Bug’latish Texnologik qism


Bug`latkichlar tuzilishi va ishlash prinsiplari



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə6/14
tarix21.05.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#111824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Natriy nitrat bug\'latish apparati NNN1[2][1]

Bug`latkichlar tuzilishi va ishlash prinsiplari
Bug`latish qurilmalarini klassifikastiyalash usullari ko`p. Lekin, bug`latish qurilmalarini ishlash intensivligini xarakterlovchi eritma stirkulyastiyasining turi va karraligi klassifikastiyalashning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin. Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida uch xil bug`latish qurilmalari keng tarqalgan:
1. Erkin (tabiiy) stirkulyastiyali bug`latish qurilmalari;
2. Majburiy stirkulyastiyali bug`latish qurilmalari;
3. Yupqa qatlamli (plyonkali) bug`latish qurilmalari.
Zamonaviy bug`latish qurilmalarining isitish yuzalari 10...1800 m2. Bug`latkichlar konstrukstiyalarini tanlashda eritmalarning fizik va issiqlik xossalari, kristallinishga moyilligi, yuqori temperaturalarga chidamliligi, har bir korpusdagi foydali temperaturalar farqi, issiqlik almashinish qurilmasining yuzasi, texnologik xususiyatlari hisobga olinishi zarur.
Bug`latish qurilmalari uglerodli, legirlangan va ikki qatlamli po`latlardan tayyorlanadi.
Quyida, sanoatda eng keng tarqalgan, tipik bug`latkichlar konstrukstiyalari keltiriladi.
Ichki isituvchi kamerali va markaziy stirkulyastion trubali bug`latkich.
Vertikal qobiq 1 ning pastki qismida isitish kamerasi 2 joylashgan. O’z navbatida isitish kamerasi ikkita teshikli panjara va unga razvalstovka usulida mahkamlangan qaynash trubalari 3 dan tarkib topgan. Isitish kamerasining o`rtasiga qaynash trubalariga qaraganda diametri kattaroq stirkulyastion truba 4 o`rnatilgan bo`ladi.
Isitish kamerasining trubalararo bo`shlig`iga issiqlik eltkich, ya’ni suv bug`i yuboriladi.
[5]Eritma esa qurilmaning teshikli truba panjarasi ustiga uzatiladi va stirkulyastion truba orqali pastga oqib tushadi. So`ngra, isitish natijasida zichligi kamayib, qaynash trubalari bo`ylab tepaga ko`tariladi va truba ichidan ma’lum bir masofada qaynaydi. Hosil bo`lgan ikkilamchi bug` separastion bo`shliq 5 ga ko`tariladi va tomchi ushlagich 6 da inerstion kuch ta’sirida mayda eritma tomchilaridan ajratiladi. Undan keyin, ikkilamchi bug` qurilmadan chiqib ketadi.
Quyuqlashtirilgan eritma konussimon tubdagi shtuster orqali oraliq yoki tayyor mahsulot sifatida chiqariladi.
Yuqorida qayd etilgandek qaynash va markaziy (stirkulyastion) trubada eritmaning stirkulyastiyasi uning zichliklari farqi ostida ro`y beradi. Eritma zichligi farqining hosil bo`lishiga sabab, isitish kamerasi yuzasining markaziy trubanikidan ancha kattaligidir.
Ma’lumki, isituvchi kamera trubalarida eritmadan bug` ajralib chiqishi, markaziy trubaga qaraganda ancha intensiv bo`ladi. Demak, qaynash trubularida eritmaning zichligi, markaziy trubanikidan pastroq bo`ladi. Natijada, zichliklar farqi ta’siri ostida eritma erkin stirkulyastiya qiladi va issiqlik o`tkazish
jarayoni jadallashadi. Undan tashqari, eritma stirkulyastiyasi truba yuzasiga sopolsimon, g`ovak qatlam (nakip) o`tirib qolishiga qarshilik ko`rsatadi.
Bu turdagi qurilmalar vakuum ostida ishlaganda, qaynash temperaturasi pasayadi. Demak, past bosimli issiklik eltkichlardan foydalanish mumkin. Ushbu usulda yuqori temperaturalarga bardosh berolmaydigan eritmalarni bug`latish tavsiya etiladi.
Bug`latish jarayonida vaqt o`tishi bilan eritmaning fizik va issiqlik-diffuzion xossalari o`zgaradi. Bu hol issiqlik berish jarayoniga salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin.
Qurilmaning kamchiliklari: trubalar teshikli panjaralarga qattiq, qo`zg`almas qilib mahkamlanganligi uchun qobiq va trubalarning temperatura ta’sirida uzayishiga yo`l qo`ymaydi; markaziy truba isitish kamerasining ichida o`rnatilgani uchun temperatura farqi kam bo`ladi, natijada zichliklar farqi ham oz bo`ladi, ya’ni stirkulyastiya karraligi kamayadi.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə