Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning o’zbekistondagi xususiyatlari reja



Yüklə 40,35 Kb.
səhifə6/10
tarix22.03.2024
ölçüsü40,35 Kb.
#181640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning o’zbekistondagi xusus-fayllar.org

Ma’lum turdagi soliqlar. Keyingi harakat esa soliqlar ma'lum turdagi xarajat hisoblangani bois firmani taklif chizig'ini belgilab bemvchi asosiy belgilovchi vosita hisoblangan faktga asoslangan. Hukumat firmaga ma'lum turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun muayyan soliqlarni joriy etadi. Bu turdagi muayyan soliq mahsulotni har bir turini ishlab chiqarishdan kelib chlqadigan salbiy tashqi samara] arni hi so blab chiqilgan miqdoriga teng kelib qolgan bo'lar edi. Shu solig orqali, hukumat firmani o'zida soqit qilayotgan qo'shimcha xarajatlarga teng bo'lgan miqdomi qaytarib to'lashga majbur qilgan bo'lar edi. Bu fimiadan o'rtacha mahsulot miqdorini ishlab chiqarib, resurslarni ko'p miqdorda taqsimlashdan voz kechib, uning taklif chizig'ini chap tomonga siljishga majbur etadi.
Ijobiy tashqi samaralar. Ba'zan tashqi samaralar boshqa iste'molehilar va ishlab chiqaruvchilar daromadi ko'rinishida namoyon bo ladi. Uchinchi tomonda to'planib qoladigan bu kompensatsiya qilinmaydigan xarajatlar ijobiy tashqi omillar deyiladi. Qizamiq yoki falaj kasalligiga qarshi emlangan odamlar bu vaksinalarni natijalaridan bevosita naf oladilar. Lekin bu bilan ular jamiyatga ham keng darajadagi naf keltiradi. Ta'lim esa ijobiy tashqi samaralarni biriga misol bo'la oladi. Ta'lim yakka turdagi isteinolchilarga foyda keltiradi: yaxshi ta'lim olgan odamlar ta'lim olmaganlardan ko ra ko'proq daromadlarga ega bo'ladi. Lekin ta'lim, shuningdek, bir tomondan samaraliroq ishchi kuchi sifatida foyda keltirsa, boshqa tomondan, jinoyatni oldini olish yordam beradi.
Turg'unlikni ta'minlash. Iqtisodiyotni ishlab chiqarish salohiyati uning umumiy sarfi miqdorini ishlab chiqarish imkoniyatiga nisbatiga bog'liqdir. Qachonki, umumiy xarajat miqdori iqtisodiyotni ishlab chiqarish imkoniyatiga mos kelsa, mehnat va mulk resurslaridan to'liq foydalanilayotgan bo'ladi va narxlar, umuman olganda, turg'un bo'ladi. Lekin ba'zan, umumiy sarf yoki yetarli bo’lmaydi, yoki ortib ketadi va natija ishsizlik yoki inflyatsiyaga olib keladi. Hukumat bu ikki turg'unlik muammosiga quyidagicha yondashadi:
Ishsizlik. Davlat sektorining sarfi juda kam bo'Isa, umumiy sarf, ham davlat ham hususiy shaklada, to'liq ish bilan ta'minlash darajasiga erishgunga qadar hukumat uni kattalashishini xohlaydi. U bu ishni davlat sarfini ko'tarish yoki xususiy sarfni rag' batlantirish uchun soliqlami pasaytiradi. Shuningdek, davlat markaziy banki foiz stavkalami pasaytirish uchun harakat qiladi va bu bilan xususiy sarf va qarzlami pasaytiradi.
Inflyatsiya. Inflyatsiya narxlar darajasidagi umumiy ko'tarilishdir. Tovar va xizmat narxlari iste'molchilar iqtisodiyotni ishlab chiqarish imkoniyatidan ko'ra tovarlarni sotib olishga uringanda ko'tarilib ketadi. Qachonki umumiy sarf oshib ketsa, hukumat o'z xarajatlarini qisqartirish yoki soliqlardan xususiy sarfni cheklash uchun ko'rsatish orqali umumiy sarfni kamaytirishga harakat qiladi. mamlakatning markaziy banki ham xususiy sarf va qarzlarni qisqartirish maqsadida foiz stavkalami oshirishga harakat qilishi mumkin.

Yüklə 40,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə