Boyovut ixtisoslashtirilgan maktabning 6 b sinf õquvchisi sattorova xumoraning informatia fanidan bajargan 1-bsb’SI



Yüklə 329,77 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü329,77 Kb.
#138008
Mening Vatanim


BOYOVUT IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABNING 6 B SINF ÕQUVCHISI
SATTOROVA XUMORANING INFORMATIA FANIDAN BAJARGAN 1-BSB’SI



Mening Vatanim – mening faxrim!

Vatan – ilk bor ko’zlarimizni ochib ko’rgan maskan. Iliq mehri ila siylagan zamin. Qalbimga, yuragimning tub-tubiga yaqin joy. Unda kechagi kunimiz, bugunimiz va ertamiz mujassam. Mening Vatanim – mening faxrim. Har bir go’shasida mustaqillik sabosi yelib, istiqlol nafasi ufurib turgan betakror diyorim bugun bayram og’ushida. Jannatmonand O’zbekistonimiz 32 yoshini qarshiladi. Shahar-u qishloqlar obodlikdan fayziyob. Tinchlikdan barq urib gullab-yashnayotgan anvoyi gular ifori, ozodlik qo’shig’ini baralla kuylayotgan bulbullarga hamohang yurtim jamoliga yanada chiroy qo’shmoqda. Kun sayin ortib borayotgan iqtidorlar safi jahon mamlakatlari aro O’zbekistonimiz shuhratini oshirmoqda. Axir shu zaminda yashayotgan har bir o’gil-qiz buyuk yurtning farzandlari hisoblanadi. Bugunidan mamnun, ertasidan ko’ngli to’q, kelajak sari yuksak maqsadlar bilan qadam tashlayotgan farzandlardir O’zbekiston bolalari. Tinch o’lkaga yarashadi to’y-u tomosha. Yangrayotgan kuy-qo’shiqlar jarangi tutar olamni. Ariqlarda to’lib oqayotgan zilol suvlar, bolga to’lgan bog’lardagi sarxil mevalar, tandirlarni to’ldirib turgan shirmoyi nonlar bularning bari istiqlol tuhfasidir.


Vatan

Seni desam yuragimda ochilar gular,


Yomg’iir bo’lib samolardan sochilar gullar,
Sahrolardan, daryolardan sochilar gullar,
Yuragimning gulisan sen, gullagan Vatan!

Isming aytib uyg’onadi chuchuk jilg’alar,


Sunbulalar tonglaringdan taqar sirg’alar,
Kiprigimda yog’dularing solar jilvalar,
Tilagimning gulisan sen, gullagan Vatan!




Bajardi :Sattorova Xumora


Tekshirdi :Lapasov Yodgorxo’ja
Yüklə 329,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə