Bozorboyeva Mohinur



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix30.05.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#88387
1   2   3   4
207 BozorboyevaMohinur

Imom al-Buxoriy
g'oyatda beg'ubor, halol-pokiza, diyonatli inson bo'lib, g'iybatu-
nohaqliklardan uzoq bir kishi edi.U doimo "G'iybat qilishlik harom ekanini 
bilganimdan boshlab hech qachon biror kishi haqida g'iybat gapirmaganman", 
deb ta'kidlardi.
Imom al-Buxoriyning eng ulug' fazilatlaridan yana biri u taassub 
(mutaassiblik)ning har qanday ko'rinishlaridan uzoq bo'lgan alloma edi. Uning 
shoh asari "
Sahih al-Buxoriy" 
bilan chuqurroq tanishilsa, Buxoriyning o'z 
kitobidagi ma'lumotlarga nihoyatda katta sinchkovlik va ehtiyotkorlik bilan 
yondoshganini ko'ramiz. Qanchadan-qancha mashaqqatlar bilan to'plangan 
hadislarining sahihligiga to'la ishonch hosil qilib, obdon tekshirgandan keyingina 
o'z asariga kiritganligi ushbu fikrimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Imom al-
Buxoriyning "
Sahih
" asari haqida gapirar ekanmiz, shuni ham qayd qilish kerakki, 
ushbu kitobning sahih isnodlarida ahli sunnaga mansub bo'lmagan roviylar ham 
uchraydi. Imom al-Buxoriy muhaddislarda hadislarga bo'lgan katta mehr va 
intilish hamda unga qat'iy amal qilish har qanday tahsinga sazovor, deb 
hisoblardi. Bu masala g'oyatda muhim bo'lib, bu xususda ba'zi muhaddislarning 
o'zlari ham fikr-mulohazalarini bildirganlar. Jumladan, imom Ahmad ibn Xanbal: 
"O'zim amal qilmagan bitta ham hadisni kitobga olmaganman", deb ta'kidlagan 
bo'lsa, o'z davrining yirik muhaddislaridan biri sanalgan Vakiy ibn al-Jarroh: "Agar 


biror hadisni yodlashni istasang, eng avvalo unga amal qil", degan. Yana bir 
muhaddis Ibrohim ibn Ismoil esa: "Hadislarni yodlashda eng avvalo unga amal 
qilish yo'lidan foydalanardik", deb ta'kidlagan, alloma As-Suyutiy o'zining "
At-
Tadriyb"
nomli asarida bu jarayonni quyidagicha ifodalaydi: "Ibodatlar, odob-
axloq, fazilatlar, solih a'mollar xususida eshitgan hadislardan samarali 
foydalanish lozim. Bu birinchidan ushbu hadisning zakoti, ikkinchidan esa uni 
yodlash uchun yaxshi omildir". 
Imom al-Buxoriy yashagan davrda Xolid ibn Ahmad az-Zuhliy Tohiriylar 
tomonidan bo'lib, Buxoroning amiri sifatida saltanat yuritardi. Xorijiy yurtlarga 
qilgan uzoq yillar davom etgan safaridan qaytib, Imom al-Buxoriy o'z ona yurti 
Buxoroda o'rnashgach, uning shonu-shuhrati turli tomonlarga tarqab, ko'plab 
hadis toliblari to'da-to'da bo'lishib, Buxoriy huzuriga kela boshlagach, Xolid ibn 
Ahmad az-Zuhliy ular bilan garchand mazhabiy masalalarda bir qadar 
muxolifatda bo'lsa-da, ularning rivoyatlarini tashlab ketmasdan kitobiga kiritgan. 
Bu tusdagi tasomuh (sabr-toqatlilik, boshqa mazhablarga nisbatan e'tirom bilan 
qarash) qanday holatda bo'lmasin, chegaralangan yoki chegaralanmagan 
ko'rinishda bo'lsa-da, buning dastidan hadis rivoyatiga shak-shubha bo'lmasligi 
uchun muhaddislar o'rtasida udum bo'lgan qoidaga ko'ra ular ahl ul-havoga 
(shiyalar, xorijiylar, mo'taziliylar va hakazo) ham mansub rivoyatlarini qabul 
qilganlar, faqat shu shart bilanki, ular bid'atga da'vat qilmaydigan, yolg'on-yashiq 
rivoyatlarni tarqatmaydigan, har qanday holatda ham soxta (yolg'on) 
aralashishini hatto xayoliga ham keltirmaydigan kishilar bo'lishi talab qilingan. 
Shu boisdan ham Imom al-Buxoriyning roviylariga nazar solsak, ulardan ba'zilari 
shiya tamg'asi bilan ko'rsatilgan bo'lib, Buxoriy ularning rivoyatini "
Sahih

kitobiga kiritgan.Ba'zan esa asosi bo'lgan hollarda ba'zi-bir boshqalarini 
shiyalarga yoki rofiziylarga mansubligidan ular rivoyatlarini o'z kitobiga 
kiritmagan. 
Hadislardagi noqis (illat)liklarga alohida e'tibor bergani kabi Imom al-Buxoriy 
roviylarning ibratli, go'zal fazilatlarini alohida ko'rsatishga ham katta ahamiyat 
bergan. Agar keltirgan rivoyatlari to'g'ri bo'lsa roviylarning haqiqiy tavsiflari-yu, 
adolatli ishlarini hech bir kamsitmasdan batafsil zikr qilgan. 



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə