Boshlang’ich sinflarda ona tilidan sinfdan rashqari ishlarning mazmuni Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti B. Boltayeva



Yüklə 4,46 Kb.
tarix30.01.2023
ölçüsü4,46 Kb.
#99729
Boshlang’ich sinf ona tilidan sinfdan rashqari ishlar-fayllar.org (1)


Boshlang’ich sinf ona tilidan sinfdan rashqari ishlar

Boshlang’ich sinflarda ona tilidan sinfdan rashqari ishlarning mazmuni

Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti B.Boltayeva

Reja:


  • Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar

  • Sinfdan tashqari ishlarning shakllari va vazifalari

  • Kuni uzaytirilgan guruhlarning ish turlari

Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar


  • Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta`limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko`zlaydi. Uning ta`limiy ahamiyati shundaki, o`quvchi bu jarayonda qo`shimcha bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`ladi. Tarbiyaviy ahamiyati esa nutq odobini tarbiyalash, zukkolik, tezkorlik va hozirjavoblik singari fazilatlarni shakllantirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat ko`rsatish, nutq odobini tarbiyalash singarilarda o`z ifodasini topadi.

Doimiy tadbirlarga to`garak mashg`ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqt-vaqti bilan o`tkaziladigan tadbirlarga kiradi.


Sinfdan tashqari ishlarning shakllari va vazifalari


  • Sinfdan tashqari ishlar ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ularga nutqini o’stirish, olingan bilim va malakalarni mustahkamlash uchun yordam beradi. Yangi qo’shimcha ma’lumotlar manbai hisoblanadi.

  • Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati – o’quvchilarga qo’shimcha bilim, malaka va ko’nikmalar berish.

  • Tarbiyaviy ahamiyati – o’quvchilarning ijodiy faoliyat ko’rsatishiga, nutq odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash.

Sinfdan tashqari ishlarning turlari:


  • Adabiy kechalar o’tkazish

  • Ekskursiya

  • Turli bayramlar va tadbirlar o’tkazish

  • To’garaklar tashkil etish

  • Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish

  • Fan olimpiadalari

  • Ko’rik tanlovlar

To’garaklar


  • To’garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo’lib, u o’quvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko’radi;

  • To’garaklarda yangi mavzu o’tilmaydi, dars jarayonida olingan bilimlar mustahkamlanadi, sinf ishlari tahlil qilinadi;

  • Darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan ham foydalanish mumkin;

  • To’garakka a’zo bo’lish ixtiyoriy, ammo uning mashg’ulot-larida ishtirok etish majburiydir;

  • To’garak a’zolari 20 tadan oshmasligi lozim;

  • Boshlang’ich sinflarda to’garak mashg’ulotlari birinchi sinfning ikkinchi yarim yilligidan boshlanadi.

  • To’garak uchun ajratildan soat:

  • 1-sinf : 17 soat (haftada bir marta)

  • 2-4-sinflarda: 34 soat (haftada bir marta)

Topshiriq:


  • To’garak haqida bilib olgan ma’lumotlaringiz asosida “Ona tili” to’garagi uchun yillik ish rejasini tuzing.

Kuni uzaytirilgan guruhlarning ish turlari


  • Maktabda har bir sinf uchun bitta kuni uzaytirilgan guruh tashkil etiladi. Bu guruhda 3 ta fan asosida (ona tili, o’qish, matematika) ish tashkil etiladi.

  • Bunday guruh uchun maxsus o’qituvchi biriktiriladi.

  • Kuni uzaytirilgan guruhlarning darslari asosiy darslar tugaganidan keyin o’tkaziladi.

Kuni uzaytirilgan guruhlarning vazifalari:


  • Dars jarayonida mavzuni o’zlashtirishga qiynalayotgan o’quvchilar bilan ishlash;

  • Uyga berilgan vazifalarni mustaqil bajara olmaydigan o’quvchilar bilan ishlash;

  • Darsda o’tilgan mavzu asosida savol-javob yoki boshqa metodlar orqali o’quvchi bilimini mustahkamlash.

Foydalanilgan adabiyotlar:


  • Karima Qosimova va boshqalar “Ona tili o’qitish metodikasi” Toshkent 2009.

  • Nurmatova M. Ifodali o`qish to`garagi. “Til va adabiyot ta`limi” 1992 yil. 1-son.

  • Jalilova M. Ne`matova G. Takrorlash mashg`ulotlarini “Topqirlar bellashuvi” tarzida o`tkazish. “Til va adabiyot ta`limi” 1994 yil 2-3 qo`shma sonlari.

  • J.O.Tolibova. Pedagogik texnologiyalar – do‘stona muhit yaratish omili. - T.: 2005.


http://fayllar.org
Yüklə 4,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə