Buxoro davlat universiteti Agranomiya va biotexnologiya



Yüklə 39,46 Kb.
səhifə1/7
tarix18.03.2022
ölçüsü39,46 Kb.
#84558
  1   2   3   4   5   6   7
FARHOD BFF 3


Buxoro davlat universiteti


Agranomiya va biotexnologiya
fakulteti
13.2 biotex-21 guruhi talabasi
BAFOYEV_FARHOD ning

O’simlikshunoslik fanidan

“Yem-xashak o’tlarning to’yimliligi,

morfologiyasi va biologiyasi”

mavzusida tayyorlagan

Yem-xashak o’tlarning to’yimliligi,

morfologiyasi va biologiyasi

REJA:


1. Yem-xashak ekinlari  to‘g‘risida ma’lumot.

2. Bedaning  xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.

3. Bedaning  xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.

4.Qizil sebarga xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.

Yem-xashak o‘tlari asosan chorva mollarining to‘yimli ozuqaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ekiladi. Yem-xashak tabiiy yaylovzorlardan, pichanzorlardan va maxsus ekilgan yem-xashak ekinlaridan tayyorlanadi. Bu oziqalarning tarkibida hayvonlar uchun zarur vitaminlar, oqsil moddalar, moy va mineral tuzlar mavjud. O‘tlardan tayyorlangan ozuqalar hushbo‘y va oson hazm bo‘ladi. Yem-xashak o‘tlari ko‘p yillik va bir yillik o‘tlarga bo‘linadi. Ko‘p yillik o‘tlar o‘z navbatida g‘allasimon va dukkaklilarga bo‘linadi. Bir yillik  o‘tlar ham g‘allasimon va dukkakli o‘tlarga bo‘linadi.

Ko‘p yillik g‘allasimon yem-xashak o‘tlariga ajriqbosh, betaga, oq so‘xta, erkak o‘t, suv bug‘doyiq, mastak va raygraslar kiradi. Bularning hammasi qo‘ng‘irboshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar bo‘lib, bir joyda uzluksiz 4-5 yil davomida yetishtiriladi. Ko‘p yillik o‘tlar erta bahorda ekiladi, ildizlari o‘q ildiz, poyalari g‘alla ekinlarinikiga o‘xshash, barglari cho‘zinchoq, lentasimon, gul to‘plami ro‘vakdan iborat. G‘allasimon ko‘p yillik o‘tlarning ildizlari baquvvat rivojlangan, tuproqning 1,5 m bo‘lgan qatlamidagi ozuqa elementlarini o‘zlashtirib oladi. Erta bahorda va kuzda juda tez o‘sadi. Bu o‘simliklar o‘rib olinganlan so‘ng tuplash qobiliyatiga ega. Bir joyda 20-25 tagacha poya hosil qiladi. O‘rib olingandan so‘ng yana yangi novdalar hosil qilib o‘sib chiqadi. Ayrimlarini 8-10 yilgacha bir dalada saqlab turish mumkin. Ko‘p yillik o‘tlar begona o‘tlarni qisib qo‘yadi. Ayrimlarini ko‘p yillik dukkakli o‘tlar bilan qo‘shib ekish mumkin. Ajriqboshni sebarga bilan qo‘shib ekilganda pichani tarkibida protein miqdori oshadi.

Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarga asosan beda, bargak, sebarga, qashqar beda va silfiya kiradi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlar ikki-uch yilda bir gektarda 200-400 kg azot va ildiz qoldiqlarini to‘playdi. Bu ekinlardan bo‘hagan yerlarga ekilgan dala ekinlarining hosildorligi oshadi. Bu o‘tlar bir maydonda uzoq yillar mobaynida yetishtirilsa tuproqni shamol va ta’sirida yemirilishidan saqlaydi. Ko‘p yillik ekin bo‘lganligi uchun bular har yili ekilmaydi hamda urug‘ talab qilinmaydi, tuproqqa ishlov berilmaydi. Umuman olganda ko‘p yillik o‘tlarni yetishtirishda sarf-xarajat tejaladi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarning salbiy tomoni shundan iboratki, ular  tuproq muhitiga talabchan, tuproqda fosfor, kaliy, bor, molibden yetarli miqdorda bo‘lgandagina yaxshi o‘sadi. Gullash davrining boshlanishida ko‘kat tarkibida 14-18% oqsil bo‘ladi. Gullash davrining oxiriga kelib uning miqdori kamayadi, tarkibida kletchatka ko‘payadi va oziq sifati pasayadi.



Hamma yem – xashak o’tlari ikkita oilaga dukkakli va qo’ng’irboshsimonlar: dukkaklilar – beda, sebarga, esparset (bargak), qashqar beda va bir yilliklarga – seradella, xashaki oqburchoq, vika, shabdar, bersim kiradi. Ko’p yillik qo’ng’irboshsimonlar oilasiga – ajriqbosh, betaga, oqso’xta, erkak o’t, suv bug’doyiq, mastak, ildizpoyali bug’doyiq kiradi. Bir yillik qo’ng’irboshlar oilasiga kiruvchi o’simliklarga – sudan o’ti, bir yillik raygras, vengriya qo’nog’i kiritiladi.

Ko’p yillik o’tlarni madaniy yaylovlarni barpo qilishda ahamiyati katta. Ular bir maydonda 10 – 14 yil o’sadi. Madaniy yaylovlarning 1 gektardan 8 – 10 ming oziqa birligi olish mumkin. Ular  eng arzon, tannarxi past sifatli oziqa beradi, chorva mollari sog’ligini, naslini yaxshilaydi, sog’in sigirlarni sutini oshiradi.

O’zbekistonda beda asosiy  yem – xashak ekinlaridan biri g’o’zaning asosiy, doimiy o’tmishdoshidir. Hamma yem – xashak o’tlari sutkalik harorat o’rtacha 50S yetganda jadal o’sib boshlaydi.

Beda

Beda chorva mollari uchun erta bahordan kech kuzgacha oziqa beradigan ekin. O’zbekiston sharoitida beda havo harorati 70 oshganda jadal o’sib boshlaydi.

Bedadan senaj, pichan, silos, briket, granula, vitaminli o’t singari oziqalar tayyorlash mumkin. Juda ko’p mamlakatlarda bedani oziqa ekinlarini malikasi deb atashadi. Beda arabchada alfa-alfa­ yoki birinchi-birinchi deyiladi, xuddi shunday nomlanish ingiliz tilida ham qo’llaniladi. Ko’p yillik o’tlar orasida beda yashil massasi va pichani, granula, briket hamda vitaminli o’t uni (talqoni) yuqori oziqaviy qimmatga egaligi, to’yimligi bilan ajralib turadi. Bir kg vitaminli o’t unida 1kg suli donidagi oziqa birligi bor (0,8 – 1,0 ).



Beda sharbati dorivor sifatida odamlar tomonidan iste’mol qilinadi.

Beda tuproqni suv va shamol eroziyasidan samarali himoya qiladi, oziqa moddalarni tuproqni haydalma qatlamidan pastki, tuproqni ildiz tarqalmagan qatlamlariga yuvilib ketishidan saqlaydi.

Bedadan keyin gumus moddasining miqdori ortadi, ko’pincha uch yillik beda ekilgan 1 ga maydonda 60 – 70 t go’ng tarkibidagi miqdorda azot to’planishi kuzatiladi. Tuproqni azot hamda organik moddalar bilan boyitadi. Tarkibida gumus moddasi ko’p bo’lgan tuproqning fizik-suv xossalari yaxshilanadi, issiqlikni o’tkazishi pasayadi hamda uning issiqlikni yutish, ushlash xususiyati ortadi. Bu ayniqsa kontinental iqlim sharoitida yuqori issiq hamda sovuqni salbiy ta’sirini kamaytirishga imkon beradi.

Beda tuproqni meliorativ holatini yaxshilaydi, sho’rni kamaytiradi, sizot suvlar sathini pasaytiradi. Bu xususiyat bedani kuchli rivojlangan ildiz tizimi bilan bog’liq. Beda 1 ga maydonda 3 yil davomida 300-400 kg azot to’playdi. Uning keyingi ta’siri uch yilga yetadi. O’zbekistonda g’o’za maydonlarida vilt kasalligini oldini oladi va uni kamaytiradi.

Bedaning 100 kg pichanida 48,8 o.b. shuncha ko’k massasida 21 o.b. hamda 4 kg hazmlanadigan protein bor. Bir kg ko’k massasida 50 mg karotin moddasi, shuningdek Sa, R, K  va boshqa foydali elementlar ko’p.

Beda serhosil ekin va u 1 gektardan 150-350 s pichan va 400-800 s yashil massa hosili berishi mumkin. Beda urug’ining hosildorligi o’rtacha 3-4 s/ga, ilg’or xo’jaliklarda beda urug’i hosili 8-10 s/ga yetadi.

Beda (Medisago L.) avlodiga 100dan ortiq turlar kiradi. Uning bir yillik va ko’p yillik, madaniy hamda yovvoyi turlari mavjud.  Mamlakatimizda  bedaning 36 turi uchraydi, shulardan 20 tur ko’p yillikdir. eng ko’p ekiladigan va tarqalgan turlari: ko’k beda – Medisago sativa L., sariq beda (o’roqsimon) -Medisago falsata L., duragay beda – M.media L. zangori beda- M. soyerulae L. xmelsimon beda- M. lupulina L.


Yüklə 39,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə