Boshqaruv xisobining dolzarbligi Boshqaruv hisobi ob’yektlari. Boshqaruv hisobining metodi


Xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘linmalari faoliyati natijalarini baholash



Yüklə 57,34 Kb.
səhifə9/11
tarix03.03.2023
ölçüsü57,34 Kb.
#101872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Boshqaruv xisobining dolzarbligi

Xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘linmalari faoliyati natijalarini baholash – boshqaruv hisobi tizimi tuzilishining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy tuzilmasidagi tafovut va farqlarga qaramasdan boshqaruv hisobi operativ (tezkor) ishlab chiqarish va texnik-iqtisodiy rejalashtirish bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Rejalashtirish va nazorat tizimi bilan birgalikda boshqaruv hisobi sexlar, uchastka, brigadalarda xo‘jalik yuritish mexanizmini o‘zida aks ettiradi. Faoliyat natijalarining baholanishi ishlab chiqarishdan tortib, to uni sotishgacha bo‘lgan jarayonda har bir bo‘linma tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt foydasini shakllanishidagi yo‘nalish va istiqbolni aniqlab beradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyati mexanizmi bo‘linmalar hamda ular orasidagi operativ (tezkor) boshqarish talablariga mos bo‘lishi kerak.
Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash jarayonida ketma-ketlik va ko‘p marotaba foydalanish tamoyili hisob tizimini soddalashtiradi va uning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Operativ (tezkor) boshqarishda boshqaruv hisobi ma’lumotlari buxgalteriya ma’lumotlari bilan to‘ldiriladi. O‘z navbatida, moliyaviy hisob ma’lumotlari boshqaruv hisobidan keladigan ma’lumotlar bilan detallashtiriladi va to‘ldiriladi. Ayrim hollarda uni komplektlilik (rasolik) tamoyili deb ham yuritiladi. Tamoyilning mohiyati birlamchi hujjatlardagi yoki ishlab chiqish hisob-kitoblaridagi ma’lumotlar bir martalik qayd qilish bilan ifodalanadi va qaytadan qayd qilmasdan, ro‘yxatga olmasdan yoki hisob-kitob qilmasdan barcha turdagi boshqaruv faoliyatida ko‘p marotaba ishlatiladi.
Ushbu tamoyil xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarish o‘lchamlari va ko‘lamlaridan kelib chiqib, hisobning ratsional va iqtisodiy tizimini shakllantirishga sharoit yaratib beradi. Undan foydalanish esa, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun minimal hajmdagi ma’lumotlardan maksimal ma’lumotlar olish imkonini yaratadi. Ana shunda boshqaruv hisobi o‘zining funksiyalarini (vazifalarini) to‘la-to‘kis bajargan bo‘ladi.
Boshqaruv hisobi birlamchi hisob ma’lumotlari asosida ichki hisobot ko‘rsatkichlarini shunday shakllantirish qobiliyatiga egaki, ular xo‘jalik yurituvchi subyekt ichidagi muloqotlar tizimi bo‘lib yuzaga chiqadi. Dastlab, birlamchi hujjatlar, asosiy va yordamchi sexlarning hisobotlarida hisob ma’lumotlari vujudga keladi; birinchi darajada ta’minot bo‘limi, tashqi kooperatsiya, ishlab chiqarish bo‘linmalari, sotish va moliya bo‘limi, buxgalteriya, ombor xo‘jaligining yig‘ma hujjatlaridagi ma’lumotlar guruhlanadi; keyingi darajalarda esa, xo‘jalik yurituvchi subyektniboshqarishning funksional bo‘limlari (bosh konstruktor, bosh texnolog, bosh mexanik, xodimlar bo‘limi, ishlab chiqarish bo‘limi va h.k.)da yig‘ma hujjatlar hisoboti birlashtiriladi va shakllantiriladi.
Eng yuqori darajada esa, tarkibiy bo‘linmalardan olingan yig‘ma ma’lumotlar umumlashtirilishi va uning yakuniy natijasi sifatida ishlab chiqarish-dispetcherlik, reja- iqtisod va buxgalteriya bo‘limlarining hisobot hujjatlarida qayta o‘zgartirilishi amalga oshadi. Hisobotlar tarkibi ulardan maqsadli ravishda foydalanishga yoki rahbarning lavozimiga bevosita bog‘liq. Buxgalterlar quyidagi hisobot shakllarini tuzadilar: mahsulot tannarxini aniqlash maqsadida tannarx tahlili bo‘yicha hisobotlar; kelgusi xarajatlarni rejalashtirish uchun smetalar; bajarilgan ishlar natijalarini baholash uchun ishlab chiqarish bo‘linmalarining joriy operativ (tezkor) hisobotlari; operativ (tezkor) qarorlar qabul qilish uchun ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar hisobotlari; shuningdek uzoq muddatli rejalashtirish va istiqbolni belgilash uchun kapital quyilmalar smetalari tahlilini amalga oshiradilar.
Shunday qilib, tizim ma’lumotlarning to‘liqligi va tahliliyligi tamoyiliga javob berishi lozim. Hisobotlarda aks etgan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha tahliliy qayta ishlov berishni talab qilmasligi, jarayonlar sinteziga (boshqaruvning past darajasidan yuqori darajasigacha) teskari bo‘lmasligi, balki tahlil uchun qulay qilib berilishi kerak. Ushbu tamoyilning buzilishi boshqaruv tizimining qimmatlashuviga va tezkorlikning yo‘qolishiga olib keladi.

Yüklə 57,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə