislarni o‘qitishda va ularning kasbiy sifatlarini
takomillashuviga xizmat qiladi. «Kompyuterli ishbilarmonlik» o‘yinlari shunday
psixologik vaziyatlar majmuiki, bunda o‘yin ishtirokchilari bir vaqtning o‘zida ham
o‘yin ishtirokchilari bir vaqtning o‘zida ham o‘yin ishtirokchisi, ham kuzatuvchi
bo‘lish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Ishbop o‘yinlar keng ma’noda shunday usul turiki,
bunda turli ishlab chiqarish vaziyatlarida, boshqaruv qarorlarini qabul qilish
immitatsiya qilinadi va bu o‘yin shartlari bir guruh insonlar orasida EHM bilan
muloqot tartibidagi ish rejimida o‘ynalishi mumkin. «Ishbop o‘yinlar»- faol o‘qitish
metodlaridan bo‘lib, u real o‘rganilayotgan obyetni to‘g‘ri anglash maqsadida tahsil
oluvchining u yoki bu vaziyatni o‘yin holida talqin qilishga qaratilgan usuldir.
Ishbilarmonlik o‘yinlar keng tarqalgan o‘yin metodlaridan bo‘lib, ular mohiyati
jihatdan ma’lum obrazlarga kirish, o‘sha obrazga xos bo‘lgan hissiyotlarni o‘z
boshidan kechirishni taqozo etadi.
Shunday qilib ishbilarmonlik o‘yinlari qo‘llash sohalari nihoyatda ko‘p. O‘quv
maqsadlarida kompyuterdan foydalangan holda qo‘llaniladigan ishbilarmonlik
o‘yinlari o‘quvchilarning hayotida to‘g‘ri mavqega ega bo‘lishlari, o‘zi istagan, orzu
qilgan hayotiy vaziyatlarni yaratishga o‘rgatadi va undaydi, eng asosiysi ishlab
chiqarish jarayonida o‘zini erkin muloqotga oson kirishuvchi shaxs, bilimdon
mutaxassis sifatida namoyon qilishga zamin yaratadi.
Ishbilarmonlik o‘yinlarining tuzilishi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
833
1 - bosqich Tayyorlanish bosqichida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari har xil holatli
masalalarni yechishning nazariy asoslarini o‘rganadilar. Obyekt sifatida o‘yin modeli,
o‘yin holatlari ishtirokchilari majburiyatlari, o‘yin o‘tkazish tartib va qoidalar hamda
o‘quvchilari bilimini baholash tizimi bilan tanishiladi. Ko‘rgazmali qurollar, kerakli
ko‘rsatmali materiallar dars uchun tayyorlanadi. Ayrim masalalar mustaqil o‘rganiladi.
2 - bosqich. Kirish qismi. Ishbop o‘yinida guruhlar tashkil qilinadi, liderlar
tanlanadi, ishtirokchilarga rollar taqsimlanadi. Xodimlar tanlashda qatnashchilar
anketa so‘rovi yordamida aniqlanadi. Lavozimlarga tayinlashda buyruq loyihasi ko‘rib
chiqilib va yuqoridan tasdiqlanadi. Rol taqsimoti qatnashchilarning shaxsiy
jihatlaridan va solohiyatidan kelib chiqqan holda eksperiment usuli yordamida
belgilanishi mumkin. Bu bilan qatnashchilarning shaxsiy jihatlari va salohiyatlari
belgilangan rollarga mos kelib o‘yin yuqori darajada o‘tadi.
3 - bosqich. O‘yin jadvalini amalga oshirish, bir tomondan barcha guruhlarni bir
xil yuklamalar bilan ta’minlab, ikkinchi tomondan vazifalarni taqsimlab qarorlar qabul
qilish jarayonini tezlashtiradi va ularning guruhlarida muhokama qilish ishlari olib
boriladi.
4 - bosqich. Xulosa chiqarish bosqichi, o‘yin natijalarini tahlili rahbar tomonidan
yoki ishtirokchilar tomonidan olib boriladi. Ishtirokchilar tomonidan baholash jarayoni
olib borilganda erkin suhbat shaklida o‘tkazilib, o‘qituvchi tahlil yo‘nalishini
boshqarib va tuzatishlar kiritib turadi. Ishbilarmonlik o‘yinlarining g‘oliblari e’lon
qilinadi. Qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asosiy jihatlari va o‘ziga xos
xususiyatlari ko‘rsatiladi, bunda katta iqtisodiy samara beradigan, qabul qilingan,
muhim qarorlar alohida ta’kidlanadi.
O‘yin guruhlari rahbarlarining tavakkal qilishdan ishbilarmonligi guruh umumiy
balini belgilashda hisobga olinadi hamda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha
maslahatlar beriladi. Ishbilamonlik o‘yinidan olingan natijalar bo‘yicha o‘quv
jarayonini tashkil etish bo‘yicha maslahatlar taklif qilinadi.
Ishbop o‘yinlarining belgilari:
- boshqaruv obyekti va muhitning modeli va mavjudligi.
- rollarning mavjudligi.
- qaror qabul qilishda rollarning faoliyat maqsadlarining farqliligi. -
ishtirokchilarning o‘zaro munosabati.
- umumiy maqsadning mavjudligi.
- jamoa bo‘lib qarorlar ishlab chiqish.
- o‘yin davomida qarorlar tizimini tadbiq qilish.
- qarorlarning ko‘p variantliligi.
- hissiy zo‘riqishni boshqarish.
- o‘yin ishtirokchilarini jamoa tomonidan alohida baholash.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
834
Intellektual-ijodiy o‘yinlar ham ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. O‘yinda shaxsining kommunikativ sifatlashni rivojlantirish
intellektual savodxonligi, ziyrakligi, qarorlar qabul qilishda ta’lim zukkolikni
rivojlantirish, xalq ijodkorligiga oid bilimlarga ega bo‘lishi, sinfdagi salohiyatli
o‘quvchilarni aniqlash va ularni rag‘batlantirishga oid maqsad va vazifalar qo‘yiladi.
Teleo‘yinlarda namoyish etiladigan «O‘yla, izla, top», «Oltin toj» kabilar shular
jumlasidandir. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning intellektual darajasini
rivojlantirish uchun sinfda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda shunday o‘yinlarni
tashkil qilish mumkin.
O‘yin yetti turda o‘tkazilishi mumkin. Har bir turda o‘quvchilar bilimi ballar
asosida baholanib boradi. Musobaqa sakkiztadan ikki guruh o‘quvchi kiritiladi.
Birinchi turga 5 ball, ikkinchi turga 10 ball, uchinchi turga 15 ball va hokazo tarzda
baholanadi. O‘ylash uchun har bir savolga 2-3 sekund vaqt ajratiladi. Noto‘g‘ri javob
berilsa, kuzatuvchi o‘quvchilar javob beradilar. Har bir to‘g‘ri javob bali uchun shu
ball yozilgan jeton topshiriladi. To‘rtinchi turdan so‘ng musiqali tanaffus tashkil etish
mumkin. Yettinchi tur oxirida guruhda qolgan o‘quvchilar yiqqan ballarga qarab ular
rag‘batlantiriladi. 1-tur o‘yin savollari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Dunyoda eng katta ko‘l (Kaspiy dengizi)
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti (Nukus)
3. O‘zbeklarning eng mashhur raqsi nomi (Andijon polkasi)
4. «Sehrli qalpoqcha» romanining muallifi (X.To‘xtaboyev)
5. «Shaytanat» romanining bosh qahramoni (Asadbek)
6. O‘zbek taomnomasida eng aziz taom (palov)
7. «O‘zbekiston» she’rining muallifi (H.Olimjon) O‘yin nihoyasida ballar
yig‘iladi va g‘oliblar taqdirlanadi. Mazkur o‘yin bir tomondan o‘quchilarning bilimini
namoyon qilib, uning intellektual salohiyatini aniqlashga yordam bersa, ikkinchi
tomondan guruhlarning jamoa bo‘lib birlashishi, aqliy tafakkurning shakllanishi,
axloqiy xulq atvorining tarkib topishiga yo‘llaydi. Zero, o‘quvchi intellekti individning
ilmiy salohiyatining rivojlanishiga asos bo‘ladi va uning shaxs sifatida shakllanishida
muhim rol o‘ynaydi. muammoni hal etuvchi va boshqalarni o‘ziga ergashtiruvchi
shaxs sanaladi. Rollar o‘ynab bo‘linganidan so‘ng uning muhokamasi boshlanadi.
Unda barcha guruh a’zolari ishtirok etadilar va ularning har biri o‘zi turli rollarga kira
olishini sinab ko‘radi, ya’ni bunda har bir shaxsning o‘zidagi va boshqalardagi
ko‘rsatmalarni his qilishiga imkoniyat tug‘iladi.
Boshlang‘ich sinfda o‘qish darslarini samarali tashkil etishga tayyorlash
maqsadida o‘qish darslarida mashg‘ulotlar mustaqil ish va izlanish metodlarida, aqliy
hujum usulida tashkil etish mumkin. Bunda o‘quvchilarga maktabda o‘qitiladigan
hikoya, ertak, she’r, masal kabi adabiy janrlarga xos badiiy xususiyatlarini o‘qib
o‘rganishga yo‘llash, asarni mustaqil tahlil qila olish, uning mazmuni va g‘oyasini
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
835
o‘zlashtirish, o‘qish malakasi, nutq madaniyatini egallash asosiy ahamiyatga ega
bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, ta’lim – tarbiya jarayonida ijodiy
xarakterdagi topshiriqlarni bajarishda o‘quvchilar muammoli vaziyatlarni aniqlash,
tahlil qilish va mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallaydi,
ko‘rgazmali vositalar tayyorlash, ilmiy tavsifdagi izlanishlarni talab qiladigan
masalalarni hal qilish uslublari bilan tanishadi. Bugungi kun ta’lim oluvchidan faol
harakat qilishni, mustaqil qaror qabul qilishni, hayotning o‘zgarayotgan sharoitlariga
tez moslashishni talab qiladi. Buning uchun, ta’lim oluvchi zarur bilimlarni mustaqil
egallash va amaliyotda qo‘llash; muammolarni yechishga qaratilgan qarashlarni taklif
qilish, yangi muammolarni aniqlash va yechish; erkin va mustaqil fikrlash; innovatsion
g‘oyalar yaratish qobiliyatiga ega bo‘lish; o‘zining intellektual salohiyati rivojlantirish
ustida mustaqil ishlash kabi ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi lozim. Shu bilan
birga dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash
darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash
darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik
darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni
xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq
bo‘lishi kerak.
Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta’limiy o‘yinlardan, zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil
fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga
ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga
yordam
beradi.
O‘qituvchilarning bunday
zamonaviy
talablar
asosida
yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot
kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya jarayonini
sifatini kafolatlaydi.
Bizningcha, ta’limiy o‘yinlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan
iborat:
1. Ta’limiy o‘yinlar o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi kerak;
2. O‘yinlar o‘tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo‘lishi lozim;
3. Ta’limiy o‘yinlarni o‘tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;
4. Ta’limiy o‘yinlar ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak;
5. Ta’limiy o‘yinlarning o‘tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim.
Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va
zamonaviy texnologiyalar ta’lim samaradorligiga xizmat qiladi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
836
Dostları ilə paylaş: |