Boshqaruv xisobining dolzarbligi Boshqaruv hisobi ob’yektlari. Boshqaruv hisobining metodi



Yüklə 57,34 Kb.
səhifə4/11
tarix03.03.2023
ölçüsü57,34 Kb.
#101872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Boshqaruv xisobining dolzarbligi

ta’minot-tayyorlashishlab chiqarishni xom-ashyo, yordamchi materiallar bilan uzluksiz tarzda ta’minlash, shuningdek ishlab chiqarish uskunalarini ishlatish hamda ta’mirlash uchun ehtiyot qismlarni sotib olish, saqlash hamda ta’minot jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan marketing faoliyatini yuritish;

  • ishlab chiqarish – asosiy va yordamchi materiallarni ishlatib mahsulot ishlab chiqarish hamda ana shu ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq jarayonlar, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni takomillashtirish va yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq jarayonlar;




    • moliyaviy-sotish – ishlab chiqarilgan mahsulotni to xaridorgacha yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlar: qadoqlash, tashish va boshqa ishlarni qamrab olgan bevosita sotish operatsiyalari tushuniladi; mahsulotni reklama qilishdan boshlab, iste’molchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishgacha bo‘lgan jarayonni qamrab olgan sotish hajmining o‘sishiga xizmat qiluvuchi operatsiyalar; chiqarilayotgan mahsulot sifati nazorati;

    • tashkiliy – xo‘jalik yurituvchi subyektning eng optimal tarzdagi tashkiliy tuzilmasini yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Shu o‘rinda xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy tizimidan, lozim bo‘lsa, funksional bo‘limlar, xizmatlar, sexlar va uchastkalarni ajratish bo‘yicha aniq ishlarni amalga oshirish ham inobatga olinadi. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning tarkibiy bo‘limlari o‘rtasidagi ichki aloqalar talablariga javob beruvchi hamda rejalashtirish, nazorat qilish, reja bajarilishini baholash, rag‘batlantirish funksiyalariga muvofiq keluvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teskari (qarama-qarshi) aloqaga ega bo‘lgan ma’lumotlar tizimini tashkil etish ishlarini amalga oshirish ham nazarda tutiladi. Shu bilan birgalikda, xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy maqsadlarini bajarishga yo‘naltirilgan ichki mutassadilar harakatini muvofiqlashtirish jarayonlari ham amalga oshiriladi.

    Qayd etish joizki, boshqaruv hisobining obyektlarini ayrim olingan tarmoqlar, qolaversa, ayrim bir xo‘jalik yurituvchi subyekt miqyosida ham boshqacha guruhlash mumkin, lekin har qanday holatda ham u boshqaruvning asosiy maqsadlariga javob berishi va xizmat qilishi kerak.



    1. Yüklə 57,34 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə