Buxoro davlat universiteti Agranomiya va biotexnologiya



Yüklə 39,46 Kb.
səhifə4/7
tarix18.03.2022
ölçüsü39,46 Kb.
#84558
1   2   3   4   5   6   7
FARHOD BFF 3

О‘g‘itlash. Beda oziqaga talabchan o‘simlik. 1 gektarga 10-15 t go‘ng, 90-120 kg forsor va 50-75 kg sof kaliy solinadi. Bu o‘g‘itlarni hammasini yer haydashdan oldin solinadi. Bedaning boshlang‘ich rivojlanish davrlarida tuproqdagi azot yetarli bo‘lmasa oz meyorda (20-30 kg) azot qo‘llaniladi.

Beda sharoitga qarab bahorda, yozda va kuzda ekiladi. Beda yoppasiga qatorlab yoki tor qatorlab ekiladi. Qatorlarning orasi 13-15 yoki 6,5-7,5 sm qilib ekiladi. 1 gektar yerga 12-18 kg urug‘ sarflanadi. Bundan tashqari beda bilan suli, arpa, bug‘doy qo‘shib ekiladi, bu ekinlarning urug‘i 1 gektarga 40-60 kg dan ekiladi. Beda urug‘ini ekish chuqurligi 1-3 sm.



Ko‘kat va pichan tayyorlash uchun beda shonalash davrini oxirida va gullash davrini boshlarida o‘riladi. Urug‘ olish uchun dukkaklari 70% yetilganda o‘riladi va xirmonda quritilib yanchiladi. Urug‘ining namligi 13% dan oshmasligi kerak. 

Navlar. O’zbekistonda ko’k bedaning quyidagi navlari keng tarqalgan va Davlat reyestriga kiritilgan: Aridnaya, Boygul, Karakalpakskaya-15,  Milyutin-1774, Samarqand jaydari, Toshkentskaya-3192, Toshkentskaya-1, Tashkentskaya-1728, Tashkentskaya-2009, Xiva jaydari, Xarezmskaya-2 .

Ekish me’yorlari va muddatlari. Beda fevral oxiri mart oyining birinchi yarmida ekiladi. YOzda g’o’za qator orasida ekish 25 avgust 15 sentyabr. Beda kuzda ekilganda muayyan tuproq iqlim mintaqasida dastlabki kuzgi sovuqlar boshlanishi hisobga olinadi. Birinchi sovuq tushganga qadar beda 40 –45 kunlik bo’lishi, tuplash fazasiga o’tgan va ildiz otib olgan bo’lishi kerak. Tuplanmagan beda sovuqdan nobud bo’lishi mumkin.

Oziqabop bedaning har 1m2da 150-200 tup o’simlik bo’lishi maqbul hisoblanadi.ekish me’yori birinchi sinf urug’lar 14 kg/ga, don ekinlari bilan aralashtirilib ekilganda 16 kg/ga. Sudan o’ti, silosbop makkajo’xori bilan ekilganda kuzda 20 kg/ga urug’ sarflanadi. Urug’lar seyalkalar bilan erta ko’klamgi ekishda 1,5 –2 sm, kechikib ekilganda, ko’pchiligi tuproq yuzasiga urug’ pallalarini olib chiqolmaydi va nobud bo’ladi.

Bargak yoki esparset (Onobrychis.L.) ko’p yillik o’simlik. Uning ekma esparset (O. visifolia Ssop.), Zakavkaze esparseti (O.transsausasia L.), qum esparseti (O.arenaria D.) turlari keng tarqalgan. SHulardan qum esparseti O’zbekistonning lalmikor yerlarida ekiladi. Uning Milyutinskiy –2 navi yaratilgan va lalmikor yerlarda ekish uchun Davlat Resstriga kiritilgan.

Bargak beda va sebargaga nisbatan tuproq unumdorligiga talabchan. Uning ildizlari fosforni yaxshi o’zlashtiradi, ohak me’yoridan ortiq yerlarda ham yaxshi rivojlanadi. Azot to’playdigan ekin. Ildizlarida juda ko’p tuganaklar hosil bo’ladi. Bir gektarda mavsum davomida 100 –200 kg azot to’playdi.

Lalmikorlikda hosildorligi 50 –75 s/ga, suvlikda 150 s/ga. 1 –2 o’rib olinadi. Don ekinlari uchun yaxshi o’tmishdosh. esparset uchun kuzgi boshoqli ekinlar eng qulay o’tmishdosh.

Agrotexnikasi. Esparset uchun lalmikorlikda yerlar 22 –25 sm chuqurlikda haydaladi. Urug’lar ekish oldidan tozalanadi, saralanadi va panoktin bilan 200 g/s hisobida ishlanadi. ekiladigan kuni urug’lar nitragin bilan inokulyasiya qilinadi. ekishdan oldin erta bahorda tuproq baronalanadi, kultivasiya qilinadi.

Esparset juda erta, fevral oyida, martning birinchi o’n kunligida ekiladi. Toza holda ekish me’yori 90 –100 kg/ga. ekish chuqurligi 3 –4 sm. Uni erta bahori don ekinlari bilan qo’shib ekish mumkin.

Hosili pichan uchun gullash davrining boshlanishida o’rib olinadi. YAlpi gullash davrida pichani dag’allashib, oziqaviy qiymati pasayadi. Urug’lik uchun ekilgan maydonlarga asalari uyalari qo’yilsa urug’ hosili oshadi. Bir gektardan 120 –170 kg asal yig’ilishi mumkin. Urug’larni dukkaklarni 70% qorayganda bevosita kombaynlar bilan, 40 –50% qoraygandan oldin o’rib keyin yanchib olinadi. esparset boshoqli don ekinlaridan 5 –10 kun oldin pishadi. Urug’lar tozalanib, quritilib namligi 14 –15% ortiq bo’lmagan holda saqlanadi.


Yüklə 39,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə