Buxgalteriya hisobi va audit


Davlat qarzlarini boshqarishning zarurligi, vazifalari va usullari



Yüklə 76,86 Kb.
səhifə2/6
tarix24.04.2023
ölçüsü76,86 Kb.
#106765
1   2   3   4   5   6
GAZNACHILIK

2.Davlat qarzlarini boshqarishning zarurligi, vazifalari va usullari.

Davlat budjeti mablaglarining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirish;Davlat budjeti mablaglarini boshkarish, yagona G’azna xisobvarag’ini va xududiy gazna xisobvaraklarini yuritish;budjet mablaglari oluvchining tovar etkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablaglari xisobidan kapital kurilish uchun tuzilgan shartnomasini majburiy ro’yxatdan o’tkazish;Davlat budjetida kaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun mablaglar nazarda tutilgan bo’lsa, o’sha yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirigiga binoan to’lovlarni amalga oshirish;Davlat budjeti gazna ijrosining buxgalteriya xisobini yuritish;Davlat budjetining ijrosi to’grisidagi axborotni yigish, kayta ishlash, taxlil kilish va xisobotni tuzish;O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashki karzlariga xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etish. Davlatning ichki qarzlarning haddan tashqari ortishi kelgusida tashqi qarzlarning ham ortishiga olib keladi. Qarzlarni investorlarning turli guruhlari o’rtasida joylashtirib, davlat pul muomalasini tartibga soladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi 1245-son «O’zbekiston Respublikasi 2010 yilgi Davlat budjetining parametrlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq, Davlat budjetining taqchilligi YaIMga nisbatan 1,0 foiz qilib belgilandi. Qarorda ko’rsatilishicha, Davlat budjetining taqchilligini moliyalashtirish respublika budjeti mablaglarining 2010 yil boshidagi bush qoldiqlari va boshka kadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshirildi. Mamlakatning moliyaviy xavfsizligi – davlatning milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, moliyaviy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishdan iborat. Bu aniq chegaralarda bozor institutlari va budjet tashkilotlarining faoliyatini iqtisodiy shart-sharoitlarda kafolatlaydigan moliya-bank tizimi holati bilan xarakterlanadi.


O’zbekiston Respublikasida «Oxirgi yillarda va o’tgan yili mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish borasida qo’lga kiritilgan natijalar Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan yuksak baholanmoqda. Xalqaro valyuta jamg’armasining keyingi baholash missiyasi bayonotida bunday deyildi: “O’zbekiston jadal o’sishga erishdi
va global moliyaviy inqirozga qarshi samarali choralar ko’rdi. Keyingi besh yilda O’zbekistonda o’sish sur’atlari o’rtacha 8,5 foizni tashkil etdi va bu Markaziy Osiyodagi o’rtacha o’sish ko’rsatkichidan yuqoridir.
Qator yillar davomida kuzatilgan budjet profitsiti, rasmiy zaxiralar darajasining yuqoriligi, davlat qarzining kamligi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondoshish mamlakatni global inqirozning bevosita oqibatlaridan himoya qildi.
Shuningdek, daromadlarni o’z vaqtida tushirish budjetning g’azna ijrosida muxim boskichlar xisoblanadi. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti mexanizmi talablari asosida rivojlanayotgan barcha mamlakatlarda g’aznachilikning u yoki bu modellari qo’llanilmoqda. G’aznachilik tizimlarining turli davlatlarda rang-barangligiga qaramasdan, mazkur moliyaviy institutga umumlashtirilgan ta’rif berish mumkin. G’aznachilik tizimidagi budjet tuzilmasida davlat resurslari va xarajatlari g’aznachilik hisobraqamlarida jamlanadi. G’aznachilik hisobraqamlardagi kassa qoldiqlarini ishlatib, g’aznalar vaqtinchalik erkin budjet mablag’larini depozitlar yoki qimmatli qog’ozlarga joylab, shu yo’l bilan budjet uchun qo’shimcha daromadlar jalb qilish uchun kapitallar bozorida qarz oluvchi yoki qarz beruvchi sifatida ishtirok etmoqda.




  1. Yüklə 76,86 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə