Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit


III. JORIY MAJBURIYATLARNI HISOBGA OLISH TARTIBI



Yüklə 280,08 Kb.
səhifə6/8
tarix23.06.2022
ölçüsü280,08 Kb.
#90000
1   2   3   4   5   6   7   8
Бухгалтерия курс иши

III. JORIY MAJBURIYATLARNI HISOBGA OLISH TARTIBI.


Foizli veksellar. Foizli veksellar vekselning asosiy summasini nominal qiymat sifatida aniq ko’rsatadi. Bundan tashqari, vekselda belgilangan foiz stavkasi ko’rsatiladi. Foizli veksel bo’yicha qarzdor nominal qiymatga teng pul mablag’lar, boshqa aktiv yoki xizmatlar oladi, keyin esa bu summa bilan belgilangan foiz stavkasi bo’yicha foizlarni ham tayinlangan muddatda qaytarib beradi. Bunday shartlarda belgilangan va real foiz stavkalari bir xil. Bu odatdagi xol.
Foizli vekselni tasvirlash maqsadida, faraz qilaylik, 200x yil 1 oktyabrda «Banf» kompaniyasi yillik 12% to’lanadigan veksel bo’yicha 10 000 summadagi mablag’larni qarzga oldi. "Banf" kompaniyasi vekselning nominal qiymatiga teng 10 000 miqdorda pul mablag’lari oldi. Hisobot davri 31 dekabrda, vekselni to’lash muddati esa – 200x+1 yil 30 sentyabrda tugaydi. Bu ho’jalik muomalasini aks ettirish uchun quyidagi yozuvlar talab etiladi:
200x Yil 1 oktyabr. - Foizli vekselni uning joriy qiymati bo’yicha aks ettirish:
Pul mablag’lar 10 000
To’lanadigan veksel, qisqa muddatli 10 000
200x yil 31 dekabr - Foizni hisoblash to’g’risidagi tuzatish ye'zuvi:
Foizlar bo’yicha xarajat (10 000) x (12%) x (3/12) 300
Hisoblangan foizlar 300
200x yil 31 dekabr - Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot:
Foizlar bo’yicha xarajat 300
Buxgalteriya balansi:
Joriy majburiyatlar:
To’lanadigan veksel, qisqa muddatli 10000
Hisoblangan foizlar 300
Vekselni to’lash kunidagi yozuv:
200x+1 yil 30 sentyabr - To’lash muddatidagi nominal summa plyus foizlarning to’lanishi:
To’lanadigan hisoblangan foizlar 300
Foizlar bo’yicha xarajat (10 000) x(12%) x (9/12) 900
To’lanadigan veksel, qisqa muddatli 10000
Pul mablag’lar 1 200
Foizsiz veksellar. Foizsiz so’zi - bu turdagi veksellar uchun eng yaxshi ta’rif emas, chunki xaqiqatda bunday veksellar foizlar to’lovini anglatadi. Bunday veksellarning nominal qiymati qarz summasini o’z ichiga olganligi kabi, bu qarz bo’yicha foizlarni ham o’z ichiga oladi, bu to’lash muddatida yagona to’lov summasini tashkil qiladi. Qarzdor vekselning nominal qiymatiga teng bo’lgan summani emas, balkim nominal summasi va veksel bo’yicha foizlar orasidagi farqni oladi. Vekselda, olinadigan pul mablag’lar deb ko’rsatilgan summa - bu nominal qiymatning real foiz stavkasini qo’llash natijasida diskontlangan qiymatidir. Kolgan summa, ya’ni diskontlangan pul mablag’lar qiymati va vekselning nominal qiymati orasidagi farq, foiz hisoblanadi. Real foiz stavkasi shunga o’xshash bo’lgan risk darajasi bilan xujjatlarda qo’llaniladigan bozor foiz stavkalariga karab aniqlanadi.
Netto tamoyili'. 200x yil davomidagi yozuvlar.:
200x yil 1 oktyabr - To’lanadigan foizsiz vekselni joriy (sof) qiymati summasida aks ettirish:
Pulmablag’lar 10000
To’lanadigan veksel qisqa muddatli (foizsiz) 10 000
Veksel 11 200 nominal qiymatida emas, uning joriy qiymati bo’yicha (asosiy summa) bo’yicha aks etgirilgan edi. Foizlar bo’yicha yozuvlar boshlang’ich yozilgan 10 000 sonni 11 200gacha oshiradi, bu esa to’lanish summasi hisoblanadi.
200x yil 31 dekabr - Hisoblangan foizni aks ettirish uchun tuzatish yozuvi:
Foizlar bo’yicha xarajat (10 000) x (12%) x (3/12) 300
To’lanadigan veksel, qisqa muddatli 300
* Bu yozuvdan keyin vekselning balans qiymati 10 ZOOni tashkil qiladi (10 000 K 300). Boshqacha variant bo’lib hisoblangan foizning kreditlanishi xioblanadi.
200x yil 31 dekabr: - Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobog Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar 300
Buxgalteriya balansi:
Joriy majburiyatlar:
To’lanadigan veksel, qisqa muddatli (10 000 = 300) 10 300
To’laganda qilinadigan yozuvlar
200x+1 yil 30 sentyabr - (a) bu sanaga hisoblangan foizlarni va (b) to’lash muddatida
vekselning nominal qiymatini to’lashni aks ettirish:
Foizlar bo’yicha xarajat ( 10 000) x (12%) x (9 /12) 900
Fot ko’rinishidagi xarajatlar 900
To’lanadigan veksel, qisqa muddatli 900
To’lanadigan veksel ( 10000 K 300 K 900) 11 200
Pul mablag’lar 11 200
Yalpi tamoyili: 1991 yil davomidagi yozuvlar:
200x yil 1 oktabr - Foizsiz To’lanadigan vekselni yalpi (nominal) qiymat bo’yicha aks ettirish:
Pul mablag’lar 10 000
Qisqa muddatli to’lanadigan veksel bo’yicha chegirma 1 200
To’lanadigan veksel, qisqa muddatli 11 200



Yüklə 280,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə