Бронхиал астма (БА)



Yüklə 126,21 Kb.
səhifə3/3
tarix02.06.2018
ölçüsü126,21 Kb.
#47287
1   2   3

Bronxolitik terapiya
Klinik amaliyotda quyidagi asosiy bronxolitik guruh preparatlari qo‘llaniladi: antixolinergik, beta-2-adrenomimetik va metilksantinlar.

Antixolinergik preparatlar.

Atrovent (ipratropium bromid) – atropin unumlari hisoblanib, aerozol holida ishlatiladi. Ta’sir doirasi 6-8 soat, ingalyasiyadagi doza 40 mkg ga teng. Atrovent quyidagi xususiyatlarga ega: bronxlardagi M-xolinoretseptorlarni ingibirlaydi, ularni simpatik tonusini kamaytiradi, uzoq muddat bronxolitik samaraga ega, tizimli nojo‘ya ta’siri yo‘qligi sababli, uni β2 - agonistlar bilan qo‘shib ishlatilganda samara yaqqol sezilarli bo‘ladi.

Tiotropium bromid – uzoq ta’sir etuvchi selektiv antixolinergik preparat bo‘lib, samarasi 20 soatgacha davom etadi.

Ipratropium yodid («Troventol») bronxolitik xususiyatiga ega bo‘lib, bir dozasi 80 mg ni tashkil qiladi.

Beta-2-adrenomimetiklar.

V2-adrenomimetiklar selektiv, noselektiv, qisqa va uzoq ta’sir etuvchi bronxolitiklar kabi guruhlarga bo‘linadi.

Selektiv, qisqa ta’sir etuvchi – salbutamol (ventolin), fenoterol (berotek»), terbutalin (brikanil).

Uzoq ta’sir qiluvchi – salmeterol (serevent), formoterol (foradil), qisman selektiv bo‘lgan β2- agonistlar – orsiprenalina sulfat (alupent) va astmopent.



Metilksantin unumlari.

Teofillin metilksantin guruhidagi dori vositalari ichida keng tarqalgan va pulmonologiya soxasida bronxoobstruktiv sindromlarni bartaraf qilishda ko‘p ishlatiladi. Ushbu dori guruhlari to‘g‘risida bronxoobstruktiv sindrom mavzusida batafsil keltirilgan.

Antibakterial terapiya.

Antibakterial terapiya yuqori va pastki nafas a’zolari yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari – sinusit, tonzilofaringit, o‘tkir traxeit, o‘tkir bronxit, pnevmoniya, surunkali bronxitlarning avj olishida asosiy dori vositasi sifatida qo‘llaniladi. Yiringli balg‘am ajralganda ularni buyurish lozim. SHilliq yoki shilliq-yiringli balg‘am bo‘lsa uzoq ta’sir qiluvchi sulfanilamidlar (sulfadimetoksin, sulfapiridazin) qo‘llash mumkin. YAqqol yallig‘lanish belgilari bor bemorlarga antibiotiklarni mikrofloraga sezgirlik aniqlangandan so‘ng buyuriladi. Ko‘pincha yarimsintetik penitsillinlar (ampitsillin, ampioks, dikloksatsillin), aminoglikozidlar (gentamitsin), sefalosporinlar (kefzol, klaforan), uzoq ta’sir etuvchi tetratsiklinlar (vibramitsin), makrolidlar (eritromitsin), levomitsetin va boshqa dorilar tavsiya etiladi.

Antibiotiklarning sefalosporinlar guruhi 4 ta avlodga bo‘linadi:

1 – avlod gramm musbat kokklarga (stafilakokk, β-gemolitik streptokokk, pnevmokokk) faol ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu guruh preparatlariga sefazolin (kefzol), sefalotin (keflin), sefradin, sefaloridin (seporin), sefapirin (sefadil), sefaton, sefadroksillar kiradi.

2 – avlod gram manfiy bakteriyalarga (ichak tayoqchasi, klibsiella, proteya, enterobakter, gemofil tayoqchasi va boshqalar) ta’sir etib, ularga sefuroksim-natriy (ketotsef), sefuroksim-aksetil (zinnat), sefamandol, seforanid (pretsef), sefonitsid (monotsid), sefmenoksimlar kiradi.

3 – avlod yuqori gram manfiy faollikka ega bo‘lib, kasallikni ko‘k yiring tayoqcha, anaerob bakteriya (aspiratsiya pnevmoniyasi, osteomielitda) chaqirganda ishlatiladi. Bu avlodga sefotaksim-natriy (klaforan), sefoperazon (sefobit), seftazidim (fortum), seftriakson (longatsef), seftizoksim (sefizon), sefazidim (modivid) kiradi.

4 – avlod keng antimikrob ta’sirga (gram musbat, gram manfiy bakteriyalar, bakteroid-anaerob infeksiya, klibsiella, ichak va ko‘k yiring tayoqchasi, tilla rang stafilakokk, esherixiya, gemofil tayoqcha) ega va moksalaktam (moksam), sefaksitin (mefoksin), sefatetan, sefpirom (keyten) kiradi.

Immunomodulyatorlardan ribomunil uch haftagacha har haftaning 4 kuni 1 tabletkadan bir marta, ikkinchi oydan boshlab har oyning birinchi 4 kuni 1 tabletkadan bir marta ichiladi. Bronxomunal esa 3,5 - 7 mg dan chiqariladi va 10-30 kun buyuriladi.

Yo‘talga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan dori vositalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1. Yo‘tal markazini tormozlovchi ya’ni marakaziy ta’sir etuvchi dorilar:

• yo‘talga qarshi narkotik preparatlar (kodein, dionin, morfin);

• yo‘talga qarshi narkotik bo‘lmagan vositalar (glautsin gidroxlorid va glauvent).

2. Periferik ta’sir etuvchi dori vositalari – shilliq qavatning afferent nerv tolalarining retseptor ta’sirini kamaytiruvchi preparatlar:

• mahalliy anestetiklar (lidokain, trimekain);

• kombinatsiyada ta’sir etuvchi dori vositasi (libeksin).

Metilmorfin (kodein) kunda 0,01-0,02 g, glautsin gidroxlorid (glautsin) – kattalarga 0,05 g (50 mg) kunda 2-3 marta ovqatdan so‘ng, bolalarga bir kunda 0,01-0,03 g. Libeksin kombinatsiyali yo‘talga qarshi sintetik preparat hisoblanib, kunda 0,1-0,2 g (1-2tabletka) 3-4 marta, bolalarga esa yoshidan kelib chiqib, 0,025-0,1g kunda 3-4 marta ichish uchun buyuriladi. Quyidagi 10-jadvalda ayrim kasalliklardagi yo‘talning davosi keltirilgan.




Аdabiyotlar:


  1. Danilyak I.G. Bronxoobstruktivnыy sindrom // Aktualnыe voprosы pulmonologii - M.: Nyudiamed-AO, 1999. – S.74-110.

  2. Danilyak I.G. Kashel: etiologiya, patofiziologiya, diagnostika, lechenie. // Pulmonologiya. 2001. -№3. –S.33-37.

  3. Dobrotina I.S. Bronxialnaya astma: sovremennыe podxodы k diagnostike i terapii. - Nijniy Novgorod.: NGMA., 2002. – 30 s.

  4. Dobrotina I.S. Diagnostika i lechenie bronxoobstruktivnogo sindroma. - Nijniy Novgorod.: NGMA., 2009. – 32 s.

  5. Marchenkov YA.V. Diagnostika xronicheskogo kashlya. Pulmonologiya. 2002. -№2. –S. 107-109.

  6. Novikov YU.K. Sovremennыe podxodы k lecheniyu pnevmoniy// Russkiy Meditsinskiy Jurnal., 2007. – S. 1-7.

  7. Okorokov A.N. Diagnostika bolezney vnutrennix organov. - Tom 3. - M.: Med. lit., 2005. S. 61-133.

  8. Okorokov A.N. Lechenie bolezney vnutrennix organov. - Tom 1. - M.: Med. lit., 2005. S. 65-175.

  9. Putov V.V. Fedossev G.B. Rukovodstvo po pulmonologii. Tom 2. M.: Meditsina., 1995.

  10. Ubaydullaev A.M., Liverko I.V. Vnebolnichnaya pnevmoniya. Posobiya dlya vrachey. – Tashkent., 2004. – S. 4-60.

  11. CHuchalin A.G. Xronicheskie obstruktivnыe bolezgi legkix. - M.: Binom., 2000. - 509 s.

  12. CHuchalin A.G., Abrosimov V.N. Kashel. Metodicheskie rekomendatsii. - Ryazan., 2002. S.3-99.

  13. Irwin R.S., Curley F.J., Frech C.L. Chronic cough. The spectrum and frequency of causes, key components of the diagnostic evaiuation of specific therapy. Am. Rev. Respir. Dis. 2010; 141 (3): 640-647.

  14. Patricr H., Patricr F. Chronic cough. Med. Clin. N. Am. 2005; 79 (2): 361-372.

  15. Xarrison T.R “ Ichki kasalliklar” 1-tom 335-340 –bet 25 – bo‘lim: Yo‘tal va qonli balg‘amli yo‘tal

Yüklə 126,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə