Boshlang`ich ta`lim ” yo`nalishi 203– guruh talabasi axmedova Yulduz Ulug`bekovnaning


Matn ustida ishlashda o`quvchilar nutqini o`stirish



Yüklə 89,18 Kb.
səhifə3/8
tarix23.05.2023
ölçüsü89,18 Kb.
#112209
1   2   3   4   5   6   7   8
Axmedova Yulduz Kurs ishi ATOM

1.2. Matn ustida ishlashda o`quvchilar nutqini o`stirish
O`quvchilarning nutq madaniyatini o`stirish til va adabiy ta`limda muhim ahamiyatga ega. Chunki og`zaki va yozma nutqni yaxshi egallagan o`quvchi barcha fanlarni oson va to`liq o`zlashtiradi, unda bilim olishga va yangiliklarga intilish to- bora kuchayadi. Hozirgi zamon pedagogikasida o`quvchilar nutqini o`stirishga muhim pedagogik muammo sifatida qaraladi. Zero, A.Zunnunovning «Adabiyot o`qitish metodikasi»da keltirilganidek, o`quvchilar nutqini o`stirish, bu - uzoq davom etadigan jarayon bo`lib, nutq o`stirish bilan bog`liq bo`lgan mashg`ulotlar izchil, doimiy ravishda o`tkazib borilmasa, ta`limning yaxshi, sifatli bo`lishiga, o`quvchilarning madaniy nutqini egallashlaiiga erishib bo`lmaydi.
Matn ustida ishlash orqali o`quvchilar nutqini o`stirish eng maqbul usullardan bo`lib, bu jarayonda quyidagi ko`nikma va malakalar hosil qilinadi:

  1. bilim olish;

  2. to`g`ri, ravon va ifodali o`qish;

  3. ijodiy va mustaqil fikrlash;

g) tahlil qilish va kerakli xulosa chiqarish;

  1. nutq madaniyatini egallash. 6

O`quvchilarning og`zaki va yozma nutqlarini baravar rivojlantirishga harakat qilish lozim. Chunki har ikkala nutq shakli bir-birining o`sishi hamda takomillashib borishi uchun xizmat qiladi. Asar matni ustida ishlashda ham bu talablarga amal qilinadi.
Boshlang`ich sinf o`qish darslari yuqori sinflardagi adabiyot darslarining tarkibiy qismi bo`lib, ulardagi asosiy ish turi matn ustida ishlashdir. Asar matni ustida ishlash orqali ham og`zaki, ham yozma nutq o`stirishni o`qish darslarida o`rganiladigan matnlar misolida ko`rsatish mumkin:



  1. Lug`at ustida ishlash orqali nutq o`stirish. Bunda o`quvchilar matnni o`qib bo`lgach, undagi notanish so`zlami aniqlaydilar va o`qituvchi yordamida ularni tushunib oladilar. Masalan, 2-sinf “O`qish kitobi”da (mualliflar: Q.Abdullayeva, M.Yusupov, M.Mahmudova, S.Rahmonbekova) keltirilgan “Sumalak”7 (rivoyat) matni ustida quyidagicha lug`at ishi o`tkazish mumkin:

Urug`lik - ekish uchun olib qo`yilgan don. Ivitish - suvga solmoq
Nish urmoq - o`sa boshlamoq Qiymalash - mayda qilib to`g`rash Azonda - erta tongda
Tatib ko`rmoq - yeb ko`rmoq Lazzatli ne`mat - shirin ovqat Bardam bo`lish - sog`lom bo`lish

  1. Matn mazmunini qayta hikoya qilish orqali nutq o`stirish. Mazkur turda o`quvchilar matn mazmunini qisqartirib, kengaytirib, obrazlarni o`zgartirib, o`z fikilarini bildirib qayta hikoya qiladilar. Qayta hikoyalashda, albatta, matndagi so`zlardan foydalanish yaxshi samara beradi. “Sumalak” rivoyatini qayta hikoyalashda o`quvchilar asosiy o`rinlarni ajratishi, lug`at ustida ishlash orqali o`rgangan so`zlarini ishlatishi lozim. Bunday qayta hikoyalash quyidagicha bo`lishi mumkin:

“Qadim zamonda bir dehqon bor ekan. U bahor kelgach, urug`likka olib qo`ygan donini suvga solib qo`yibdi. Ob-havo yomon bo`lib, ivitilgan bug`doy nish urib o`sa boshlabdi. Dehqonning bola-chaqasi och ekan. Shuning uchun bug`doy uvol bo`lmasin deb, kampiriga undan biror ovqat qilishini aytibdi. Kampir dehqon qiymalagan bug`doyni qozonga solib qaynatibdi. Azonda uyqusi o`chib, qozondan xabar olgani borsa, juda ajoyib hid dimog`iga urilibdi. Qozondagi ovqatni tatib ko`rsa, juda mazali emish. Kelasi yil ham dehqon bolalarining o`sha taomdan yegilari kelibdi. Shu tariqa sumalak pishirish odati paydo bo`lgan ekan. Sumalak xalq orasida keng tarqalib, bahorning lazzatli ne`matiga aylanibdi. Sumalak har yil Navro`z bayramida tayyorlanadi. Bu ovqat odamlarning sog`ligini tiklashga va bardam bo`lishga yordam beradi”.

  1. Matnga oid savol-javoblar ustida ishlash orqali nutq o`stirish. Bunda faqat darslikdagi savol va topshiriqlar bilangina cheklanib qolmay, balki har bir darsda o`quvchilarni o`ylashga, mulohaza yuritishga chaqiruvchi yangi savollar tuzish va o`quvchilar hukmiga havola etish lozim. “Sumalak” matniga oid quyidagicha yangi savollar tuzish mumkin:

  1. Dehqon nima uchun bug`doyni ivitib qo`yadi?

  2. Dehqon nimani o`ylaydi?

  3. Kampir pishirgan taomni ta`riflash uchun qanday so`zlar ishlatgan?

  4. Rivoyatdagi “mo`l-kо`l” so`zini qanday tushunasiz?

  5. Keyinchalik dehqonlar donni nimalarga olib qo`yadigan bo`lishibdi?

  1. Dehqonning bolalari xush ko`radigan taom nima deb atalibdi?

  2. Sumalak qanday xususiyatlarga ega ekan?

  1. Test topshiriqlari ustida ishlash orqali nutq o`stirish. Bu usul o`quvchilarni har tomonlama o`ylashga, matn mazmunini chuqurroq o`zlashtirishga, matndagi har bir so`zga alohida ahamiyat berishga o`rgatadi. Test usili o`quvchilar uchun qiziqarli bo`lib, ular berilgan topshiriqlarni bajonidil bajaradilar.

Masalan, “Sumalak” rivoyatiga oid quyidagicha test topshiriqlarini tuzish mumkin: . “Sumalak” rivoyati qahramonlari qaysi javobda to`g`ri berilgan?

  1. dehqon, hunarmand.

  2. kampir, kenja botir.

  3. to`g`ri javob yo`q.

  1. “Sumalak” haqidagi rivoyatda nima uchun bug`doy nish urib o`sa boshlabdi?

  1. suvga solib qo`yilganligi uchun.

  2. ob-havo hadeganda ochilmaganligi uchun.

  3. a va b.

3. Sumalakni qanday usulda pishirishadi?

  1. qaynatish usuli bilan.

  2. qovurish usuli bilan.

  3. olovda toblash bilan qovurib olinadi.

  1. “Sumalak” matnida “suvga solmoq” birikmasining ma`nosiga teng bo`lgan ma`nodosh so`zni toping.

  1. bardam.

  2. ivitish.

  3. bo`ktirish.

  1. “Sumalak” rivoyatida nima tasvirlangan?

  1. sumalakning kelib chiqishi va pishirilishi.

  2. dehqon va kampirning bolalarini ochlikdan qanday qilib saqlab qolganligi.

  3. a va b.

Matndagi iboralar, so`z va so`z birikmalari o`quvchilar nutqiga ko`chib, ular nutqining jozibador bo`lishiga olib keladi. Qadimdan nutq madiniyati va odobiga alohida ahamiyat berib kelingan. Misol uchun Kaykovus o`zining “Qobusnoma” nomli asarida farzandiga qarata shunday deydi: “.... Ey farzand, so`zning yuzin va orqasin bilg`il va ularga rioya qilg`il, har ne so`z desang yuzi bila degil. To suxangoy bo`lg`aysan. Agar so`z aytib, so`zning nechuk ekanin bilmasang qushga o`xsharsankim, unga to`ti derlar, ul doim so`zlar, ammo so`zning ma`nosin bilmas.
... So`zni bag`oyat ulug` bilg`il, so`z osmondin kelmas va ul xor narsa emasdur. Qay bir so`zniki bilsang joyini o`tkarmay aytgil, vaqtni zoye qilmagil, yo`q ersa donishga sitam qilg`on bo`lg`oysan. Har so`z desang rost degil va bema`nilikni da`vo qilguvchi bo`lmag`il”.
Shunday ekan, nutq o`stirish ishining qulay, samarali va yangicha usullaridan foydalanib, bolalarimizga nutq madaniyatini o`rgatish, imloviy savodxon bo`lishiga ko`maklashish eng muhim vazifalardandir.Bu ishlarni amalga oshirishda esa matn ustida ishlash texnologyalaridan unumli foydalanish juda katta ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 89,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə