Buxoro davlat universiteti Agranomiya va biotexnologiya


YEM-XASHAK O’TLARNING AHAMIYATI, BIOLOGIYASI



Yüklə 39,46 Kb.
səhifə5/7
tarix18.03.2022
ölçüsü39,46 Kb.
#84558
1   2   3   4   5   6   7
FARHOD BFF 3

YEM-XASHAK O’TLARNING AHAMIYATI, BIOLOGIYASI


 

SEBARGA.


Qizil sebarga

Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.  Ildizlarida yashaydigan tuganak bakteriyalar faoliyati natijasida qizil sebarga bir gektar maydonda  150-200 kg azot to’playdi. SHuning uchun almashlab ekishlarda u juda yaxshi o’tmishdosh.

Qizil sebarga yevropada O’rta yer dengizi sohillarida, Rossiya federasiyasining noqoratuproq mintaqasida, AQSH, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Angliya va Fransiya ko’p ekiladi. O’zbekistonda sizot suvlar yaqin joylashgan daryo sohillarida, sholi almashlab ekishlarida ko’proq ekiladi.

Etarli namlik va oziqa  moddalar bilan ta’minlanganda bir gektardan 120-150 s pichan hosili olish mumkin. Urug’ hosili 2,5-3 s/ga.

Qizil sebarga ko‘p yillik dukkakli o‘t bo‘lib, bu ekinlardan ko‘kat, pichan, silos va pichan uni   tayyorlanadi. 1 kg pichan tarkibida 0,55 ozuqa birligi va 70 g oqsil bo‘ladi. Uning quruq moddasida 15,2% oqsil, 3,1% yog‘, 43,9% karbon suvlari, 1% mineral  moddalar (asosan kaliy) bor.

Qizil sebarga agrotexnik ahamiyatga ham ega, tuproqda organik modda va 100-200 kg biologik azot to‘playdi. Kalsiy va azotga boy ang‘iz qoldiqlarini to‘playdi. Qizil sebarga Yer yuzida keng tarqalgan, ko‘proq nam yetarli bo‘lgan mintaqalarda  ekiladi.  Qizil sebarga Yer yuzida 20 mln. gektardan ortiq yerga ekiladi.. Mamlakatimizda qizil sebarga o‘tloqi tuproqlarda, sholichilik xo‘jaliklarida ekilmoqda.

Botanik xususiyatlari. Qizil sebarga dukkaklilar oilasiga va Trifolium avlodiga mansub bo‘lib, 300 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Shulardan 8 ta turi  ekiladi. Eng ko‘p tarqalgan turi Trifolium pretense-qizil sebarga hisoblanadi. Qizil sebarga ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, ammo uzoq yashamaydigan o‘simlikdir, u 2-3 yil yashaydi. Qizil sebarganing 5 ta tur xili mavjud bo‘lib ulardan 2 tasi ko‘proq ekiladi. Bular bio o‘rimli shimoliy va ikki o‘rimli janubiy sebarga. Qizil sebarganing ildiz sistemasi o‘q ildiz bo‘lib, yo‘g‘onlashgan ildiz va bir talay ingichka ildizchalardan iborat. Ildizning asosiy qismi 30-40 sm chuqurlikda joylashadi. Ayrim ildizlari esa 1-1,5 m chuqurlikkacha kirib borishi mumkin.

Poyasi o‘tsimon tik o‘sadi, sershox, ichi kovak, siyrak tukli, shoxlanadigan bo‘lib, bir nechta  (5-10) ta bo‘g‘im oraliqlaridan tashkil topadi va bo‘yi 70-96 sm gacha yetadi. Qalik qilib ekilgan joylarda bitta o‘simlikda 10 tagacha poya hosil bo‘ladi. Barglari uch qo‘shaloq (uchtali), bargchalari birmuncha serbarg, asosida ochiq rangli uchburchak holi bo‘ladi, o‘rta tomiri barg plastinkasining chetidan chiqib turmaydi. Yonbargchalari pardasimon, odatda cho‘ziq shaklda bo‘ladi. To‘pguli deyarli zich taqalib turadigan yumaloq yoki cho‘ziq shakldagi boshchadan iborat. Boshchalar poya hamda yon shoxlarning uchida joylashadi. Boshchada qizil-binafsha rang gultojbarg chiqaradigan 70-100 ta mayda-mayda kapalaknusxa gul bo‘ladi. Mevasi bir urug‘li dukkakdan iborat bo‘lib, yuraksimon shaklda, yaltiroq, sarg‘ish yoki binafsha rangda, 1000 dona urug‘ining vazni 1,7-1,8 gr keladi.

Qizil sebarga ikkita navlar guruhidan iborat: ertapishar  yoki ikki o’rimli(var. prassox), va kech pishar bir o’rimli (var. serotinum). Ikki o’rimli sebarga janubiy-mintaqalarda, bir o’rimli sebarga shimoliy-sharqiy mintaqalarda ko’p ekiladi. Janubiy sebarga shimoliy sebargaga nisbatan past bo’yli serbarg, qishga chidamligi past bo’ladi. Janub sebargasi ekilgan yili urug’ beradi, shimoliy sebarga faqat barglar to’plamini hosil qiladi. Ikki o’rimli sebarga poyasida 5-7, bir o’rimlisida 7-9 va undan ko’p bo’g’in oralig’i bo’ladi.

Ildiz tizimi o’q ildiz va  tuproqda 2-2,5 m chuqurlikka kirib 50-60 sm atrofga tarqaladi.

Poyasi yumaloq, ichi kovak, tuklar bilan qoplangan. Barglari murakkab, uchtalik. Mevasi dukkak. Urug’i  tuxumsimon shaklda, 1000 urug’ vazni 1,6-1,8 g.

Qizil sebarga qishga chidamli o’simlik. Hayotining birinchi yili -15 0S sovuqqa chidaydi. Keyingi yillarda sovuqqa chidamligi pasayadi. Urug’lari 1-2 S haroratda unib chiqa boshlaydi. O’sishi, rivojlanishi uchun maqbul harorat 15-29 oS.

Bahorda o’sishni boshlanishidan birinchi o’rimgacha 950oS ikkinchi o’rimgacha 600-800oS harorat zarur. Qizil sebarga - namsevar o’simlik. Uzun kun o’simligi. Transpirasiya koyeffisiyenti 500-600, tuproqdan namlik CHDNSning 80% bo’lganda yuqori hosil beradi.

Qizil sebarga har xil tuproqlarda o’sadi. O’zbekistonda sizot suvlar yuza joylashgan o’tloq, o’tloq-bo’z tuproqlarda yaxshi o’sadi. Tuproq muhiti rN -4,5-7 bo’lishi ma’qul.

SHonalash davrida 1 t pichan hosil qilish uchun tuproqdan 31 kg azot, 9 kg fosfor, 22 kg kaliy sarflaydi. SHuncha hosil bilan 22 kg azot, 5 kg fosfor, 16 kg kaliy olib chiqadi. Bor va molebdenni tuproqda yetarli bo’lishini qizil sebargadan yuqori hosil olishda ahamiyati katta.

Qizil sebarga yetishtirish. Qizil sebarga (Trifolium pratense.L.) ekilgan yili barglar to’plami va barg qo’ltiqlarida yon navdalarning kurtaklarini hosil qiladi. Ikkinchi va  uchinchi yillari, bo’yi 40-50 sm turli miqdordagi poyalar hosil qiladi. O’zbekistonda sizot suvlar yaqin joylashgan, o’tloq tuproqlarda qizil sebarga ekish tavsiya etiladi. U sizot suvlar 50-100 sm chuqurlikda joylashgan tuproqlarda, begona o’tlarni bedaga nisbatan yaxshi soyalaydi va ularni o’sib ketishiga, urug’ hosil qilishiga yo’l qo’ymaydi. Qizil sebarga ikki yil o’stirilganda sholi eikiladigan dalalarda kurmak urug’lari 98-99%, tuganakli qamish 50% kamayadi, tuproq sturukturasi 25-45%  oshadi.

O’zbekistonning sholi, kanop ekiladigan mintaqasida, sholi almashlab ekishlarida qizil sebarga yaxshi o’tmishdosh va oziqa ekini sifatida yetishtiriladi. Tajribalarda qizil sebargadan keyin ekilgan sholi don hosili 85-90 s/ga yetgan. U o’suv davrida150 kg ga azot to’playdi, tuproqni organik moddalarga boyitadi. Kuzgi bug’doy, qand lavlagi hosildorligi qizil sebargadan keyin ekilganda muvofiq holda 5 va 21 s/ga oshgan.

Biologik xususiyatlari. Qizil sebarganing urug‘i 1-20 da unib chiqa boshlaydi. O‘sish va rivojlanishi uchun 15-290 issiqlikni talab qiladi. Birinchi yilgi sebarga-15C sovuqga chidaydi. Ikkinchi va keyingi yillari sovuqqa chidamliligi pasayadi. Qizil sebarga mo‘tadil, nam iqlimga moslashgan o‘simlikdir, yog‘ingarchilik miqdori 400-450 mm bo‘lgan mintaqalarda gurkirab o‘sadi. Urug‘ unib chiqish davrida 120% suv sarflaydi, namni eng ko‘p talab qiladigan davri-shonalash davri hisoblanadi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 500-600 ga teng. Issiq va sovuq havoga chidamaydi. Respublikamizda bu o‘simlik faqat sug‘oriladigan sharoitda yetishtiriladi. Qizil sebarga har xil tuproqlarda yetishtiriladi. Tuproq muhiti pH -4,5 dan past bo‘lmasligi lozim.. Ko‘pincha sholi bilan almashlab ekiladi. Qizil sebarga 2-3 yil yaxshi hosil beradi.

О‘g‘itlash. Bir tonna pichan tayyorlash uchun 7-8 kg fosfor, 18-20 kg kaliy, 11-12 kg kalsiy sariflanadi. Qizil sebargaga gektariga oganik o‘g‘itlardan gektariga 10-20 tonna go‘ng, 100 kg fosfor, 50 kg kaliy beriladi. Ekishdan oldin urug‘ini molibden bilan ishlash yaxshi natija beradi. Molibden ta’sirida hosil va uning sifati oshadi. Pichan olish uchun ekiladigan qizil sebargaga  60-65 kun, urug‘ yetishtirish uchun  esa 110-120 kun talab qilinadi. O‘zbekistonda qizil sebarganing O‘zROS-73, Uzbekistanskiy-3 navlari ekiladi.

Sebarga urug‘i texnik va moyli ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Urug‘i mayda bo‘lganligi uchun yerni holatiga talabchan, tuproqqa sifatli ishlov beriladi. Asosiy ekish muddati bahor bo‘lib, ammo boshqa muddatlarda ham ekish mumkin. Yoppasiga qatorlab sof holda yoki boshoqdosh o‘tlar bilan birga qo‘shib ekiladi. Ekish meyori 1 gektar yerga 8-10 kg, ekish chuqurligi 2-3 sm. Sifatli pichan tayyorlash uchun shonalash va gullash davrining  boshlanishida o‘rib olinadi..




Yüklə 39,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə