Buxoro davlat universiteti Agranomiya va biotexnologiya



Yüklə 39,46 Kb.
səhifə3/7
tarix18.03.2022
ölçüsü39,46 Kb.
#84558
1   2   3   4   5   6   7
FARHOD BFF 3

Biologik xususiyatlari. . Bedani og’ir va yengil, o’tloq, bo’z, bo’z-o’tloq, sho’r tuproqlarda o’stirib yuqori hosil olish mumkin.

Ko’k beda tipik bahori ekin. Uni bahorda, yozda, kuz boshida ekish mumkin. Uni yaxshi agrotexnik sharoitda, lalmikorlikda 10 yilgacha, sug’oriladigan sharoitda uzoq yillar o’stirish mumkin. Turkmanistonda bedani bir dalada 25-30 yilgacha o’sib hosil berishi kuzatilgan, ammo oxirgi yillar hosili kamayadi, o’simliklar siyraklashadi.

Ekilgan yili 2-3 o’rib olish mumkin. Sug’oriladigan yerlarda 2-3 yili 5-6 o’rib olsa bo’ladi. U issiqsevar, yorug’sevar, issiqqa va qurg’oqchilikka chidamli. Beda uzun kun o’simligi.

Urug’lari 1 0S haroratda ko’kara boshlaydi, 5-6 0S unib chiqadi. Unib chiqishi uchun optimal harorat  18-20 0S. maysalari 6 0S sovuqqa chidaydi. Qish davrida qor qatlami yetarli bo’lganda 40 0S sovuqqa bardosh beradi.

Bedani sovuqqa chidamsiz navlarida barglar to’plami tik, o’rtacha chidamlilarida yarim tik juda chidamlilarida yotib o’sadi. O’simlikning sovuqqa chidamligi oxirgi o’rim qaysi paytda o’tkazilganligiga bog’liq. Oxirgi o’rim doimiy sovuqlar tushishiga 35-40 kun qolganda o’tkazilishi lozim. Bahoda o’simlik 7-9 0S o’sa boshlaydi. YOzning birinchi yarmida o’rtacha harorat 22-23 0S bo’lganda bahodagi o’sishdan boshlab gullashgacha 42 kun o’tadi, ikkinchi yarmida 55 kun o’tadi. O’sishni boshlanishidan gullashgacha 800 0S ijobiy harorat kerak. Albatta bu ko’rsatkichlar namlik va haroratning o’zgarishi bilan o’zgarishi mumkin.

Namga talabi. Beda qurg’oqchilikka chidamli, shu bilan birgalikda namlikka juda ta’sirchan. Qurg’oqchilikk chidamlik uning kuchli rivojlangan, chuqur kirib boradigan ildiz tizimi bilan xarakterlanadi. Beda tipik mezofit o’simlik bo’lganligi uchun barg, poyalarni yaxshi o’sishi uchun yetarli miqdorda namlik kerak.

Beda urug’lari ko’karishi uchun o’z og’irligiga teng miqdorda suv yutishi kerak. Transpirasiya koyeffisiyenti 700-900. Tuproqdagi namlik CHDNS 80 % kam bo’lmasligi lozim. Ammo beda urug’lik uchun ekilganda tuproqdagi namlik katta bo’lishi ma’qul emas. Sizot suvlar sathi chuqur joylashgan, mexanik tarkibi yengil tuproqlarda birinchi o’rimda urug’lik olingandan so’ng – shonalash va gullash fazalarida sug’oriladi. YOg’in-sochin ko’p bo’lganda urug’lik beda sug’orilmaydi.

Tuproqda rN – 5 bo’lganda tuganak bakteriyalar deyarli rivojlanmaydi, hosil bo’lgan ayrim kam tuganaklarda ham bakteriyalar azot to’plamaydi. U tuproqda rN – 6,5-7,0 bo’lganda juda yaxshi o’sadi.

Beda 1 t pichan hosil qilishi uchun tuproqdan  N –39 , R2O5_-10,__ K2O –24, SaO –15 , Mg-8 kg o’zlashtiradi.

Beda hayotining ikkinchi va keyingi yillarida quyidagi rivojlanish fazalari kuzatiladi: o’sishni boshlanishi, poyalash, shonalash (g’unchalash), gullash, dukkaklarni hosil bo’lishi va qo’ng’ir tusga kirishi. Gullashi davomli bo’lib taxminan 2-3 haftaga cho’ziladi. SHuning uchun urug’lar bir paytda pishmaydi.

 Beda yorug‘sevar, issiqqa talabchan uzun kun o‘simligidir. Qishda past temperaturaga, yozda issiqqa chidamli. Urug‘i 5-6C da unib chiqadi. Maysalari 6C sovuqqa chidaydi. Bedaning transpiratsiya koeffitsiyenti 700-900 orasida bo‘ladi. U jadal o‘sish davrida (g‘unchalashdan gullash fazasigacha) suvni juda ko‘p bug‘latadi. Havo juda quruq bo‘lganda beda o‘sishdan to‘xtab barglarining bir qismini to‘kib yuboradi. Sug‘orilgandan yoki yog‘ingarchilikdan keyin o‘simliklar yana o‘sa boshlaydi. Ildiz sistemasi baquvvat rivojlangan bo‘lib, tuproqning chuqur qavatigacha kirib borganligidan chuqurlikdagi namni yaxshi o‘zlashtiradi. Uning qurg‘oqchilikka chidamliligi ana shu xususiyatiga bog‘liq. Namga juda ta’sirchan bo‘ladi, shuning uchun sug‘oriladigan yerlarga ekilganda hosili yuqori bo‘ladi.

Beda tuproqdan juda ko‘p miqdorda R, K, Sa va Mg ni o‘zlashtiradi. Beda 1 t pichan yetishtirish uchun tuproqdan 5-6 kg fosfor va 15-20 kg kaliyni o‘zlashtiradi. Bedadan  50 s pichan olish uchun 110 kg kaliy, 36 kg fosfor, 120 kg azot, 145 kg kalsiy sarflanadi.

Bedani har xil tuproqli yerlarga ekish mumkin. U qoratuproqli, kashtan, bo‘z va boshqa xil tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. Botqoq va kuchli kislotali yerlar beda ekish uchun yaramaydi. Beda uchun tuproqning muhiti neytral va kuchsiz ishqoriy (pH -7-8) bo‘lishi kerak.

Beda g‘o‘za, kanop, tamaki, kuzgi bug‘doy, sholi, makkajo‘xori, moyli va sabzavot ekinlaridan bo‘shagan yerlarga ekiladi. O‘tmishdosh ekinlarni hosili yig‘ib olingandan keyin talab qilinsa diskalanadi va 7-10 kundan keyin 22-25 sm chuqurlikda haydaladi. Erta bahorda borona qilinadi, ekishga yaqin mexanik tarkibi yengil bo‘lgan tuproqlarda mola bostiriladi.


Yüklə 39,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə