Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit


Majburiyatlarni turkumlanishi



Yüklə 280,08 Kb.
səhifə3/8
tarix23.06.2022
ölçüsü280,08 Kb.
#90000
1   2   3   4   5   6   7   8
Бухгалтерия курс иши

Majburiyatlarni turkumlanishi.

-mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar–joriy qismi;
-muddati uzaytirilgan daromadlar;
-qisqa muddatli obligatsiyalar;
-korxonaning alohida faoliyat ko’rsatuvchi bo’linmalariga to’lanadigan schyotlarning joriy qismi;
-pul mablag’lari va mulk shaklida to’lanadigan dividendlar;
-xarajatlar bilan bog’liq hisoblangan majburiyatlar;
-olingan bo’naklar va qaytariladigan depozitlar;
-kelgusi davr daromadlari (xizmat ko’rsatishdan oldin bo’nak tariqasida olingan pul mablag’lari, masalan, bo’nak tariqasida olingan ijara to’lovi);
-to’lanadigan soliqlar va majburiy ajratmalar (turlari bo’yicha);
-bankning qisqa muddatli kreditlari;
-qisqa muddatli qarz majburiyatlari;
-kafolat majburiyatlari;
-ish haqi, ta’til va bayram kunlari to’lovlari bo’yicha majburiyatlar;
-shartli majburiyatlar;
-uzoq muddatli qarz majburiyatlarining joriy qismi;
-to’lash muddati belgilanmagan (talab qilib olinguncha). Majburiyatlar
Joriy majburiyatlarni tavsiflovchi yuqorida keltirilgan yo’nalishlar-ning xar biri o’ziga xos xususiyatga va korxona faoliyatida tegishli axamiyat-ga ega. Ilmiy bitiruv malakaviy ishi ishida, biz o’z munosabatimizni bildirish maqsadida, ularning ichidan hozirgi kunda Xo’jalik yurituvchi sub’ekti faoliyatida ko’p uchraydigan va fikrimizcha, ularni hisobga olishda muammolar mavjud bo’lgan ayrimlari bo’yicha muloxazalarimizni keltirdik. Jumladan:
6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» - takrorlanadigan iqtisodiy munosabatlar bilan bog’liq majburiyatlarni hisobga olish uchun mo’ljallangan schyotdir. Bu majburiyatlar Xo’jalik jamiyatini faoliyati davomida vujudga kelib, u tovar-moddiy qiymatlarni sotib olish va xizmatlardan foydalanishni o’z ichiga oladi.
Bizning fikrimizcha xo’jalik yurituvchi sub’ektida mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar bo’yicha hisob tartibini 3-rasmda keltirilgan shaklda tashkil etish maqsadga muvofiq bo’ladi:

3-rasm Mol yetkazib beruvchilar bo’yicha hisobni tashkil qilish tartibi.



Mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni bunday tartibda tashkil qilish bizning fikrimizcha ikkita afzallikga ega:
Birinchidan, mahalliy va xorijiy hamkorlar oldidagi majburiyatni nazorat qilish;
Ikkinchidan, majburiyatlarni yuzaga kelish yo’nalishlarini tezkor audit qilib borish.
6100-«Alohida bo’linmalar, avlod va qaram xo’jaliklarga to’lanadigan schyotlar»korxonaning alohida balansga ajratilgan filiallari, vakolatxonalari, bo’limlari va boshqa maxsus bo’linmalariga bo’lgan qarzlarining barcha turlari to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Bu schyot bo’yicha hisoblashishlarni biz quyidagi tartibda tashkil etishni taklif qilamiz.
Bizning fikrimizcha, Xo’jalik yurituvchi sub’ektining ishchi schyotlar rejasida 6110- «Alohida bo’linmalarga to’lanadigan schyotlar» ga quyida keltirilgan funksional schyotlarni ochish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
6111 - «Asosiy vositalarni sotib olish bo’yicha majburiyatlar»;
6112 - «Xom ashyo va materiallarni sotib olish bo’yicha majburiyatlar»;
6113 - «Ish va xizmatlarni sotib olish bo’yicha majburiyatlar»;
6114 - «Olingan qarzlar bo’yicha majburiyatlar»;
Xuddi shunday tarzda, 6120-«Sho’’ba va qaram xo’jaliklar oldidagi majburiyatlar» schyotiga xam:
-6121-«Asosiy vositalarni sotib olish bo’yicha majburiyatlar»;
-6122-«Xom ashyo va materiallarni sotib olish bo’yicha majburiyatlar»;
-6123-«Ish va xizmatlarni sotib olish bo’yicha majburiyatlar»;
-6124-«Olingan qarzlar bo’yicha majburiyatlar» kabi funksional schyotlar ochish korxona majburiyatlarini tezkor auditini o’tkazish jarayonida juda qo’l keladi. Vaxolanki, zamonaviy kompyuter texnologiyalarining hozirgi imkoniyatlarini hisobga olsak, bu holat korxonalarga ortiqcha qiyinchilik tug’dirmaydi.
Joriy majburiyatlar tarkibiga kiritilgan 6230-«Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar» schyoti bo’yicha hisoblashishlarni yuritish o’ziga xos xususiyatga ega. Ushbu schyotda hisobot davrida bo’nak sifatida olingan (hisoblangan), ammo kelgusi davrlarda daromad sifatida tan olishga mo’ljallangan majburiyatlar hisobga olinadi. Bunday daromadlarga, o’qitish uchun tushgan to’lovlar, ijara to’lovlari, chiptalarning avvaldan sotilishidan tushgan mablag’lar va jurnallarga obuna bo’lish uchun oldindan qilingan to’lovlarni misol qilib keltirish mumkin. Bu mablag’lar ushbu yo’nalishlar bo’yicha xo’jalik muomalalari amalga oshirila boshlanishiga qarab hisobot davrlari bo’yicha proporsional tarzda daromad sifatida tan olinadi.
Ko’pincha «kelgusi davr daromadi» deb ataladigan bu schyot, aniqlovchi so’zga ega bo’lishi mumkin, masalan, obuna uchun to’lov olganda u obunadan olingan kelgusi davr daromadi bo’lishi mumkin. Bu schyot boshqa nomlarga ham ega bo’lishi mumkin, masalan: «Oldindan to’langan obunadan daromad» yoki «Bo’nak tariqasida obunadan olingan daromad». Bizning fikrimizcha bu schyot tarkibiga quyidagilarni kiritsa maqsadga muvofiq bo’ladi:
-kelgusida bajariladigan ishlar va xizmatlar uchun bo’nak summasining olinishidagi hisoblashishlar;
-tegishli davr kelishi bilan lizing yuzasidan daromadning aks ettirilishidagi hisoblashishlar;
-qarzlarni to’lashga qarab qiymatliklar kamomadi bo’yicha tegishli farq summasini hisobdan chiqarilishidagi hisoblashishlar;
-muddati uzaytirilgan daromadlarning hisobot davri daromadi sifatida tan olinishidagi hisoblashishlar.
Keyinchalik, mahsulot yetkazilgan yoki xizmat ko’rsatilgan va daromad ham haqiqatdan ishlab olingandan keyin, kelgusi davr daromadlari schyoti kamayadi, daromadning tegishli schyoti esa kreditlanadi. Bu oxirgi yozuv odatda yil oxiridagi tuzatish yozuvlaridan biri hisoblanadi.
6300-«Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlari». Bu schyotda kompaniya tomonidan xali yetkazib berilmagan mahsulot, tovarlar, moddiy va nomoddiy aktivlar, ko’rsatilmagan xizmatlar uchun oldindan kelib tushgan pul mablag’lari bo’yicha yuzaga kelgan majburiyatlar hisobga olinadi. Bu schyotning avval ko’rib o’tilgan 6230 “Boshqa muddati uzaytirilgan daromad schyotidan farqi shundaki, bu schyotda aks ettirilgan mablag’lar yuqorida keltirilgan yo’nalishlar bo’yicha xo’jalik muomalalari amalga oshirilishi bilanoq o’sha davrning o’zida daromadga olinishi lozim.
6400-«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarzlarni (turlari bo’yicha) hisobga oluvchi schyotlari». Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shu jumladan xo’jalik yurituvchi sub’ekti ham mamlakat hududida harakat qilayotgan qonunlarga ko’ra faoliyatining barcha turlaridan olayotgan daromadlari, yaratayotgan qo’shilgan qiymatsummasi, mulki, xodimlarning ish haqidan daromad solig’i va boshqa soliqlar bo’yicha yuzaga kelayotgan majburiyatlar hisobini to’g’ri tashkil qilishga jiddiy e’tibor berishlari lozim. Yangi schyotlar rejasida ushbu yo’nalishdagi majburiyatlarni hisobga olish uchun 6410 dan 6500 gacha bo’lgan schyotlardan foydalanish ko’zda tutilgan. Xo’jalik yurituvchi sub’ekti, o’zlarining hisob siyosatida soliq turlari bo’yicha alohida schyotlar ochib olish imkoniyatiga ega. Bizning fikrimizcha soliq turlari bo’yicha yuzaga kelayotgan majburiyatlarni quyidagi schyotlarda hisobga olish maqsadga muvofiq bo’ladi:
6410-«Xodimlarning ish haqidan ushlangan daromad solig’i bo’yicha majburiyatlar»;
6411-«Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha majburiyatlar»;
6412-«Aksiz solig’i bo’yicha majburiyatlar»;
6413-«Mulk solig’i bo’yicha majburiyatlar»;
6414-«Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha majburiyatlar»;
6415-«Tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun soliq bo’yicha majburiyatlar»;
6416-«Foyda solig’i bo’yicha majburiyatlar»;
6417-«Obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish bo’yicha soliq majburiyatlari»;
6420- «Boshqa soliqlar bo’yicha majburiyatlar»;
6610- “To’lanadigan dividendlar” schyoti. Aksiyadorlar yig’ilishi tomonidan e’lon qilinganidan keyin, pul mablag’lari va mulk shaklidagi dividendlar, ular bo’yicha to’lovlar amalga oshirilguniga qadar buxgalteriya hisobida joriy majburiyatlar sifatida aks ettirib boriladi. Oddiy va imtiyozli aksiyalar bo’yicha hisoblangan, lekin xali to’lab ulgurilmagan dividendlar summasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari talablariga binoan moliyaviy hisobotlarning tushuntirish xatlarida ochib berilishi lozim.
Xarajatlar bilan bog’liq hisoblangan majburiyatlar. Hisoblangan majburiyatlar o’z ichiga ta’til to’lovlari, mukofot va kreditorlarga beriladigan, lekin hali to’lanmagan foizlarni oladi. Hisoblangan majburiyatlar hisobot davri oxirida tuzatish yozuvlarini kiritish orqali aks ettirilishi mumkin.
6840-«To’lanadigan veksellar» schyoti - to’lanadigan schyotlar bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik muomalalari natijasida paydo bo’ladigan to’lanadigan savdo vekseli yoki nosavdo vekseli, yoki hisobot davrida to’lanishi lozim bo’lgan uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi qisqa muddatli veksel bo’lishi mumkin. Qisqa muddatli veksel ko’chmas mulk yoki boshqa biror bir mulkni olib qolish huquqi asosida, garovga berilayotgan aniq aktivni ko’rsatilgan holda garov bilan ta’minlanishi mumkin, yoki agar vekselni to’lash ehtimoli qarzdorning umumiy to’lov qobiliyatiga asoslangan bo’lsa, garov bilan ta’minlanmasligi xam mumkin. Garov bilan ta’minlangan to’lanadigan veksellarning ochib berilishi garovga qo’yilgan aktivlarning identifikatsiyasini o’z ichiga olgan holda, qarz majburiyati to’g’risida boshlang’ich kelishuv shartlarini o’rganib chiqishni o’z ichiga olishi kerak.
To’lanadigan veksel foizli va foizsiz bo’lishi mumkin. Foizli veksel foiz stavkasiga ega. Bu stavka belgilangan foiz stavkasi deyiladi. Foizsiz veksellarda aniq foiz ko’rsatilanmaydi, buning o’rniga ularda real foiz stavkasi yoki foiz daromadi deb ataladigan foiz normasi aks ettiriladi. Boshqacha qilib aytganda, qanday yo’nalishidan qat’iy nazar hamma qarz hujjatlari bevosita yoki bilvosita qarzdor tomonidan foizlar to’lanishini talab qiladi. Bu vaqt o’tishi bilan pulning qadrsizlanishini cheklab bo’lmasligi uchun qilinadi. Qarz majburiyatlari bo’yicha davriy foiz summasi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Fs = Qas x Fs
bu yerda,
Fs - foiz summasi;
Qas - qarzningasosiy summasi;
Fs - foiz stavkasi.
Tajribadan malumki bu schyotni muomalaga kiritilishi korxonalarda majburiyatlar bilan bog’liq muammolarni ijobiy xal qilinishiga juda sezilarli tasir ko’rsatishi mumkin. Schyotning qulayligi shundaki, to’lovlarni veksel shaklidan foydalanilganda haqdor korxona uchun bergan qarz summmasini inflyatsiyaga uchrashi natijasida ko’riladigan zararini oldini olinishi va hatto foiz ko’rinishidagi daromad olishi imkoniyati yaratiladi.
6940 – “Kafolatlar bo’yicha majburiyatlar” schyoti. Agar xo’jalik jamiyati sotish vaqtida o’z mahsulotiga kafolat bersa, unda majburiyat butun kafolat muddati davo-mida mavjud bo’ladi. Kafolat summasini sotish amalga oshirilgan davrda xarajatlar schyotining debeti bo’yicha aks ettiriladi, chunki kafolat mahsulot yoki xizmatning sifat tavsifi va sotib olishga undaydigan sabablardan biri hisoblanadi. O’tgan tajribadan kelib chiqqan holda, kelgusi davrlarga berilgan kafolatlar natijasida Xo’jalik jamiyatiga zarar sifatida kelib tushadigan summani hisoblash mumkin. Ayrim tovarlar yoki xizmatlar ahamiyatli bo’lmagan kafolat xizmatini talab qiladi, boshqalari esa ko’proq xizmat ko’rsatishni talab qilishi mumkin. Shunday qilib, tovar yoki xizmatlar birligining o’rtacha xizmat ko’rsatish qiymatini aniqlash mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektida joriy majburiyatlardan tashqari uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga olish ham muxim axamiyatga ega. Shuning uchun bu yo’nalishda yuzaga keluvchi majburiyatlar hisobini tashkil qilish bo’yicha o’z fikrimizni aytib o’tamiz.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobotlarni tartibga solishga mo’ljallangan boshqa me’yoriy hujjatlar uzoq muddatli majburiyatlar hisobini to’g’ri va aniq yuritishini talab qiladi.
B.Nidlz, X.Anderson, D.Kolduellarni fikricha, «uzoq muddatli maj– buriyatlar korxonaning faoliyatida muhim moliyaviy manba – uzoq muddatli qarzlar, obligatsiya va veksel ko’rinishidagi majburiyatlardir» 1.
O.B.Bobojonov va K.J.Jumaniyozovlar tomonidan, «uzoq muddatli majburiyatlar debitorning (qarz beruvchining) haqiqiy balans sanasidan yoki uning faoliyati qismidan bir yildan oshiq muddatda to’lanishi mumkin bo’lgan qarzlardir» deb talqin qilinmoqda2. Bizning fikrimizcha uzoq muddatli majburiyatlar – bu, korxonani u bilan iq–tisodiy aloqa qilayotgan xo’jalik yurituvchi subektlarga bir yildan ortiq muddat davomida to’lanishi lozim bo’lgan kreditorlik qarzlaridir.
Schyotlar rejasida uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga olish uchun 7010 dan 7990 gacha bo’lgan schyotlar ajratilgan. Uzoq muddatli majburiyatlarning hisobi joriy majburiyatlar hisobiga o’xshash bo’lgani bilan, uning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlar uzoq muddatli majburiyatlar hisobini tashkil qilish jarayoniga baholash va o’lchash tamoyillarini qo’llashda namoyon bo’ladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Uzoq muddatli majburiyatlar qarzga olingan tovar va xizmatlarning xaqqoniy bozor qiymati bo’yicha qayd qilinadi. Bozor foiz stavkasi - bu xo’jalik muomalalaridagi e’tiroz qilinmaydigan stavkadir va u tovar va xizmatlarning xaqqoniy bozor qiymati bo’yicha talab qilinadigan kelgusi naqd to’lovlarning haqqoniy qiymatiga teng.

