Бутун жахонда 2 хил вабо касаллиги учрайди



Yüklə 35,95 Kb.
tarix26.03.2018
ölçüsü35,95 Kb.
#33923


Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Yuқumli va bolalar yuқumli kasalliklari kafedrasi




Mavzu: VABO

Tibbiy-profilaktika va davolash fakultetlarining 5 kurs talabalari uchun ma’ruza




VABO
Butun jaxonda 2 xil vabo kasalligi uchraydi.

  1. Klassik vabo. Uning epidemik uchogi Xindiston bulib, 1817 yildan beri vabo u erdan boshka kup davlatlarga tarkalib, 6 pandemiya ruy bergan.

  2. El-Tor vabo kasalligi. 1961-1962 yillardan boshlab kup davlatlarga tarkaldi va vaboning 7-pandemiyasiga sababchi buldi. Shundan beri kup davlatlarga El-Tor vabosi buyicha epidemik xolat shakllanyapti. El-Tor vibrioni tashki muxitda chidamli bulib, kup joylar sharoitiga moslashib, doimiy kolib ketyapti. Shuning uchun El-Tor vabosi epidemiologik nuktai nazardan goyat xavfli xisoblanadi.

Dunyo buylab rivoj topgan El-Tor vabosi, 1965 yil Afgonistonng ayrim viloyatlaridan, jumladan Mozori-sharif viloyatidan, Korakolpogistonga vibrion tashuvchlar olib kelishi natijasida tarkaldi. Shuning okbati ularok El-Tor vibrionlari Uzbekiston respublikasining deyarli barcha viloyatlarida xam paydo buldi. Ochik suv xavzalaridan suv namunasi olib vabo vibrionlariga muntazam tekshirish utkazib borilganda, jumxuriyat buyicha xar yilli vabo vibrionlarining 01 zardob guruxiga mansub AG vibrionlarning 200-300 shtammi aniklanayapti. Shunga boglik ravishda yiliga 8-10 tagacha vabo kasalligi va vibrion tashuvchi kimsalar kayd kilinayotgan edi. Kasallik engil, urtacha ogirlkda kechgan olda tez tuzalib ketadi. Ularni kuzgotgan vibrionlar kup xollarda virulentligi yuk, yoki past darajada ekanligi bilan ajralib turadi. Ular konni gemoliz kilish xususyatiga ega, tegishli faglar bilan reaksiya kuyilganida ijobiy natija beradi, tetratsiklin va levomitsetin kabi antibiotiklar ularga ta’sirchan. Vaboga karshi respublikada utkazilayotgan tadbirlar majmuasi yana shunday epidemik vaziyatni e’tiborga olgan xolda olib borilayotgan edi.

1993 yildan boshlab, respublika El-Tor vibrionlarining biroz uzgargan xususyatlarga ega shtammlari aniklana boshladi. Ular ilgari tarkalgan shtammlardan fark kiladigan xususiyatlarga ega. Konni gemoliz kilmaslik, virulyontligi va toksigenligi yukori ekanligi shu sababdan kasallikni ogir va uta ogir kechishi kuzatiladi. Tetratsiklin, levomitsetin kabi antibiotiklar ularga ta’sir etmasligi bu shtammlarning uziga xos xususiyatiga ekanligi aniklandi. Ushbu xususiyatiga ega vibrionlar asosan bemorlardan olingan materialdan topildi. Toshkent, Buxoro viloyatlaridan ayrim tumanlarida olingan suv namanalaridan xam xuddi shunday xususiyatiga ega vibrionlar topildi. U vibrionlar kuzgotgan kasallik, odamlarda urta va ogir kurinishda kechadigan xollari kupligi, ba’zan shiddatli kecheshi, davolashda tetratsiklin guruxiga mansub dorilar va levomitsetin naf bermasligig bilan xarakterlanadi.

Vabo kasalligi oldini olish tadbirlarini kurmagan davlatlarda epidemiologiya vaziyat uta xavfli bulib, kasallik keng tarkalishi xavfi mavjud. Binobarin, vaboning ogir kechishi tufayli 30-40 % bemorlar vabo kurboni bulganligi jaxon adabiyotida kayd kilinmokda. Epidemiologik taxlil, yangi xususiyatli virionlar bizning yurtimzda, tashkaridan, jumladan Afgoniston, Pokiston kabi davlatlardan bevosita, yoki Tojikiston respublikasi orkali kirib kelib tarkalayotgannin kursatdi. Kursatib utilgan omillar va boshka xorijiy davlatlar bilan iktisodiy va madaniy alokalar kengayib borayotganini nazarda tutib, vaboga karshi olib borilayotgan tadbirlar xajmini va tashkiliy ishlarni kayta kurib chikildi. Shuni e’tiborga olgan xolda extiyot choralar samarasini oshirish maksadida ushbu uslubiy kursatma tayyorlandi. Unda butun jaxon soglikni saklash tashkiloti tavsiyalari e’tiborga olingan.

Vabo kasalligi karantin infeksiyalar guruxiga mansub bulgani uchun uning oldini karatilgan tadbirlar majmuasi ishlab chikilishi kerak. Ular davlat mikesida amalga oshiriladigan maxalliy xokimiyatlar ishtirokida bajariladigan va tibbiyot xodimlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlardir. Utkaziladigan tadbirlar shartli ravishda 2 bulinadi:tashkiliy va maxsus amalga oshiriladigan ishlar.



Tashkiliy chora-tadbirlar.

Bu tadbirlar majmuasi asosan davlat organlari, xalk xujaligining turli tarmoklari (kommunal-maishiy xizmat, ichki va tashki ishlar, suv xujiligi, turizm, savdo, moliya, maorif va boshka soxalarnng respublika xududini vabo kasalligidan muxofaza kilishdagi masuliyatini belgilashdan iborat. Avvalo davlat sarxadlarini vabo va boshka karantin infeksiyalar kirib kelishidan muxofaza kilish va ularni boshka davlatlarga tarkatib yubormaslik tartiblari ishlab chikiladi. Bu tadbirlar Uzbekiston respublikasining bosh sanitariya vrachi tasdiklangan, 1993 yilda chikarilgan 0001-92 rakamli «Uzbekiston respublikasi xududini karantin va odam uchun xavfli boshka kasalliklar kirib kelishi va tarkalishidan muxofaza kilish» sanitariya koidalarida uz aksini topgan. U mavjud xalkaro talablarni e’tiborga olgan xolda tuzilgan.

Bu faoliyat xalkaro yunalishda uchadigan samolyotlar kunadigan va aeroport, Afgoniston bilan chegaradosh «Ayritom» chegara punkti, Termez daryo portidagi doimiy sanitariya karantin punktlari (SKP) vositasida amalga oshiriladi. Karantin infeksiyalar buyicha jiddiy epidemik vaziyat yuzaga kelganida vaktincha SKPlar kushni davlatlar chegarasini kesib utadigan temr yul va avtotranstport yullarida tashkil etiladi. Davlat chegaralarini karantin infeksiyalaridan sanitariya jixatidan muxofaza tadbirlarini amalga oshirishda respublika Soglikni saklash vazirligi boshka xamma tarmoklar tibbiyot muassalarining ishini muvofiklashtirib boradi.

Karantin infeksiyalar muxofaza tarkalishing oldini olish tadbirlarini zudlik bilan, xal kilish maksadida epidemiyaga karshi kurashish favkulotda komissiyalar (EKFK) tuziladi. Reja asosida buladigan yilishda 2-3 yilga, xamda istikbolga muljalangan umumiy tadbirlar ishlab chikiladi va tasdiklanadi. Kuydagi tadbirlarni tez amalga oshirish rejalashtiriladi va bajarilishi kattik nazoratga olinadi.



  1. Epidemik uchokda va shu axoli punktida yashaydigan axolini ichimlik suv bilan taminlash; Suv va kanalizatsiya iinshoatlari faoliyati ustidan aloxida nazoratni kuchaytirish.

  2. Turar va axoli kup tuplanadigan joylar – bozorlar, transport bekatlari, stadion va boshkalarning sanitariya xolatini yaxshilash.

  3. Bolalar bogchalari, maktablar dala shiyponlarida suvni kaynatib istemol kilish ta’minlanishi shart va uning ustidan nazoratni kuchaytirish.

  4. Tibbiy tadbirlar majmuasi.

Vabo kasallikning fakat suv yoki ozik-ovkat vositasida tarkalishini, uning engil kechadigan, oddiy ich buzilishidan fark kilish kiyin bulgan xollari kuplab uchrab turishini, ozodagarchilikka erishish tufayli kasallik tarkalib ketishining oldini olish mumkinligini e’tiborga olib, Butun jaxon soklikni saklash tashkilotining tavsiyasigi kura, xozirgi vaktda vabo kasalligi uchogida karantin e’lon kilinmaydi.

Vaboga karshi utkaziladigan tibbiy tadbirlar.

Tibbiyot organlari va muassalari tomonidan vaboga karshi utkaziladigan tadbirlar 2 bulinadi. Ular vabo kelib chikishidan muxofaza kilish bilan boglik tashkiliy tadbirlar va kasallik kelib chikkan xolarda amaliy ravishda bajariladigan tadbirlar majmuasidan iborat. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda EKFK vakolatlaridan keng foydalanish kerak.



Tibbiyot soxasidagi tashkiliy amallar

Vaboga karshi kurashish tibbiyot organlarini muxim vazifasi ekanligini e’tiborga olib, soklikni saklash organi koshida, raxbarning bevosita boshchiligida gurux tuziladi.Uning tarkibiga SES bosh vrachi, bosh infeksionist, bosh pediatr, etakchi epidemiolog, sanitariya vrachi, bakteriologlar, «Farmatsiya» birlashmasi, «Tibtaminot» birlashmasi raxbarlari kirishi kerak. Komissiya ish rejasini tasdiklaydi va ijrosini muntazam kuzatib boradi. Keyngi yillarda Xindiston va Bangladesh davlatlarida yirik va ogir kechadigan vabo epidemiyalariga sababchi bulgan 0139 zardob guruxiga mansub vibrionlar xam respublikamizda tarkalishi mumkinligini e’tiborga olish kerak. Bu omillar tugrisida yilning xar choragida olinadigan VOZ ma’lumotlaridan ijrochilarni, xalk xujaligining boshka tarmoklari raxbarlari va xokimlarni xabardor kilib turish kerak

Komissiya uz rejalarida vabo kasalligi chikkan takdirda faoliyat kursatadigan: vabo gospitali, izolyator, provizor gospital kaysi shifoxonada xisobiga, kanday binoda tashkil etilishini xar bir tuman buyicha anik belgilanadi. Bu maksadda mavjud tibbiyot muassalarida foydalanishni kuzda tutgan ma’kul. Zarurat bulganida ishlatiladigan dori darmon, bakpreparatlar, dezinfeksiyalovchi moddalar, kattik va yumshok jixoz zaxiralari taxt kuyib kuyiladi.

Barcha tibbiyot xodimlarini xar yili vabo buyicha maxsus dastur asosida ukitish kerak.



Vabo kasalligi yoki vibrion tashuvchi aniklanganida utkaziladigan tadbirlar.

Vabo bilan ogrigan bemor, yoki vibrion tashuvchi aniklanganida . darxol kasallik uchogida uni cheklash choralarini amalga oshirish zarur. Kasallik uchogini cheklash uchun kuydagi ishlarni 24 soat ichida yulga kuyish talab kilinadi.



  1. Telefon orkali zudlik bilan xokimiyatga,tibbiyot organining yukorii raxbariga xabar etkaziladi.

  2. Dastlabki bemorlarni uz vaktida aniklab, aloxida tashkil etilgan vabo gospitaliga keltiriladi. Shu kundan boshlab vabo uchogida ichi buzilib shifokorga murojat kilgan barcha bemorlar provizor gospitaliga etkazilib, ular antibiotik berish oldidan, dastlabki soatlarida 3 marta vabo vibrioniga tekshiriladi, ogir xoldagi bemorlardan esa, regidratatsiya olib borish davrida analiz olinadi.

  3. Kasallik uchogida epidemiologik tekshiruvni tashkil etish, kasallikning kelib chikish sabablarini aniklash,epidemiologik mushoxada yurgizish va 171 shakl buyicha epidemik tekshiruv kartasi tulgazib epidemiyaga karshi tadbirlar xajmini belgilaydi.

  4. Kasallik uchogida dezinfeksiya chora-tadbirlarini amalga oshiriladi.

  5. Zudlik bilan FEKK yigilishini chakirtiriladi, vaziyat taxlil kilib xujalik xizmatlari bajarishi zarur bulgan chora-tadbirlar belgilanadi, kerakli soxa xizmatlarini tashkil etiladi.

  6. Aloxidalish kuydagicha tashkil etiladi.

Uy-joy sharoiti sanitariya va gigiyona talablariga javob beradigan bulsa – shu xonadonning uzida ular tibbiy kuzatuv va nazoratga olinib, 2 marta vaboga shart bulgan tekshiruv utkazladi. Antibiotiklar berish (profilaktika uchun) bemor bulgan xonadonda, bemor bilan bevosita mulokatda bulganlar urtasida utkaziladi.

Boshka xollarda bemor bilan mulokatda bulganlar tezda ajratkichga yuborilib, tegishli tadbirlar kuriladi. 2 marta analiz olinganidan sung antibiotik beriladi. Tibbiy kuzatuv muddati shartli ravishda 5 kun davom etadi.



Kasallik alomatlari , tashxis kuyish va davolash

Vabo kasalligini kupincha ichak guruxi mikroblari kuzgotgan ich ketar kasalligidan fark kilish kiyin. Kasallik kup xollarda engil va utracha ogirlikda kechadi. Ba’zan goyat ogir kechadigan, zudlik bilan tibbiy yordam kursatmagan xollarda 1 sut uzidayok gipovolemik shok okibatida ulim bilan tugaydigan xollari xam uchrab turadi.

Odatda kasallik tusatdan, darak beruvchi alomatlarsiz boshlanadi. Lekin El-Tor vabosida 20-30 % bemorlarda kasalikka xos belgilar namoyon bulishidan oldin, bir necha soatdan bir sutkagacha xastalikning prodromal davri belgilari- tana gox sovib (uvishib), gox kizishi xollari ruy berib, tana xarorati 37-38 kutariladi. Boshda ogrik, oyok-kullarda kakshashlik belgilari buladi. Bunday xollarni bemorlar oek ustida utkazadilar. Xastalikning bu turda boshlanishi e’tiborni jalb kilmaydi, lekin epidemologik jixatdan uta xavf tugdiradi, ayniksa, kasallikning bu turda boshlanishi savdo va ozik-ovkat muasasalarida xizmat kiluvchi shaxslar urtasida bulganda axvol yanada mushkullashadi.

Odatda, vabo kasalligi bemor xojatga borib «sababsiz» ichi surib, oek-kullaridan darmon kamayishi bilan boshlanadi. Kiska vakt utar-utmas (2-4 soat) xojatga katnash 4-5 marta va undan xam kup bulib ichakdan chikariladigan axlat ipr-ipr ok loyka suv kabi buladi.

Kuprok xollarda kasallik boshlanganidan biroz keyin (4-6soat, ayrimxollarda 1-2 kundankeyin) ba’zan esa, ich buzilish bilan bir vaktda, kusish oshlanadi. Kayt kilish xam tez-tez takrorlanib turadi. Afgoniston, Korakalpogistonda ruy bergan epidemiyalarda 6% gacha bulgan bemorlarda vabo belgilari ich ketmasdan, avvalo fakat kusish bilan namoen bulgan. Bunday atipik, kusish bilan boshlangan vabo 2-4% bemorlarda bir necha soatlardan sung ich surish belgilari kushilib tanada darmonsizlik, oek mushaklarini tirishib kolish bilan rivojlanadi, bemor axvoli ogirlasha boradi. Kusish va ich buzilishi okibatida kiska muddat ichida bemor organizmida degidratatsiya ruy beradi. Xastalikning ogir, eki engilligi degidratatsiya darajasiga boglik. Shuning uchun davolashda bu axvol inobatga olishdi.

Degidratatsiya 4 darajaga bulinadi.

1 darajali degidratatsiyada kusish va ich surishi 4-5 martadan oshmaydi. Bemorning umumiy axvoli 1-2 kun emonlashadi. Bemor organizmi yukotgan suyuklik tana vaznining 3% oshmaydi. Bunday xoldagi bemorlar ba’zan xattoki tibbiy erdam surab murojaat kilmaydilar. Bu toifa bemorlar epidemiologik jixatdan goyat xavfli.

11 darajali degidratatsiyadaich surishi va kusish tez-tez takrorlanib, sutkasiga 15-20 marta gacha borshi mumkin. Organzm suvsizlanishi sezilarli darajaga borib, bemor ogiz kurishi, tashkalik, xolsizlik, bosh aylanishidan shikoyat kiladi. Teri kurishi boshlaydi, kon bosimi pasayadi. Siydik ajralishi kamayib kuklashib ketadi. Ba’zan boldir muskullarida tirishish paydo buladi. Organizm yukotgan suyuklik tana vaznining 4-6% etadi.

111 darajali degidratatsiya ruyberishi dastlabki soatlardanok ich surishi va kusish juda tez kaytalanib turganida kuzatiladi. Kup elektrolitlar va suyuklar yukotadi. Shu davrda organizmda chikib ketgan suyuklik xajmi tana vaznining 4-7 % borib koladi. Bemorni tashnalik kiynaydi, chankoklik deyarli bosilmaydi. Bemorning terisi kurib koladi, teri burmalari uzok vakt ezilmaydi, ovozi zurga eshitiladi. Kon bosimi sezilarli darajada pasayadi. Yuz, kul va oyok muskullaridakuchli ogrik beradigan tirishish kuzatiladi. Siydik kam ajraladi. Kon kuyuklasha boshlaydi. Undagi kaliy va xlor mikdori kamayib ketadi. Natriy mikdori esa ortadi.

1V darajali degidratatsiya xolatidagi bemorlar organizm suv yukotishining eng yukori darajasi xisoblanadi. Yukotilgan suyuklik tana vaznining 10% va undan ortigini tashkil etadi. Ba’zan kasallik dastlabki soatlardanok shiddatli boshlanadi. Tuxtovsiz ich ketishi va kusish natijasida 8-10 soat davomida yok bemor goyat suvsizlanib koladi. Tana xarorati 35 gacha tushishi mumkin, teri kukimtir tuprok rangida buladi, burishib koladi. Tomir urishi va KB aniklab bulmaydi. Yuz, kuz,lab atrofi kukarib ketadi. Tananing deyarli barcha muskullarida uzok davom etadigan tirishish va kuchli ogrik kuzatiladi. Nafas olish susayib chukurlashadi (Cheyn-Stoksa), siydik ajralishi tuxtab koladi. Kondagi eritrotsit va leykotsitlar soni kupayadi.

Kanday kurinishda utishidan kat’iy nazar vabo kasalligi kuyiladigan dastlabki tashxis bakteriologik tasdiklangan bulishi kerak. Tashxis kuyish maksadida bemor kusuk massasi, najasidan olib, 1 % peptonli suvga ekiladi. Ich ketishi va kusish tez-tez takrorlanib turgan takdirda ketma-ket 3 ekma olinadi. Ekma olinganidan keyin bemor antibiotik berish mumkin. Olingan ekma 6 soat ichida laboratoriyaga etkazilish shart. Vabo virioni topilgan xollarda laboratoriya material bilan ishlash boshlangandan sung 24 soat ichida dastlabki natija beradi. Yakuniy xulosa 48 soatdan sung aniklanadi.

Vabo kasalligiga tashxis kuyilayotganida epidanamnezning axamiyati katta. Ayniksa oshkozon-ichak kasalliklar bilan ogrigan boshka bemorlar bilan, vabo tarkalgan joydan kelib kolgan odamlar bilan mulokotda bulgani, yoki bemorni uzi keyingi 5 kun ichida shunday epidemik xavfli joylarga borib kelginini aniklash zarur.

Diagnostika maksadida bemordan kon olib, vibrotsid antitelolar titri xam tekshiriladi. U 2 marta utkaziladi. Kasallik 5-6 kunida va oradan 10 kun oralatib kon olinadi.

Imkoniyat bulsa, kondagi elektrolitlar xamda gemotokrit kursatkichini aniklab, davolashni unga mukobil ravishda tashkil etiladi.

Ayniksa yoz faslida vabo kasallik bilan bemorda bir vakt ichida ich burug, salmonellez va boshka me’da- ichak yukumli kasalliklarni rivoj etishi mumkin.Bunday bemorlarda vabo kasalligi belgilari tana xaroratining 38-39 S kutarilishi, korin bushligi bilan vakti-vakti bilan ogrik bulishi ichak chikindigida shillik,kon bulishligi bilan davom etadi. Shunday bemorlarning ichak chikindilari vabo vibrioniga xamda ichak guruxi mikroblariga tekshirish zarur.

Vabo kasalligi bilan ogrigan bemorni davolash.



  1. Davolashni imkoniyat boricha erta boshlash kerak. Buninguchun xar bir shifokor yoz mavsumida oshkozon-ichak kasalligi tufayli murojaat kilgan bemorni kabul kilayotganida, vabo kasalligi bulishi mumkinligini yodda tutishi, uning asosiy alomatlarini bilishi kerak. Kasallikka biroz bulsa xam shubxa tugilganida, bemorni shifoxonada aloxidalash xarakatini kilish lozim. Engil kechayotgan kasalligida bemorga 4-6 soat davomida oral regidratatsiya punktlarida ogizdan regidron, sitroglyukosolan va boshka eritmalardan ichirib, axvoli engilishsa uyiga junatib yuborish mumkin. Bundan bemordan 1 marta vaboga tekshirish uchun ekma olish kerak.

  2. Davolashning asosi – organizm yukotgan tuz va suv urnini koplash. Kasallik engil kechayoetganida ba’zan urta ogirlakda kechayotgan xollarda xam ogizdan regidron, sitroglyukosolan va boshka eritmalardan ichirib turish etarli buladi. Uni xar 3-5 min osh koshigida ichiriladi. Ichiriladigan suyuklikning umumiy xajmi bemor yukotgan suyuklik mikdoriga karab belgilanadi.


Ogizdan 4-6 soat ichida ichiriladigan suv –tuzli eritmaning taxminiy xajmi


Bemorning yoshi

4oygacha

4-11 oylik

12-23 oylik

2-4 yosh

5-14 yosh

15 va undan yukori

Bemorning vazmi

5 kg gacha

5-7,9 kg

8-10,9 kg

11-15,9 kg

16-29,9 kg

30 kg va undan ortik

Ichiriladigan suyuklik mikdori (ml)

200-400

400-600

600-800

800-1200

1200-2200


2200-4000


Boshka xollarda bemorning kg xisobidagi taxminiy vazni 75 ga kupaytirilsa ,ml xisobida ichirilishi lozim bulgan suyuklik mikdori topiladi.

3.Bemor organizmning suvsizlanishi yakkol ifodalangan regidratatsiya tomir orkali suyuklik yuborish yuli bilan boshlanadi. Buning uchun trisol, atsesol, kvartasol, xlosol, reomakrodeks kabi zavod sharoitida tayyorlangan eritmalar zaxirasi oldindan tayyorlanib kuyilishi kerak. Bu eritmalar ilitilgan xolda tomir orkali tezlik bilan (1-2 soat ichida) jildiratib yuborilishi kerak. Bunday dastlabki soatlarda boriladigan suyuklik mikdori 5- 6 litrgacha boradi. Shuning uchun ogir xoldagi bemorni davolashda infeksion bilan yonma-yon reanimatolog xam ishtirok etib umrov osti soxasida veneseksiya kilib, ular orkali xam suklik yuboriladi. Bemorning tomir urushi paydo bulishi, KB bosimi aniklana boshlashi, nafas olishi ravon xolga kelishi axvoli yaxshilana boshlagandan darak beradi. Shu vaktdan boshlab kushimcha ravishda ogiz orkali xam suyuklik bera boshlanadi. Davolanishning ikkinchi boskichida tomir orkali boriladigan suyuklik mikdori kamaytirilib, bemor yukaetgan suyuklik xajmiga monand ravishda olib boriladi.

4.Antibiotiklar bilan davolash bemordan topilgan vabo vibrionining kaysi antibiotikka sezgir ekanligini e’tiborga olib belgilanadi. Ilgaridan respublikamizda axyonda uchrab turadigan virionlar tetratsiklinga sezgirligini saklab kolgan. Keyingi yillarda vabo vibrionlari tetratsiklin va levomitsetitga sezgir emas.Bunday shtammlar kuzgotgan kasalliklarni davolashda ta’sir etadigan floksatsinlar: siprofloksatsin-sifloks, ofloksatsin-tarivid, nefloksatsin-abaktal preparatlari. Katta yoshdagilarga 2 tab (500mg) dan kuniga 2 marta 5 kundavomida beriladi. Bu preparatlar bulmay kolganida ampitsillin 2 tab (0,5 g) kuniga 4 marta 5 kun davomida ichiladi.

5.Bemor tuzala boshlagan davrda tuyimli, oson xazm buladigan ovkatlar beriladi . Bu davrda kondagi kaliy mikdoribir maromida ushlab turish maksadida kaliy orotati yoki panangin tabletkalaridan 4 –5 kun berish lozim.

Davolash tugri tashkil etilsa, 2-3 kundayok bemor axvoli yaxshilanib koladi. U shifoxonadan tula sogayganidan sung chikarib yuboriladi. Bu orada antibiotik ichishi tugatganidan sung 1 kun oralatib, 2 kun ketma-ket olingan ekmada vabo vibrionlari bulmasligi kerak.


Vabo kasalligini tarkatmaslik va oldini olish targibotni urni

Yoz fasli boshlanishi bilanok vabo kasalligi kelib chikish xavfi, uning omillari mavjud ekaligidan jamoa xabardor bulmogi kerak. Jamoat utaida uktin-uktin uchrashuvlar, mulokatlar bulishi maksadga muvofikdir. Bu borada malakali shifokorlar, ilm-fan vakillari jalb kilinishi zarur.



Kasallik uchogini tugatish uchun shtab karori bilan kuydagi tadbirlar amalga oshiriladi:

  1. Bemorlar davolanib, chikarib yuboriladi

  2. Bemor bilan bevosita mulokatda bulganlar 5 kun kuzatuvda bulgan davrida (epidemik sharoitga karab ajratgichda yoki uy sharoitida) bemordan ajratilgan shtamm sezgirligiga karab VOZ tavsiyasiga kura kuydagi atnibiotiklardan birortasi beriladi:

  1. Doksitsiklin 300 mg 1 marta ( fakat katta yoshdagilarga)

  2. Tetratsiklin bolalarga 12,5 mg G’kg kuniga 4 maxal 3 kun. Kattalarga 500 mg dan 4 maxal 3 kun

  3. Trimetoprim bolalarga 5 mgG’kg kuniga 2maxal 3 kun. Kattalarga 160 mg kuniga 2 maxal 3kun.

  4. Xomilador ayollarga furazolidon 100 mg (2 tab) dan kuniga 4 maxal 3 kun. Bolalarga 1,25 mgG’kg kuniga 4 maxal 3 kun

  5. Sifloks (tarivid, peflotsin) kattalarga 250 mg dan kuniga 2 maxal 3 kun.

  1. Kasallik uchogida va bemor davolangan shifoxonada yakuniy dezinfeksiya utkaziladi.

  2. Axolini toza ichimlik suv bilan ta’minlashni davom etirib, okava suvlarni dezinfeksiyalash nazoratda tutiladi. Turar joylarni doimo pokiza saklashda erishiladi.

  3. Shifoxonadan chikkan bemorlarni dispanser kuzatuviga olib, (3 oygacha xar bir oyda 1 marta tibbiy kurikdan utkaziladi va vabo vibrioniga tekshirish uchun analiz olinadi).

  4. Oxirgi bemor (vibrion tashuvchi ) shifoxonadan chikib ketgandan sung 10 kun ichida vabo kasalligi kuzatilmasa, vabo uchogi tugatildi deb karor kabul kilinadi.

Yüklə 35,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə