|
Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit kafedrasi
|
səhifə | 9/16 | tarix | 23.03.2022 | ölçüsü | 357,65 Kb. | | #84672 |
| Sug\'urta to\'lovlari bo\'yicha hisob kitoblar hisobi — копияHomiladorlik va tug‘ish nafaqasi (shu jumladan, homila tushgan hollarda) 126 kun uchun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda — 140 kun) muddatga to‘lanadi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash va to‘lash uchun ish (o‘qish) joyiga mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etish lozim.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo‘qolgan hollarda nafaqa uning o‘rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa ish haqining (stipendiya) 100 foizi miqdorida beriladi.
Nafaqa, ayol ta’tilga ketgunga qadar to‘lanadi. Agar ketgunga qadar olinmagan bo‘lsa, homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugagan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilish lozim. Ushbu muddat o‘tgandan keyin nafaqa to‘lanmaydi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|