  1. Foizlarning davriy to’lovi qarzning chiqarilish sanasiga bo’lgan bozor foiz stavkasiga asoslangan.

  2. Balans sanasiga bo’lgan uzoq muddatli qarzning qoldiq qiymati - bu emissiya vaqtida bozor foiz stavkasigacha diskontlangan barcha qolgan naqd to’lovlarning haqiqiy qiymatidir.

Majburiyatlar hisobini tashkil qilishning shartlaridan biri ularni to’g’ri baholashni ta’minlashdir.
Majburiyatlar buxgalteriya hisobida baholashning turli usullarida aks ettirilishi mumkin. Bularga quyidagilar kiradi:
Haqiqiy qiymat usuli - bunda majburiyat summasi hisobot davrida haqiqatda e’tirof etilgan qarzdorlik summasiga teng bo’ladi.
Qayta hisoblangan qiymat usuli - bu usulda majburiyatlar hisobot tuzish sanasida qayta tiklanib boriladi. Masalan, Jalolquduq tumani “Munis baraka lyuks” mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy kompaniyadan 2011 yilning 20 yanvarida 10000 AQSh dollariga teng miqdorda xom ashyo sotib oldi. Shu kunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan kursga ko’ra bir AQSh dollari 982,97 so’mga teng bo’lgan. Shunga ko’ra Jalolquduq tumani “Munis baraka lyuks” mas’uliyati cheklangan jamiyati o’zining buxgalteriya hisobida xorijiy kompaniya oldidagi majburiyatini 9829,7 ming so’m miqdorida tan olgan.
Dt 1010- «Xom ashyo va materiallar» 9829700
Kt 6012- «Xom ashyo va materiallarni sotib olish» 9829700
2004 yilning birinchi choragi bo’yicha hisobot tuzish sanasiga kelib 1 AQSh dollari 1000,00 so’mga teng bo’lib qoldi. Bu holat Jalolquduq tumani “Munis baraka lyuks” mas’uliyati cheklangan jamiyat xorijiy firma oldidagi majburiyatini qayta hisoblashni taqozo etdi. Bunga ko’ra, jamiyatining xorijiy kompaniya oldidagi majburiyati ( $10000 x 1000,00 so’m) 10 mln so’mni tashkil qildi yoki (1000,0 ming so’m – 9829,7 ming so’m) 170,3 ming so’mga ortdi. Bu o’zgarish buxgalteriya hisobida quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashti-rildi va hisobotida ko’rsatildi.
Dt 9620- «Valyuta kursidagi salbiy farq» 173000
Kt 6012- «Xom ashyo va materiallarni sotib olish» 173000
Qoplash (sotish)ning mumkin bo’lgan bahosida - bu usulda majburiyat qoplash (sotish bahosi) da aks ettiriladi. Masalan, Jalolquduq tumani “Munis baraka lyuks” mas’uliyati cheklangan jamiyat 2010 yilning 1 sentyabrida o’z faoliyatida foydalanish uchun 1750000 so’mga kompyuter sotib oldi. Bu holda jamiyatning kompyuter yetkazib bergan tashkilot oldidagi majburiyati 1750000 so’m miqdorida aks ettiriladi.
Majburiyatlar hisobini yuritishda ayrim hollarda va ayniqsa, uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga olish jarayonida ularni bir toifadan ikkinchisiga o’tish muomalalarini hisobga olish zarurati tug’iladi. Bu holat birinchidan, hisobot davrida to’lanishi lozim bo’lgan majburiyatlar summasini nazoratga olish, ikkinchidan korxona faoliyatini audit qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 280,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə