«buхgalтeriya hisobi va audiт» kafedrasi «buхgalтeriya hisobi nazariyasi» fanidan ma’ruza maтni


-Mavzu. Хo’jalik hisobining mazmuni, vazifasi va axamiyati



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə3/41
tarix13.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#86984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
«buхgalтeriya hisobi va audiт» kafedrasi «buхgalтeriya hisobi na

1-Mavzu. Хo’jalik hisobining mazmuni, vazifasi va axamiyati.
O’rganiladigan savollar:


  1. Хo’jalik hisobining umumiy tavsifi. Hisobga olishda qo’llaniladigan o’lchov birliklari. Hisob turlari.

  2. Buxgalteriya hisobini vazifalari.

O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo’li orqali rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish, mulkchilikni turli-tuman shakillaridagi korxonalarini yaratish hamda sog’lom raqobatchilikni rivojlantirish asosida amalga oshiriladi. Yirik ijtimoiy ishlab chiqarish yuqori sifatli ishlab chiqarishni va boshqarishni talab qiladigan raqobatsiz rivojlana olmaydi.

Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo’yilgan reja ko’rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo’jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo’jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi.

Korxona va tashkilotlarning xo’jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish xamda ishlab chiqarishning borishini boshqarish maqsadida axborotlarni olish uchun faqat kuzatuvni amalga oshirishning o’zi kifoya qilmaydi.Olingan ma’lumotlarni o’lchash, ya’ni menejerlarga zarur bo’lgan ma’lum bir miqdoriy ko’rsatkichlarda ifodalash lozim bo’ladi. Undan so’ng bu ko’rsatkichlar boshqarishga zarur bo’lgan yo’nalishda axborotni guruhlash, korxonalar faoliyatini keyinchalik baholash va axborotning saqlanishini ta’minlash hamda auditni tashkil qilish maqsadida hisobning tegishli registrlarida ro’yxatga olinishi lozim.

Demak, hisob deganda olingan ma’lumotlardan ma’lum bir amaliy yoki ilmiy maqsadlarda keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa voqealar, harakatlar, dalillarni qayd etishni tushunmoq kerak.

Shuni ta’kidlamoqchimizki, xo’jalik hisobi barcha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davrida bir xil bo’lmagan. Shuning uchun ham xo’jalik hisobi uning oldiga qo’yilgan talablariga mos shakilda ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida doimo o’zgarib borgan.



Ishlab chiqarish usuli va boshqarish tizimining o’zgarishi iqtisodiy hamda siyosiy tuzum o’zgarishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida, xo’jalik faoliyati ustidan raqbarlik qilish, uni amalga oshirish, nazorat qilish usullarining o’zgarishiga, demak, xo’jalik hisobining ham o’zgarishiga olib keladi. Ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida xo’jalik hisobi o’z maqsadi, vazifasi, shakllari va tashkiliy xususiyatlariga egadir. Bozor munosabatlari sharoitida u har doim anih ifodalangan boshqaruv xarakteriga ega.

Хo’jalik hisobi insoniyat rivojlanishining xar bir bosqichvdagi xo’jalik faoliyatini tashkil qilish xususiyatlarini aks ettiradi. Bundan xulosa qilish mumkinki, xo’jalik hisobi, xo’jalik muomalalarini miqdoriy aks ettirishidan tashqari ularga sifat tavsifini ham beradi.

Yuqoridagilarni umumlashtirib, xo’jalik hisobini quyidagicha ta’riflash mumkin:

Хo’jalik hisobi deb xo’jalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni boshqarish va nazorat qilish maqsadida shu jarayonni miqdoriy (qiymat, mehnat) aks ettirish va sifat jihatidan tavsiflashga aytiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkdorlar xo’jalik hisobidan maksimal darajada foyda undirish va o’stirish uchun foydalanadi va bunda mulk egalari uning yordamida qo’yilgan mablag’lar va kapitalning yuqori samarali ishlatilishi ustidan kuzatishni amalga oshirishga harakat qilishadi.

Bozor iqtisodiyotidagi xo’jalik hisobining maqsadi foydaning shakllanish jarayoni ustidan kuzatish hisoblanib, uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish xajmini oshirish, mahsulot (ish, xizmat)lar sifatini yaxshilash hamda yaratilgan mahsulot tannarxini kamaytirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.



Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik hisobining ko’rsatkichlari ichki va tashqiga bo’linib, axborotdan xam tashqi (aksionerlar, xissadorlar va boshqa mulk egalari), hamda ichki qiziquvchilar, menejerlar tomonidan foydalaniladi. Тabiiyki, xo’jalik hisobining bu ma’lumotlari mulkchilikning har xil shakldagi hamda sog’lom raqobatchilikning rivojlanishi sharoitida ob’ektiv ravishda tashqi e’lon qilinadigan va ichki tijorat siri hisoblangan qismlarga bo’linishi kerak. Buni yuzaga chiqarish uchun tijorat sirini himoya qiluvchi qonun ishlab chiqilishi kerak bo’ladi. Bunday qonun tadbirkorlarga o’z korxonalarining ishi bilan tanishish uchun faqat tashqi foydalanuvchilarga mo’ljallangan axborotni berish va tijorat siri hisoblangan ichki axborotni saqlab qolish huquqini beradi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, tadbirkorlarning xo’jalik faoliyati o’z maqsadlariga munosib ravishda axborotlarda buzib ko’rsatishning oldini olish uchun bozor munosabatlari mexanizmining zarur shartlaridan hisoblangan mustaqil auditorlik faoliyati keng rivojlantirilishi kerak.

Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik sharoitida mulk egalarining mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan ichki rejalashtirish (byudjetlashtirish) o’z rivojini topishi kerak.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik hisobi har bir tadbirkor tomonidan o’zining xohishiga qarab tashkil qilinib, umumbelgilangan talablarga rioya qilish bilan birga boshqarishning ma’muriy buyruqbozlik tizimiga xos bo’lgan qat’iy tartibga solingan hisobning o’rniga davlat tomonidan qo’yiladigan tartibotini minimumgacha kamaytirib boradi.

Хo’jalik hisobining umumiy uslubiy asoslariga rioya qilish sharoitida, uning nafaqat shakllari va tashkil qilinishi har xil bo’lmay, hattoki, hisob ko’rsatkichlarini olish uslubiyati ham har xil bo’lishi mumkin. Natijada har xil mulk egalari ixtiyorida bo’lgan korxonalardagi bir xil turdagi ko’rsatkichlar har xil yo’l bilan ishlab chiqilishi mumkin, lekin e’lon qilinadigan hisobotdagi ma’lumotlarning solishtiruvchanligini ta’minlash uchun moliyaviy hisobga ilova qilingan tushuntirish xatida korxona tomonidan qabul qilingan hisob siyosati (qabul qilingan hisob, amartizatsiya, baholash va boshqa usullar) haqida izohlar keltirilishi kerak.



Bozor iqtisodiyoti sharoiti mulkchilik tuzilishining o’zgarishi, turli tavakkalchilik va noma’lumliklarni yuzaga kelishi, investiqiya, qimmatli qog’ozlar, o’z aksiyalarini chiqarish va sotish, valyuta va ko’chmas mulk muomalalarini vujudga kelishi bilan ifodalanadi.

Bunday sharoitda korxona bozor konyukturasini o’rganadi, o’z faoliyatini mustaqil rivojlantiradi, iste’molchilarni qidirib topish bilan shugullanadi, tovar, ish va xizmatlarni, korxonalarning sotish narxini o’zi belgilaydi, tijorat banki kreditlari va boshqa investorlarning mablag’larini jalb qiladi.

Bunday faktlarni to’g’ri hisobga olish va boshqarish, shuningdek, barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun axborotlarni yig’ish va ishlab chiqishning samarali tizimi zarur.

Shunday qilib, buxgalteriya hisobi — bu faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektning mulki, majburiyatlari, xo’jalik muomalalari va ularning harakatini yoppasiga hamda uzluksiz hujjatlashtirish yo’li bilan tartibli yig’ish, nazorat qqilish, o’lchash, ro’yxatga olish, pul o’lchovida ishlov berish tizimidir.

Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi to’liq va ishonarli axborotlarni shakllantirish, ichki va tashqi foydalanuvchilarni u bilan ta’minlash, shuningdek, boshqaruv va moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun axborotlardan foydalanish.

Demak, buxgalteriya hisobi bu —

  • sub’ektning iqtisodiyoti to’g’risida miqdoriy (moliyaviy) axborot beruvchi axborot tizimidir;

  • iqtisodiy axborotni aniqlash, nazorat qilish, o’lchash va uzatish jarayonidir;

  • cheklangan resurslardan foydalanish usulini tanlab olishda zarurdir,

Har qanday tadbir inson tomonidan amalga oshirilgani kabi buxgalteriya hisobi ham buxgalterlar tomonidan yuritiladi va barcha tamoyillarni amalga oshiradi.

Buxgalteriya hisobini korxona to’g’risidagi moliyaviy axborotlar bilan ta’minlovchi tizim, biznes amaliyotiga iqtisodiy nazariyani amalda qo’llovchi, jaxon ishbilarmonlar tili, soliqqa tortiladigan bazani shakllantirish usuli desak, bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalter bu moliyaviy axborotlar menejeri, moliyaviy axborotlar bilan ta’minlovchi mutaxassis, moliyaviy asosda qarorlar qabul qilish bo’yicha menejerga faol yordamchi va niqoyat korxona faoliyatini tubdan yaxshilovchi shaxsdir.

Buxgalteriya hisobida xo’jalik muomalalari (business transactions) o’lchov ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Ular firmaning moliyaviy ahvoliga ta’sir qiladigan xo’jalik hayotining hodisalaridir. Muomalalar ikki tomonlama bo’lib, mustaqil sheriklar o’rtasida qiymatliklarni almashtirish (xarid qilishsotish, to’lovlarqarzlar va boshqalar)dan yoki bir tomonlama (tabiiy ofatlardan: yong’in, suv toshishi, portlashlardan talofatlar), stanok va asbobuskunalarning eskirishi, foizlar bo’yicha summalarning doimiy jamg’arilishi va boshqalardan iborat bo’lishi mumkin.

Хo’jalik hisobi tomonidan hamrab olinadigan ob’ektlar raqam ko’rsatkichlari vositasida aks ettiriladi. Ularni olish uchun xo’jalik hisobida moddiy, mehnat va qiymat o’lchagichlari qo’llaniladi.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə