|
Bozor iqtisodiyotini tartibga solish. Davlatning iqtisodiy roliIqtisodiyotni barqarorlashtirish va iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish vazifasi
|
səhifə | 4/7 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 242,18 Kb. | | #133205 |
| IJARA MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISHIqtisodiyotni barqarorlashtirish va iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish vazifasi.
4. Aholi daromadlari uning tarkibi va manbalari.
Aholi daromadlari ularning ma`lum davr davomida (odatda, bir yilda ) olgan pul va natural daromadlarning umumiy miqdoridir.
Aholi pul daromadi.
- Pul shaklida olingan barcha daromadlar (ish haqi va boshqa omilli daromadlar, transfert to`lovlari shaklidagi pul tushumlari, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar va h.k.) umumiy miqdoridir.
Natural daromadlar.
- Mexnat haqi hisobiga olinadigan va uy (oila) xo`jaligida ishlab chiqarilib o`z iste`moli uchun foydalaniladigan mahsulotlardan iborat bo`ladi.
Aholi daromadlari darajasini tahlil qilishda nominal, ixtiyoridagi va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad - aholining ma`lum vaqt oralig`ida barcha pul shaklida olish mumkin bo`lgan daromadlari qismi.
Ixtiyoridagi daromad- nominal daromaddan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.
3. Davlatning iqtisodiyotini tartibga solish usullari va vositalari.
Bevosita usullar.
- Bunda davlat taqiqlash , ruxsat berish va majbur qilish xarakteridagi chora- tadbirlar hamda ma`muriy vositalaridan foydalaniladi.
- Iqtisodiyotning ayrim bo`g`inlari ( transport,aloqa,atom va elektro- energetika, kommunal xizmat va shu kabilar ) ni bevosita boshqarish.
- Narxlar va ish haqini qotirib qo`yish.
- Ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) ni tashkil qilish.
- Iqtisodiy sohani tartibga solishni ko`zda tutuvchi qonunlarni qabul qilish va amalga oshirish.
Davlatning iqtisodiyotga ta`sir qilish usullari.
Bilvosita usullari .
- Bunda davlat o`zining pul kredit va budjet siyosatidan foydalanib tartibga solishning iqtisodiy vositalariga ustunlik beradi.
- Hisob stavkalarini o`rnatish va o`zgartirish.
- Tijorat banklarining markaziy bankdagi majburiy ehtiyojlari minimal hajmini belgilash va uni o`zgartirish.
- Davlat muassasalarining qimmatli qog`ozlari bozoridagi operatsiyalari ( davlat moliyaviy majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va sotib olish).
- Davlat budjeti daromadlari va xarajatlar qismini o`zgartirish .
- Soliq turlari, stavkalarini va soliq imtiyozlarini belgilash.
- Davlat kreditlari, subsidiyalari va moliyaviy kafolatlarini amalga oshiradi.
- Jadallashgan amortizatsiya ajratmalarini rag`batlantirish .
- Davlat mablag`lari hisobiga investisiyalar qo`yish.
- O`rta muddatli, favqulodli va maqsadli davlat iqtisodiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Dostları ilə paylaş: |
|
|