Boshqa fanlar bilan aloqasi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə3/35
tarix28.12.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#97966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
M. U. Hamidova, maxsus pedagogika

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

1. Korreksiya so‘zini izohlang.


2. Korreksion pedagogika fani qanday fan?
3. Kompensatsiya so‘zini izohlang.
4. Nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini yoriting.
5. Anomal bolalar toifalarini izohlab bering.
6. Inklyuziv ta’lim tushunchasini yoritib bering.
7. Reabilitatsiya tushunchasini yoritib bering.


Foydalaniladigan adabiyotlar:


Asosiy adabiyotlar
2. Raxmanova V.S. “Korreksion pedagogika va logopediya”.-“Moliya-iqtisod”, -T., 2007. 10-13-betlar.
3. Raxmanova V.S. “Defektologiya asoslari”. - “VORIS-NAShRIYoT”. T., 2012. 8-12-betlar.


Qo`shimcha adabiyotlar

1. Raxmanova V.S. “Maxsus pedagogika”.-T.,”G‘ofur G‘ulom”, 2004.


MA’RUZA MASHG’ULOTLARI


3-Mavzu




REJA:

1. Ko’rish analizatori va ko’rishnning inson hayotidagi ahamiyati


2. Ko’rishda nuqsoni bor bolalar toifalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari
3. Ko’rishda nuqsoni bor bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning o’ziga xosligi
Tayanch so‘zlar va iboralar: tiflopedagogika, ko’rish analizatori, qisman ko’ruvchi, ko’rish analizatori, Brail tizimi, oftolmalogiya, ko’rish qobiliyati.

Ko‘rish bolaning hayotiy faoliyatida va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ko‘rishdagi nuqsonlar bolaning ruxiy, jismoniy rivojlanishida ikkilamchi nuqsonlar kelib chiqishiga olib keladi. Tiflopedagogika fanida ko‘rish nuqsoni darajasiga hamda o‘quv materialni idrok qilishga ko‘ra quyidagi guruhlar farqlanadi:


A. Ko‘r va deyarli ko‘r (qisman ko‘ruvchi) bolalar. Ko‘rish o‘tkirligi O dan O,OO4 gacha. Bu bolalar umuman ko‘rmaydilar, ko‘rish imkoniyati kam saqlangan. Mashg‘ulotlarda ular asosan o‘quv materialini sezish, eshitish idroki asosida o‘zlashtiradilar. Brayl tizimi bo‘yicha o‘qiydi va yozadilar. Ba’zi bir bolalar saqlangan ko‘rish imkoniyatidan o‘qish va yozishda foydalanishlari mumkin.
B. Zaif ko‘ruvchi bolalar. Zaif ko‘ruvchi bolalarning ko‘rish o‘tkirligi tuzatish (korreksiya) ko‘zoynaklari bilan O,O6 dan O,O9 gacha. Bu bolalarda odatda ko‘rishda murakkab nuqsonlar kuzatiladi. Ko‘rish o‘tkirligi pastligi bilan bir qatorda ayrim bolalarda ko‘rish maydoni toraygan, fazoviy idrok buzilgan bo‘lishi ham mumkin. Bularning barchasi o‘quv materialini idrok etish, o‘zlashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu toifadagi boalar maxsus sharoitda, maxsus usul, uskunalar, texnik va optik vositalar yordamida o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir.
V. Zaif ko‘ruvchi bolalar. Ko‘rish o‘tkirligi tuzatish ko‘zoynaklari bilan O.1dan O,3-O,4 gacha. Ma’lum sharoitlarda ular ko‘rish orqali erkin o‘qib, yozishlari mumkin, buyumlarni ko‘rib idrok etadilar, katta fazoviy doirada ko‘rib mo‘ljal oladilar.
Ko‘rish analizatori yordamida dunyoni idrok etish bolaning ruhiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Tevarak-atrof haqidagi eng kuchli taassurotlar ko‘z bilan idrok etiladi. Bola ko‘rish qobiliyati orqali narsalarning rangi, shakli, hajmi, harakati, uzoq-yaqinligi, fazodagi o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Ma’lumki, ko‘rish analizatori nurlarni qabul qiluvchi qism-ko‘z olmasi (soqqasi) va uning yordamchi apparatidan ko‘zga tushgan tasvirni avval po‘stloq osti markazlariga, keyin esa oliy ko‘ruv markazlari joylashgan katta miya po‘stlog‘iga (ensa bo‘laklariga) yetkazib beradigan o‘tkazuvchi yo‘llardan tashkil topgan. Ana shu analizatorning har qanday qismlaridagi o‘zgarishlar bolaning ko‘rish qobiliyatiga albatta ta’sir ko‘rsatadi.
Tiflopedagogikada ko‘zi ojiz bolalar ko‘r (so‘qir), yaxshi ko‘ra olmaydigan, ko‘zi xira, zaif ko‘ruvchi bolalar guruhiga bo‘linadi. Ko‘r bolalarning ko‘rish qobiliyati keskin kamaygan (total ko‘rlik) yoki korreksiya qo‘llanilganida (ko‘zoynaktutilganda) ham ko‘rish o‘tkirligi 0,04 gacha pasaygan, ya’ni bunday bolalar amalda ko‘r bo‘ladi. Zaif ko‘ruvchi bolalardako‘rish o‘tkirligi 0,05 dan to 0,4 gacha bo‘lishi mumkin. Ushbu guruhdagi bolalar tevarak-atrofni ko‘rish analizatori orqali idroketadi.
Ko‘rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Tug‘ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar (masalan, tug‘ma kataraktaning ba’zi shakllari va boshqalar), xomilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha kasalliklari bilan og‘rishi, xomila ko‘rish organlarining embrional rivojlanish paytda zararlanishi, miya o‘smasi va shu kabi kasalliklar katta rol o‘ynaydi.
Orttirilgan ko‘rish aloxida yordamga muxtojiyalari hozirgi kunda nisbatan kam uchraydi. Aholiga davolash-profilaktika, oftalmologiya yordamining yaxshilangani tibbiyot sohasidagi katta yutuqlar qo‘lga kiritilgani munosabati bilan zaif ko‘ruvchi bolalar ancha kamaydi. Traxoma, chechak, so‘zak, ko‘z sili, skarlatina va boshqa kasalliklar oqibatida bolalarning ko‘r yoki zaif ko‘ruvchi bo‘lib qolish hodisalariga deyarli tamomila barham berildi.
Ko‘z ojizligi, ya’ni ko‘rish nuqsonlari zo‘rayib boradigan va bir xil turadigan (muqim) bo‘ladi. Zo‘rayib boradigan xili kun sayin og‘irlashib, bora-bora ko‘rlikka olib keladi. Muqim xili esa turg‘un bo‘ladi, bolaning ko‘rish darajasi doim bir xilda turaveradi. Ko‘rish qobiliyatining zo‘rayib boradigan zaifligi, ko‘ksuv, ya’ni glaukoma kasalligi (ko‘z ichki bosimining ko‘tarilib ketishi) ko‘ruv nervi atrofiyasi, to‘r parda (ko‘zning yorug‘likni qabul qiladigan qismi) distrofiyasi (aynishi) ga bog‘liq bo‘lib, bolaning har qanday rivojlanish davrida vujudga kelishii mumkin. Gigieniktalablarga rioya qilmaslikrefraksiya aloxida yordamga muxtojiyalar bilan bog‘liq bolgan ko‘z kamchiliklari zo‘rayib borishiga ham olib keladi (faqat yaqindan yoki uzoqdan ko‘rishga).
Yosh go‘daklarda ba’zan ko‘zga oid tug‘ma nuqsonlar ham uchraydi: kriptoftalm - ko‘z olmasi, qovoqlarining tug‘ilishdan rivojlanmay qolgani; mikroblefaron -ko‘z qovoqlar kaltaligi tufayli ko‘zning yumilmay turishi, koloboma — ko‘z qovoqlarining nuqsoni va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday kamchiliklarning ko‘pchiligini jarrohlikyo‘li bilan davolab, ularni bartaraf esa bo‘ladi.
Ko‘zi ojiz, so‘qir bolalar ko‘r tug‘ilgan va ko‘r bo‘lib qolgan bolalar deb ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga tug‘ilishdan ko‘zi ojiz va tug‘ilganidan so‘ng to uch yoshgacha bolgan davr ichida ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalar kiritilsa, ikkinchisiga keyinchalikko‘zi ko‘r bo‘lib qolgan bolalar kiritiladi, bunday bolalar xotirasida ko‘rish tasavvurlari qolgan bo‘ladi. Ko‘rish qobiliyatining og‘ir shakldagi buzilishlari bolaning harakterida, psixikasida ikkilamchi asoratlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ko‘rish nuqsonlarining eng ko‘p tarqalgan shakllaridan biri-refraksiya aloxida yordamga muxtojiyalaridir. Ularga yaqin ko‘rish (miopiya)ning turli darajasi, gipermetropiya, uzoqni ko‘rish yoki yaqin ko‘rish astigmatizmi kiradi.
Refraksiya aloxida yordamga muxtojiyalari, ya’ni nurlarni sindiruvchi fokus ko‘z turi oldida bo‘ladi. Yaqin ko‘rishda(blizorukost) bola uzoqdagi buyumlarni noaniq ko‘radi. Yaqin ko‘rishda harita, jadvallar, sayr vaqtida uzoqdagi buyumlarni kuzatish, o‘qish, yozish, mexnat darslarida bajariladigan ishlar, rasmlarni o‘zlashtirishda qiyinchiliklar kuzatiladi. Yaqin ko‘rish ko‘zoynaklar yordamida to‘g‘rilanadi. Yaqin ko‘ruvchi bollarga boshni uzoq egib turish, tez engashish, og‘irko‘tarish, tana silkinishlari, mayda obeklar bilan uzoq ishlash taqiqlanadi. Uzluksiz ish 15 daqiqa. Xira yorug‘likman etiladi.
Uzoqdan ko‘rishda – ko‘zdan yiroqda ko‘radi, ko‘zga yaqin buyumlarni idrok etishda qiynaladi. Bunday bolalar mayda obektlarni ko‘rib o‘rganishga mo‘ljallangan darslarda juda qiynaladilar va o‘qish, yozish hamda tarqatma material bilan ishlashda qiyinchilikka uchraydilar. Uzoqdan ko‘rish maxsus korreksiya ko‘zoynaklari bilan to‘g‘rilanishi mumkin. Ularga jismoniy vazifalarni bajarish taqiqlanmaydi. Yaqin obqektlar bilan uzoq ishlash taqiqlanadi.
Ba’zi bolalarda ambliopiya kuzatiladi. Ushbu nuqson ko‘rishdan foydalanmaslikntijasida rivojlanadi. Bunda ikki tomonlama g‘ilaylikhamroq bo‘lishi mumkin. Ambliopiyada ko‘zning ko‘rish va kuzatish qobiliyati buziladi. Bu esa o‘qish va yozish, rasm chizish, rasmlarni kuzatish, ko‘rish, geografikva tarixiy haritalarni o‘rganishda qiyinchiliktug‘diradi.
Nistagm-ko‘zning beixtiyor, ritmik takrorlanuvchi harakatlari. Ko‘zning ortiqcha harakatlari natijasida ko‘rilayotgan tasvir yoyilib ko‘rinadi. Nistagmda bola ko‘rayotgan obektga ko‘rish diqqatini jamlashda qiynaladi. Bu qiyinchiliklar, ayniqsa harakatdagi dinamikidrokni qiyinlashtiradi.
Astigmatizmda, ko‘pincha uzoq va yaqindan ko‘rishning buzilishi qo‘shilib keladi. Shox pardaning shakli buzilishi natijasida nurlar noto‘g‘ri sindiriladi.
Astigmatizmi bor bolalar setchatkasida vertikal, gorizontal va boshqa yo‘nalishdagi qiyshikidrokkuzatiladi va natijadanoto‘g‘ri tasvir paydo bo‘ladi.
Ko‘rish nuqsonlarining yana boshqa shakllariga katarakta, ko‘rish nervi atrofiyasi, albinizm, mikroftalm va boshqalarni kiritish mumkin.
Ko‘rish nuqsonlarining qay darajadaligi ko‘zning sindiruvchi sohalarining xolatiga bog‘liq(shox parda, gavhar)
Katarakta – ko‘z gavharining loyqalanishi (pomutnenie). Bunda gavharni jarroxlik yo‘li bilan olib tashlash va yangisini qo‘yish mumkin.
Afaksiya - gavharning yo‘qligi.
Shox pardaning vazifasi-nurlarni sindirish. Afaksiya kasalligida va gavhar siljib ketgan bolalar jismoniy vazifalardan cheklanishi, tez harakatlar, og‘ir ko‘tarish, tana silkinishlaridan himoya qilinishi zarur.
Shox parda(rogovitsa)ning tiniqligini buzilishi ham ko‘rish nuqsoniga olib kelishii mumkin. Uning sindiruvchi faoliyati me’yordan past darajada bolganligi tufayli, bola buyumlarni aniq ko‘ra olmaydi.
Zaif ko‘ruvchi bolalarda ko‘rish nervining qisman atrofiyasi, ko‘z to‘r qobig‘ining turli tug‘un o‘zgarishlari tez-tez uchrab turadi. Bunga turli miya kasalliklari: meningit, meningoensefalit va boshqalar sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘rish atrofiyasi esa bosh miya jaroxatlari, ko‘z to‘r pardasi kasalliklari, miya shishlari, ko‘rish nevriti natijasida ham kuzatilishi mumkin. Bunda ko‘z markaz bilan bog‘lanmaydi. Ko‘rish atrofiyasi davolanmaydi. Biroq undan kelib chiqadigan ikkilamchi nuqsonlarni oldini olish, davolash muxim. Ko‘z atrofiyasi bor bolalar doimiy ravishda izchillikbilan davolanishi lozim. Ularni charchatib qo‘ymaslikuchun mashg‘ulotlarda uzluksiz ko‘z bilan ishlash 5_10 minutdan oshmasligi lozim.
To‘r pardaning eng ko‘p tarqalgan tug‘ma kasalliklariga pigmentli retinit, albinizm, tur pardaning ko‘chishi kiradi.
Pigmentli retinit –to‘r pardadagi tayoqchalar faoliyatini buzilishi. Natijada kolbachalar faoliyati ham buziladi. Bu esa ko‘rish maydonining torayishiga yoki ko‘rishning butunlay yo‘qolishiga olib kelishii mumkin. Kasallikdavolanmaydi.
Albinizm – to‘r pardada pigment yetishmasligi. Natijada kishining ko‘zi qizil, sochi va tanasi oq bo‘lishi mumkin. Ularga yorug‘likto‘suvchi ko‘zoynaktaqish, quyosh nurlaridan saqlanish tavsiya etiladi.
To‘r pardaning ko‘chishi-to‘r parda tashqi qobig‘ining oqib tushishi. To‘r parda tarang tortilib turgan yuqori miopiyali kishilarda to‘r pardaning ko‘chishiga moyillilikbor. Ular og‘ir ko‘tarish, jismoniy mashqlardan saqlanishi lozim. Uzluksiz ishlash ular bilan 5 daqiqadan oshmasligi kerak.
Glaukoma-ko‘z ichki bosimining ko‘tarilishi.
Mikroftalm-ko‘z olmasining kichrayishi.
Ko‘zi ojiz bolalar bilan barcha ishlar ularning ko‘rish tasavvurlarini tiklash asosida olib boriladi va bunda ma’lum natijalarga erishish mumkin bo‘ladi. Har holda bola rang, shakl va boshqalarni bir qadar eslab qoladiki, bu tegishli tushunchalar hosil qilishni osonlashtiradi. Ko‘z ojizligi qancha kech paydo bolgan bo‘lsa, bolaning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlari shuncha boy va ularni mustahkamlash, takomillashtirish, kenggaytirish shunchalikoson bo‘ladi.
Ko‘rish qobiliyati keskin kamaygan ko‘zi ojiz bolalar maxsus tashkil etilgan maktablarda yoki sog‘lom tengdoshlari orasida ta’lim olishlari kerak. Bu maktablarda sog‘lom analizatorlarning aktiv faoliyati asosida (tuyg‘u va eshitish, boshqa sezgi analizatori) ko‘rish analizatori faoliyatini qoplash ishlari olib boriladi. Maxsus ta’lim-tarbiya ishlari ko‘rish qobiliyatining zaifligi natijasida paydo bolgan ikkilamchi psixikasoratlarning oldini olish, ularni bartaraf etish, korreksiyalashga qaratiladi. Bolada mustaqil hayot uchun zarur bolgan barcha bilim ko‘nikma, hamda malakalar shaklantirib boriladi.
Zaif ko‘ruvchi bolalar tevarak-atrofni ko‘rish analizatori orqali idroketadilar. Ular ham ko‘rish qobiliyati zaif bolalar uchun tashkil etilgan maxsus maktabda yoki ko‘rlar maktabi qoshidagi maxsus sinflarda sog‘lom tengdoshlari orasida ta’lim olishlari kerak. Biroq bunday bolalar aksari ommaviy maktablarda o‘qishni boshlashi ma’lum. Bir necha yil muvaffaqiyatsiz ravishda, qiynalib o‘qigach, ular maxsus maktabga yuboriladi. Bunday bolalarni tarbiyachi va o‘qituvchilar sog‘lom tengdoshlaridan ajratib olib, iloji boricha vaqtli maxsus maktablarga jo‘natishlari yoki inklyuziv ta’limni tashkil etishlari kerak. Ko‘rish qobiliyati zaiflashgan bolalar satrlarni yaxshi ajrata olmaydilar, shakli o‘xshash narsa, harflarni bir-biri bilan adashtirib yuboradilar, natijada o‘qish va yozishda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Raqamlarni bir-biridan yaxshi ajrata olmaslikoqibatida hisoblashda va matematika masalalarini yechishda qiynaladilar. Ular doskaga yozilganlarni, jadval, sxema va boshqa tasvirlarni yaxshi ko‘rmaydilar, ko‘rish bilan bog‘liq ishni bajarish vaqtida tez charchab qoladilar.
Noto‘g‘ri muhit, noqulay sharoit bolaning ko‘rish qobiliyati keskin pasayib borishiga olib kelishii mumkin.
Tarbiyachi va o‘qituvchilar ko‘rish qobliliyati zaif bolalarni o‘z vaqtida oftalmolog huzuriga maslahatga yuborishlari kerak.
Oftalmolog bolani tekshirib, kerak bo‘lsa unga korreksiya qiladigan ko‘zoynaktaqib yurishni tavsiya etadi va bola qaerda ta’lim olishi kerakligini aniqlaydi. Ko‘zoynaktaqib yurishi kerak bolgan bolalarga bog‘cha va maktab sharoitida to‘g‘ri sanitariya-gigiena sharoitlari yaratilishi zarur. Bolaning ish o‘rni to‘g‘ri va yetarli darajada yoritilgan bo‘lishi lozim. Bola doska, jadval, kartada chizilgan tasvirlar va boshqa o‘quv materiallarini qanchalikaniq ko‘rayotganiga e’tibor beriladi. Aloxida yordamga muxtoj refraksiyali bolalarning ko‘zi tez charchab qolishini hisobga olib, dars vaqtida ularga ish turlarini mumkin qadar o‘zgartirib turish, ko‘z qadash bilan bog‘liq bolgan ishlar, topshiriqlar hajmini g‘oyat jiddiy nazorat qilib borish zarur.
Ko‘z o‘tkirligi 0,05 dan to 0,4 gacha bolgan zaif ko‘ruvchi bolalar maxsus bog‘cha va maktablarda ta’lim-tarbiya olishadi. Bu joylarda o‘quv ishlari ko‘rish asosida olib boriladi, ammo turli texnikva kattalashtiruvchi optikvositalardan, yirikroq harflar bilan bosib chiqarilgan darsliklardan, maxsus yoritgichlardan va hokazolardan foydalaniladi. Maxsus maktabning asosiy vazifalaridan biri — bolalarda saqlanib qolgan ko‘rish imkoniyatlaridan o‘qish jarayonida to‘g‘ri foydalanish va bularni rivojlantirish, ko‘rish qobiliyati pasayib ketmasligi uchun shart-sharoit yaratish, oliy ruhiy jarayonlarni tarbiyalab, bolaning bilim faoliyatini rivojlantirish, kengaytirish, bolada ko‘rish qobiliyati zaifligi natijasida paydo bolgan ikkilamchi ruhiy asoratlarni bartaraf etish va boshqalardir.
Maxsus maktablarni bitirgach, ko‘rish qobiliyati zaif bolalar jumhuriyat ko‘rlar jamiyati qoshidagi muassasalarda ishlaydilar, intellektual faoliyat bilan shug‘ullanadilar (yozuvchi, shoir, oliy va o‘rta maktab o‘qituvchilari, muzikachi, va boshqalar bo‘lib).
Shunday qilib, ko‘rish qobiliyati zaif bolalarni ta’lim-tarbiya yo‘li bilan rivojlantirib borish imkoniyatlari juda katta, to‘g‘ri tashkil etilgan kompensator, korreksion. chora-tadbirlar natijasida ular hayotida o‘z o‘rnini topib ketishlari mumkin.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə