«buхgalтeriya hisobi va audiт» kafedrasi «buхgalтeriya hisobi nazariyasi» fanidan ma’ruza maтni



Yüklə 312.67 Kb.
səhifə1/5
tarix08.11.2018
ölçüsü312.67 Kb.
  1   2   3   4   5



O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RТA MAХSUS ТA’LIM VAZIRLIGI

O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI DAVLAТ SOLIQ QO’MIТASI
SOLIQ AKADEMIYASI
«BUХGALТERIYA HISOBI VA AUDIТ» KAFEDRASI

«BUХGALТERIYA HISOBI NAZARIYASI» FANIDAN
MA’RUZA MAТNI


Oliy ta’limning

230 000 –


«Iqtisod» ta’lim sohasidagi:




5230800 –

«Soliqlar va soliqqa tortish» ta’lim yo’nalishi uchun

bakalavriat yo’nalishi uchun



Тoshkent - 2015

Ushbu ma’ruza matnlar to’plami 5230800 - «Soliqlar va soliqqa tortish» ta’lim yo’nalishi talabalarining «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanidan mukammal bilim olishlari uchun mo’ljallangan.


Buxgalteriya hisobi va audit

kafedrasi mudiri B.Isroilov




Тuzuvchilar:

Abdibayeva T.

Xotamov K.





Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi dotsenti

Buxgalteriya hisobi va audit kafedra o’qituvchisi




Тaqrizchilar:

Muhammadiyev R.



Davlat soliq qo’mitasi Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig’I o’rinbosari









Mazkur ma’ruza matnlar to’plami Soliq akademiyasi “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasining majlisida muhokama qilingan.




Mundarija







Kirish

4



Хo’jalik hisobining mazmuni, vazifasi va axamiyati

6



Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi

13



Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi vamazmuni.

20



Schetlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv

24



Hujjatlashtirish va inventarizatsiya

37



Buxgalteriya hisobining regisirlari va shakllari

65



Moliyaviy hisobot

70



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

112


Kirish
Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash, bozor islohotlarining yanada chuqurlashtirilishi natijasida yildan yilga salmoqli natijalar qo’lga kiritilib, barqaror iqtisodiy o’sish yo’nalishi mustahkamlanib bormoqda. Bunda hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosatning to’la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo’yicha barcha imkoniyatlarning safarbar etilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qonun ustivorligini ta’minlash fuqarolarning islohotlarimizga bo’lgan ishonchini mustahkamlab, uning hayotiyligini ko’rsatmoqda. Shuning uchun islohotlarni amalga oshirishning bugungi bosqichida iqtisodiy qonunlarga amal qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlarini rag’batlantirish yo’llaridan biri sifatida soliq yukini kamaytirish, soliqlarni unifikatsiya qilish tadbirlarini misol qilib keltirish mumkin.

Soliqlar va soliqqa tortish yo’nalishidagi mutaxassislar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining ma’no-mohiyatini anglashi, iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi bilan bir qatorda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjet oldidagi qarz majburiyatlarini hisobini yuritish tartiblarini, soliqlar va boshqa majburiy ajratmalar hisob-kitoblarini hamda hisobotlarini tuzish ko’nikmalarga ega bo’lishi zarur.

Bu fanning maqsadi va vazifasi talabalarni buxgalteriya hisobi tizimida mustaqil ishlashga tayyorlashdan iborat.

Mustaqil xo’jalik yurituvchi subektlarning mablag’lari va mablag’larning tashkil topishi manbalarining xarakatini hisobga olishni xalqaro talablar asosida yuritish zarur. Hujjatlashtirish, umumlashtirish, korxona va xo’jaliklarning mulkiy, moliyaviy faoliyati to’g’risidagi to’liq va ishonarli ma’lumotlarini shakllantirish Buxgalteriya hisobi nazariyasining asosiy vazifasidir. Hisobotlarni tuzish, mamlakatimiz korxonalarida buxgalteriya hisobi yordamida shakllanadigan davriy, moliyaviy hisobot ma’lumotlarini realligini ta’minlash, tashkilotlar bilan hisoblashishlarni to’g’ri tashkil qilishni davlatimiz qonunlari, hukumat qarorlari, me’yoriy hujjatlar asosida o’rgatiladi.

“Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanining asosiy maqsadi - buxgalteriya hisobini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish jarayonini, iqtisodiyotni boshqarishda hamda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda buxgalteriya hisobi tizimining o’rni, ahamiyati borasidagi g’oyalarni talabalar ongida shakllantirishdan iborat.

Fanning asosiy vazifasi “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanining predmeti, tamoyillari, usul va uslubiyotlari to’g’risida talabalarga bilim berishdan iborat.

1-Mavzu. Хo’jalik hisobining mazmuni, vazifasi va axamiyati.
O’rganiladigan savollar:


  1. Хo’jalik hisobining umumiy tavsifi. Hisobga olishda qo’llaniladigan o’lchov birliklari. Hisob turlari.

  2. Buxgalteriya hisobini vazifalari.

O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo’li orqali rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish, mulkchilikni turli-tuman shakillaridagi korxonalarini yaratish hamda sog’lom raqobatchilikni rivojlantirish asosida amalga oshiriladi. Yirik ijtimoiy ishlab chiqarish yuqori sifatli ishlab chiqarishni va boshqarishni talab qiladigan raqobatsiz rivojlana olmaydi.

Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo’yilgan reja ko’rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo’jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo’jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi.

Korxona va tashkilotlarning xo’jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish xamda ishlab chiqarishning borishini boshqarish maqsadida axborotlarni olish uchun faqat kuzatuvni amalga oshirishning o’zi kifoya qilmaydi.Olingan ma’lumotlarni o’lchash, ya’ni menejerlarga zarur bo’lgan ma’lum bir miqdoriy ko’rsatkichlarda ifodalash lozim bo’ladi. Undan so’ng bu ko’rsatkichlar boshqarishga zarur bo’lgan yo’nalishda axborotni guruhlash, korxonalar faoliyatini keyinchalik baholash va axborotning saqlanishini ta’minlash hamda auditni tashkil qilish maqsadida hisobning tegishli registrlarida ro’yxatga olinishi lozim.

Demak, hisob deganda olingan ma’lumotlardan ma’lum bir amaliy yoki ilmiy maqsadlarda keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa voqealar, harakatlar, dalillarni qayd etishni tushunmoq kerak.

Shuni ta’kidlamoqchimizki, xo’jalik hisobi barcha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davrida bir xil bo’lmagan. Shuning uchun ham xo’jalik hisobi uning oldiga qo’yilgan talablariga mos shakilda ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida doimo o’zgarib borgan.

Ishlab chiqarish usuli va boshqarish tizimining o’zgarishi iqtisodiy hamda siyosiy tuzum o’zgarishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida, xo’jalik faoliyati ustidan raqbarlik qilish, uni amalga oshirish, nazorat qilish usullarining o’zgarishiga, demak, xo’jalik hisobining ham o’zgarishiga olib keladi. Ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida xo’jalik hisobi o’z maqsadi, vazifasi, shakllari va tashkiliy xususiyatlariga egadir. Bozor munosabatlari sharoitida u har doim anih ifodalangan boshqaruv xarakteriga ega.

Хo’jalik hisobi insoniyat rivojlanishining xar bir bosqichvdagi xo’jalik faoliyatini tashkil qilish xususiyatlarini aks ettiradi. Bundan xulosa qilish mumkinki, xo’jalik hisobi, xo’jalik muomalalarini miqdoriy aks ettirishidan tashqari ularga sifat tavsifini ham beradi.

Yuqoridagilarni umumlashtirib, xo’jalik hisobini quyidagicha ta’riflash mumkin:

Хo’jalik hisobi deb xo’jalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni boshqarish va nazorat qilish maqsadida shu jarayonni miqdoriy (qiymat, mehnat) aks ettirish va sifat jihatidan tavsiflashga aytiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkdorlar xo’jalik hisobidan maksimal darajada foyda undirish va o’stirish uchun foydalanadi va bunda mulk egalari uning yordamida qo’yilgan mablag’lar va kapitalning yuqori samarali ishlatilishi ustidan kuzatishni amalga oshirishga harakat qilishadi.

Bozor iqtisodiyotidagi xo’jalik hisobining maqsadi foydaning shakllanish jarayoni ustidan kuzatish hisoblanib, uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish xajmini oshirish, mahsulot (ish, xizmat)lar sifatini yaxshilash hamda yaratilgan mahsulot tannarxini kamaytirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik hisobining ko’rsatkichlari ichki va tashqiga bo’linib, axborotdan xam tashqi (aksionerlar, xissadorlar va boshqa mulk egalari), hamda ichki qiziquvchilar, menejerlar tomonidan foydalaniladi. Тabiiyki, xo’jalik hisobining bu ma’lumotlari mulkchilikning har xil shakldagi hamda sog’lom raqobatchilikning rivojlanishi sharoitida ob’ektiv ravishda tashqi e’lon qilinadigan va ichki tijorat siri hisoblangan qismlarga bo’linishi kerak. Buni yuzaga chiqarish uchun tijorat sirini himoya qiluvchi qonun ishlab chiqilishi kerak bo’ladi. Bunday qonun tadbirkorlarga o’z korxonalarining ishi bilan tanishish uchun faqat tashqi foydalanuvchilarga mo’ljallangan axborotni berish va tijorat siri hisoblangan ichki axborotni saqlab qolish huquqini beradi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, tadbirkorlarning xo’jalik faoliyati o’z maqsadlariga munosib ravishda axborotlarda buzib ko’rsatishning oldini olish uchun bozor munosabatlari mexanizmining zarur shartlaridan hisoblangan mustaqil auditorlik faoliyati keng rivojlantirilishi kerak.

Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik sharoitida mulk egalarining mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan ichki rejalashtirish (byudjetlashtirish) o’z rivojini topishi kerak.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik hisobi har bir tadbirkor tomonidan o’zining xohishiga qarab tashkil qilinib, umumbelgilangan talablarga rioya qilish bilan birga boshqarishning ma’muriy buyruqbozlik tizimiga xos bo’lgan qat’iy tartibga solingan hisobning o’rniga davlat tomonidan qo’yiladigan tartibotini minimumgacha kamaytirib boradi.

Хo’jalik hisobining umumiy uslubiy asoslariga rioya qilish sharoitida, uning nafaqat shakllari va tashkil qilinishi har xil bo’lmay, hattoki, hisob ko’rsatkichlarini olish uslubiyati ham har xil bo’lishi mumkin. Natijada har xil mulk egalari ixtiyorida bo’lgan korxonalardagi bir xil turdagi ko’rsatkichlar har xil yo’l bilan ishlab chiqilishi mumkin, lekin e’lon qilinadigan hisobotdagi ma’lumotlarning solishtiruvchanligini ta’minlash uchun moliyaviy hisobga ilova qilingan tushuntirish xatida korxona tomonidan qabul qilingan hisob siyosati (qabul qilingan hisob, amartizatsiya, baholash va boshqa usullar) haqida izohlar keltirilishi kerak.

Bozor iqtisodiyoti sharoiti mulkchilik tuzilishining o’zgarishi, turli tavakkalchilik va noma’lumliklarni yuzaga kelishi, investiqiya, qimmatli qog’ozlar, o’z aksiyalarini chiqarish va sotish, valyuta va ko’chmas mulk muomalalarini vujudga kelishi bilan ifodalanadi.

Bunday sharoitda korxona bozor konyukturasini o’rganadi, o’z faoliyatini mustaqil rivojlantiradi, iste’molchilarni qidirib topish bilan shugullanadi, tovar, ish va xizmatlarni, korxonalarning sotish narxini o’zi belgilaydi, tijorat banki kreditlari va boshqa investorlarning mablag’larini jalb qiladi.

Bunday faktlarni to’g’ri hisobga olish va boshqarish, shuningdek, barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun axborotlarni yig’ish va ishlab chiqishning samarali tizimi zarur.

Shunday qilib, buxgalteriya hisobi — bu faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektning mulki, majburiyatlari, xo’jalik muomalalari va ularning harakatini yoppasiga hamda uzluksiz hujjatlashtirish yo’li bilan tartibli yig’ish, nazorat qqilish, o’lchash, ro’yxatga olish, pul o’lchovida ishlov berish tizimidir.

Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi to’liq va ishonarli axborotlarni shakllantirish, ichki va tashqi foydalanuvchilarni u bilan ta’minlash, shuningdek, boshqaruv va moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun axborotlardan foydalanish.

Demak, buxgalteriya hisobi bu —



  • sub’ektning iqtisodiyoti to’g’risida miqdoriy (moliyaviy) axborot beruvchi axborot tizimidir;

  • iqtisodiy axborotni aniqlash, nazorat qilish, o’lchash va uzatish jarayonidir;

  • cheklangan resurslardan foydalanish usulini tanlab olishda zarurdir,

Har qanday tadbir inson tomonidan amalga oshirilgani kabi buxgalteriya hisobi ham buxgalterlar tomonidan yuritiladi va barcha tamoyillarni amalga oshiradi.

Buxgalteriya hisobini korxona to’g’risidagi moliyaviy axborotlar bilan ta’minlovchi tizim, biznes amaliyotiga iqtisodiy nazariyani amalda qo’llovchi, jaxon ishbilarmonlar tili, soliqqa tortiladigan bazani shakllantirish usuli desak, bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalter bu moliyaviy axborotlar menejeri, moliyaviy axborotlar bilan ta’minlovchi mutaxassis, moliyaviy asosda qarorlar qabul qilish bo’yicha menejerga faol yordamchi va niqoyat korxona faoliyatini tubdan yaxshilovchi shaxsdir.

Buxgalteriya hisobida xo’jalik muomalalari (business transactions) o’lchov ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Ular firmaning moliyaviy ahvoliga ta’sir qiladigan xo’jalik hayotining hodisalaridir. Muomalalar ikki tomonlama bo’lib, mustaqil sheriklar o’rtasida qiymatliklarni almashtirish (xarid qilishsotish, to’lovlarqarzlar va boshqalar)dan yoki bir tomonlama (tabiiy ofatlardan: yong’in, suv toshishi, portlashlardan talofatlar), stanok va asbobuskunalarning eskirishi, foizlar bo’yicha summalarning doimiy jamg’arilishi va boshqalardan iborat bo’lishi mumkin.

Хo’jalik hisobi tomonidan hamrab olinadigan ob’ektlar raqam ko’rsatkichlari vositasida aks ettiriladi. Ularni olish uchun xo’jalik hisobida moddiy, mehnat va qiymat o’lchagichlari qo’llaniladi.



Moddiy o’lchagichlari ma’lumotlarni sanash, tortish, o’lchash yo’li bilan olish uchun xizmat qiladi. Bu uzunlik (metr, santimetr, millimetr), og’irlik (gramm, kilogramm, tonna), hajm (kvadrat metr, litr, kubometr) va boshqa o’lchamlardir. Moddiy o’lchagichlaridan asosan tovar moddiy qiymatliklarning miqqorini hisobga olishda foydalaniladi. Ular zaxiralar darajasining eng muvofiqligi va moddiy resurslarning but saqlanishi ustidan nazorat qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Demak, moddiy o’lchagichlari yordamida korxonaning moddiy qiymatliklarini tavsiflovchi umumlashtirilgan ko’rsatkich olinishi mumkin emas.



Mehnat o’lchagachi sarflangan mehnat miqdorini hisoblab chiqish uchun qo’llaniladi va kishi kuni, kishi soati birliklarida ifodalanadi. Mehnat o’lchagichi yordamida mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari, korxona xodimlarining ish haqi hisoblab chiqiladi, ishchilarning ishlab chiqarish normalari belgilanadi va nazorat qilinadi. Bu o’lchagich ko’pincha moddiy o’lchagichi bilan birgalikda qo’llaniladi. Ishlab chiqarishning normalarini bajarilishini nazorat qilishda mahsulotning u yoki bu miqdorini ishlab chiqarish uchun qancha vaqt sarflanayotganligi hisoblab chiqiladi; mehnat unumdorligini hisoblab chiqishda ularning vaqt birligidagi (kun, soat) ishlab chiqarish miqdori qancha ekanligi va hokozolar hisoblab chiqiladi. Shunday qilib, mehnat o’lchagichi yordamida u yoki bu jarayondagi mehnat sarflarining samaradorligi aniqlanadi.

Qiymat o’lchovi hisob ob’ektlarini yagona, bir xil ifodalashda qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasida pul o’lchovi vazifasini so’m va uning qismi bo’lgan tiyin bajaradi. Qiymat o’lchagich yordamida har xil bo’lgan xo’jalik mablag’lar va jarayonlarning umumlashtirilgan ko’rsatkichlari, masalan, korxonadagi har xil materiallarning umumiy hajmi yoki undagi ishlab chiharilayotgan mahsulotga qilingan barcha xarajatlarning umumiy summasi (uning ishlab chiqarish tannarxi) hisoblab chiqiladi.

Qiymat o’lchagichidan foydalanish qiymat qonunining mavjudligi bilan belgilanadi, chunki unda xo’jalik faoliyatining eng muhim ko’rsatkichlari faqat pul shaklida ifodalanishi mumkin.

Qiymat o’lchagichi yordamida korxona faoliyatini rejalashtirish (byudjetlash) hamda korxona va uning tarkibiy qismi faoliyati natijalari ustidan nazorat amalga oshiriladi. U korxona va tashkilotlarning kredit va hisobkitob aloqalarini ifodalovchi vosita bo’lib hisoblanadi.

Binobarin, pul o’lchagichi xo’jalik faoliyatining eng muhim bo’lgan miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari hisoblangan ishlab chiqarish hajmi, foyda, rentabellik, likvidlik korxonaning to’lov qobiliyati va boshqa ko’rsatkichlarni hisoblab chiqish uchun zarurdir.

Qiymat o’lchagichi hisobda ko’pincha moddiy va mehnat o’lchagichlari bilan birgalikda qo’llaniladi. Masalan, moddiy qiymatliklarning puldagi ifodasi ularning naturadagi miqdorini sotib olish narxiga ko’paytirish asosida aniqlanadi. Yoki, masalan, ishbay ishchining ish haqi shu ishchi tomonidan ishlab chiqariltan mahsulot sonini shu mahsulot birligiga belgilangan narx (rassenka)ga ko’paytirish yo’li nbilan hisoblab aniqlaadi.

Buxgalteriya hisobi butun mamlakat bo’yicha hamda har bir korxona, tashkilot va muassasa bo’yicha belgilangan ishlab chiqarish dasturining bajarilishini aks ettiradi.

Хalq xo’jalik hisobining oldiga qo’yilgan vazifalariga qarab ularning uch turi mavjud: tezkor, buxgalteriya va statistika.

Тezkor yoki tezkortexnika hisobi ayrim xo’jalik muomalalari va jarayonlarini bevosita ular sodir bo’layotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qiyaish tizimi bo’lib hisoblanadi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo’linmalariga joriy raqbarlik qilish maqsadida ma’lumotlarni tezkor ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi.

Тezkor hisob turlituman xo’jalik xodisalarni o’z ichiga olib, asosan ishlab chiqarish texnika xususiyatidagi ko’rsatkichlar bilan ta’minlaydi. U mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha topshiriqlarning bajarilayotganligi, xarajatlar normativlaridan kundalik chetga chiqishlar, ish kuchidan foydalanish va asbob uskunalarning yuklanganlik darajasi, shartnomalarga rioya qilinishi mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan tuzilgan kontraktlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Тezkor hisobda o’lchagichlarning hamma turlari moddiy, mehnat va qiymat o’lchagichlaridan foydalaniladi

Nazoratning tezkorligini ta’minlash uchun xo’jalik operatsiyalarining borishi haqidagi axborotni tezroq olish kerak bo’ladi. Shuning uchun tezkor hisobning ma’lumotlari iloji boricha osonroq yo’l bilan qayd qilinishi mumkin. Ularni bevosita kuzatish yo’li bilan yetkazishadi, telefon, faks, modem orqali, kompyuter aloqasi yordamida va boshqa yo’llar bilan xabar qilishadi. Hozirgi vaqtda tezkor axborotni olish uchun mexanika va avtomatik o’lchov, tartibga soluvchi asboblar, moslamalardan foydalanish tobora kengayib bormoqa. Hisobni bunday tashkil qilish xo’jalik muomalalarining borishi ustidan ularning amalga oshirilishi vaqtida bevosita boshqarish imkonini beradi.



Statistika hisobi ommaviy (ijtimoiy) xo’jalik hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish va ishlash tizimidan iborat. Хo’jalik hisobining bu turi butun xalq xo’jaligi va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o’rganishga yo’naltirilgan. Undan korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo’layotgan turlituman ommaviy hodisalarni kuzatish uchun foydalaniladi. Uning yordamida xo’jalik faoliyatining turlituman miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda bundaylarga, masalan, ishlab chiqarish hajmi, o’rtacha ish haqi, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi darajasi, o’sishi va hokazo ko’rsatkichlar kiradi. Dastlabki statistik kuzatuvlarning ma’lumotlari tumanlar, viloyatlar va umuman respublika xalq xo’jaligining ayrim tarmoqlari bo’yicha umumlashtiriladi.

Statistika hisobining ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha mavjud o’lchagichlar natura, mehnat va pul o’lchagichlaridan, o’rganilayotgan hodisaning mazmuni va qo’yilgan vazifalariga qarab foydalaniladi.



Buxgalteriya hisobi ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo’jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o’zaro bog’liq bo’lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat.

Buxgalteriya hisobi yordamida xo’jalikda mavjud bo’lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag’larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisobkitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari foyda (sof daromad) yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator ko’rsatkichlari hisoblab aniqlanadi.

Buxgalteriya hisobida ham tezkor va statistika hisobidagi kabi barcha o’lchagichlar natura, mehnat va pul o’lchagichlari qo’llaniladi. Lekin unda pul (qiymatli) o’lchagichga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shuning uchun pul o’lchagichda buxgalteriya hisobining barcha ob’ektlari, garchi ular natura va mehnat o’lchagichlarida aks ettirilgan bo’lsa ham, albatta, pul o’lchagichida ifodalanadi.
2. Buxgalteriya hisobini vazifalari.

Buxgalteriya hisobining vazifalari iqtisodiyot rivojlanishining har bir bosqichida amalga oshirilayotgan xo’jalik siyosati bilan belgilanadi. Respublikada xo’jaliklarning rivojlanishini bozor munosabatlari mexanizmini chuqurlashtirishga yo’naltirib, O’zbekiston Respublikasi hukumati uni bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida amalga oshirmoqda. Bu qonunlar Respublikamizni mustaqil davlat sifatida rivojlantirish bo’yicha oldiga qo’yilgan maqsadlar va vazifalarga binoan ishlab chiqarishni jamiyat tomonidan to’g’ridan to’g’ri, ongli ravishda tartibga solishning ob’ektiv zaruriyat ekanligini anglatadi. Respublika oldida turgan vazifalarni amalga oshirish uchun ularni xalq xo’jalikning barcha bosqichlarida bajarilishini nazorat qilish talab qilinadi. Boshqarish maqsadlari uchun axborotni shakllantirishning muhim vositasi hisoblangan buxgalteriya hisobi aynan shu maqsadlarga xizmat qiladi.

Demak, buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi unda aks ettiriladigan ob’ektlarni boshqarish uchun ma’lumotlarni yig’ish, ularni qayta ishlash iqtisodga uzatishdan iborat.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun, buxgalteriya hisobini Milliy standartlarining tasdiqlanishi va amalga kiritilishidir.

Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:


  • korxonani boshqaruvchilar;

  • korxonaning tashqarisida joylashgan va uning moliyaviy faoliyatidan bevosita manfaatdor bo’lganlar;

  • korxonaga nisbatan bilvosita moliyaviy qiziqish bildiradigan shaxs va guruhlar.

Boshqaruvchilar (management) boshqaruv faoliyatida nazorat, qaror qabul qilishda axborotga muhtojdirlar. Masalan, mahsulotlarning sotish bahosi, xarajatlar tarkibi, talab, rentabellik ko’rsatkichlari to’g’risidagi axborotlar shular jumlasiga kiradi.

Korxona tashqarisidagi axborot iste’molchilariga hissadorlar, kreditorlar, banklar va boshqa bevosita manfaatdor guruhlar kiradi. Ular korxona olgan foyda miqdori, moliyaviy majburiyatlarning bajarilishi haqida ma’lumotga ega bo’lishga qiziqishadi.

Uchinchi guruh axborot iste’molchilariga har xil jamoat tashkilotlari, ijtimoiy fondlar, klublar a’zolari kiradi.

Buxgalteriya hisobining yana bir vazifasi korxonalar faoliyati natijalari haqidagi axborotni o’lchash va taqdim etishdir. Bu natijalarni kompaniyaning foydalilik rejalaridagi maqsadlariga erishishdagi muvaffaqiyatlar qanday va uning likvidligi kanday ekanligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan umumiy maqsadga yo’naltirilgan moliyaviy hisobotdan topishi mumkin. Haqiqiy va potensial investorlar, bu hisobotlarni tahlil qilaturib, kompaniyaning kelajakdagi moliyaviy istiqbollari qanday, unga mablag’larni qo’yishga arziydimi yoki yo’qmi ekanligi haqida xulosalar chiqarishga harakat qiladilar. Haqiqiy va potensial kreditorlar, kompaniyalar foizlar to’lash va o’z vaqtida qarzlarni uzish uchun yetarli pullarga egami yoki yo’qmi ekanligi bilan qiziqishadi.

Bilvosita moliyaviy manfaatdorli foydalanuvchilar buxgalteriya axborotidan foydalanuvchilardan eng muhim hisoblangan davlat va ijtimoiy guruhlardan iborat.

Soliq organlari byudjetga mahalliy soliqlar, ish haqiga solinadigan soliqlar va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, pensiya fondlari, ish bilan ta’minlash fondi, mulklar, transport vositalari soliqlar yig’imlari (excise taxes) va qo’shilgan qiymat soliqlari (value added) va hokazolar bo’yicha to’lovlarning to’g’riligini nazorat qiladi.

Buxgalteriya hisobining navbatdagi vazifasi xo’jalik hisobini mustaqkamlashga yordam berishdan iborat.

Korxonalarning ko’pchiligi (ayniqsa, kichik biznes sub’eklari) xo’jalik hisobi asosida ish yuritadilar. Хo’jalik hisobi ishlab chiqarish jarayonida minimal moddiy va mehnat xarajatlarni sariflab qilib, maksimal samaradorlikka erishishga yo’naltirilgan xo’jalikni yuritish usuli hisoblanadi.

Buxgalteriya hisobining mohiyati korxonalarning o’z xarajatlarini o’zlari qoplash va rentabellikdan iborat. Uni amalga oshirish uchun xodimlarning eng yaxshi natijalarga erishishidagi moddiy manfaatdorligi va ularning ish yakunlari uchun moddiy javobgarligini ta’minlash zarur.

Bozor iqtisodiyotidagi xo’jalik hisobi oldida turgan vazifalarni yechilishi asosan har xil xo’jalik mablag’larini samarali boshqarishdan iborat. Shunday qilib, xo’jalik hisobi faoliyatni boshqarish maqsadida, boshqaruv qarorlari esa xo’jalik hisobidan olingan ma’lumotlarga qarab qabul qilinadi. Demak, hisob va boshqaruv bu yagona butunlikning ikki qismi bo’lib, ularni birbirovlaridan ajratib bo’lmaydi.





Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə