Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida mustaqil ishning quyidagi turlaridan foydalaniladi



Yüklə 13,02 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü13,02 Kb.
#137151
1 Mustaqil ish mashqning faol turi bo


O'qish darslarida mustaqil ishni bajarishga bolalar taxminiy tayyorlanadi, albatta. O'quvchilarni mustaqil ishga tayyorlashda topshiriqning maqsadi ularga qisqa va aniq tushuntiriladi. Mustaqil ish uchun tanlangan matnning hajmi kichik va o'quvchilar saviyasiga mos bo'lishi lozim. Mustaqil ish turlari har xil bo'lib, uni tanlashda o'quvchilaming tayyorgarligi, o'qiladigan matnning xarakteri, asami o'rganish bosqichi hisobga olinadi.
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida mustaqil ishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:

  1. Asarni ichda o‘qish. 1-sinfda bu mashqni topshirishdan oldin ayrim so'zlarni kesma harflar bilan tuzdirish va uni o'qishni mashq qildirish maqsadga muvofiq. O'quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab ichda o'qib, ayrim qatnashuvchi shaxslarning gaplarini topish, uni o'qish va o'z so'zi bilan gapirib berish, matndan o'qituvchi bergan savolga javob bo'ladigan o'rinni topish kabi topshiriqlar berilishi mumkin.

  2. O'qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish. Bu mashq bolalami diqqat-e’tibor bilan o'qishga o'rgatadi; bu ish turidan oz komplektli maktablarda foydalanish dars tartibini belgilashga ham yordam beradi. Mashqning bu turi asta murakkablashtira boriladi: awal o'quvchilar matnga oid savollarga javob berish bilan uning mazmunini o'zlashtirsalar, keyin asarning asosiy g'oyasini bilib oladilar, voqea- hodisalar o'rtasidagi sabab-natija bog'lanishlarini tushunadilar. Bunda ,,Nega?“, „Nima uchun?" kabi savollardan foydalaniladi. Masalan,4-sinf „O'qish kitobi“dagi „Davlat“ ertagi matni ustida ishlaganda „Ertakda Davlat dehqonning uyida umrbod qolishga jazm qilibdi. Nima uchun ?“ savoli beriladi, bu savol hikoyaning asosiy mazmunini aniq- lashga ham yordam beradi. 2-sinfdan boshlab bolalar nima uchun hikoya, she’r shunday nomlanganini aytib berishga o'rganadilar.

  3. O‘qilgan asar mazmunini to‘Iiq anglash, bilib olish uchun o‘qituvchi topshirig'ini bajarish. Topshiriqlar quyidagicha bo'lishi mumkin: — o'qing va omonatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering. („Omonatga xiyonat", 4-sinf) — o'qing va nima uchun hunarsiz kishi o'limga yaqinligini tushuntirib bering. („Hunarsiz kishi o'limga yaqin", 4-sinf) va hokazo. Ba’zan topshiriqlar turli xildagi qayta hikoyalashni talab qiladi: a) matnning ayrim o'rinlaridan foydalanib (ko'chirma olib) qayta hikoyalash; b) hikoyani bir sujet chizig'i asosida qayta hikoyalash; d) matnni qisqartib qayta hikoyalash; e) matnning shaxsini o'zgartirib qayta hikoyalash va boshq.

  4. O'qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish. Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi: 1) o'qilgan matnga oid rasm chizish; 2) rasmga matndagi so'zlar yoki o'z so'zi bilan sarlavha qo'yish; 3) o'qituvchi tomonidan tartibsiz berilgan savollardan foydalanib reja tuzish; 4) matnni qismlarga bo'lish va har bir qismga sarlavha qo'yish va hokazo.

Mustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish o'quvchilaming tayyorlik darajasini aniqlashda va keyingi bosqichlarda mustaqil mashqni to'g'ri tashkil qilish uchun material tanlashda o'qituvchiga yordam beradi.
Yüklə 13,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə