Boshqarish uchun kinopkani sixemasini yeg'ish, PROGRAMMA YOZish, yuklash, ishlatish va nuqsonini aniqlash va bartaraf etish reja



Yüklə 61,09 Kb.
səhifə1/2
tarix31.12.2021
ölçüsü61,09 Kb.
#82043
  1   2
BOSHQARISH UCHUN KINOPKANI SIXEMASINI YEG'ISH, PROGRAMMA YOZISH, YUKLASH, ISHLATISH VA NUQSONINI ANIQLASH VA BARTARAF ETISH


BOSHQARISH UCHUN KINOPKANI SIXEMASINI YEG'ISH, PROGRAMMA YOZISH, YUKLASH, ISHLATISH VA NUQSONINI ANIQLASH VA BARTARAF ETISH

Reja:

1. Boshqarish uchun kinopkani sixemasini yeg'ish

2.Programma yozish

3.Nuqsonini aniqlash va bartaraf etish

Kibernetika fanining jadal sur’atlarda rivojlanishi, ma’lumotlarni katta tezlikda qayta ishlab bera oladigan texnik vositalar EHMlarning yaratilishi va sanoatda qo’llanilishi ma’lumotlarni qayta ishlashni yangi texnologiyasini vujudga keltirdi. Shu tufayli hozirgi vaqtda ikki:

1. Boshqarishning avtomatik sxemami (BAS)

2. Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi degan tushunchalar ishlab chiqarishni avtomatlagtirishda keng foydalanilmoqda.

BAS deb, alohida lokal texnologik jarayonlarning berilgan dastur asosida o’tishini inson ishtirokisiz ta’minlay oladigan boshqaruvchi va boshqariluvchidan iborat texnik qurilmalar sistemasiga aytiladi.

Texnologik mashinani ishga tushirish, to’xtatish, harakat yo’nalishi va tezligini o’zgartirish kabi operatsiyalarni bajarish uchun xizmat qiladigan avtomatik boshqarish sistemasi, ob’ektning biror texnologik parametrini (harorat, bosim, sath balandligi, tezlik, namlik) texnologik jarayon davomida rostlab (stabillab) turish uchun xizmat qiladigan sistemalar yoki ob’ektlarning texnologik parametrini oldindan berilgan qonunga muvofiq o’zgartirish sistemalari, texnologik jarayonni nazorat qilish, himoya va signallash funktsiyalari va boshqalarni inson ishtirokisiz bajarish uchun xizmat qiladigan lokal avtomatik sistemalarini tashkil etadi.

BAS deb, ma’lumotlarga ishlov berishni EHM yordamida avtomatlashtirish hamda boshqarish masalalarining echimi iqtisodiy matematik modellash asosida topish va bunda insonning ishtirok etishini ko’zda tutadigan ko’p pog’onali murakkab sistemalar kompleksiga aytiladi.

Bu sistema boshqarish to’g’risidagi echimlarning pishiq va asoslangan bo’lishini, boshqarish jarayonini yuqori operativlik va tezlikda o’tishini ta’minlash va boshqaruvini zvenoning mehnat faoliyatini engillashtirishni ko’zda tutadi.

BAS inson faoliyatining turli sohalarida boshqarishni optimallash uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarni to’plash va ishlov berishning avtomatlashtirishni ta’minlaydigan “odam mashina” sistemasidir deb ta’riflanadi. Bunday sistema quyidagi uchta vazifani bajaradi:

1. Boshqariluvchi ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash va uzatish.

2. Ma’lumotlarga ishlov berish va boshqaruvchi signal hosil qilish.

3. Boshqariluvchi ob’ektga boshqaruvchi ta’sir ko’rsatish.

BAS larda yuqoridagi funktsiyalarni EHM bajaradi. Ob’ektga boshqaruvchi ta’sir ko’rsatish funktsiyasini, boshqaruvchi mashinalarda olingan ma’lumotlar asosida operator bajaradi. Shuning uchun BAS “odam mashina sistemasi” deb ataladi.

BAS 1960 yidan sanoatda qo’llanila boshlagan bo’lsa, 1980 yilga kelib ishga tushirilgan avtomatlashtirilgan va avtomatik sistemalar soni 4370 dan oshib ketgan. Shundan 1650 ga yaqin texnologik jarayonlarni BASni bo’lgan. 2000 dan ortiq EHM ning uchinchi avlodi bilan jihozlangan hisoblash markazining ishlab turganligi BASning qanchalik progressiv sistema ekanligini ko’rsatadi. Texnologik jarayonlar BASning eng oddiy funktsional sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Funkutsional sxemani soddalashtirish maqsadida texnologik jarayonlar BASi faqatgina avtomatik rostlash sistema va boshqaruvchi operatordan iborat qilib tuzilgan.

Boshqarish to’g’risidagi hal qiluvchi buyruq esa operatort tomonidan beriladi. Buning uchun u ma’lumotni tasvirlovchi qurilma yoki boshqaruvchi EHM dan olingan signalni hisobga olgan holda boshqarish xaqida qaror qabul qiladi va sistemani boshqarish organiga ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish organi o’z navbatida lokal avtomatik sistemaning ijro etuvchi elementni va rostlash organiga ta’sir qilib boshqarish operatsiyalarni amalga oshiradi.

6. Boshqarishning avtomatiksistemalari (BAS) tavsifi

Boshqariladigan sistemalarning murakkabligi, bajaradigan vazifasi, ishlab chiqarish xarakteri, boshqaruvchi ob’ekt xarakteri, pog’onasi va boshqalarga qarab BAS quyidagi sinflarga bo’linadi:

I. Boshqarish darajasi bo’yicha:

1. Umumdavlat BAS

2. Soha bo’yicha BAS. Vazirlik doirasida bo’lib, vazirlikka tegishli tashkilotlar alohida yoki UBAS tarkibida boshqarish.

3. Xududiy BAS. Umumiy hududiy tumanlarni alohida yoki SBAS yohud UBAS tarkibiga kirgan holda boshqarish.

4. Ishlab chiqarish birlashma BAS. Ishlab chiqarish birlashmalarini alohida yoki SBAS yohud UBAS tarkibida bo’lgani holda boshqarish.

5. Korxona BAS. Ishlab chiqarish korxonalarini alohida yoki birlashma BAS yohud firma BAS tarkibiga kirgan holda boshqarish.

II. Boshqarish ob’ektining xarakteri bo’yicha:

1. Texnologik jarayonlarning boshkarishning avtomatlashtirilgan sistemasi texnologik jarayonlarni boshqarish uchun qo’llaniladi.

2. Tashkiliy boshqarishning avtomatlashgan sistemasi iqtisodiy va sotsial sistemalarda xizmatchilardan iborat jamoani boshqarish uchun qo’llaniladi.

3. Boshqarishning yig’ma sistemasi TBAS va TPBAS ni yagona bir sistemaga birlashtiradi.

III. Funktsional qo’llanilishi bo’yicha:

Reja hisoblari, moddiy texnika ta’minoti, davlat statistikasi, ilmiy texnika progressi va boshqa sinflarga bo’linadi.

IV. Ishlabchiqarish xarakteri bo’yicha

Jarayonlar uzluksiz va diskret turlarga bo’linadi. Ishlabchiqarishning har bir turi uchun alohida korxona boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi qo’llaniladi.

Ma’lumki BAS administrativ yoki tashkiliy boshqarishdagi BAS ishlab chiqarish sistemalaridagi BAS ga bo’linadi.

Administrativ sistemada inson faoliyati boshqarish sistemasining quyi pog’onalardagi insonlar tomonidan amalga oshiriladigan rejalashtirish, operativ boshqarish jarayonlarida qaror qabul qilish va shuningdek qarorni bajarilishini nazorat qilib turish hamda shu kabi boshqarish funktsialarni bajarishdan iborat. Bunday funktsiyalarni bajaradigan odam administrator deb ataladi. Ishlab chiqarish sistemalaridagi boshqaruvchi odam esa operator deyiladi. Operator o’zini boshqaruvchi funktsiyasini texnik vositalar va boshqaruvchi EHM yordamida bajaradi.



BAS larning tayyorlashda yuqori sifatli avtomatika elementlari bloklari, EXM va boshqarish mashinalarining komplekslarinivujudga keltirish katta ahamiyatga ega. Ulardan unumli foydalanish masalasini ratsional hal etish BAS ning barcha elementlari texnik normativ ko’rsatgichlarini davlat standartlari darajasida ko’tarishni talab qiladi.

Davlat standartida TNXlar, BASning tuzishdagi talab, qoidalar va me’yorlar kompleksi berilgan bo’ladi. BAS tayyorlash sohasidagi barcha tashkilot va korxonalar, shuningdek, BAS ni ishlatuvchi boshqa soxalardagi barcha tashkilot va korxonarning bunga amal qilishi majburiydir. BAS elementlarinng optimal va yuqori sifatli bo’lish, fan texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish sohalarining birligi, o’zaro bog’lanishni ta’minlash BAS va uni elementlarini davlat standarti normativlari asosida bo’lishini talab qiladi.


Yüklə 61,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə