Bozor iqtisodiyotida narxning regulyatorlik V



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə4/8
tarix31.12.2021
ölçüsü1,03 Mb.
#81612
1   2   3   4   5   6   7   8
Muhammadali Ismoliov

ASOSIY QISM

2. Ifloslangan suvlarning insonlar salomatligiga ta’siri



Tabiiy suvlar tarkibida 65 ga yaqin mikroelementlar aniqlangan bo‘lib, ulardan 20 tasi insonlar, jonivorlar va o‘simliklar hayoti uchun juda zarur. Ular tirik organizmlar va o‘simlik to‘qimalarida, shuningdek, hayvonlar tanasida faol moddalar bilan birikib, muhim biokimyoviy jarayonlarda qatnashadilar. Tirik organizmlar hayoti, ayniqsa, inson salomatligi uchun mis, rux, yod, marganets, kobalt, temir kabi mikroelementlar hamda kalsiy, kaliy, natriy, fosfor singari kimyoviy elementlar nihoyatda zarur. Lekin bunday makro va mikroelementlar tirik organizmlar uchun juda oz miqdorda kerak bo‘ladi. SHuning uchun, ularning me’yorini bilish muhim ahamiyatga ega. Bu moddalar organizmga suv, oziq-ovqat mahsulotlari bilan kirib, uning elementlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirib turadi. Agar makro va mikroelementlar organizmlarda etishmasa, turli kasalliklar kelib chiqadi. Masalan, inson organizmida yod elementi me’yor darajada bo‘lmasa buqoq kasalligi, kalsiy va ftor elementi etishmasa tishlarning «karies» kasalligi kelib chiqadi. Aksincha, kalsiyning me’yordan ko‘p bo‘lishi bo‘yrakda tosh hosil bo‘lishiga, ftor esa «flyuroz» kasalligining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Suv ta’sirida organizmda sodir bo‘ladigan jarayonlarni tasavvur qilish uchun suvning tirik organizmlar uchun ahamiyati to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Er yuzida yashovchi har qanday tirik mavjudot massasining asosiy qismini suv tashkil qiladi. SHuningdek, balog‘at yoshiga etgan kishilar tana og‘irligining yarmidan ko‘p qismini suv tashkil qiladi. YOsh ulg‘ayib borishi bilan inson tanasida yog‘ to‘planishi tezlashib, suv miqdori kamaya boradi. Organizmdagi suvning 70% i protoplazmalar to‘qimasida, 7% i qon tomirlarida (qon plazmasini hosil qiladi), 23% i to‘qimalarni yuvib turish uchun sarf bo‘lar ekan. Ovqat hazm qilish jarayoni organizmning suv muhitida kechadigan asosiy funksiyalaridan biridir. Suv har qanday oziq-ovqat mahsulotini erituvchi zarur eritma hamdir. Suv bilan birgalikda ozuqa moddalar (oqsil, uglevodlar, yog‘lar, mineral to‘zlar) oshqozonga va ichakka so‘riladi va qon tarkibiga o‘tadi. Qon bilan esa organizm bo‘ylab teng tarqaladi. Suvni organizmdan chiqarib yuboruvchi muhim yo‘l buyrak orqalidir. Buyrak orqali odam organizmidan sutkasiga 1000 litr qon bilan birga suvning yarmi ham o‘tadi. Bu erda qon keraksiz moddalardan tozalanadi. Bu moddalarni esa organizmning turli a’zolaridan suv olib keladi. Odam organizmida ro‘y beradigan murakkab jarayonlardan so‘ng suvning bir qismi siydik orqali chiqib ketadi. SHuning uchun ham olimlar tomonidan suv va undagi kimyoviy moddalarning inson organizmiga ta’siri masalasi qadimdan ko‘tarilib kelgan. CHunki, s uvning kimyoviy tarkibi turli kasalliklar kelib chiqishida asosiy rolni o‘ynaydi.

Hozirgi kunda aksariyat ishlab chiqarish korxonalarida toza suv ko‘p miqdorda ishlatilib, yaxshi tozalanmasdan ochiq suv havzalariga tashlanishi oqibatida suv havzalaridagi tabiiy suvning kimyoviy tarkibi o‘zgarib ketmoqda. Bu hol aholi orasida turli xil kasalliklarning tarqalishiga olib kelmoqda. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar tabiiy suvlar tarkibida suvning qattiqlik ko‘rsatkichini belgilovchi kalsiy va magniy to‘zlari bilan birga yana 12 ta element - berelliy, bor, kadmiy, kaliy, natriy va boshqa elementlar doim birga uchrashi, ular o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik borligini ko‘rsatadi. Qattiqlik xususiyatiga ega bo‘lgan suvdan ko‘p iste’mol qilinganda organizmda, aniqrog‘i, odamning o‘t va siydik qopida, siydik yo‘lida, shuningdek, buyragida toshlar paydo bo‘ladi. Aholi o‘rtasida suv orqali bo‘ladigan va yuqadigan kasalliklarning kelib chiqishida ichimlik suvlari tarkibidagi azot girbidlar va azot nitratlar indikator rolini o‘ynaydi. Bu moddalar bilan zaharlangan kishilarda quvvatsizlik, rangsizlik kabi alomatlar kuzatiladi. Odatda nitratlar qonda metgemoglabin hosil qilmasada, dispepsiya, disbakterioz kasalliklari ta’sirida azot nitratlar azot nitritlarga aylanadi, nitratlarning ichaklarda so‘rilishi qondagi metgemoglabin miqdorini oshirib yuboradi.

Keyingi yillarda gigienistlar e’tiborini jalb etayotgan omil nitrozaminlar bo‘lib, ular sanoatda keng qo‘llaniladi. Ular suv havzalarida ham, tabiiy holda ham inson organizmida sintezlana oladi. Nitrozaminlar rak kasalligini tug‘diruvchi faol - konserogen modda bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Ular sug‘oriladigan erlardan suv havzalariga qo‘yiladi va tarkibida ushbu moddalar mavjud bo‘lgan suvlardan foydalanish natijasida ular inson organizmiga o‘tadi.

Hozirgi kunda aholini gigiena talablariga javob beradigan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, insonlar salomatligini muhofaza qilishning asosiy omillaridan bo‘lib qolmoqda. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv orqali tarqaladigan yuqumli kasalliklardan asrash va suvning kimyoviy tarkibining o‘zgarishidan kelib chiqadigan zaharlanishlarning oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Suvning sifati va tabiiy holatining bo‘zilishi, ular tarkibida yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar va gijja tuxumlarining hamda turli kimyoviy moddalar miqdorining ko‘payib ketishi albatta inson salomatligiga ziyon etkazadi. Xavfli yuqumli kasalliklar ichburug‘, gepatit, qorin tifi, paratif, diareya kabi kasalliklarning kelib chiqishiga suv asosiy rol o‘ynaydi. Tarixdan ma’lumki, bir qator mamlakatlarda suv orqali tarqalgan vabo va turli oshqozon-ichak kasalliklaridan ko‘plab odamlarning yostig‘i qurigan. Masalan, 1971 -yilda Meksikada ichterlama epidemiyasiga 100 ming kishi chalingan, ichburug‘ kasalidan esa 15 ming kishi halok bo‘lgan. Suv havzalarida vabo vibrioni, vabo, ichterlama, ichburug‘ mikroblarining ko‘payishi aholi orasida aynan shu kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘ladi. Keyingi paytlarda ichak kasalliklari, sariq, poliomielit va boshqa kasalliklarning tarqalishida suv tarkibidagi viruslarning roli katta ekanligi aniqlangan. CHunki, ular suv muhitida uzoq muddat yashashlari mumkin.

Ajablanarlisi shundaki, ichak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi mikroblar tashqi muhitning murakkab omillari ta’sirida o‘zgarib, o‘zining kasallik keltirib chiqarish xususiyatlarini yanada orttirmoqda. O‘zbekistonda suv orqali tarqaladigan ichak kasalliklarining 70-80%i hovuz, ariq va kanal suvlarini ichish, 8-13% i kanal va katta ariq suvlarida cho‘milish, 5-8%i ifloslangan quduq suvlaridan iste’mol qilish natijasida sodir bo‘lmoqda. Bunday kasalliklar goho etarlicha zararsizlantirilmagan vodoprovod suvlarini ichishdan ham yuqishi mumkin. Juda ko‘p kanalizatsiya suvlari tozalanmasdan, axlatlar zararsiz holga keltirilmasdan ochiq suv havzalariga tashlanishidan daryo suvlari mikroblar makoniga aylanib bormoqdaki, bu hol tegishli shoshilinch choralar ko‘rishni taqozo etadi.

Xullas, suv orqali bir qancha xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi mumkin. Ichimlik suvlarini zararli oqava suvlardan, chiqindilardan va boshqa iflosliklardan tadbirkorlik bilan himoya qilish, suv orqali yuqadigan ko‘plab kasalliklarning oldini olish imkonini beradi.

Toza ichimlik suviga qo‘yiladigan talablar. Suv sifatini standartlash suv iste’mol qilish tufayli kelib chiqadigan kasalliklarning oldini olish imkonini beradi. Suv sifatiga bo‘lgan standart talablarining bajarilishiga sog‘liqni saqlash muassasalari mas’uldirlar.

Suv sifatiga bo‘lgan talab me’yorlarini ishlab chiqish o‘zoq Gippokrat davridan boshlangan. XVIII asr o‘rtalarida M.Lomonosov va Lavuaze, shuningdek, o‘z zamonasida Abu Ali ibn Sino suv orqali kelib chiqadigan kasalliklar to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib, ichimlik suvi qanday bo‘lishi kerak degan savolga javob izlaganlar. XX asrning o‘rtalariga kelib gigiena va fiziologiya sohasida qo‘lga kiritilgan fan yutuqlaridan kelib chiqib, ichimlik suvining 28-74-45 raqamli davlat standart ishlab chiqilgan. 1945-yilda ishlab chiqilgan bu standart suvning murakkab moddalar va bakteriyalar bilan ifloslanishini hisobga olib 1954-yilda qayta ko‘rib chiqildi. Suv tarkibidagi nitritlar, tindiruvchi koogulyantlar, flokulyantlar, zanglashga qarshi moddalar me’yorlarini tajribalar yo‘li bilan hal etilishi, mavjud davlat standartini o‘zgartirishni taqozo qildi.



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə