Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi o‘qituvchisi N



Yüklə 21,81 Kb.
tarix26.02.2023
ölçüsü21,81 Kb.
#101543
ochiq dars lotin




Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi o‘qituvchisi N.Nazarova Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan 4JM-21 guruhida “Jismoniy tarbiyaning umupedagogik uslublari” mavzusidagi mashg‘uloti muhokamasi bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilish
BAYONNOMASI

Buxoro shahri 26.01.2023 yil




Qatnashdi: Rais kafedra mudiri Ya.Z.Fayziyev
a’zolari Djurayeva M, Saidov G’, Xusenov N,
Safarov D, Tursunov O


Kun tartibi:
1.N.Nazarovaning jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 4-JM21guruhida 2023 yil 26-yanvar II-juftlikda “Jismoniy tarbiyaning umupedagogik uslublari” mavzusidagi mashg‘uloti tahlili
SO‘ZGA CHIQDI:
Ya.Z.Fayziyev (yig‘ilish raisi): Hurmatli jamoa 2023 yil 26-yanvar II-juftlikda kafedramiz o‘qituvchisi N.Nazarovaning mashg‘uloti tahlil qilindi. Mashg’ulot talab darajasida o’tildi. Yangi pedagogik texnologiyalar o’z o’rnida qo’llanildi. Mashg’ulotida talabalar faolligi kuzatildi. Mavzu ilmiy asoslab, misollar bilan bayon etildi. O’qituvchining nutqi ravon.
O’qituvchi tomonidan talabalarga mavzuni mustaqil o’rganish uchun adabiyotlar ro’yxati tushuntirib berilmadi.
Hurmatli jamoa barchalaringizga N.Nazarovaning mashg‘ulot tahlili jarayonida erishgan yutuq va kamchiliklari ko‘rsatib o‘tildi.
So‘zga chiqdi: M.Djurayeva Hurmatli xamkasblar! Kafedra o‘qituvchisi N.Nazarovaning mashg‘ulotida ishtirok etdim. Kafedra mudiri Ya.Z.Fayziyev tomonidan qilingan taxlil asosida xulosa qilsa bo‘ladiki, professor-o‘qituvchi hozirgi zamon talabiga mos holda ta’lim berish usullarini noananaviy, yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg’ulotni olib bordi. Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklardan barchamiz tegishli xulosa qilishimiz shart va zarur.
So‘zga chiqdi: N.Nazarova haqiqatdan ham mashg‘ulotimga Ya.Z.Fayziyev ishtirok etdilar, mashg‘ulotda ko‘rsatib o‘tilgan yutuqlar o‘zimniki, kamchiliklar ustida ishlayman va darsni sifat va samaradorligini oshirishga harakat qilaman.
Dars tahlili bo‘yicha kimda qanday fikr bor?
Yuqorida bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib
Qaror qilindi:
1.Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi o‘qituvchisi N.Nazarovaning jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 4-JM 21 guruhida 2023 yil 26-yanvar II-juftlikda “Jismoniy tarbiyaning umumpedagogik uslublari” mavzusidagi mashg‘uloti yaxshi o‘tdi deb hisoblansin.
2.Dars tahlili davomida so‘z olib fikr va mulohazalar bildirgan professor - o‘qituvchilar tomonidan aytilgan xato va kamchiliklarni kelgusi ish faoliyati davomida bartaraf etish choralari lozimligi ijro va nazorat uchun qabul qilinsin.
3. Mashg‘ulotni o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar hamda xujjatlar rasmiylashtirilsin.
Yig‘ilish raisi: Ya.Z.Fayziyev


Bayonlashtirdi : M.Djurayeva
Yüklə 21,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə