Bug’latish Texnologik qism



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə4/14
tarix21.05.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#111824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Natriy nitrat bug\'latish apparati NNN1[2][1]

Gidrostatik depressiya -. Bug`latkich qaynash trubalarining bir qismi suyuqlik bilan to`lib turgan bo`ladi va uning ustida bug` - suyuqlikdan iborat emulsiya qatlamida yuqoriga qarab ko`tarilgan sari bug`ning miqdori oshib boradi.
Agar, qaynash trubasidagi suyuqlik va emulsiyani shartli ravishda suyuqlik deb nomlasak, unda gidrostatik bosimlar farqi hisobiga trubaning pastki qismidagi suyuqlikning qaynash temperaturasi tepa qismini-kidan yuqori bo`ladi.
Gidrostatik effekt hisobiga eritma qaynash temperaturasining ortishi gidrostatik depressiya deb ataladi. [3]
Bug`latish jarayoni vakuum ostida olib borilganda, gidrostatik depressiya salmoqli bo`ladi.
To`yingan suv bug`i tc va ikkilamchi bug` temperatura T lari orasidagi farq gidrostatik depressiyani beradi:


(3)

Ushbu tenglik eritma harakatini inobatga olmagani uchun uning xatoligi katta. Shuning uchun  ning qiymatlari tajribaviy usulda topiladi.


Vertikal bug`latkichda intensiv harakatlanayogan eritmalar uchun  miqdori 1...3oC oralikda qabul qilinishi mumkin.
Gidravlik depressiya - . Ushbu depressiya ikkilamchi bug`ning separator va quvurlar orqali harakati davrida ishqalanish va mahalliy qarshiliklarni engishi tufayli vujudga keladigan temperatura yo`qotilishlar.
Ushbu gidravlik qarshiliklarni engish vaqtida bosimning kamayishi, temperatura pasayishiga sababchi bo`ladi.
Demak, gidravlik qarshiliklar tufayli eritma qaynash temperaturasining ko`payishi gidravlik depressiya deb nomlanadi. Odatda  ning qiymati 0,5...1,5oC oralig`ida bo`ladi.
Yuqorida qayd etilgan depressiyalarni hisobga olsak, eritmaning qaynash temperaturasi quyidagicha hisoblanadi:


(4)

bu erda T- ikkilamchi bug` temperaturasi, K



Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə