Buxgalteriya balansi tahlili



Yüklə 77,71 Kb.
tarix12.03.2023
ölçüsü77,71 Kb.
#102346
Buxgalteriya balansi tahlili


11-MAVZU. BUXGALTERIYA BALANSI TAHLILI

5.1. Buxgalteriya balansi tahlili mazmuni va vazifalari.
5.2. Buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi: aktivlar, kapital va majburiyatlar.
5.3. Balans moddalari va uning boshqa moliyaviy hisobotlar ma’lumotlariga mosligi.
5.4. Buxgalteriya balansini “o‘qish”.
5.5. Buxgalteriya balansining gorizontal (davriy) tahlili.
5.6. Buxgalteriya balansining vertikal (tarkibiy) tahlili.
5.7. Korxona moliyaviy holatining tahlili.
5.8. Korxonalar iqtisodiy salohiyati: tarkibi, ko‘rsatkichlar ti-
zimi va samaradorligini tahlili.
5.9. Korxonalarning moliyaviy salohiyati: tarkibi, ko‘rsatkichlar tizimi va samaradorligini tahlili.
5.10. Buxgalteriya balansi moddalarining likvidlilik bo‘yicha turkumlanishi. Buxgalteriya balansining likvidliligi va korxona to‘lov layoqatining tahlili.

5.1.Buxgalteriya balansi tahlili mazmuni va vazifalari

Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni to‘playdi hamda oshkor qiladi.


Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, o‘z sarmoyasi, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar hamda ularni oshkor qilishda, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotdan iborat bo‘ladi.
Buxgalteriya balansidagi barcha axborot to‘g‘ri oshkor qilinishi va foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak. Zarur hollarda buxgalteriya balansiga kiritiladigan moddalar ularni tushuntirib beradigan axborotlar bilan to‘ldiriladi.
“Balans” atamasi lotincha “bis” – ikki marta, “banx” – tarozi pallasi so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, ikki palla degan ma’noni anglatadi. U tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.
Buxgalteriya balansini turli tasnifiy belgilari (tuzilish vaqti, axborot hajmi, aks yettirish obyekti, tozalash usuli) bo‘yicha turlarini tarkiblash mumkin.
Buxgalteriya balansini turlari

Tarkiblash belgisi

Balans turlari

Mazmuni

Tuzilish davriga ko‘ra

Tashkil topish balansi

Korxonaning tashkil topish vaqtida tuziladi

Joriy balans

Korxonaning uzluksiz faoliyatida, qonunda belgilangan muddatlarda tuziladi

Tugatish balansi

Korxona tugatilganda tuziladigan balans

Bo‘lish balansi

Yirik korxona bir necha mayda korxonalarga bo‘linish vaqtida tuziladi

Birlashtirish balansi

Bir necha korxonalar bir korxonaga birlashganda tuziladi

Axborot hajmiga ko‘ra

Bir martalik

Bir martalik balans faqat bitta korxona bo‘yicha joriy hisob asosida tuziladi

Yig‘ma balans

Yig‘ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar (vazirliklar, qo‘mita, boshqarmalar va shu kabilar)ning xo‘jalik mablag‘larini aks yettiradi

Aks yettirish obyektiga ko‘ra

Mustaqil balans

Mustaqil balansni huquqiy shaxs bo‘lgan barcha korxonalar tuzadi

Alohida balans

Alohida balansni korxonaning tarkibiy bo‘linmalari (filiallar, bo‘limlar, sho‘ba va qaram xo‘jaliklar va shu kabilar) tuzadi

Tozalash usuliga ko‘ra

Brutto balans

Tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balansdir

Netto blans

Qiymatidan tartibga soluvchi moddalar summasi chegirilgan balans

Buxgalteriya balansining maqsadi – xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi uning resurslarini va moliyaviy tarkibini anglab yetishga imkoniyat berishi uchun hisobot vaqtidagi moliyaviy ahvolni aks yettirishdan iborat. Balansning jamlangan qatorlari bo‘yicha tasnifiy jihatlarini quyida ko‘rib o‘tishimiz mumkin.


Joriy va uzoq muddatli aktivlarni tasniflash. Har bir subyekt joriy aktivlarni va joriy majburiyatlarni buxgalteriya balansida alohida tasnif sifatida ko‘rsatishni (yoki ko‘rsatmaslikni) belgilab olishi lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyekt bu tasnifni amalga oshirmaydigan variantni tanlab olsa, aktivlar va majburiyatlarni to‘lash muddatlariga doir axborot nima bo‘lganda ham buxgalteriya hisobining milliy standartlariga asosan ochib ko‘rsatilishi zarur.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt aniq belgilanadigan operatsiya siklidan foydalanib, tovarlar va xizmatlarni yetkazib bersa, u holda balans hisobotidagi joriy va uzoq muddatli aktivlar hamda majburiyatlarning alohida tasnif yetilishi aylanma mablag‘ sifatida doimo muomalada bo‘ladigan sof aktivlar bilan subyektning uzoq muddatli operatsiyalarida foydalaniladigan aktivlar o‘rtasidagi tafovutni farqlash yo‘li bilan juda foydali axborotga yega bo‘linadi. Shuningdek, u joriy operatsiya sikli davomida olinishi kutilayotgan aktivlarni hamda shu davr ichida to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlarni ham alohida ko‘rsatishi lozim.
Agar aktivlar xo‘jalik yurituvchi subyekt operatsion faoliyatining bir qismi bo‘lsa va subyektning operatsiya sikli me’yorida o‘tayotgan paytda uni olish yoki iste’mol qilish kutilayotgan bo‘lsa, mazkur aktivlar joriy aktivlar qatoriga kiritiladi.
Agar aktivlar qayta sotish maqsadida yoki qisqa muddatda ushlab turilgan bo‘lsa va undan hisobot vaqtidan keyingi 12 oy mobaynida foydalanish kutilayotgan bo‘lsa, bunday hollarda u joriy aktiv sifatida tasnif yetilishi zarur. Ushbu tasnifiy jihatlardan farqli jihatlarda boshqa barcha aktivlar uzoq muddatli aktivlar sifatida tasnif yetilishi kerak.
Odatda joriy aktivlarning ikki turi tarkiblanadi:
- birinchi turi xo‘jalik yurituvchi subyekt aylanma mablag‘ining bir qismi bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektning me’yoriy operatsion sikli davomida olingan yoki iste’mol qilingan bo‘lishi lozim;
- ikkinchi turi operatsiya aktivlari bo‘lmagan, lekin savdo yoki investitsiya maqsadlarida saqlab turilgan va ularni hisobot vaqtidan keyingi 12 oy davomida sotish kutilayotgan joriy aktivlar doirasidan iborat. Hisobot sanasidan keyingi 12 oy davomida olinadigan yoki iste’mol qilinadigan zaxiralar va debitorlik qarzlari ham joriy aktivlarga kiritiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning operatsion sikli – bu materiallarni xarid qilish, ishlab chiqarish va naqd pulga yoki osonlik bilan pulga aylantiriladigan moliyaviy aktivlarga sotish o‘rtasidagi o‘rtacha vaqtdir. Uzoq muddatli va joriy operatsion aktivlarni tasnif yetish maqsadida ayni shu tarmoq yoki faoliyatning shu turi uchun kattaroq davr ancha muvofiqroq hisoblanmasa, bir yil oraliq operatsion sikl hisoblanadi.
Uzoq muddatli (joriy bo‘lmagan) aktivlar – subyekt faoliyatida uzoq muddatli asosda foydalaniladigan aktivlar, jumladan subyektning mulki, binolari va uskunalari, moddiy aktivlari, taraqqiyot va gudvillga xarajatlar. Investitsiyalash maqsadida saqlab turilgan va hisobot kunidan boshlab, 12 oy davomida sotilishi mumkin bo‘lmagan aktivlardir.
Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlar – hisobot kunidan boshlab, 12 oy davomida hisob-kitob qilinadigan majburiyatlardir.
Joriy majburiyatlarning tavsifi joriy aktivlar tavsifiga o‘xshashdir. Kreditorlik qarzi ish haqi, soliqlar bo‘yicha qarzlar va boshqa operatsiya xarajatlari bo‘yicha qarzlar kabi ayrim joriy majburiyatlar joriy aktivlar hisobidan hisob-kitob qilishni talab qiladi, chunki subyektning odatdagi operatsiyasi siklida foydalaniladigan aylanma mablag‘ni tashkil yetuvchi moddalar bo‘yicha majburiy hisoblanadi. Bunday operatsiya moddalari hatto hisobot vaqtidan so‘ng 12 oydan ortiq davr davomida ham hisob-kitob qilinishi lozim bo‘lsada, joriy majburiyatlar hisobida tasnif qilinadi.
Joriy majburiyatlarga‚ shuningdek, bank overdraftlari, to‘lanadigan dividendlar, daromad soliqlari, savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga kreditorlik qarzlari, foizlarni to‘lashni talab qiladigan qisqa muddatli majburiyatlarning joriy qismi kiradi. Ular hisobot kunidan boshlab 12 oy davomida hisob-kitobni talab yesada, operatsiya nuqtayi nazaridan joriyligini aniqlash qiyin.
Uzoq muddatli asosda aylanma mablag‘dan pul bilan ta’minlanadigan, foizni to‘lashni talab qiluvchi majburiyatlar (12 oy davomida hisob-kitob qilinmaydigan majburiyatlar) uzoq muddatli (nojoriy) majburiyatlar hisoblanadi.
Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlarni qayta moliyalash tartibi. Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlar – hisobot sanasidan boshlab 12 oy davomida hisob-kitob qilinishi lozim bo‘lgan majburiyatlardir.
Dastlabki muddat 12 oydan ko‘proq bo‘lsa, subyekt majburiyatni uzoq muddatli asosda qayta moliyalashni rejalashtirayotgan bo‘lsa, bu tartiblar moliyaviy hisobot ma’qullangunga qadar qaytadan moliyalashga yoki to‘lovlar muddatini o‘zgartirishga qaratilgan bitim bilan qo‘llab-quvvatlansa, bunday sharoitda nojoriy majburiyatlar sifatida tasnif yetilishi lozim.
Joriy majburiyatlardan chiqarib yuboriladigan har qanday qisqa muddatli qarz miqdori uni taqdim yetishni qo‘llab-quvvatlovchi axborot bilan birgalikda buxgalteriya balansiga izohlarda ochib berilishi lozim.
Buxgalteriya balansida aks yettirilishi lozim bo‘lgan axborot. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi moliyaviy holatning tarkibini tashkil yetuvchi turli jihatlarni aks yettiradigan tarzda taqdim yetilishi lozim. Quyidagilar buxgalteriya balansining majburiy unsurlari hisoblanadi:
- moddiy aktivlar;
- nomoddiy aktivlar;
- moliyaviy aktivlar;
- zaxiralar;
- debitorlik qarzi;
- pul mablag‘lari va pul yekvivalentlari;
- kreditorlik qarzi;
- ajratmalar;
- foiz to‘lashni talab qiluvchi majburiyatlar;
- o‘z sarmoyasi va zaxiralari.
Buxgalteriya balansi unsurlari

Balans unsurlari

Tasnifiy unsurlari

Moddiy aktivlar

Asosiy vositalar, moddiy aktivlarga qo‘yilmalar, moddiy aktivlarga foydali sarmoyalar, uzoq muddatli investitsiyalar, materiallar, tovarlar, tayyor mahsulotlar

Nomoddiy aktivlar

Moddiy-ashyoviy mazmunga yega bo‘lmagan mol-mulk obyektlari

Moliyaviy aktivlar

Uzoq muddatli investitsiyalar, uzoq muddatli debitor qarzlar, uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar, debitorlik majburiyatlari

Zaxiralar

Kelgusida muayyan xarajatlarga sarflanishi mumkin bo‘lgan xususiy sarmoyaning bir qismi

Debitorlik qarzi

Xaridor va buyurtmachilarning qarzi, ajratilgan bo‘linmalarning qarzi, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarning qarzi, xodimlarga berilgan bo‘naklar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar, budjetga soliq va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzi, xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzi, boshqa debitor qarzlar

Pul mablag‘lari va pul yekvivalentlari

Kassadagi pul mablag‘lari, hisob raqamidagi pul mablag‘lari, chet yel valyutasidagi pul mablag‘lari, boshqa pul mablag‘lari va yekvivalentlari

Kreditorlik qarzi

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz, ajratilgan bo‘linmalarga qarz, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarga qarz, kechiktirilgan daromadlar, soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo‘naklar, budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz, sug‘urtalar bo‘yicha qarz, maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz, ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz

Ajratmalar

Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriluvchi (amortizatsiya, budjet va budjetdan tashqari fondlarga va h.k.) ajratmalar

Foiz to‘lashni talab qiluvchi majburiyatlar

Kreditlar, qarzlar, ssudalar, dividendlar bo‘yicha yuzaga keluvchi majburiyatlar

O‘z sarmoyasi va zaxiralari

O‘z sarmoyasi – subyektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir.
Zaxiralar – zarar oqibatlaridan qo‘shimcha muhofaza qilish yuzasidan barpo yetilgan fondlar

Taxminiy baholashning ko‘pgina darajasidan foydalanish yo‘li bilangina baholash mumkin bo‘lgan majburiyatlar zaxira hisoblanadi. Subyektni va kredit bergan tashkilotlarni zarar oqibatlaridan qo‘shimcha muhofaza qilishni ta’minlash uchun qonun yoki ustavda zaxiralarni barpo yetish ko‘zda tutiladi.


Balansga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda taqdim yetiladigan axborot. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya balansiga tushuntirishlarda quyidagilarni ochib berishi lozim:
a) Aksiyadorlik mablag‘ining har bir toifasi bo‘yicha: ye’lon qilingan aksiyalar sonini, chiqarilgan, haqi to‘la to‘langan, chiqarilgan, lekin haqi to‘la to‘lanmagan aksiyalar sonini, aksiyalarning nominal qiymatini, yilning boshida va oxirida haqi to‘lanmagan aksiyalar sonining kamayishini, aksiyadorlik mablag‘ining har bir toifasiga taalluqli huquqlar, afzalliklar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarni taqsimlash va sarmoyani qoplashga doir cheklashni, jamiyatning o‘ziga, xo‘jalik yurituvchi subyektga qarashli sho‘ba va uyushgan jamiyatlariga tegishli aksiyalar, opsion va savdo shartnomasi bo‘yicha yemissiya uchun zaxiraga ajratilgan aksiyalar, shu jumladan ularning muddatlari va miqdorlari haqidagi axborotlar;
v) O‘z sarmoyasidagi zaxiralar mohiyati va maqsadlari bayoni.
s) Majburiyatlarda dividendlarni to‘lash uchun ajratilgan pul miqdorining mavjudligi (aksiyadorlar yoki muassislar, ishtirokchilar yig‘ilishida rasmiy ravishda ma’qullanmagan to‘lovlar miqdorining mavjudligi) haqidagi axborotlar ochib berilishi zarur.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z sarmoyasidagi o‘zgarishlarni aniq aks yettirishi yuzasidan buxgalteriya balansiga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda‚ shuningdek:
- davr boshida va hisobot sanasida to‘plangan foyda yoki zararlarning qoldig‘i hamda shu davrda yuz bergan muhim o‘zgarishlar, jumladan aksiyadorlar (muassislar, ishtirokchilar) har bir toifasiga shu davr uchun taqsimlanadigan sof foyda haqidagi;
- o‘z sarmoyasi har bir toifasi joriy miqdordagi hamda davrning boshlari va oxirida zaxiradagi o‘zgarishlarning umumiy miqdori haqidagi axborotlarni ochib berishi lozim.
Buxgalteriya balansi tahlilining mazmuni – korxonaning mulkiy holati va uning o‘zgarishlariga, aktivlar, kapital va majburiyatlarning tarkibi va o‘zgarishlariga, balans moddalarining likvidlik darajasiga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning to‘lov layoqatiga, moliyaviy barqarorligiga, ish aktivligiga, raqobatbardoshligi va iqtisodiy tahlikalarga bardoshligiga baho berishdan iborat.
Buxgalteriya balansi tahlili oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
- korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini baholash;
- aktivlarning likvidligini baholash;
- aktivlarni shakllantirish manbalari tarkibini baholash;
- majburiyatlarning aktivlar bilan ta’minlanganligini baholash;
- aktivlar va passivlarning alohida guruhlari o‘rtasidagi muvofiq-
likni baholash;
- aktivlarni pul ishlab topish imkoniyatlarini baholash;
- kapitalni shakllanishi va o‘stirish imkoniyatlarini baholash.

5.2. Buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi: aktivlar, kapital va majburiyatlar

Buxgalteriya balansi axborotlariga tayangan holda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati hamda uning natijalari baholanadi. Buxgalteriya balansidagi axborotlarning mazmunini bilish uchun nafaqat buxgalteriya balansi tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga yega bo‘lish, balki uning moddalari va ayrim ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi mantiqiy va o‘ziga xos bog‘liqliklarni ham bilish zarur. Buxgalteriya balansining mazmunini bilishda uni o‘qish ketma-ketligi ham muhim ahamiyatga yega.
Buxgalteriya balansining aktivi va passivining tuzilishi hamda mazmuni undagi axborotdan foydalanuvchilar, yeng avvalo, tashqi foydalanuvchilarga qaratilgan. Debitor va kreditor qarzlarning holatini ochib beruvchi, korxonaning joriy xarajatlari yoki foydasi hisobidan tashkil yetilgan xususiy kapital va ayrim turdagi rezervlar shakllanishini ochib beruvchi moddalarning batafsillik darajasini yuqoriligi shundan kelib chiqadi. 

Buxgalteriya balansi yelementlari va ularning tasnifiy jihatlari



Buxgalteriya balansi yelementlari

Tavsifi

Aktivlar

Subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir

Xususiy kapital (sarmoya)

Subyektning majburiyatlarini chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir

Majburiyatlar

Shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan ishni amalga oshirish, masalan mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‘lash va boshqa majburiyatlaridir yoxud muayyan xatti- harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor yesa qarzdordan o‘z majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir

Buxgalteriya balansini moliyaviy tahlilga tayyorlash yuzasidan uning yelementlari va moddalarini turli tasnifiy belgilari bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimiga jamlash talab yetiladi. Bu tasnifiy belgilar ularning shakli, aylanuvchanlik darajasi, likvidligi bo‘lishi mumkin.

Buxgalteriya balansi aktiv va passiv tomoni klassifikatsiyasi


Aktiv (A)

Uzoq muddatli aktivlar (UMA)

Joriy aktivlar (JA)

Moliyaviy aktivlar (MA)

Moliyaviy uzoq muddatli aktivlar (MUMA)

Moliyaviy joriy aktivlar (MJA)

Moliyaviy bo‘lmagan aktivlar

Moliyaviy bo‘lmagan uzoq muddatli aktivlar (MBUMA)

Moliyaviy bo‘lmagan joriy aktivlar (MBJA)

Passiv (P)

O‘z mablag‘lari manbai (UMM)

Majburiyatlar (M)

Balansdagi ifodalar:




Umumiy ifoda

A = K+M

Balans bo‘limlariga nisbatan

UMA+JA = O‘MM+M

Bo‘limlarning tarkib birliklariga nisbatan

MBUMA+MUMA+MBJA+MJA = O‘MM+UMM+M

Pul shakliga ko‘ra

PKBA+PKA = DP+M

Uzoq muddatli aktivlar (UMA) bo‘limida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq muddatli investitsiyalar, o‘rnatiladigan uskunalar, kapital qo‘yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati kechiktirilgan uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinadi.


Joriy aktivlar (JA) bo‘limida tovar-moddiy zaxiralar, kelgusi davr xarajatlari, muddati kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi, debitorlik qarzlari, pul mablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar va boshqa joriy aktivlar summalari oshkor qilinadi.
Xususiy sarmoya (XS), o‘z mablag‘lari manbai (O‘MM) bo‘limida ustav sarmoyasi, qo‘shilgan sarmoya, zaxira sarmoya, sotib olingan o‘z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda bo‘lg‘usi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari oshkor qilinadi.
Majburiyatlar (M) bo‘limida uzoq muddatli va joriy majburiyatlar bo‘yicha axborotlar alohida oshkor yetilishi lozim.
Uzoq muddatli majburiyatlar (UMM) bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli qarzlar, alohida bo‘linmalarga uzoq muddatli qarzlar, sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlariga uzoq muddatli qarzlar, muddati kechiktirilgan uzoq muddatli daromadlar, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar, uzoq muddatli bank kreditlari, uzoq muddatli qarzlar va boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlari summalari ko‘rsatilishi kerak.
Joriy majburiyatlar (JM) bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzlar, alohida bo‘linmalarga qarzlar, sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlariga qarzlar, muddati kechiktirilgan daromadlar, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa muddati kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo‘naklar, budjetdan soliqlarga oid qarzlar, sug‘urtaga oid qarzlar, davlat maqsadli jamg‘armalaridan to‘lovlarga oid qarzlar, ta’sischilardan qarzlar, mehnatga haq to‘lashga oid qarzlar, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa kreditorlik qarzlari summalari oshkor qilinadi.

5.3. Balans ma’lumotlari va uning boshqa moliyaviy hisobotlar ma’lumotlariga mosligi

Balans moddalarini tasnifi yuzasidan quyidagi muhim xulosalarni chiqarish mumkin.
Aktivlar – xo‘jalik subyektining qiymat bahosiga yega bo‘lgan moddiy, shu jumladan, pul mablag‘lari va debitorlik qarzlari va nomoddiy mulkidir.
Aktivlarda aks yettirilgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda, xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘lari oqimiga potensial, bevosita va bilvosita qo‘shiladigan ulushdir. Bu ulush xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatini bir qismi sifatida yuzaga kelishi mumkin.
Asosiy moliyaviy hisobot shakli bu – buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdir. Boshqa moliyaviy hisobotlar bir jihatning boshqa-boshqa jihatlarini aks yettiradi. Ular qatoriga pul oqimlari, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot shakllarini kiritish mumkin.

Buxgalteriya balansi va boshqa moliyaviy hisobotlarda aks yetuvchi yelementlar



Moliyaviy hisobot yelementlari

Aktiv­lar

Xususiy sar­moya

Majburiyat­lar

Zaxiralar

Daro­madlar

Xarajat­lar

Moliya­viy natijalar

Buxgalteriya balansi

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot

Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot

Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot

Balansga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirish­lar

Balansga izohlar, hisob-kitoblar va tushunti­rishlar

Pul oqimi to‘g‘risi­dagi hisobot

Pul oqimi to‘g‘risi­dagi hisobot

Pul oqimi to‘g‘risi­dagi hisobot

Buxgalteriya balansining asosiy yelementlari – aktivlar, kapital va majburiyatlardir.


Xo‘jalik yurituvchi subyektning aktivlari avvalgi bitimlar va boshqa voqealiklarning natijasidir. Subyektlar odatda aktivlarni sotib olib yoki hosil qilib unga yega bo‘ladilar biroq, boshqa bitimlar va voqealar ham aktivlarni ko‘paytirishga imkon beradi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt hukumatdan olgan ko‘chmas mulk. Kelgusida kutiladigan bitimlar va boshqa voqealar o‘zi-o‘zidan aktivlarning paydo bo‘lishiga ham olib kelmaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z aktivlaridan mulkni, tovar-moddiy zaxiralardan ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatilishni boshqarish uchun foydalanadilar.
Aktivlarda aks yettirilgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan har xil yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan, aktivdan:
- tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishda alohida yoki boshqa aktivlar bilan birgalikda foydalanilishi;
- boshqa aktivlarga almashtirilishi;
- majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning yegalari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin.
Aktivlar binolar, inshootlar va uskunalar singari jismoniy shaklga yega. Biroq, jismoniy shakl aktivning mavjud bo‘lishi uchun zaruriy shart yemas. Masalan, patentlar va mualliflik huquqlari ham aktivlardir. Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt kelgusida ulardan foydalanishdan iqtisodiy foyda olishni kutayotgan bo‘lsa, bu unsurlar ham aktivlar qatoriga kiritiladi va ularni nomoddiy aktivlar, moliyaviy aktivlar sifatida tarkiblash mumkin.
Aktivlar yuridik huquqlar, shu jumladan yegalik huquqi bilan bog‘liqdir. Lekin aktivlar mavjudligini aniqlashda, yegalik huquqi asosiy hisoblanmaydi. Masalan, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt ana shu mulkdan olinishi kerak bo‘lgan foydani nazorat qila olsa, ijaraga olinadigan mulk aktiv hisoblanadi.
Xarajatlarni amalga oshirish bilan aktivlarni hosil qilish o‘rtasida uzviy aloqa mavjud, ammo bu jarayonlar hamma vaqt ham vaqti bo‘yicha to‘g‘ri kelmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda izlanganidan dalolat beradi, lekin aktivlar olinganini uzil-kesil tasdiqlamaydi. Binobarin, xarajatlarning mavjud yemasligi obyektni aktiv deb hisoblash uchun asos bo‘lmaydi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektga tekinga berilgan obyektlar aktivlarni ta’riflashga mos keladi.
Balansning yeng muhim yelementi bu – majburiyatlardir. Ularni aktiv va passiv tomonda ham uchratish mumkin. Aktivdagi majburiyatlar olinadigan majburiyatlar, passiv tomondagi majburiyatlar to‘lanadigan majburiyatlar hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi joriy va uzoq muddatli mas’uliyatli yekanligi majburiyatlarning asosiy tavsifidir.
Majburiyatlar‚ shuningdek, ustavning yoki shartnomaning talablari oqibati sifatida yuzaga kelishi mumkin. Masalan, olingan tovar-moddiy zaxiralar va xizmatlar uchun to‘lanadigan summalar.
Majburiyatlar oldin tadbirkorlik ishi jarayonida, yaxshi munosabatlarni saqlab turish yoki xolisona tarzda ish ko‘rishda ham yuzaga keladi. Masalan, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt kafolat muddati tugaganidan so‘ng o‘z mahsulotidagi kamchiliklarni tuzatish to‘g‘risida qaror qabul qilsa, shu bo‘yicha qilingan xarajatlar ham majburiyatlar deb hisoblanadi.
Hozirgi majburiyatlar bilan kelgusi majburiyatlar o‘rtasida chegara bo‘lishi kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining kelgusida aktivlarni sotib olish haqida qabul qilgan qarori majburiyatlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi. Majburiyatlar odatda aktiv olinganda yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivni sotib olishi to‘g‘risida bitimga kirishgandagina paydo bo‘ladi.
Tegishli majburiyatlarni bajarish odatda boshqa tarafning ye’tirozlarini qondirish uchun iqtisodiy foydani ifodalovchi xo‘jalik yurituvchi subyekt resurslarini o‘ziga jalb yetadi. Majburiyatlarning bajarilishi har xil usullarda (qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari) amalga oshiriladi:
- haq to‘lash bilan;
- boshqa aktivlarni berish bilan;
- xizmatlarni ko‘rsatish bilan;
- ushbu majburiyatni boshqasi bilan almashtirish orqali;
- majburiyatlarni aksiyalarga almashtirish orqali.
O‘zbekiston amaliyotida majburiyatlarning faqat to‘lovlar orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Majburiyatlar, kreditor o‘z huquqlaridan bosh tortgan hollarda yoki kreditor ana shu huquqlaridan mahrum bo‘lganida, bajarilgan deb hisoblanishi mumkin.
Majburiyatlar avvalgi bitimlar yoki o‘tgan voqealarning natijasidir. Masalan, tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish va xizmatlarni olish bilan to‘lanishi kerak bo‘lgan (agar ular ilgari to‘lanmagan bo‘lsa yoki yetkazib berilganda) schotlar ham olinadi.
Buxgalteriya balansining yeng muhim va ahamiyatli unsuri bu – xususiy sarmoyadir.
Xususiy sarmoya ustav, qo‘shilgan, zaxiralar sarmoyadan va taqsimlanmagan foydadan iboratdir. Zarur hollarda ustav, qo‘shilgan zaxiralar sarmoya tahliliy jihatdan hisobga olinadi.
Buxgalteriya balansidagi xususiy sarmoyaning miqdori aktivlar qiymatini va majburiyatlarni baholashga bog‘liqdir.
Buxgalteriya balansida zaxiralar alohida tarkiblanadi. Ularning ahamiyati va zarurligi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni yoki zararlarni kamaytirishga qaratilgan.
Xo‘jalik yurituvchi subyektni va kreditorlarni zararlarning oqibatlaridan qo‘shimcha tarzda himoya qilishni ta’minlash uchun zaxiralarni vujudga keltirish zarur. Zaxiralarni hosil qilish va ularning miqdori haqidagi axborot qarorlar qabul qilishda foydalanuvchilar uchun ahamiyatlidir. Zaxiralarni vujudga keltirish xo‘jalik yurituvchi subyektga doir qonunchilikda va ustavda (soliq qonunlarini buzmagan holda) ko‘zda tutiladi.
Aktivlar kapital va majburiyatlarni tan olish va ularni buxgalteriya balansida aks yettirish tartiblari. Aktivlar – ushbu aktivdan foydalanish natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektga bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda tushish yehtimoli mavjud bo‘lganida buxgalteriya balansida aks yettiriladi va aktiv aniq ifodalanadigan chiqimlar yoki qiymatni o‘z ichiga oladi.
Kapital – aktivlarning qiymatini va majburiyatlarni baholashga bog‘liqdir.
Majburiyatlar – o‘zida iqtisodiy foydani ifodalovchi resurslar oqimi yehtimoli mavjud bo‘lganida buxgalteriya balansida ye’tirof yetiladi, shuningdek‚ ular majburiyatlarni qabul qilish natijasidir.
Balans moddalarining quyidagi jadvalda aks yettirish mumkin.
Buxgalteriya balansi aktivi moddalari

Aktiv

Satri

I. Uzoq muddatli aktivlar


Asosiy vositalar:




Boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymat (0100, 0300)

010

Yeskirish (0200)

011

Qoldiq (balans) qiymat (010- 011)

012

Nomoddiy aktivlar:


Boshlang‘ich qiymat(0400)

020

Amortizatsiya summasi (0500)

021

Qoldiq (balans) qiymat (020-021)

022

Uzoq muddatli investitsiyalar, jami (satr 040+050+060+070+080)

030

Shu jumladan:




Qimmatli qog‘ozlar (0610)

040

Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar (0620)

050

Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar (0630)

060

Chet yel kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar (0640)

070

Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar (0690)

080

O‘rnatiladigan asbob-uskunalar (0700)

090

Kapital qo‘yilmalar (0800)

100

Uzoq muddatli debitor qarzlari (0910,0920,0930,0940)

110

Uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar (0950,0960,0990)

120

I-bo‘lim bo‘yicha jami (satr 012+022+030+090+100+110+120)

130

II. Joriy aktivlar


Tovar-moddiy zaxiralari, jami (satr 150+160+170+180) Shu jumladan :

140

Ishlab chiqarish zaxiralari (1000,1100,1500,1600)

150

Tugallanmagan ishlab chiqarish (2000,2100,2300,2700)

160

Tayyor mahsulot (2800)

170

Tovarlar (2900 dan 2980 ning ayirmasi )

180

Kelgusi davr xarajatlari (3100)

190

Kechiktirilgan xarajatlar (3200)

200

Debitorlar, jami: (satr 220+240+250+260+270+280+290+300+310)

210

shundan: muddati o‘tgani

211

Xaridor va buyurtmachilarning qarzi (4000 dan 4900 ning ayirmasi)

220

Ajratilgan bo‘linmalarning qarzi (4110)

230

Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarning qarzi (4120)

240

Xodimlarga berilgan bo‘naklar (4200)

250

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar (4300)

260

Budjetga soliq va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (4400)

270

Maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (4500)

280

Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzi (4600)

290

Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzi (4700)

300 

Boshqa debitor qarzlar (4800)

310

Pul mablag‘lari, jami (satr 330+340+350+360) shu jumladan:

320

Kassadagi pul mablag‘lari (5000)

330

Hisob raqamidagi pul mablag‘lari (5100)

340

Chet yel valyutasidagi pul mablag‘lari (5200)

350

Boshqa pul mablag‘lari va yekvivalentlari (5500, 5600, 5700)

360

Qisqa muddatli investitsiyalar (5800)

370

Boshqa joriy aktivlar (5900)

380

II bo‘lim bo‘yicha jami (satr 140+190+200+210+230+320+370+380)

390

Balans aktivi bo‘yicha jami (satr 130+390)

400

Aktivlarni buxgalteriya balansida aks yettirish quyidagi qiymatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.


Aktivlar:
hisobot sanasida buxgalteriya balansida aktivlarni aks yettirish qiymatida;
sotib olish vaqtida yerishilgan tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra belgilangan joriy qiymatida;
ana shu yoki shunga o‘xshash aktiv yendigina sotib olingan bo‘lgandagi holatda to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha;
sotishdan olinishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha;
xo‘jalik yurituvchi subyektning normal faoliyati davomida aktivlarni ko‘paytirishi lozim bo‘lgan bo‘lg‘usi pul mablag‘lari tushumining diskontlangan qiymati bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks yettiriladi.

Buxgalteriya balansi passivi moddalari



Passiv

Satri

I. O‘z mablag‘lari manbalari




Ustav kapitali (8300)

410

Qo‘shilgan kapital (8400)

420

Rezerv kapitali (8500)

430

Sotib olingan xususiy aksiyalar (8600)

440

Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) (8700)

450

Maqsadli tushumlar (8800)

460

Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralar (8900)

470

I bo‘lim bo‘yicha jami (satr 410+420+430+440+450+460+470)

480

II. Majburiyatlar




Uzoq muddatli majburiyatlar, jami (satr 500+510+520+530+540+550+560+570+580+590)

490

Shu jumladan: uzoq muddatli kreditorlik qarzlari (satr 500+520+540+560+590)

491

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli qarz (7000)

500

Ajratilgan bo‘linmalarga uzoq muddatli qarz (7110)

510

Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarga uzoq muddatli qarz (7120)

520

Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar (7210, 7220, 7230)

530

Soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar (7240)

540

Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar (7250, 7290)

550

Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar (7300)

560

Uzoq muddatli bank kreditlari (7810)

570

Uzoq muddatli qarzlar (7820, 7830, 7840)

580

Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlar (7900)

590

Joriy majburiyatlar, jami (satr 610+620+630+640+650+660+670+680+690+700+710+720 +730+740+750+760)

600

Shu jumladan: joriy kreditorlik qarzlari (satr 610+630+650+670+680+690+700+710+720 +760)

601

Shundan: muddati o‘tgan joriy kreditorlik qarzlari

602

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz (6000)

610

Ajratilgan bo‘linmalarga qarz (6110)

620

Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarga qarz (6120)

630

Kechiktirilgan daromadlar (6210, 6220, 6230)

640

Soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar (6240)

650

Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar (6250, 6290)

660

Olingan bo‘naklar (6300)

670

Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (6400)

680

Sug‘urtalar bo‘yicha qarz (6510)

690

Maqsadli jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha qarz (6520)

700

Ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar (6600)

710

Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz (6700)

720

Qisqa muddatli bank kreditlari (6810)

730

Qisqa muddatli qarzlar (6820, 6830, 6840)

740

Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi (6950)

750

Boshqa kreditorlik qarzlar (6950 dan tashqari 6900)

760

II bo‘lim bo‘yicha jami (satr 490+600)

770

Balans passivi bo‘yicha jami (satr 480+770)

780

Buxgalteriya balansida majburiyatlar quyidagi qiymatlarda aks yetadi:


- majburiyatlar majburiyatni bajargunga qadar to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha majburiyatlarga almashib olingan mablag‘lar summasida aks yettiriladi;
- majburiyatlar majburiyatni to‘lash uchun talab yetiladigan pul mablag‘larining diskontlanmagan summasida aks yettiriladi;
- majburiyatlar ularni to‘lash qiymati bo‘yicha aks yettiriladi, bunday qiymat yesa majburiyatlarni to‘lash uchun talab yetiladigan pul mablag‘larining diskontlanmagan summasidir;
- majburiyatlar kelgusida o‘tkaziladigan pul mablag‘larining diskontlangan qiymatidan iborat bo‘lgan, xo‘jalik yurituvchi subyektning oddiy faoliyati davomida majburiyatlarni to‘lash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks yettiriladi.

Buxgalteriya balansining qisqartilgan shakli



Aktiv

Satr kodi

Passiv

Satr kodi

I. Uzoq muddatli aktivlar




I. O‘z mablag‘lari manbalari




Asosiy vositalar
boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati (0100, 0300)

010

Ustav kapitali (8300)

410

Yeskirish qiymati (0200)

011

Qo‘shilgan kapital (8400)

420

Qoldiq (balans) qiymati (010-011)

012

Rezerv kapitali (8500)

430

Nomoddiy aktivlar qoldiq qiymati

022

Sotib olingan xususiy aksiyalar (8600)

440

Uzoq muddatli investitsiyalar jami (satr 040+050+060+070+080)

030

Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) (8700)

450

O‘rnatiladigan asbob-uskunalar (0700)

090

Maqsadli tushumlar (8800)

460

Kapital qo‘yilmalar (0800)

100

Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralar (8900)

470

Uzoq muddatli debitor qarzlari (0910, 0920, 0930, 0940)

110







Uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar (0950, 0960, 0990)

120







I-bo‘lim bo‘yicha jami (satr 012+022+030 +090+100+110+120)

130

I bo‘lim bo‘yicha jami (satr 410+420+430+440+450 +460+470)

480

II.Joriy aktivlar




II. Majburiyatlar




Tovar-moddiy zaxiralari, jami (satr 150 +160+170+180)

140

Uzoq muddatli majburiyatlar, jami (satr 500+510 +520+530+540+550+560+570+580+590)

490

Kelgusi davr xarajatlari (3100)

190

Shu jumladan uzoq muddatli kreditorlik qarzlari (satr 500+520+540+560+590)

491

Kechiktirilgan xarajatlar (3200)

200

Joriy majburiyatlar, jami (satr 610+620+630+640 +650+660+670+680+690+700+710+720+730+740+750+760)

600

Debitorlar jami: (satr 220+240+250+260 +270+280+290+300+310)

210

Joriy kreditorlik qarzlarida qisqa muddatli kreditlar va qarzlar hamda uzoq muddatli kreditlarning joriy qismi (satr 730+740+750)

730
740
750







Joriy kreditorlik qarzlarining kredit va qarzlardan tashqari qismi (satr 610+630+650+670 +680+690+700+710+720+760)

600-730-740-750

shundan: muddati o‘tgani

211

Shundan: muddati o‘tgan joriy kreditorlik qarzlari

602

Pul mablag‘lari, jami (satr 330+340+350 +360) shu jumladan:

320







Qisqa muddatli investitsiyalar (5800)

370







Boshqa joriy aktivlar (5900)

380







II bo‘lim bo‘yicha jami (satr 140+190+200 +210+320+370+380)

390

II bo‘lim bo‘yicha jami (satr 490+600)

770

Balans aktivi bo‘yicha jami (satr 130 +390)

400

Balans passivi bo‘yicha jami (satr 480+770)

780

Analitik hisob-kitoblardan oldin albatta axborotlarning aniqligi, ishonchligiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Shu sababli, moliyaviy hisobot shakllarida korxona moliyaviy ahvolining bir jihatini boshqa-boshqa tomonlarini aks yettirishda nazorat raqamlarining o‘zaro mosligini tekshirishga alohida ahamiyat qaratiladi.


Balans moddalari va ularning boshqa moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlarga mosligi*



Ko‘rsatkichlar

Buxgalteriya balansi hisobot shakli satri

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot satri

Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot satri

Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot satri

1

Pul mablag‘lari

320

-

070, 080

-

2

Ustav kapitali

410

-

-

010, 080

3

Qo‘shilgan kapital

420

050, 060

-

010, 080

4

Rezerv kapitali

430

050, 060

-

010, 080

5

Sotib olingan xususiy aksiyalar

440

-

-

010, 080

6

Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)

450

**

-

010, 080

7

Maqsadli tushumlar

460

-

-

010, 080

8

Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralar

470

-

-

010, 080

*-ma’lumotlarni ochib berish yuzasidan moliyaviy hisobotga qaydlar, izohlar asosida nazorat raqamlarini tekshirish imkoniyatini oshirish mumkin.


**-korxona ochilgandan buyon taqsimlanmagan foydani qayta hisob-kitoblar qilish orqali nazorat raqamiga chiqish mumkin.

5.4. Korxona moliyaviy holatining tahlili



Korxonaning moliyaviy holati iqtisodiy kategoriya sifatida xo‘jalik subyektining o‘z faoliyatini yuritish, rivojlantirish va o‘z-o‘zini moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan kapitalning holatini xarakterlaydi. Ya’ni xo‘jalik subyektining moliyaviy resurslar bilan ta’minlanish darajasini, ularning maqsadli joylashtirilishi va samarali foydalanish darajasini, boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan moliyaviy munosabatlarni, to‘lovga qobillik va moliyaviy barqarorlik holatini tavsiflashni xarakterlaydi.
Korxonaning moliyaviy holati uning moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasini, raqobatbardoshlik va bankrotlik darajasini, moliyaviy barqarorlik va to‘lovga qodirlik holatini, davlat va boshqa xo‘jalik subyektlari oldidagi majburiyatlarini bajarishga qodirligi kabi ko‘rsatkichlarni tavsiflovchi kategoriya va jarayonlar natijalari majmuini o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy holatni o‘rganish va tahlil yetish orqali xo‘jalik subyektining samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni o‘stirish imkoniyatlarini baholashga, korxona ishlab chiqarish, tijorat va moliya faoliyatidan moliyaviy resurlarning kirimiga va ulardan moliyaviy holatni o‘stirishda foydalanish darajalariga, moliyaviy natijalarni kutilishini prognozlash va iqtisodiy rentabellikni xo‘jalik faoliyatining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oshirishning yo‘llarini belgilashga, moliyaviy resurslardan yanada samarali foydalanishning chora-tadbirlarini belgilashga imkon tug‘iladi.
Moliyaviy raqobatdoshlikka va to‘g‘ri moliyaviy siyosatni yuritishga korxona foydasini maksimallashtirish, kapital tarkibini optimallashtirish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, mulkdorlar (qatnashchilar, ta’sischilar), investorlar va kreditorlar uchun moliyaviy holatning jozibadorligini oshirish, korxona boshqaruvi yuzasidan samarali mexanizmni shakllantirish, shuningdek, moliyaviy resurslarni jalb yetishda bozor mexanizmining barcha imkoniyatlaridan foydalanish orqali yerishish mumkin.
Moliyaviy holatni baholash orqali ikkita natijaviy ko‘rsatkichga yega bo‘linadi. Birinchisi korxona boshqaruv apparatining faoliyatiga baho beriladi, ikkinchisi moliyaviy holatning ayrim ko‘rsatkichlarini prognozlash imkoni tug‘iladi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida moliyaviy hisobotlarga quyidagicha tasnif beriladi. Moliyaviy hisobotlar – tadbirkorlik subyektining moliyaviy holati va moliyaviy natijalarining tartibga solingan ifodasidir. Moliyaviy hisobotlarning maqsadi turli foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydali bo‘lgan, tadbirkorlik subyektining moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ta’minlashdan iboratdir. Moliyaviy hisobotlar, shuningdek, rahbariyat tomonidan unga ishonib topshirilgan resurslar boshqarilishining natijalarini aks yettiradi. Ushbu maqsadga yerishish uchun, moliyaviy hisobotlar tadbirkorlik subyektiga tegishli bo‘lgan quyidagi jihatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ta’minlaydi: aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar, mulk yegalari tomonidan ularning mulk yegalari sifatida amal qilishidagi qilingan qo‘yilmalar va ularga taqsimlanadigan summalar.
Ushbu ma’lumotlar, izohlardagi boshqa ma’lumotlar bilan birga, moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga tadbirkorlik subyektining kelgusi pul oqimlarini va, xususan, ularning muddatini va aniqliligini bashorat qilishda yordam beradi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, buxgalteriya balansi bu xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumot beradi va shu sababli ham moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot nomi ko‘proq zikr yetiladi.
Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot ikki davrga ya’ni, davr boshi va oxiriga tuziladi va bitta hisobot shaklida aks yettiriladi. Bu bevosita moliyaviy holatning tahliliyligini ta’minlash va o‘zgarishlarni bir paytning o‘zida aniqlash zaruriyati tufayli belgilangan. Bu tartib moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida quyidagicha izohlanadi.
“Tadbirkorlik subyekti, kamida, ikkita moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotlarni, ikkita foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar to‘g‘risidagi hisobotlarni, ikkita alohida foyda yoki zarar to‘g‘risidagi hisobotlarni (agarda taqdim yetiladigan bo‘lsa), ikkita pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlarni va ikkita kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni hamda tegishli izohlarni taqdim yetishi lozim”.1 Bu tartib minimal qiyosiy tahlil qilish sharti tufayli belgilangan.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida yana shunday muhim jihat aks yetganki, subyektlar minimal qiyosiy moliyaviy hisobotlarga qo‘shimcha tarzda oldingi davrning boshiga bo‘lgan moliyaviy holat to‘g‘risidagi uchinchi hisobotni ham taqdim yetishi lozim, agarda:
(a) u hisob siyosatini retrospektiv tarzda qo‘llasa, o‘zining moliyaviy hisobotlaridagi moddalarni retrospektiv tarzda qayta hisoblasa yoki ularni qayta tasniflasa;
(b) retrospektiv qo‘llash, retrospektiv qayta hisoblash yoki qayta tasniflash oldingi davr boshidagi moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda aks yettirilgan ma’lumotlarga muhim darajada ta’sir yetgan bo‘lsa.
Yuqoridagi tartibga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy holat to‘g‘risidagi uchta hisobotlarni quyidagi davr holatlariga taqdim yetishi lozim:
(a) joriy davr oxiriga;
(b) oldingi davr oxiriga;
(d) oldingi davr boshiga.
Ma’lumotlarning davrlararo qiyosiyligini oshirish foydalanuvchilarga iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda, ayniqsa bashorat maqsadlarida, moliyaviy ma’lumotlardagi tendensiyalarni baholash uchun imkoniyat yaratadi.
Ba’zi holatlarda, joriy davrga nisbatan qiyoslanuvchanlikka yerishish uchun muayyan oldingi davrdagi qiyosiy ma’lumotlarni qayta tasniflashning imkoni bo‘lmaydi. Masalan, tadbirkorlik subyekti qayta tasniflashga imkon beradigan tarzda oldingi davr(lar)dagi ma’lumotlarni yig‘magan bo‘lishi mumkin va ma’lumotlarni qayta yaratish imkoni bo‘lmasligi mumkin.
Minimum darajada, moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot quyidagi summalarni aks yettiradigan satrlarda ko‘rsatiladigan moddalarini o‘z ichiga olishi lozim: (a) asosiy vositalar; (b) investitsion mulk; (d) nomoddiy aktivlar; (ye) moliyaviy aktivlar; (f) ulush bo‘yicha hisobga olish usuli bo‘yicha hisobga olingan investitsiyalar; (ye) biologik aktivlar; (j) tovar-moddiy zaxiralar; (z) savdo bo‘yicha va boshqa debitorlik qarzlari; (i) naqd pullar va naqd pul yekvivalentlari; (y) sotishga mo‘ljallangan sifatida tasniflangan aktivlar va sotishga mo‘ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqariladigan moddalarning guruhlariga kiritilgan aktivlari; (k) savdo bo‘yicha va boshqa kreditorlik qarzlari; (l) rezervlar; (m) moliyaviy majburiyatlar; (n) joriy soliq bo‘yicha majburiyatlar va aktivlar; (o) muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari va muddati uzaytirilgan soliq aktivlari; (p) sotish uchun mo‘ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqariladigan moddalarning guruhlariga kiritilgan majburiyatlar; (r) kapital tarkibida aks yettirilgan, nazorat kuchiga yega bo‘lmagan ulushlar; (s) bosh tashkilotning mulk yegalariga tegishli bo‘lgan, chiqarilgan kapital va kapitaldagi rezervlar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarining moliyaviy holatini tushunishda o‘rinli bo‘lsa, moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotning satrlarida ko‘rsatiladigan qo‘shimcha moddalarini, sarlavhalarni va jamilarni taqdim yetishi lozim.
Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining moliyaviy holati to‘g‘risidagi hisobotida joriy va uzoq muddatli aktivlarni hamda joriy va uzoq muddatli majburiyatlarni alohida turkumlar sifatida aks yettirsa, u muddati uzaytirilgan soliq aktivlarini (majburiyatlarini) joriy aktivlar (majburiyatlar) sifatida tasniflamasligi lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda alohida taqdim yetilishi o‘rinli bo‘lgan mohiyati yoki vazifasi jihatidan yetarlicha farqlanadigan moddalarning ro‘yxatiga quyidagilarni kiritish mumkin:
(a) moddalar hisobotning alohida satrlarida ko‘rsatiladi, qachonki moddaning yoki o‘xshash moddalar guruhining hajmi, xususiyati yoki vazifasi xo‘jalik subyektining moliyaviy holatini tushunish uchun ushbu moddalarning alohida taqdim yetilishini talab yesa;
(b) xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini tushunishda o‘rinli bo‘lgan ma’lumotlarni ta’minlash uchun foydalanilgan tavsiflar va moddalarning yoki o‘xshash moddalar guruhining tartibi xo‘jalik yurituvchi subyekt va uning operatsiyalarining mohiyatidan kelib chiqib o‘zgartirilishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt quyidagilarni baholash asosida qo‘shimcha moddalarni alohida taqdim yetishi mumkin:
(a) aktivlarning xususiyati va likvidliligi;
(b) tadbirkorlik subyekti ichida aktivlarning vazifasi;
(d) majburiyatlarning summasi, xususiyati va muddati.
Subyekt, moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda yoki unga izohlarda, uning faoliyatiga to‘g‘ri keladigan ravishda tasniflangan va aks yettirilgan, satrlarda ko‘rsatiladigan moddalarining ikkilamchi batafsilroq qilib tasniflangan moddalarini ochib berishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotga izohlar, qaydlar va tushuntirishlarda‚ shuningdek‚ quyidagilarni ochib berishi lozim: (a) asosiy vositalar, (b) debitorlik qarzlari, (d) tovar-moddiy zaxiralar, (ye) zaxiralar, (f) kapitalning turkumlanishi haqidagi ma’lumotlar.
Subyekt moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda yoki kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotda, yoki izohlarda, quyidagilarni ochib berishi lozim:
(a) aksiyadorlik kapitalining har bir turkumi bo‘yicha (chiqarishga ruxsat yetilgan aksiyalarning soni, chiqarilgan va to‘liq to‘langan aksiyalarning soni hamda chiqarilgan, lekin to‘liq to‘lanmagan aksiyalarning soni, har bir aksiyaning nominal qiymati, yoki aksiyalar nominal qiymatga yega yemasligi, muomaladagi aksiyalar sonining davr boshiga va oxiriga solishtirmasi, ushbu turkumga biriktiriladigan huquqlar, imtiyozlar va cheklovlar, jumladan dividendlarni taqsimlash va kapitalni qaytarish bo‘yicha cheklovlar, subyekt yoki uning sho‘ba yoki qaram tadbirkorlik subyektlari yegalik qilayotgan boshqa tadbirkorlik subyektidagi ulushlari, opsionlar va aksiyalarni sotish shartnomalari bo‘yicha chiqarish uchun saqlanayotgan aksiyalar, shu jumladan ularning shartlari va summalari);
(b) kapitaldagi har bir rezervning xususiyati va maqsadining tavsifini.
Moliyaviy holat tahlili oldiga qo‘yiladigan asosiy vazifalarni manbalarga tayangan holda quyidagi qatorlarda umumlashtirish va tarkiblash mumkin. 2
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar:
- mulk, kapital va majburiyatlarini, ularning o‘zgarishlarini tahlil yetish;
- to‘lovga qobillik va mablag‘lar harakatchanligini tahlil yetish;
- asosiy va aylanma kapitalini tahlil yetish;
- iqtisodiy va moliyaviy salohiyatini tahlil yetish;
- ish aktivligini tahlil yetish;
- firma va kompaniyalar moliyaviy barqarorligini tahlil yetish;
- debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini tahlil yetish;
- iqtisodiy va moliyaviy reytingini baholash;
- moliyaviy holatini yaxshilash yuzasidan mavjud ichki imkoniyat-
larni aniqlash va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilab olishdan iboratdir.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning qisqartirilgan buxgalteriya balansi



Ko‘rsatkichlar

Davr boshiga

Davr oxiriga

Farqi, (+,-)

AKTIV










1. Uzoq muddatli aktivlar

10 219 731 945

12 593 199 960

2 373 468 015

Asosiy vositalar boshlang‘ich qiymati

10 527 417 487

14 773 593 626

4 246 176 139

Asosiy vositalar yeskirish qiymati

3 423 307 367

4 320 658 666

2 991 241 501

Asosiy vositalar qoldiq qiymati

7 104 110 120

10 452 934 960

3 348 824 840

Nomoddiy aktivlar qoldiq qiymati

417 151

345 379

71 772

Kapital qo‘yilmalar

2 834 711 892

1 572 602 311

1 262 109 581

Boshqa uzoq muddatli aktivlar

280 492 782

567 317 310

6 331 746

2.Joriy aktivlar

2 978 372 713

11 683 693 105

8 705 320 392

Ishlab chiqarish zaxiralari

819 530 511

1 047 437 972

227 907 461

Kelgusi davr xarajatlari

1 366 091 169

8 441 062 224

7 074 971 055

Pul mablag‘lari

171 917 383

468 669 767

296 752 384

Boshqa joriy aktivlar

117 495 315

160 480 738

42 985 423

Debitorlar, jami

503 338 335

1 566 042 404

1 062 704 069

Shu jumladan:










Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar

163 855 350

268 038 094

104 182 744

Budjetga avans to‘lovlari

7 740 384

5 252 951

2 487 433

Balans aktiv bo‘yicha jami

13 198 104 658

24 276 893 065

11 078 788 407

PASSIV










1.O‘z mablag‘lari manbasi

7 745 794 466

10 124 233 076

2 378 438 610

Ustav kapitali

614 384 306

828 202 670

213 818 364

Rezerv kapitali

5 737 851 427

8 121 422 920

2 383 571 493

Taqsimlanmagan foyda

507 693 607

223 400 675

284 292 932

Boshqa manbalar

885 865 126

951 206 811

65 341 685

2. Majburiyatlar

5 452 310 192

14 152 659 989

8 700 349 797

Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlari

4 675 490 146

12 304 013 149

7 628 523 003

Boshqa majburiyatlar

14 744 216

8 878 479

5 865 737

Kreditorlik majburiyatlari, jami

762 075 830

1 839 768 361

1 077 692 531

Shu jumladan:










Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga majburiyatlar

219 818 890

514 650 184

294 831 294

Budjetga majburiyatlar

20 798 130

62 317 043

41 518 913

Balans passivi bo‘yicha jami

13 198 104 658

24 276 893 065

11 078 788 407

Korxonaning jami aktivlari davr boshiga nisbatan 11 078 788 407 ming so‘mga ortgan. Shundan uzoq muddatli aktivlar 2 373 468 015 ming so‘mga, joriy aktivlar hajmi 8 705 320 392 ming so‘mga ortgan.


Kapital va majburiyatlar hajmi davr boshiga nisbatan mos ravishda 2 378 438 610 ming so‘m va 8 700 349 797 ming so‘mga ortgan.
Korxonada jami passivlar tarkibida o‘z mablag‘lari (xususiy kapital) darajasi davr boshida 58,6 foizni tashkil yetgan bo‘lsa, davr oxiriga kelib 41,7 foizga tushgan. Joriy davrdagi ushbu o‘zgarish asosan uzoq muddatli qarz kapitalining keskin ravishda ortishi hisobiga ro‘y bergan.
Korxonaning yashovchanligini ta’minlash uchun korxonalarning buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotlarni iqtisodiy jihatdan o‘qish lozim.
Korxonaning moliyaviy holati uning mol-mulki, moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi, moliyaviy barqarorligi va to‘lovga layoqati, davlat va boshqa xo‘jalik subyektlari oldidagi majburiyatlarini bajarishga qodirligi, raqobatbardoshlik va bankrotlik darajasi kabi ko‘rsatkichlar majmuini o‘z ichiga oladi.
Korxonaning moliyaviy holati haqida yanada to‘liq ma’lumotlar olish uchun ularning to‘liq kompleks tahlilini o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Moliyaviy holat tahlilining o‘ziga xos xususiyatlarida moliyaviy analitiklar quyidagi muhim jihatlarga ahamiyat berishlari lozim: operason jarayonlarning tashkil yetilishiga; naqd mablag‘larning harakatiga; boshqaruv maqsadligiga; tarmoq risklarini baholashga; bozorni; faoliyat ko‘lamini; yuridik maqomini o‘rganishga va h.k.
Moliyaviy holat tahlilini quyidagi ketma ketlikda o‘rganish maqsadga muvofiq:
- buxgalteriya balansini o‘qish, gorizontal, vertikal va trend tahlili;
- buxgalteriya balansi likvidligi va xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lov layoqatini tahlili;
- xo‘jalik subyektining moliyaviy barqarorligini tahlili;
- moliyaviy holat va uni kelgusidagi o‘zgarishlarini bashoratlash;
- moliyaviy holat va uni yanada yaxshilashning amaliy chora-tad-
birlarini ko‘rish.
Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni buxgalteriya balansi, unga izohlar, qaydlar va tushuntirishlardan olish mumkin. Shuningdek, ichki moliyaviy tahlilni keng qamrovli o‘tkazish yuzasidan bosh kitob, hisob registrlaridan va boshqa qo‘shimcha manbalardan foydalanish mumkin.



1 МҲХС “Молиявий ҳисоботларни тақдим этиш” тўғрисидаги, 38 модда

2 Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализ финансовой отчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 2013. - 388 с., K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION Published by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by, Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и статистика. 2003, -622 ст., Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и статистика 2007. 367 стр

Yüklə 77,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə