Boyitish usullari Minerallarning xossalari va boyitish usullari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə1/6
tarix23.05.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#112212
  1   2   3   4   5   6

Kam sulfidli oltin rudalarini boyitish
Reja:



  1. Boyitish usullari




  1. Minerallarning xossalari va boyitish usullari

  2. Gravitatsiya usulida boyitish

  3. Magnitli saralash usuli

  4. Og‘ir muhitlarda boyitish

Foydali qazilmalarni boyitishda ajratiluvchi minerallarning fizik va fizik-kimyoviy xossalaridagi farq ishlatiladi. 2.1-jadvalda minerallarni boyitishda ishlatiladigan xossalari va ularga muvofiq boyitish usullari keltirilgan.




2.1-jadval
Minerallarning xossalari va boyitish usullari

Minerallarning xossalari
Solishtirma og‘irlik, zichlik
Mineral zarralar yuzasining
fizik-kimyoviy xossalaridagi
farq
Magnitlanish qobiliyati
Elektr xossalari
Rangi, yaltiroqligi, shakli,
zichligi
Shakli
Ishqalanish koeffitsiyenti
Qattikligi, mustahkamligi
Boyitish usullari
Gravitatsiya
Flotatsiya

Magnit
Elektr


Qo‘lda saralash

Shakliga qarab


Ishqalanishga qarab
Tanlab maydalash
Eslatma
Boyitishning
asosiy usullari

Boyitish usullari boyitish operatsiyalariga bo‘linadi. Boyitish jarayoni – minerallarni bir-biridan ularning xossalaridagi farq asosida ajratish. Masalan, minerallarning zichligidagi farq ularni har xil usulda ajratish uchun ishlatilishi mumkin. Turli zichlikdagi minerallarni qovushqoq muhitda tushish tezligiga qarab ajratish mumkin,lekin ularni og‘ir minerallar cho‘kuvchi, yengillari esa yuzaga qalqib chiquvchi og‘ir suyuqliklarda ham ajratish mumkin. Ikkala hol ham gravitatsiya usulida ajratishga kiradi, lekin ular turli boyitish jarayonlari hisoblanadi.Boyitish jarayonlari operatsiyalardan tashkil topadi. Boyitishni bir marta boyitishda tugatib, darhol boyitma va chiqindi olish mumkin. Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, bir marta boyitishdan so‘ng boyitma unchalik boy, chiqindi esa yetarli darajada kambag‘al bo‘lmay, ularni qaytadan boyitishga to‘g‘ri keladi. Bu maqsadda boyitmani tozalash va chiqindini nazoratlash operatsiyalari o‘tkaziladi. Shu ketma-ket jarayonlar boyitish operatsiyalari deyiladi, oldingi operatsiyadan keyingi operatsiyaga tushuvchi ahsulotoraliqmahsulot deyiladi.Boyitish fabrikasida foydali qazilma bir qator qayta ishlash jarayonlaridan o‘tib, ularning texnologik sikldagi vazifalariga qarab tayyorlash, boyitish va yordamchi jarayonlarga bo‘lish mumkin.


Tayyorlash jarayonlariga maydalash, yanchish, g‘alvirlash hamda klassifikatsiya jarayonlari kiradi va ularda mineral zarralarning yuzasi ochiladi, foydali qazilmani boyitish muvaffiqiyatli o‘tishi uchun lozim bo‘lgan kattalikdagi sinflarga ajratiladi.
Boyitish jarayonlariga foydali qazilmani boyitma va chiqindiga ajratishga imkon beruvchi minerallarni ajratish jarayonlari kiradi.
Yordamchi jarayonlarga boyitmani suvsizlantirish va chiqindilarni maydoniga to‘plash jarayonlari kirib, ularda boyitmaning namligi belgilangan chegaragacha kamaytiriladi, fabrika oqava suvlarini tabiiy suv havzalariga tashlashda yoki fabrikada qaytadan ishlatishdan oldin tozalanadi. Boyitish fabrikasida foydali qazilma uchratiladigan operatsiyalarning ketma-ketligi boyitishning texnologik sxemalarini tashkil qiladi. Odatda, sxemada dastlabki va boyitish mahsulotlarining sifati va miqdoriga doir ma’lumotlar, shuningdek, alohida operatsiyalardagi qayta ishlash tartibi keltiriladi. Bunday sxemalar sifat-miqdor sxemalari deyiladi. Alohida operatsiyalarga va mahsulotlarga qo‘shiladigan,va alohida operatsiya va mahsulotlardagi suvning miqdoriga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan sxema suvsarfi (shlam) sxemasi deyiladi. Texnologik sxemadan tashqari apparatlar zanjiri sxemasi ham tuziladi, unda foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining apparatlar bo‘ylab harakatlanish yo‘nalishi grafik tarzda ifodalanadi. Sxemada apparatlarning turi, o‘lchami va soni ko‘rsatiladi. Misol tariqasida 2.1-chizmada texnologik sxema, 2.2-chizmada esa flotatsiya boyitish fabrikasining apparatlar zanjiri sxemasi keltirilgan.




2.1-chzma. Flotatsiya boyitish fabrikasining texnologik sxemasi.


2.2-chizma. Flotatsiya boyitish fabrikasining apparatlar zanjiri
sxemasi:
1 – o‘zi to‘nkariladigan vagon; 2 – qabul qiluvi bunker;
3 –plastinkasimon ta’minlagich; 4 – panjarali g‘alvir; 5 – yirik maydalash uchun konusli maydalagich; 6 va 9 – vibratsion g‘alvirlar;7 – o‘rta maydalash uchun konusli maydalagich; 8 va 11 – tasmali konveyer; 10 – mayda maydalash uchun konusli maydalagich;12 – bo‘shatuvchi aravachali tasmali konveyer; 13 – maydalangan ruda bunkeri; 14 – maydalangan ruda ta’minlagichlari; 15 va 16 –yig‘ma tasmali konveyerlar; 17 – qiya lentali konveyer; 18 – konveyer tarozlari; 19 – sharli tegirmon; 20 – spiralli klassifiqator; 21, 25, 34,35 – qum nasoslari; 22 va 26 – bo‘tana bo‘luvchilar; 23 va 24 –flotatsiya mashinalari; 27 – barabanli vakuum-filtr; 28 – barabanli quritgich; 29 – batareyali siklonlar; 30 – elektr filtr; 31 – ko‘pikli chang ushlagich; 32 – tutun so‘ruvchi; 33 – quyultirgich.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə