Bozorlari, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi



Yüklə 14,93 Kb.
tarix01.04.2023
ölçüsü14,93 Kb.
#103922

bozorlari, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi.
Xalqaro moliya o‘zida obyektiv asosga ega bo‘lgan moliyaviy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo‘lib mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan xalqaro moli yaviy oqimlar, jumladan, pul oqimlari — import qilingan mahsulot va xizmatlarning to‘lovlari hamda mahsulot va xizmatlar eksportidan kelgan valuta tushumlari, ushbu oqimlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasini ifodalashi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli bo'ladi, shu boisdan mamlakatlar o‘rtasidagi pul oqimlari harakatini namoyon etadi. Shuningdek, kredit mablag’lari oqimi ham ikki tomonlama bo‘lib hisoblanadi, bir tomondan qarzning berilishi bo‘lsa, boshqa tomondan esa, uning qaytarilishi va foizlarning to‘lanishi namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, mazkur oqimlar asosida moliyaviy resurslarning mamlakatlar o‘rtasidagi harakati yuzaga keladi.
Ularning taqsimlanishi bir tomondan valuta kurslari asosida, ikkinchi tomondan esa, bojxona tariflari asosida boshqariladi. Moliyaviy resurslar xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari faoliyati jarayonida shakllanadi va foydalaniladi. Mazkur institutlar va tashkilotlar davlatlararo tuzilmaga ega bo‘lib muayyan funksiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’minoti umumlashgan (masalan, BMT byudjeti) yoki maqsadli (aniq dasturlar va tadbirlar uchun mo'ljallangan) fondlar orqali amalga oshiriladi.
Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog‘liq. Ushbu bog‘liqlik asosida xalqaro moliya munosabatlari yuzaga keladi.



4



Yüklə 14,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə