Boshlang'ich ta'limda fanlarni o'qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish reja



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix15.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
BOSHLANG\'ICH TA\'LIMDA FANLARNI O\'QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Audio pochta 
— bu ma’lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki tovush orqali 
uzatuvchi pochtadir. 
Axborot texnologiyalarining ta'minoti 
Axborot texnologiyasi axborot tizimlari bilan mukammal bog’langan bo’lib, 
ular uchun axborot texnologiyasi asosiy muhit hisoblanadi. Bir qaraganda axborot 


texnologiyasi va tizimi tushunchasi bir–biriga o’xshash ko’rinadi, aslida esa 
bunday emas. 
Axborot texnologiyasi kompyuterda saqlanayotgan ma’lumotlar ustidan 
tartiblashgan qoidalar asosida amal harakat va bosqichlarni bajarish jarayonidir. 
Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi birlamchi axborotni maqsadga 
yo’naltirilgan harakat natijasida qayta ishlash yo’li bilan foydalanuvchiga kerakli
axborotni berishdir. 
Axborot tizimi kompyuterlar, kompyuterlar tarmog’i, dasturiy mahsulotlar
ma’lumotlar bazasi, insonlar, turli texnik va dasturiy aloqa vositalari hamda 
boshqa qurilmalardan tashkil topgan muhitlar. Axborot tizimining asosiy maqsadi 
– axborotni saqlash va uzatishdan iboratdir. Axborot tizimi axborotni qayta ishlash 
inson – kompyuter tizimidir. 
Axborot tizimining vazifalarini amalga oshirish uchun shu tizimga oid axborot 
texnologiyasi bilimlarini o’rganish talab qilinadi. Axborot texnologiyalari bilan 
axborot tizimlari bir-biri bilan
 
chambarchas bog’langan. Axborot texnologiyalari 
axborot tizimlarining tuzilmasida asosiy tarkibiy qismi va uni tashkil etuvchi bir 
elementi sifatida namoyon bo’ladi. Axborot texnologiyasi axborot tizimining
muhitidan tashqarida ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Ammo u mukammal 
texnologiya bo’la olmaydi, ya’ni zarurat tug’ilganda axborot tizimiga murojaatni 
amalga oshiradi. 
Axborotli texnologiya tizim sifatida ikki qismdan tashkil topadi: 
a) ta’minlovchi qism; 
b) funksional qism. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə