Boshlang`ich ta`lim ” yo`nalishi 203– guruh talabasi axmedova Yulduz Ulug`bekovnaning



Yüklə 89,18 Kb.
səhifə2/8
tarix23.05.2023
ölçüsü89,18 Kb.
#112209
1   2   3   4   5   6   7   8
Axmedova Yulduz Kurs ishi ATOM

Kurs ishi maqsadi. Boshlang`ich sinflarda hikoyalarni o`rganish orqali o`quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish har tomonlama o`rganish va amaliyotga tadqiq qilish.
Kurs ishi obyekti. Boshlang`ich sinflarda hikoyalarni o`rganish orqali o`quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish dars jarayoni.
Kurs ishi predmeti. Boshlang`ich sinflarda hikoyalarni o`rganish orqali o`quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish yo`llari, metod va usullari
Kurs ishi vazifalari:
1. Boshlang`ich sinflarda hikoyalarni o`rganish orqali o`quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish bo`yicha mа`lumоtlаr to`plаsh.
2. Boshlang`ich sinflarda hikoyalarni o`rganish orqali o`quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirishda yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
3. Boshlang`ich sinflarda hikoyalarni o`rganish orqali o`quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish usullarini o`rganish vа tаhlil qilish.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati.
Boshlang`ich sinflarda hikoyalarni o`rganish orqali o`quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish darslarini tashkil qilish va samarali o`tkazish yo`llari belgilandi. Tadqiqot natijalaridan boshlang`ich sinf o`qituvchilari, shu yo`nalishda ta`lim olayotgan talabalar foydalanishi mumkin.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, II bob, 4 qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan ibora

  1. I-BOB. BOSHLANG`ICH SINF O`QISH DARSLARIDA O`QUVCHILAR NUTQINI O`STIRISH METODIKASINING NAZARIY AHAMIYATI

    1. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida o`quvchilar nutqini o`stirish metodikasi

O`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi yurtimizda davlat ishlarining, o`qish-o`qitish, ta`lim-tarbiya, targibot-tashviqot ishlarining shu tilda olib borilishi uchun juda katta imkoniyat yaratdi. Tilga bo`lgan munosabat tubdan o`zgardi, uning barcha imkoniyatlarini o`rganish ishlari keng ko`lamda olib borilyapti. Lekin, shuni ham eslash joizki, tilning ijtimoiy vazifasini bajarilish darajasini belgilovchi omillardan biri bo`lmish nutq madaniyati yetarli taraqqiy etmaganligi achinarli bir holdir. Shu bois nutq madaniyati sohasini chuqurroq o`rganish oldimizga qo`yilgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shunki nutqimizda uchrab turadigan nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilish, nutq madaniyatini har qachongidan ham yaxshiroq rivojlantirish umumdavlat ahamiyatiga ega bo`lgan siyosiy va ijtimoiy masaladir. Bu masala bilan shug`ullanish ishiga faqat tilshunoslargina emas, balki jumhuriyatimizda istiqomat qiluvchi barcha soha vaqillari e`tibor berishlari maqsadga muvofiqdir. Chunki, nutq madaniyati umuminson madaniyatining tarkibiy qismi bqlib, kishilarni yuksak madaniyatli bo`lishlarini belgilaydi.
Ma`lumki, boshlang`ich sinflarda o`quvchi nutqini o`stirish ona tili predmetining asosiy vazifasi hisoblanadi. Biroq bu vazifa boshqa o`quv predmetlari doirasida ham amalga oshiriladi. Jumladan, o`qish darslari jarayonida o`quvchilar nutqini o`stirish uchun ko`plab imkoniyatlar mavjud. Ya`ni, o`qish kitobidagi matnlarni o`rganish jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilari o`zi uchun notanish bo`lgan ko`plab so`zlar va ularning ma`nosini o`rganadi, ya`ni ularning so`z boyligi oshadi. O`qituvchi bunday so`zlarni izohlash bilan kifoyalanmay, o`quvchilarga ular ishtirokida so`z birikmasi, gap ham tuzdirsa, yanada maqsadga muvofiq bo`ladi. Shunday qilinsa, yangi so`zlar o`quvchilarning faol lug`atiga kiradi. Nutq o`stirish boshlang`ich ta`lim pedagogikasining tarixi va nazariyasini ham, muomala madaniyatini o`rgatish uslubiyotini ham o`z ichiga oladi. Boshlang`ich sinf o`qituvchisi, avvalo, o`quvchilariga umumiy estetik tarbiya berish vazifalarini tushunib olishi lozim. Bu vazifalar faqatgina yaxshi muomala qilishni o`rgatishdangina iborat bo`lib qolmasligi kerak. Bunda, eng muhimi, bolaga nutq madaniyatini o`rgatish va unda har bir mashg`ulotlarga qiziqish uyg`otish, so`z, gap yordamida nutqiy faoliyatga ehtiyoj hosil qilish, shuningdek, ularda bilim, ko`nikma va malakalarni tarkib toptirishdir.
Nutq ikki ko`rinishga ega - og`zaki, va yozma nutq. Bular o`zaro uzviy bog`langan bo`lsa ham, har birining o`ziga xos xususiyati bor. Og`zaki nutqda tovushlar, so`zlar nutq orqali talaffuz qilinsa, eshitish a`zolari orqali qabul qilinadi. Shuning uchun o`quvchilarning og`zaki nutqini o`stirishida, avvalo ularning nutqidagi kamchiliklar sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish yo`llarini izlab topishimiz kerak. Chiroyli so`zlashni, savodli, to`g`ri yozishni, o`z fikrini ravon va aniq bayon etishni bilmagan yoki etolmagan o`quvchi bilimlarni muvafaqqiyat bilan o`zlashtira olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon bo`lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo`ladi. Nutq orqasli odamzot o`zining ichki hissiyotlarini ham bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda-to`la rivojlangan yoki shakillangan bo`lavermaydi. Ba`zi bolalar tovushlarni noto`g`ri talaffuz qilibgina qolmay, ularni bir-biridan farqlay hamolmaydilar. Nutqdagi bunday kamchiliklar darslarni o`zlashtirishda bolalar uchun sezilarli qiyinchiliklarni tug`diradi. Bunday hollarda logoped mashg`ulotlar yordamiga muxtoj bo`ladilar. Ma`lumki, boshlang`ich sinf oquvchilarining nutqlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish o`quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi kamchiliklarni aniqlashda bolaning nutqini tekshirib ko`rish, nutq buzulish sabablarini o`rganish lozim. Buning uchun har bir bola nutqini tekshirish varaqasi to`ldirilib, qaysi tovushlar to`g`ri yoki noto`g`ri talaffuz qilayotgani belgilab boriladi.
Nutq ostirish-ongli o`qishni, so`zlash va yozishga o`rgatishni, til haqida o`quvchilarning yoshi va tushunchasiga mos bo`lgan bilim berishni, ularning lug`at boyligini oshirishni, boshqalarning nutqiga e`tibor va qiziqishni o`stirish, kitob o`qishga muhabbat uyg`otishni ko`zda tutadi. Og`zaki nutiqqa o`rgatishning ilk davrida daktiologiya (qo`l alifbosi) dan foydalaniladi. Bu narsa bolalarning tovushlarni talaffuz qilib, o`zlashtirib borganlari sari faqat yordamchi vosita bo`lib xizmat qiladi.
Boshlang`ich sinf o`qish darslarida olib boriladigan barcha mashg`ulotlarning yetakchi o`rni nutq o`stirish bo`lib, u savod o`rgatish, chiroyli yozish ko`nikmalarini shakillantirish va fikrlash doirasini kengaytirish vazifalarini o`z ichiga oladi. Bu darslarda ko`proq amaliy maqsadlarni ko`zlash, til boyliklaridan nutqda foydalanish malakalarini shakillantirish, ijodiy fikrlash, o`quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash lozim. Ularning og`zaki nutqini muntazam o`stirib boorish bog`anishli nutq, matn tuzishlarda amaliy yordam beradi. Ma`lumki, bu vazifalarni amalga oshirish yo`llari xilma-xildir. Savod o`rgatish darslarida amaliy mashg`ulatlarga keng o`rin berish va malakalarni singdirishda qiziqarli va jonli narsalardan, texnika vositalaridan, turli o`yin va o`yin turidagi mashqlardan foydalanish samarali natijalar beradi. Darslikka doir hikoyalar, ertaklar, she`r va maqollardagi notanish so`zlar o`qib yoki eshittirb tushuntiriladi. Shunday qilib, har bir darsda, u qaysi predmet bo`lishidan qat`iy - nazar, birinchi galdagi vazifamiz o`quvchilarning ongli, ravon, to`g`ri va ifodali o`qishiga erishishimiz, nutqini o`stirishga harakat qilmog`imiz lozim.
Ma`lumki, nutq tafakkur bilan bog`liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog`liq holda o`stiriladi. Darsda o`qilgan asarni o`quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g`oyasini anglab yetishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi logik priyomlar qo`llanadi. O`qilgan asarni analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o`qituvchi rahbarligida asarning sxematik rejasini tuzadilar (tugun, kulminasiya, yechim).
Boshlang`ich sinflar o`qish darslarida o`quvchilar nutqini o`stirish vositalaridan biri to`g`ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to`liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun matnni to`liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o`qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o`qituvchining savoli o`quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o`rtasidagi bog`lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o`ynaydi. Bolalar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xattiharakati, harakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab etadilar. O`qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xattiharakatlari qaerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so`zlab berishga, voqealarning izchil bayon qilinishiga va o`zaro bog`liqlikni yoritishga yo`naltirilishi lozim. O`quvchi o`qilgan asar mazmunini o`qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalanadi: ayrim faktlarni o`zaro bog`laydi (sintezlaydi), bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa chiqaradi.
Ko`pincha boshang`ich sinf o`quvchilari qatnashuvchi shaxslar xattiharakatini yaxshi tushunmasliklari, ba`zan noto`g`ri yoki yuzasi tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab etmaydilar. Shuning uchun ham o`qituvchi savolni juda o`ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o`ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog`lanishi yuzasidan muhokama yuritadigan, ularni o`zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo`lishi lozim. O`quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko`z oldigan keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi. O`qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini tuzishga yordam beradi. Reja tuzishda o`quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bo`ladi va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin sintetik ishga o`tiladi, ya`ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. O`quvchilar o`qituvchi rahbarligida reja tuzish jarayonida o`qilgan hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida o`ylaydilar. Sarlavha topish ustida ishlash, o`quvchilar topgan sarlavhani jamoa bo`lib muhokama qilish, reja tuzish jarayonining o`zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o`z mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim. Asarni o`qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja doskaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi.
Reja asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni berilgan izchillikda o`zlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash o`qituvchi savoligi javob berishga nisbatan asar mazmunini aytib berishning hiyla mustaqil formasidir. O`qilgan asar mazmunini o`zlashtirish ustida ishlashdagi keyingi bosqich, qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2-3 qismga bo`linadigan, bu bo`limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib hikoyalashga o`rgatish quyidagicha uyushtiriladi: o`qituvchi hikoyaning oldindan belgilab qo`yilgan birinchi qismini o`qiydi va o`quvchilar bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o`quvchilar ba`zan asardagi so`zlardan foydalanadilar. Bu o`quvchilarga qiyinlik qilsa, bo`limdagi asosiy fikrni o`z so`zlari bilan aytib berishlari mumkin. Keyin o`quvchilar o`qituvchi bilan bu qismni qisqartirib hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o`quvchilar asarni qisqartirib qayta hikoya qiladilar.
O`qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga 3- sinfdan boshlab o`rgatiladi. Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini o`stirish vositalaridan biridir. Tanlab hikoyalashda o`quvchi:
1) o`qigan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib so`zlab beradi;
2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi;
3) hikoya mazmunini faqat bir syujet yo`nalishida so`zlab beradi.
Bolalar tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang`ich sinf izohli o`qish darsida keng qo`llanadigan metodik usullar yordam beradi:
1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash;
2) hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash;
3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish.
O`quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o`qilgan matnni tahlil qiladi. Bunday tahlil bolalar tafakkurini, ular nutqidagi mustaqillikni o`stiradi va o`qilgan matn mazmunini o`zlashtirishga yordam beradi. Hikoyani o`qish bilan bog`liq holda o`tkaziladigan ijodiy ishlar ham o`quvchilar nutqini, tafakkurini o`stiradi. Bular:
1) ijodiy qayta hikoyalash;
2) inssenirovka qilish;
3) o`qilgan asarga rasm chizish; hikoyani davom ettirish.
1. Ijodiy qayta hikoyalashda o`qilgan hikoyaning sharoitini, yo formasini o`zgartirib hikoya qilinadi, yoki hikoyani yangi epizodlar bilan to`ldirib hikoya qilinadi.
2. Inssenirovka yoki sahnalashtirishda o`quvchilar o`qilgan hikoyani sahnabop qilib o`zgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga ssenariy haqida, kostyum, qatnashuvchilarning imo-ishorasi haqida o`ylaydilar, monologik nutqni dialogik nutqqa aylantiradilar (bu tilni o`rgatish nuqtai nazaridan eng muhim ish hisoblanadi).
3. O`qilgan hikoyaga rasm chizishda o`quvchi rassomlar tomonidan chizilgan rasmlardan o`qilgan asarning mazmuniga mos rasm tanlaydi yoki o`zi rasm chizadi. Agar o`quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, o`zi chizmoqchi bo`lgan rasmni og`zaki tasvirlab beradi, ya`ni so`z bilan rasm chizadi
4. O`qilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab tajribasida keng qo`llanadi. Bu usul hikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda qo`llanadi.
Bizga ma`lumki boshlang`ich sinf o`quvchilarining nutq madaniyatini shakllantirish boshlang`ich sinf o`qituvchisining oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bu borada o`qituvchining o`rnini hech qanday vosita bosa olmaydi. O`quvchilarning ravon va burro nutqini shakllantirishda, dunyoni anglatishda o`qituvchi nutqining ham o`rni beqiyosdir. Shuning uchun o`qituvchi o`z nutqi ustida ham mukammal ishlashi va darslarini tashkil qilishda o`quvchilarni barkamol hamda har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash uchun puxta bilimli, o`z fikrini chiroyli, ravon nutq qonuniyatlarini chuqur egallagan holda ifoda qila bilishi lozim. Savod o`rgatish davridan boshlab o`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`stirishga e`tibor qaratiladi. Bu borada o`qish fani o`quvchilarni nutqini shakllantirishda muhim rol o`ynaydi. O`qish fanining asosiy vazifasi o`quvchilarni to`g`ri, ongli, ravon va ifodali o`qishga o`rgatadi. O`quvchi qancha ko`p o`qisa uning nutq madaniyati rivojlanadi, mustaqil fikrlash qobiliyatlari shakllanadi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining nutqini shakllantirishda sinfdan tashqari o`qish o`qish darslari bilan bog`lab olib boriladi. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish darslarini o`tkazish jarayonida o`quvchilarga o`qish va qiroatxonlik saboqlarini berish, kitob bilan muomala qilish, kitob o`qish qoidalari, kitobning muqaddas ekanligini his etish, asar qahramonlarining hatti-harakatlarini kuzatish, ularning ibratli ishlariga ergashish, salbiylardan nafratlanish, o`z taassurotlarini tasvirli so`zlab berish kabi mahoratlarini shakllantirish va mustahkamlashdan iborat.
O`qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog`lab o`tishi uning ta`sirchanligi ongli idrok etishlarini ta`minlaydi. O`qish va nutq o`stirishning ta`limiy – tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo`yicha o`qish mazmunini o`qish ko`nikmalarining og`zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o`qish mashg`ulotlarining yozma nutq bilan bog`lanish kabi masalalar aniq kiritilgan.3
Sinfdan tashqari o`qish mazmuniga ko`ra ta`limning har bir bosqichida ikki asosiy bo`limga ajratiladi: 
Birinchi bosqichda o`qish doirasi, ya`ni o`qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o`qish bilan tanishtirish yuzasidan o`quvchilarga ko`rsatma beriladi. 
Ikkinchi bosqichda shu o`quv materiallar asosida bilim, ko`nikma va malakalar shakllantiriladi. O`quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi bilimlarni bevosita amaliy faoliyatlari davomida, ya`ni kitob ustida ishlash jarayonida egallaydilar. O`quvchilar o`qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsa, keyinroq bolalar yozuvchilarning asarlari bilan tanishadilar, so`ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o`tadilar. O`quvchilar milliy va jahon adabiyotlarini o`qib tahlil qilish asosida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go`zallik va xunuklik xaqidagi xilma-xil talqinlarga duch kelishadi. Ularga ongli munosabat bildirish hamda o`zlaridagi axloqiy-ma`naviy fazilatlarning shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi. 
Mutolaa o`quvchilarning og`zaki hamda yozma nutqlarini rivojlantiradi. Bolaning matn mazmunini to`liq uqib olishi qayta hikoyalashi, shuningdek, o`zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi malakalari hosil qilinadi. Sinfdan tashqari o`qish bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg`otish, bog`lanishni, nutqni o`stirish, adabiy – estetik tafakkurni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bolalar adabiyoti avvalo o`zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go`zalligi, tilning ifodaliligi, she`riy so`zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Sinfdan tashqari o`qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:
1. Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko`zda tutiladi.
2. Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilma-xilligi e`tiborga olinadi. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilar asosan hikoyalar, ertaklar, topishmoqlar, maqollarni o`qishga qiziqqanlari uchun shu janrdagi asarlar tanlansa maqsadga muvofiq bo`ladi. 
3. Kitobning o`quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi.
4. Kitob tanlashda o`quvchilarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil o`qishi hisobga olinadi.
5. Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi. 
Umuman olganda, kitobni to`g`ri tanlash sinfdan tashqari o`qish muvaffaqiyatini ta`minlashning muhim shartidir.
Sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodiy qobiliyati rivojlanadi; faol kitobxonga xos ko`nikma va malakalar shakllanadi.
Sinfdan tashqari o`qish darslari o`quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi, shuning uchun ularning qurilishi juda xilma-xil bo`ladi. Har bir dars o`qituvchi va o`quvchining ijodi hisoblanadi; darsda qanchalik xilma-xillikka, hayotiylikka erishilsa, maqsadga erishish oson kechadi.4
Kelajagimiz bo`lgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga mos holda aqlan yetuk, jismonan sog`lom qilib tarbiyalash biz o`qituvchilarlar, ustozlar zimmasidadir. O`qituvchi sinfdan tashqari darsni tashkil etishda innovatsion metodlardan, qiziqarli ma`lumotlardan, turli mavzuga mos ko`rgazmali qurollardan foydalanishi kerak bo`ladi. Bugungi o`quvchi bir nechta chet tillarni bilishga intiladi. O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzu haqidagi ma`lumotlarni chet tillarida ham aytishi mumkin. Masalan, kitob haqidagi maqol yoki fikrlarni, kichik hajmdagi asarlarni nafaqat o`zbek tilida balki rus yoki ingliz tilida ham so`zlab beradi. O`quvchilarga ham shunday topshiriq beradi. Bir o`quvchi maqolni aytadi boshqa o`quvchi tarjimasini aytishi mumkin.
Kitob – aql qayrog`i.
Kitobsiz aql – qanotsiz qush. 
Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do`stlardir. 
Kitob xazina, bilim boylik
Kitobdan yaxshi do`st yo`q.
Kitob-beminnat do`st. 

Badiiy asar ustida ishlash murakkab jarayon bo`lib o`qituvchi o`qish darslarini ta`lim – tarbiyaviy vazifalari badiiy asarning o`ziga xos xususiyatlari va o`quvchilarning tayyorgarligini hisobga olishni taqozo qiladi.


Badiiy asarda barcha komponеntlar o`zaro bog`langan bo`ladi. Asarda obrazlar rivojlanib boradi. Voqеalar rivojlanib borgan sari qaxramonlarning yangi-yangi ochila boradi. Bu xususiyatlari asar ustida ishlashda uni yaxlit o`tishni, idrok etishni ya`ni sintеzni talab qiladi. Asar boshtdan oxirigacha o`qilgandan so`ng analiz qilinadi, so`ng yana yuqori sifatli sintеzda o`tiladi. Asarni o`qishga kirishishdan oldin o`quvchilarni badiiy asar o`qishga tayyorlash lozim bo`ladi. Dеmak tayyorgarlik davri – sintеz – analiz – sintеz – jarayonini bеradi.45
O`quvchilar asar mazmunini to`g`ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma`lum tasavvurga ega bo`lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o`tkaziladi.
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari.
O`quvchilarning asarda aks ettirilgan voqеa – xodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga taesir etadigan yangi ma`lumotlar bеrish badiiy asarda tasvirlangan faktlarni o`quvchilar o`z hayotida kuzatishlari bilan bog`lay olishlariga sharoit yaratish.
Yozuvchining hayoti bilan tanishtirish, yozuvchining, uning hayotiga ijodiga qiziqish uyg`otish.
O`quvchilarni asarni emotsional idrok etishga tayyorlash.
Asar mazmunini tushunishga halal bеradigan so`zlarning lug`aviy ma`nolarini tushuntirishdan iborat.
Tayyorgarlik ishlarining shakllari hilma – hil bo`lib, o`qituvchi asar mazmunini va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davri uchun 2-5 daqiqa ajratiladi.
Ekskursiya. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag`ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar. Qishloq hayotiga doir mavzular o`rganiganda foydalanish mumkin.
Chunonchi 2 – sinfda “Issiqxonada” kabi matеriallarni o`rganishdan oldin ekskursiya qilish maqsadiga muofiq. Ekskursiya uchun rеja bеriladi va matn o`rganilishdan kamida bir hafta oldin o`quvchilarga e`lon qilinadi.
Film namoish qilish. Inqilobdan oldingi hayot voqеalari tasvirlangan matnlardan oldin fil`m namoish qilinsa..yu o`quvchilar asarni idrok qilishlari faollashadi. Albatta, hozir o`quv fil`mlari yеtarli emas. Ammo, vidiofil`mlardan foydalanish mumkin.
O`qitish hikoyasi. Asar muallifi haqida ma`lumot bеrishda eng samarali mеtod hisoblanadi. Chunonchi 4 – sinfda Q.Muhammadiyning shе`ri o`rganilayotganda shoirning bolalar uchun yozgan asarlari namoish etilib, ular haqida qisqacha ma`lumot bеrilsa, o`quvchilarda asarni o`qishga qiziqishlari ortadi. Tayyorgarlik davridan so`ng 1 – bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy aniq mazmuni bilan, uning syujit chizig`i bilan tanishtirish, asarning emotsional ta`sirini aniqlashdir.
Matnni ifodali qilib o`qib bеriladi.
( 2-sinfda o`rganiladigan “Mеhribon qiz” matnni magnitafon orqali o`qib eshittiriladi) o`qituvchi o`quvchilarga umumiy taassurotlarini aytish talab qiladigan savollar bеradi.
Hikoyani qaysi o`rni sizga yoqadi? Qaxramonlardan qaysi biri ayniqsa yoqadi?
Hikoya o`qilganda siz qaysi o`rinda juda xursand bo`ldingiz? Kabi savollar buradi.
Tеkshirish uchun savol va topshiriqlar.
Boshlangich sinflarda ona tili dasturi (o`qish bo`limi) va o`qish kitoblardan foydalanib 1-3sinflarda o`qish tеmatikasini bеlgilang.
Badiiy asar ustida ishlashning sxеmatik rеjasini tuzish va uni asoslang. Badiiy asar ustida ishlashning har bir bosqich vazifalarini ayting.
Matn ustida ishlash yuzasidan o`quvchilar ko`nikmasiga qo`yilgan dastur talablarini tahlil qiling.
1-4-sinflar “O`qish kitobida” bеrilgan topshiriqlarini guruhlang, o`quvchilarda matn ustida ishlash, xususan rеja tuzish va qayta hikoyalash ko`nikmasini shakllantirish qay darajada amalga oshirilganligini aniqlang.
“O`qish darslarida bolalarn g`oyaviy – siyosiy tomonidan tarbiyalash” yoki “O`qio` darslarida o`quvchilarnii ahloqiy tarbiyalash” mavzusida qisqacha og`zaki axborotga tayyorlash.
O`qish darslarini ishchi rеjasini izohlang.
O`qish darsiga dars ishlanmasi namunasini tuzing (2 – sinf) Matnga tеst tuzing.
Badiiy adabiyot nima?

Yüklə 89,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə