Boshlang’ich sinflarda interfaol metodlardan foydalanib dars o’tishning samaradorli



Yüklə 143,5 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2023
ölçüsü143,5 Kb.
#98088
  1   2
Mo\'minov Isroil tezis
Mo\'minov Isroil tezis

Boshlang’ich sinflarda interfaol metodlardan foydalanib dars o’tishning samaradorli
Mo’minov Isroil Xudoyshukur o’g’li
Samarqand davlat universitetining
Denov tadbirkorlik va pedagogika
instituti magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga interfaol metodlar orqali dars o’tishning samarafdorligi haqida fikrlar yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: Boshlang’ich ta’lim, interfaol metodlar, texnologiyalar,noan’anaviy dars , interfaol o’yinlar.
It is effective to teach using interactive methods in Primary education
Muminov Israil the son of Khudoyshukur
Samarkand State University
Denau Entrepreneurship and Pedagogy
institutes of masters
Abstract: This article sheds light on the effectiveness of teaching elementary school students through interactive methods.
Keywords: Primary education, interactive methods, technologies, non-traditional lessons, interactive games.
Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta’limning jahon ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi zamonaviy pedagogik texnologiyalarda yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. Bu yondashuvlar o’z navbatida o’quv jarayonining tashkiliy va metodik jihatlariga muayyan ijobiy o’zgarishlar olib kirmoqdaki, ularning ko’pchiligi pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat bilan uzviy bog’liq.
Har bir darsni o’ziga xos usul asosida o’tish, o’quvchining fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, uning qalbida ilmga muhabbat uyg’otish o’qituvchining mahoratiga bog’liq. Muallimning mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi vositalardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalardir. Zamonaviy pedagogik texnologiya – hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli. Har bir zamonaviy pedagog mavjud pedagogik texnologiyalarni o’z darslarida qo’llasa, albatta ijobiy natijaga erishadi. Bugungi kun o’qituvchisining maqsadi barkamol yoshlarni tarbiyalash, ularga puxta ta’lim-tarbiya berish, zarur axborotlar bilan ta’minlash, mustaqil fikrlashga o’rgatish, bilim va hayotiy ko’nikmalar hosil qilish, ular qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg’ularini qaror toptirishdan iborat. Bu ezgu maqsadlarni ilg’or pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida o’tilgan mashg’ulotlarda amalga oshirish mumkin.
Ko’p yillar davomida an’anaviy dars o’tish ta’limning asosiy shakllaridan biri bo’lib keldi. An’anaviy darsda o’qituvchi faol, o’quvchi esa passiv ishtirokchiga aylanadi. Bu esa o’quvchining mustaqil fikrlashi, izlanuvchanlik qobiliyati rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda bunday darslar yaxshi samara bermaydi. Bugungi davr talabi dars jarayonini noan’anaviy tarzda mazmunli tashkil etish, o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning o’quv jarayonidagi faolligini ta’minlashni taqozo etadi.
Noan’anaviy darslarni tashkil etishda interfaol metodlar muhim bo’g’in hisoblanadi. Ular o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro faol munosabatlarida tashkil etiladigan mashg’ulot turidir. Bunda o’qituvchi va o’quvchi o’zaro hamkorlikda ishlaydi. Fikrlar to’qnashuvi yuzaga keladi. O’quvchining erkin fikrlash jarayoni yangi pog’onaga ko’tariladi. O’qituvchi shu tarzda o’quvchilarni faollashtiradi, o’zlashtirishi past o’quvchilar dunyoqarashi va tafakkurini boyitib boradi.
Ta’lim uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, uning sifati darsda qo’llanilgan metodlarga bog’liq. Darsning mazmunli o’tishi, unda qanday metodlardan foydalanilgani va natijaga erishilgani o’qituvchining mahorati, bilim darajasini belgilaydi. Darsda metodlar to’g’ri tanlansa, maqsadga tez va oson erishiladi. Interfaol metodlarni tanlash har bir darsning didaktik maqsadidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bu esa o’qituvchidan har doim bir xil usulda emas, dars mavzusiga mos metodlar asosida dars o’tishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchi doimo o’z ustida ishlashi, bilim va kasbiy malakasini oshirib borishi, ilm-fan yangiliklaridan xabardor bo’lishi va o’z faoliyatida ulardan samarali foydalanishi lozim. O’qituvchi bir vaqtning o’zida ijodkor, aktyor va fan bilimdoni bo’lsa, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda darsning mazmuni, o’quvchilarga yetkazish usul va shakllari, vositalarini oldindan belgilab, mavzuga mos metodni tanlasagina dars samaradorligi yuqori bo’ladi.
Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo’lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o’tib, yaxshi natija bergan. Keng qo’llaniladigan usullar – “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot”, “Blits-so’rov”, “Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning o’tilgan mavzuni so’rash qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”, “Pinbord”, “Zinama-zina”, “Bumerang” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida “Venn diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptual jadval”, “Nilufar guli” kabi grafik tashkil etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T-jadval”, “Rezyume”, “Kungaboqar”, “Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda “FSMU”, “Klaster”, “BBXB” metodlarini qo’llash dars samaradorligini ta’minlab, o’quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida ham yuqorida sanab o’tilgan interfaol metodlardan tashqari “Uchtasi noto’g’ri bittasi to’g’ri”, “Mosini top” kabi interfaol metodlardan foydalanish mumkin. O’yin vaqtida o’quvchilar o’zini erkin tutadi, bilimini namoyon etgisi keladi. Natijada o’quvchida ishonch, qat’iyat paydo bo’ladi. Munozaraga kirishishni o’rganadi. Fikrini asoslashga odatlanadi. Bunda o’quvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga olinishi lozim.
Boshlang’ich sinf ona tili darlarida yuqorida ko’rsatilgan bir nechta interfaol metodlarning qo’llanishini ko’rib chiqamiz. Masalan, darsning o’tilgan mavzuni so’rash qismida “Sinkveyn” metodidan foydalanib ko’ramiz.
SINKVEYN” metodi haqida tushuncha
“SINKVEYN” – bu besh qatordan iborat bo`lib, unda bir tushuncha haqida axborot beriladi. Birinchi qatorda mavzu (kalit so`z) beriladi,ikkinchi qatorda unga bir yoki ikkita aniqlovchi tanlanadi. Uchinchi qatorda unga harakat-holat (fe’l) bilan to`ldiriladi. To`rtinchi qatorda so`z har xil usul bilan yoyiq gapga aylantiriladi. Beshinchi qatorda kalit so`zning ma’nodoshi (sinonimi) keltiriladi.
“Sinkveyn”
Kalit so`zlar: o’qituvchi,dars




Yüklə 143,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə