Buxgalteriya hisobining predmeti



Yüklə 79 Kb.
səhifə3/3
tarix20.04.2022
ölçüsü79 Kb.
#85682
1   2   3
Buxgalteriya hisobining usullari va uning elementlari.

Ho`jalik jarayonlari


Mulkchilikning xar xil shakllaridagi korxonalarning vazifasi uz faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarish (xizmat kursatish, ishlar bajarish)dan iborat. Mahsulot shilab chiqarish (xizmat kursatish, ishlar bajarish) uzliksiz amalga oshirilishi uchun undan oldin ta`minot jarayoni utishi, ishlab chiqarishdan keyin esa realiyatsiya jarayoni kelishi kerak. Bu uchta boskich xar doim bir birlarining urnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag`lar (fondlar)ning uzluksiz aylanishini hosil kilishadi.

Mablag`lar aylanishidagi asosiy boskich (faza) - bu moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir buladigan ishlab chiqarish boskdchidir. Bu yerda yangi mahsulot tayyorlanadi va u uzi ishlab chiqarilgan buyumlardan nafakat tashki ko`rinishi va xususiyati bilan, balki kiymatining xajmi bilan fark kiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan mahsulot kiymati sarflangan ishlab chiqarish vositalari kiymati (tiklash fondi) va xodimlar mexnati bilan yaratilgan xamda zaruriy kiymat (ish xaki) va qo`shimcha mahsulot kiymati (sof daromad)ga bulinadigan, yangi kiymatdan iborat.

Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirishda, birinchidan, ishlab chiqarishga kilingan xarajatlar sarflangan ishlab chiqarish vositalari (mexnat buyumlari va mexnat vositalari amortizatsiyasi) va ishchi kuchi (ish xaki shaklidagi zaruriy mexnat) va ikkinchidan, ishlab chiqarish mahsulotlari - tayyor buyumlar kayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona ulchagichda ifodalash va tayyor mahsulotning ishlab chiarish tannarxi xakida yigma kursatgichni olish uchun talab kilinadi. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajatlar sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mexnat ulchagichlarda xam kursatiladi. Bu ulchagichlar pulda baxolash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar xajmi boshqarish uchun foydalaniladi. Mexnat vositalari va ishchi kuchining sarfini aks ettiraturib, buxgalteriya hisobi, ishlab chiqarish jarayonining boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste`molini xam uz ichiga oladi.

Ishlab chiqarish jarayonida kupchilik korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor mahsulotga aylanmaydi. Ularga mexnatning ta`siri yangitdan yaratilgan mexnat maxsuli sifatida to`g`ri kelishi kerak bulgan yangi ko`rinish yoki xususiyatlarga ega bulmasdan oldin ma`lum vaqt talab kiladi. Shu vaqtning utishi davomida ular tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bulib turadi.

Ishlab chiqarish jarayoniga yaratilgan milliy daromadning taksimlanishi to`g`ri keladi. Taksimlash paytida zaruriy mahsulot (korxona xodimlarining ish xaki)ning puldagi ifodasi, korxona sof daromadi (foyda)ning va davlatning markazlashtirilgan sof daromadi (kushilgan kiymat soligi, aksiya soligi, foydadan ajratmalar va xakozo) summasi hisoblanib chikiladi. Bundan foyda, mikdori buxgalteriya hisobida keyinrok sotish tugagandan keyin aniklanadi va kayd kilinadi.

Korxona mablag`lariga aylanishning boshqa boskichlari muomila sferasida sodir buladi. Bu - korxona ta`minoti va tayyor buyumlarni sotish boskichlaridir.

Ta`minot sferasida korxona pul mablag`lariga uziga zarur bulgan, omborlarga kelib tushadigan va uning ishlab chiqarish zaxiralarini hosil kiladigan moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish boskichida ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulotning iste`molchilar (xaridorlar)ga topshirish sodir buladi. Bu boskichning yakunida korxona fondlari (mablag`lari) yana pul shakliga kiradi.

Buxgalteriya hisobida ta`minot va sotish jarayonlarini aks ettirishda kuyidagilar kayd kilinadi: shu jarayonlar bilan borlik bulgan xarajatlar, ya`ni ishlab chiqarish vositalarini xarid kilish va mahsulot sotishga kilingan xarajatlar; ta`minot jarayonida xarid kilinadigan buyumlar, sotish uchun mo`ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari xamda sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag`lari. Bu pul mablag`larining summasi ishlab chiqarish vositalarini sotib olish va ish xakini tulash uchun xarajatlangan summadan sof daromad mikdoriga kup buladi.

Shunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromanni taksimlash imkonini beradi. Bu yerda buxgalteriya hisobida davlat daromadiga utkazilishi lozim bulgan, korxona tomonidan olingan summasi, kushilgan kiymat soligi, aksiz solig foyda (daromad) soligi aniklanadi va kayd kilinadi. Sotish jarayoni tugagandan sung korxona tegishli organlarga (budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, banklar, mol yetkazib beruvchilar va xakozolarga) ularga berilishi lozim bulgan summalarni utkazish imkoniga ega buladi.

Tovar ishlab chiqarish sharoitida korxonalar mablag`larining davra aylanishi uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan ho`jalik alokalarning yuzaga kelishiga olib keladi. Bunday alokalar korxonada mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan ta`minot va mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh(ona) kompaniya bilan - unga u yoki boshqa mablag`larni topshirish yoki olib kuyish paytida, bank muassasalari bilan -ulardan ssudalar olishda, budjetdan tashqari tashkilotlar bilan - ijtimoiy extiyojlarga doir hisob - kitoblarda va xakozolarda yuzaga keladi. Ho`jalik alokalari buxgalteriya hisobida korxona mablag`lari davra aylanishining tegishli boskichlari aks ettirilayetgan paytda kamrab olinadi;

Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini ishlab chiqarish maqsadlari uchun iste`mol kilinadigan ishlab chiqarish jarayonidan tashqari, korxona shuningdek noishlab chiqarish iste`mollari xam sodir buladi.

Noishlab chiqarish iste`moliga korxona tasarrufidagi fondlar (mablag`lar)dan foydalanish kiradi. Ularning tarkibiga uy-joy maishiy xizmatlarning, soglikni saklash kabilarning mablag`lari kiradi. Bu mablag`larning xolati va ulardan foydalanish xam buxgalteriya hisobida kursatiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Karimov I.A. Uzbekiston: bozor iktisodiyotiga utishning uziga xos yo`li. - T. Uzbekiston, 1995.

  2. Karimov I.A. Uzbekiston iktisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yo`lida. - T. Uzbekiston, 1995.

  3. M. Ostonakulov. Buxgalteri hisobi nazariyasi. Toshkent "Uzbekiston" 1993 y.

  4. M. Umarova, U. Eshboyev, K. Axmadjonov. Buxgalteriya hisobi. Toshkent "Mexnat" 1999 y.

  5. www.ziyonet.uz

Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə