|
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodlariAnketalashtirish so‘rovnoma o‘tkazish metodi
|
səhifə | 5/8 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 0,83 Mb. | | #137650 |
| Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodlari 6. Anketalashtirish so‘rovnoma o‘tkazish metodi. - 6. Anketalashtirish so‘rovnoma o‘tkazish metodi.
- Biror masalaga nisbatan fikrlarni aniqlash, ba’zi faktlarni to‘plash talab qilingan hollarda anketalashtirish metodidan foydalaniladi. Agar javoblar og‘zaki olinadigan bo‘lsa, u holda bu javoblar qarorga to‘la yoziladi. Ko‘pchilik bir savolning o‘ziga javob berganda, buning ustiga har kim mustaqil javob bersa, yozma anketalash qimmatli bo‘ladi.
- Anketadan foydalanilganda quyidagi ikki talabga amal qilish zarur:
- 1) anketada savollar kam bo‘lishi kerak;
- 2) savollar shunday tuzilishi kerakki, ularni hamma bir xil tushinsin, ular aniq (mujmal bo‘lmagan) javoblarni talab qilsin.
O‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodlarini bir nechta guruhlarga bo‘lib klassifikasiya qilish mumkin. - O‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodlarini bir nechta guruhlarga bo‘lib klassifikasiya qilish mumkin.
- I. O‘quvchilar bilim oladigan manbalar bo‘yicha:
- Og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy metodlar (tushuntirish, suhbat, hikoya, kitob bilan ishlash va h.k).
- Ko‘rsatmali metodlar (tevarak atrofdagi predmetlar va hodisalarni kuzatish, ularning modellari va tasvirlarini qarash) o‘quvchilarning amaliy ishlari
- II. O‘quvchilar fikrining yo‘nalishi bo‘yicha:
- Induksiya, deduksiya va analogiya.
- III. Pedagogik ta’sir, boshqarishning darajasi, o‘quvchi-larning o‘qishda mustaqilliklar darajasi bo‘yicha:
- O‘qituvchi boshchiligida bajariladigan o‘quv ishi metodi;
- O‘quvchilarning mustaqil ishlari metodi.
- IV. O‘quvchilarning mustaqil faolliklari darajasi bo‘yicha:
- Izohli-illyustrativ metod;
- Reproduktiv metod: bilimlarni muammoli bayon qilish metodi;
- qisman izlanish va tadqiq qilish metodi.
I. Og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy metodlar - I. Og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy metodlar
- 1) Og‘zaki metodlar – qisqa muddat ichida hajmi bo‘yicha eng ko‘p ma’lymotlarni berish, o‘quvchilar oldiga muammolar qo‘yish, ularni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatish imkonini beradi.
- Bu metodlar o‘quvchilarning abstrakt tafakkurlarining rivojlanishiga sharoit yaratadi.
- a) Тushuntirish. Bilimlarni tushuntirish metodining mohiyati shundan iboratki, bunda o‘qituvchi materialni bayon qiladi, o‘quvchilar esa uni, ya’ni bilimlarni tayyor holda qabul qilib olishadi.
- Materialning bayoni aniq, tushunarli, qisqa bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich matematika kursining bir qator masalalarini qarashda bilimlarning izchil bayoni zarur. Misollar: 1. ko‘p xonali sonni bir xonali songa yozma bo‘lish algoritmi
- (656:4; 1896:6)...
Dostları ilə paylaş: |
|
|