Bozor iqtisodiyotida narxning regulyatorlik V



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə6/8
tarix31.12.2021
ölçüsü1,03 Mb.
#81612
1   2   3   4   5   6   7   8
Muhammadali Ismoliov

ASOSIY QISM
Bolalar organizmining yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish imkoniyati 25-37 foiz pasayib ketganligi kuzatiladi. CHirchiq shahrida qon kasalliklari bilan og‘riganlar 4.7 barobar, endokrin bezlar kasalligi 1.9 barobar, qon bosimining oshishi 4.5 barobar, yurak ishemiya kasalligi 2.2 barobar ortganligi ma’lum. Farg‘ona shahrida 1982-1988-yillar mobaynida nafas yo‘li kasalliklari juda oshganligi aniqlangan. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo darasi hududidagi Tojikistonning Mirzo Tursunzoda shahrida joylashgan alyuminiy zavodi chiqindilarining asorati tufayli bu erda chaqaloqlar tug‘ilgach, bir yoshga etmay nobud bo‘lish holatlari 1.5 marta, tug‘ma kasalliklar esa 1 8 marta ko‘paygan.




  1. 4.O‘simliklarning biosfera va inson xayotidagi ahamiyati

O‘simliklar deb oddiy, bir xo‘jayrali, juda mayda suv o‘tlaridan to ulkan daraxtlargacha bo‘lgan, mustaqil ravishda organik moddalarni sintez qila oladigan avtotrof ti­rik organizmlar guruhiga aytiladi. Bular katoriga orga­nik moddalarni atrof-muhitdan tayyor holda oluvchi geterotrof organizmlar - zamburug‘lar ham kiritiladi. Ularning biosferadagi va inson xayotidagi ahamiyati turli-tuman va keng ma’noga ega. Ekologik nuqtai nazardan qo‘yidagi ahamiyatlarini ta’kidlash maqsadga muvofiq.

Tabiatning muxim tarkibiy qismi sifatida o‘simliklar erning asosiy biomassasini tashkil etadilar va biosferada­gi modda aylanishini ta’minlaydilar. Erdagi biomassaning 99%i o‘simliklar hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘simliklardagi fo­tosintez jarayoni natijasida barcha suvlar 5,8 mln yilda, atmosferadagi kislorod 5800 yilda, karbonat angidridi 7 yilda bir marta yangilanib turadi. Ularda kechadigan foto­sintez jarayoni tufayli Erda dastlabki organik modda sin­tez bo‘ladi. Bu bilan ular Er biosferasining bir me’yordagi faoliyatini ta’minlaydilar. O‘simliklar inson va boshqa ti­rik organizmlar uchun ozuqa va muhit hosil qiluvchi manba hisoblanadilar. Barcha tirik mavjudotlar ozuqasining dast­labki asosini o‘simlik maxsulotlari tashkil etadi. Inson va boshqa tirik organizmlar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan oqsil, uglevod, yog‘, vitaminlar, turli mineral moddalar va boshqa birikmalarni o‘simliklardan oladilar. O‘simliklar boshqa ti­rik mavjudotlar uchun muhit hosil qiluvchi vosita vazifasini ham bajaradilar. Masalan, fakatgina bitta turdagi o‘simlikning yuqolib ketishi o‘rta hisobda 10-30 ta turdagi hasharotlarning yuqolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘simliklarning yana bir ahamiyati ularning ilmiy-amaliy jihati bilan harakterlanadi. YAngi moddalarni kashf etish, er tarixini o‘rganish kabi jabhalarda ular qimmatli ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladilar. Ayniqsa, yangi yuqori hosilli ekin navlarini yaratishda yovvoyi o‘simliklar genofondining mavjudligi katta imkoniyatlar ochib beradi. Bu o‘z navbatida o‘simliklar genofondini saqlab qolish qanchalik muhimligini ko‘rsatadi.

O‘simliklar er atmosferasidagi kislorod, uglerod, azot va boshqa bir qator gazlar balansini ta’minlashda muhim o‘rin tutadilar. Ular havodan karbonat angidridini yutib havoga kislorodni ajratib chiqarish orkali inson va boshqa tirik organizmlarning yashashi uchun eng zarur sharoitni yaratib beradilar. Hisob-kitoblarga ko‘ra er yuzasidagi o‘simliklar 180- 200 mlrd tonna S02 ni yutib, havoga kislorodni ajratib chiqaradilar. Bir gektar yashil ekinzor sutka mobaynida 5 ming kishining nafas chiqarishidan hosil bo‘ladigan S02 ni yutish imkoniyatiga ega. Agar o‘simliklar qoplami, ayniqsa, o‘rmonlar kengaytirilsa, hozirgi paytda havoda S02ni ko‘payib borishi hisobiga yuz berayotgan havo dimiqishi yoki issikxona effekti muammosining oldini olish mumkin.



O‘simliklar iqlimni mu’tadillashtirishda ham katta rol o‘ynaydilar. Fotosintez, transpiratsiya jarayonlarida ular ko‘p mikdordagi energiyani yutish va suvni bug‘latish hisobiga atrof-muhitda salqin mutadil mikroiqlimni vujudga keltiradilar. Issik, va sovuq shamollar tezligini pasaytirib beradilar. Ortiqcha kuyosh radiatsiyasidan tirik organizmlarni himoya qiladilar. Ularning bu xususiyatlari aholi zich, issik, iklimli xududlarda, shaharlarda katta ahamiyatga ega.

O‘simliklar dunyosining sanitar-gigienik, sog‘lomlashtirish va shifobaxshlik ahamiyatlari ham beqiyosdir. Olimlarning ta’kidlashlaricha, biosferaning o‘z-o‘zini tozalash xususiyatining qariyb 99%i o‘simliklar hissasiga to‘g‘ri kelar ekan. Ko‘plab o‘simliklar nafas olish jarayonida atrof-muhitga maxsus kimyoviy faol moddalar ajratib chiqaradilar. Olimlar tomonidan o‘rmon havosida 300 turdagi xushbuy, efir moyli va boshqa birikmalar mavjudligi kayd etilgan. Bir kdtor daraxt va butalar o‘zlaridan fitonsidlar deb ataluvchi birikmalar ajratish xususiyatiga ega. Bir gektar keng bargli daraxtzor sutkasiga 2 kg, nina barglisi esa 4-5 kg fitonsid ajrata oladi. Bu birikmalarning ko‘pchiligi havo, tuproq va suvdagi patogen mikroorganizmlarni yuqotish xossasiga egadir. Masalan, atrofi tuya (Kanada mojevelnigi) daraxti bilan o‘ralgan xonada mikroblar sonini uchdan ikki kismgacha kamaytira oladi. Dub va pixtaning bargi masofadan turib ichburug‘ va qorin tifi mikroblarini o‘ldira oladi. Terak, olma va evkaliptlar gripp virusini, karam va sarimsok esa sil mikroblarining tarqalishiga to‘sqinlik qiladilar.

Inson salomatligini tiklash maqsadlarida o‘simliklardan foydalanish yaxshi samara beradi. O‘simlik dunyosi, ayniqsa, o‘rmonlar, yashil xiyobon, so‘lim bog‘-rog‘lar, rang- barang gullar kishilar ruhiyatiga, nerv-gumoral sistemasi faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi, jismoniy charchoqni yozadi va turli psixologik zuriqishlardan tezroq va osonroq foyda qiladi. Kungillarga estetik zavk-shavk, xo‘zur bag‘ishlab, insonda ruxiy kutarinkilik, ijod, go‘zallik va nafosatga chorlovchi kayfiyatni yuzaga keltiradi. O‘simlik­lar aholi yashash joylarini zararli fizik ta’sirlardan, shovqin-so‘ron, chang va zararli gazlardan, hatto radiatsiyadan himoyalovchi tabiiy vosita vazifasini ham o‘taydilar. Ayniqsa, havodagi changlarni ushlab qolishda o‘simlik barglari katta rol o‘ynaydi.

Masalan, o‘rmonlarda va daraxtzorlarda ularlarga nisbatan havodagi chang 21-86% ga, mikrob­lar 19-44% ga, doimiy radiatsiya darajasi esa 2 marta past bo‘ladi. O‘simliklarning ahamiyati haqida gapirilganda ular­ning shifobaxshlik xususiyati ustida tuxtalmaslikning iloji yuq



Insoniyat qadim zamonlardanoq o‘simliklardan tur­li kasalliklarni davolashda keng foydalanib kelgan. Hozirda shifobaxsh o‘simliklar bilan shug‘ullanuvchi maxsus tabiiy fan shakllanib, rivojlanib bormokda. Hozirgi tabobatda foydalanilayotgan dori-darmonlarning 40% dan ziyodrog‘i o‘simlik mahsulotlari asosida tayyorlanmokda. O‘simliklardan olingan dorilar tabiiy moddalardir. SHuning uchun ular deyarli asorat qoldirmaydi va yaxshi shifo bo‘ladi.

O‘simlik duyonsining yana bir muhim ahamiyati shundaki, ular tuproqlarni shamol, suv, kuyosh, inson va hayvonlarning zararli ta’siridan himoyalab turadilar. Gidrogeologik sharoitni maromida ushlab turishga yordam qiladilar. O‘simlik qoplami ostida tuproq, hosil bo‘lish jarayoni yaxshi kechadi, tuproq yuzasida qatqaloq hosil bo‘lmaydi, undagi mayin zarrachalarni suv yoki shamol ta’sirida oqib yoki uchib keti- shi me’yoridan ortib ketmaydi. O‘simliksiz maydonlarga yoqqan yomg‘ir tezda kuchli oqimga aylanib sellarni vujudga keltiradi. Ma’lumotlarga qaraganda, nishabli maydonlardagi o‘rmonlar yog‘inni 90% ini ushlab tuproqda singishini ta’minlay oladi. Bir gektar o‘rmon 50 m3 yog‘in suvlarini ush­lab qoladi. SHu tufayli ular daryo va soylarning suv rejimini boshqarib turishda muhim rol o‘ynaydilar. Bundan tashqari, ularning bakuvvat ildiz sistemalari tog‘ kuchkilarni sodir bo‘lishiga yul qo‘ymaydi. Respublikamizning quruq, iqlimli cho‘l mintaqalaridagi kumliklarni mustahkamlashda qurg‘oqchil o‘simliklardan bo‘lgan saksovul, yantok, kabilarning ahamiyati beqiyosdir. Ular o‘zlarining mustahkam ildizlari bilan kumlarni shamol ta’sirida kuchishdan saqlaydilar. SHuningdek, chorva hayvonlar uchun ozuqa bo‘lib xizmat qiladilar. Ekinlarni shamol eroziyasidan himoyalashda daraxt va butasimon o‘simliklardan samarali foydalaniladi. Hozirda keng avj olib borayotgan, umumsayyoraviy eko­logik muammolardan biri bo‘lgan «cho‘llashish» jarayonining oldini olishda o‘simliklar asosiy rol o‘ynashi mumkin.

O‘simliklarning yana bir eng asosiy ahamiyati turli ish­lab chiqarish va qurilish sohalari uchun muhim xom ashyo ekanligidir. O‘simlik xom ashyosidan olinadigan mahsulotlarning sanab-sanog‘iga etish qiyin. Ular oziq-ovqat sanoatini don, meva, sabzavotlar va boshqa xom ashyolari bilan, chorvachilikni ozuqa, em-xashak bilan, sanoatni to‘qimachilik va boshqa xom ashyolar bilan, farmatsevtika sanoatini esa dori-darmon xom ashyosi bilan ta’minlaydilar. Qurilish, mebelsozlik va xalq hunarmandchiligida yog‘och azaldan eng muhim material sifatida qo‘llanib kelinmokda. Hozirgi kunda birgina yogochning o‘zidan 20 ming xildagi turli mahsulotlar tayyorlanadi. Birgina kimyo sanoatida yog‘och va boshka o‘simlik mahsulotlarini qayta ishlash yo‘li bilan glyukoza, ozuka shakari, oshlovchi moddalar, spirt, sellyuloza, vis­koza, sun’iy kauchuk, plastmassa, nitrolak, kinoplenka, kanifiol, atseton, sirka kislotasi, formalin, skipidar, kamfora va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin.

YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, sayyoramizdagi hayot, biosferadagi tabiiy muvozanat, tirik mavjudotlarning normal yashashi, xalq xo‘jaligining ko‘p sohalaridagi ishlab chiqarish unumdorligi, insonlarning jismoniy va ma’naviy barkamolligi o‘simliklar dunyosining holati bi­lan o‘zviy bog‘liq ekan. Aynan mana shu holatlar o‘simliklarning ekologik ahamiyatini va o‘z-o‘zidan ularni muhofazalash zaruratini belgilab beradi.




XULOSA

Inson salomatligi bevosita ekologiyaga bog’liq. Ekologiya qanchalik yaxshi bo’lsa, inson salomatligi ham shu qadar yaxshi bo’ladi. Atrof-muhit inson ta’siri ostida o’zgaradi va bu o’zgarish albatta insonning o’z salomatligiga ta’sir qiladi. Hozirgi kundagi dolzarb mavzulardan biri atrof muhit muammolari va ularning yechimidir. Kundan kunga yer yuzida shu jumladan bizning yurtimizda ham hamma sohada rivojlanishlar bo’lmoqda: zavod fabrikalar qurilmoqda, sanoat korxonalari, ishlab chiqarish korxonalari barpo etilmoqda, texnika ham rivojlanmoqda: avtomobillar, samolayotlar ishlab chiqarilmoqda va hakoza shu kabilar. Bu o’zgarishlar turmush tarzimizni yaxshilash uchun, ishlarmizni osonlashtirish uchun yaxshi vosita va lekin, qurilish uchun o’qrmonlar kesiladi, o’rmonlardagi daraxtlar esa kislorod manbaidir, avtomobillar uzoq yo’limizda asqotadi, lekin ulardan chiqadigan chiqindi gaz, nafas olish sistemamizga salbiy ta’sir ko’rsatadi, sanoat va ishlab chiqarish korxonalari ishsizlarni ish bilan ta’minlaydi, lekin ulardan chiqadigan chiqindi gazlar, chiqindilar atrf muhitni, havoni zaharalaydi, bu esa inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.








Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə