Бухгалтерия ҳисоби ва аудит



Yüklə 20,44 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü20,44 Kb.
#139370
Розилик хати (2)


Фарғона политехника институти
ректори Ў.Р.Саломовга
“Бухгалтерия ҳисоби ва аудит” кафедраси катта ўқитувчиси Ҳ.Р.Фозиловдан

Ариза

Менга Институт кенгашининг навбатдаги йиғилишида 08.00.08 – “Бухгалтерия ҳисоби, иқтисодий таҳлил ва аудит” ихтисослиги бўйича иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун тайёрланадиган “Соғлиқни сақлаш тизимида харажат ва даромадлар таҳлилини такомиллаштириш масалалари” номли тадқиқот мавзусини ҳамда илмий маслаҳатчи этиб иқтисодиёт фанлари доктори, профессор Кудбиев Давлатбай Кудбиевични тайинлашга рухсат беришингизни сўрайман.
“Бухгалтерия ҳисоби ва аудит”
кафедраси катта ўқитувчиси: Ҳ.Р.Фозилов

Fargʻona Politexnika Instituti rektori Oʻ.R.Salomovga


“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi professori
D. Kudbiyevdan

ROZILIK XATI


Men “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi katta oʻqituvchisi Fozilov Hayotjon Raximovichning 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi boʻyicha “Sogʻliqni saqlash tizimida xarajat va daromadlar tahlilini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun tayyorlanadigan ilmiy ishiga ilmiy rahbar boʻlishga rozilik bildiraman.

“Buxgalteriya hisobi va audit”


kafedrasi professori: D.Kudbiyev

FARGʻONA POLITEXNIKA INSTITUTI


Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti
“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi yigʻilishining
6-sonli bayonnomasidan


KOʻCHIRMA
25-yanvar 2023 Fargʻona sh.

Yigʻilish raisi: i.f.d., prof. I.N.Ismanov


Qatnashdilar: kafedraning barcha professor-
oʻqituvchilari.


KUN TARTIBI:
Turli masalalar.
Kafedrasi katta oʻqituvchi H.R.Fozilovning 08.00.08. –Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusini tasdiqlash hamda ilmiy rahbarini tayinlash toʻgʻrisida.

Eshitildi: Kun tartibiga qoʻyilgan masala yuzasidan kafedra mudiri, prof. I.Ismanov soʻzga chiqib, kafedrada belgilangan reja asosida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan atroflicha toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari doirasida katta oʻqituvchi H.R.Fozilovning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusini hamda ilmiy rahbarini tayinlash toʻgʻrisida toʻxtalib, tadqiqot mavzusi “Sogʻliqni saqlash tizimida xarajat va daromadlar tahlilini takomillashtirish masalalari” deb nomlanib, ushbu mavzu ayni damda dolzarb va ilmiy izlanishlar talab etishini taʻkidlab oʻtdi..


Kun tartibidagi masala muhokamasida soʻz olgan dotsent A.Ermatov va dotsent A.Davlyatshayevlar tanlangan mavzuning dolzarbligi, bugungi kunda sogʻliqni saqlash tizimidagi mavjud muammolarni tadqiq etish va ularga yechim topish eʻtiborga loyiq mavzu ekanligiga toʻxtalib, oʻz fikr va mulohazalarini bildirib oʻtishdi.
Yigʻilish soʻngida kafedra mudiri I.Ismanov kafedra katta oʻqituvchisi H.Fozilovning ilmiy ishiga ilmiy rahbar etib i.f.d., professor D.Kudbiyevni tayinlanganligini eʻlon qildi va rahbarning rozilik xati bilan tanishtirdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra yigʻilish qatnashchilari
QAROR QILADI:

    1. Kafedra mudiri I.Ismanovning maʻlumoti axborot uchun qabul qilinsin.

    2. Kafedra katta oʻqituvchisi Fozilov Hayotjon Raximovichning 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi boʻyicha “Sogʻliqni saqlash tizimida xarajat va daromadlar tahlilini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun tayyorlanadigan ilmiy ishi hamda ilmiy rahbar etib i.f.d., professor D.Kudbiyevni tayinlash institut kengashidan soʻralsin.

Yigʻilish raisi: I.N.Ismanov


Yigʻilish kotibi: Sh.X.Rasulova
Yüklə 20,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə